SHAXS PSIXOLOGIK SALOMATLIGINI MUHOFAZA QILISH BO‘YICHA KO‘RSATMALAR
Telegram | Facebook | Instagram| Sayt |Youtube | Bizning loyihalarimiz
Psixologik salomatlik – bu insonning ruhiy farovonlik holati bo‘lib, u emotsional barqarorlik va tashqi omillarning ta’sriga zararsiz va xavfsiz moslashuvchanlik qobiliyati bilan tavsiflanadi.
PSIXOLOGIK SALOMATLIKNI SAQLASHNING 4 USULI
a. psixologik salomatlikning muhim qismi;
b. biz iste’mol qilayotgan mahsulotlarning sifati bevosita ruhiy holatimizga ta’sir qiladi; jumladan, gormonlar ishlab chiqarishni rag‘batlantiradigan oziq-ovqatlarni ko‘proq iste’mol qilsak, unda qayg’u, tajovuzkorlik, xushchaqchaqlik kabi tuyg’ularni his qilishda o‘zgarishlar kuzatiladi;
c. inson salomatligiga zarar keltirmaydigan eng yaxshi suyuqlik oddiy suvdir.
a. sport va harakat nafaqat mushak massasini tashkil qiladi, balki psixikaga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi;
b. harakat bizning yaxshi kayfiyatimiz uchun mas’ul bo‘lgan ba’zi moddalar – endorfinlarni ishlab chiqarishga yordam beradi;
c. psixologik barqarorlikni saqlash uchun eng yaxshi kombinatsiya – bu uyqu va faoliyatning muvozanati;
d. toza havoda sayr qilish ham samarali vosita hisoblanadi.
III. Tuyg‘u va hissiyotlarni boshqarish:
a. his-tuyg‘ular va emotsiyalar nazorat ostida bo‘lishi kerak;
b. hech qachon his-tuyg‘ularingizni bostirmang, bu jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, shu jumladan, jismoniy holatingiz uchun ham;
c. o‘z ichida his-tuyg‘ularni yashirish boshqalar va yaqinlar bilan munosabatlarga ta’sir qiladi;
d. salbiy his-tuyg‘ulardan qochishning hojati yo‘q, chunki ular hayotimizning bir bo‘lagidir. Negativlikni jilovlay olish ham san’at, biroq buni hamma ham uddasidan chiqa olmaydi. Ammo salbiy emotsiyalar bilan kurashishning bir qancha usullari mavjud: yoga texnikasi bo‘yicha nafas olish, ma’lum bir raqamgacha hisoblash, dam olish va meditasiya qilish.
IV. O‘z-o‘zini rivojlantirish:
1. ichki psixologik muvozanatning holati ko‘p jihatdan odamlarning o‘z ustida ishlashga tayyorligiga bog‘liq. O‘z-o‘zini rivojlantirish – psixologik salomatlikni saqlash va qo‘llab-quvvatlash usullaridan biri;
2. o‘z harakatlarini tahlil qilib, odamlar ko‘p ish qila oladilar – o‘z imkoniyatlari va o‘z-o‘zini baholashini oshiradi. Aks holda, ular muvaffaqiyatsizliklar, norozilik va salbiy his-tuyg‘ular girdobiga tushib qoladilar.
Shunday ekan, quyidagi faktlar haqida o‘ylab ko‘rish lozim:
a) mas’uliyatni o‘z zimmangizga oling – shuni tushuningki, sizning muammolaringizni siz uchun hech kim hal qilib bermaydi. Muvaffaqiyatsizliklar uchun kimnidir ayblashdan naf yo‘q. Ularni qanday hal qilishni tushunishga harakat qilganingiz ma’qul;
b) boshqalar hayotidagi ishtirokingizni chagaralang. Biz yaqinlarimizning baxtsizliklari va muvaffaqiyatsizliklarini o‘zimiznikidek qabul qilishga odatlanganmiz. Aslida bu yaxshi odat emas, chunki bunday holatda biz o‘zimizni unutamiz. Bundan tashqari, har bir bunday hissiy tajriba bilan ichki energiyamiz kamayib boradi, shuning uchun hamma narsaning meyori bo‘lishi kerak.
d) o‘zingizga bo‘lgan ishonchni rivojlantiring – qilayotgan harakatlaringiz to‘g‘ri ekanligini yodda tuting, har qanday vazifa muvaffaqiyatli bo‘lishiga ishoning. O‘z ustingizda ko‘p va qat’iyat bilan ishlang.
e) ma’qullash va qo‘llab-quvvatlash – agar bu ikki jihat mavjud bo‘lsa, unda har qanday faoliyat ancha osonlashadi, muvaffaqiyatga e’tibor qaratiladi va har bir inson o‘zini kerakli his qiladi.
f) insonlar bilan munosabatlarda o‘zaro tushunishga intiling – yaqinlaringiz va qarindoshlaringizdan uzoqlashishmang, aks holda, qiyin sharoitlarda ular ham yuz o‘girishadi.