June 6

OILADA O‘SMIRLARNING IJTIMOIY ROLI SHAKLLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR VA TAVSIYALAR

Telegram | Facebook | Instagram| Sayt |Youtube | Bizning loyihalarimiz


TA’SIR ETUVCHI OMILLAR

Ota-onaning tarbiya uslubi:

– demokratik tarbiya uslubi o‘smirda mustaqillik, javobgarlik va ijtimoiy faollikni shakllantiradi;

– avtoritar yoki loqayd tarbiya esa o‘smirning o‘zini ifoda etishi yoki ijtimoiy moslashuviga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Oila muhitining barqarorligi:

– totuv, mehribon, hurmat asosida qurilgan oilada o‘smir o‘zining ijtimoiy rolini ishonchli va sog‘lom tarzda shakllantiradi.

Oila a’zolari bilan muloqot:

– ochiq va samimiy muloqot o‘smirda o‘z fikrini bildirish, muammolarni hal qilish ko‘nikmasini rivojlantiradi.

Ijtimoiy rollarning o‘zaro namoyon bo‘lishi:

– ota-onaning o‘z rollarini qanday bajarishi – mas’uliyat, halollik, mehnatsevarlik – o‘smir uchun bevosita namuna.

Ta’lim va madaniyatga munosabat:

Kitob o‘qishga rag‘bat, ma’naviy muhit, san’at va sport bilan shug‘ullanishga yo‘naltirish ijtimoiy ongni kengaytiradi.

TAVSIYALAR

Ota-onalarga:

– farzand bilan doimiy, ochiq va samimiy muloqotda bo‘lish;

– unga ishonch bildirish, fikrini hurmat qilish;

– sog‘lom qadriyatlarni targ‘ib qilish: halollik, sabr, hurmat, mas’uliyat.

O‘smirlarga:

– oiladagi rollarni anglash va o‘z o‘rnini topishga intilish;

– mas’uliyatli bo‘lish, oilaviy ishda ishtirok etish;

– ota-ona, opa-uka, buva-buvi bilan muloqotni qadrlash.

O‘qituvchilarga:

– o‘quvchilarni oiladagi ijtimoiy rollar haqida o‘ylashga undovchi topshiriqlar berish;

– oila bilan hamkorlikda ishlash, ota-onalar bilan pedagogik suhbatlar tashkil etish.

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti Mirvaliyeva Maxliyo Yoqubjon qizi