September 13

Yodgorbek Ohunov Shaxsiy oʻyin savollari

Mavzu: David yoki Devidlar

10. 1504-yilda U Florensiya respublikasi maydoniga qoʻyilgan va shaharning ozodlik va mustaqillik ramziga aylangan.

D/s: Uni ayting

Javob: David haykali

20. 2005-2017 yillarda U Ispaniya termasi tarkibida 98 ta oʻyinda 59 ta gol urgan va termaning goleadoriga aylangan.

D/s: U kim?

Javob: David Vilya

30. 1862-yil Kyonisbergda tugʻilgan USHBU insonning MUAMMOLARIDAN tashqari aksiomalari va sistemalari ham bor.

D/s: Ushbu insonni ayting.

Javob: Devid Gilbert.

Izoh: Oʻzining Gilbert muammolari deb ataladigan matematik masalalari bilan mashhur nemis matematigi.

40. USHBU inson 2020-yilda Planetamizdagi hayot ( A life on our Planet) hujjatli filmi uchun Oltin Globus mukofotini qoʻlga kiritgan.

D/s: 1926-yil Londonda tugʻilgan USHBU insonni ayting.

Javob: Devid Attenboro

50. 2025-yil chiqarilgan Formula 1 filmida professional poygachilardan tashqari 1970-yilda tugʻilgan USHBU insonning ishtiroki ham albatta quvonarli holat chunki Formula 1 poygalarini USHBU insonning ovozisiz tasavvur qilib boʻlmaydi.

D/s: U kim?

Javob: Devid Kroft

Izoh: Mashhur Formula 1 sharhlovchisi. Sky Sports telekanalida sharhlovchilik qiladi.

Mavzu: Jonlar

10. U Aqsh tarixida prezidentlikka saylangan eng yosh prezident hisoblanadi.

D/s: U kim?

Javob: Jon Kennedi (43yoshida prezidentlikka saylangan).

20. 1766-yilda tugʻilgan USHBU inson zamonaviy atom nazariyasining otasi hisoblanadi.

D/s: U kim?

Javob: Jon Dalton

30. 1813-yilda tugʻilgan USHBU inson ingliz shifokori, epidemiologiya fanining asoschilaridan biri. Bu inson haqida malumot qidirganimizda hech nimani bilmasligi haqida maʼlumotlar topilmadi.

D/s: Savol u kim?

Javob: Jon Snou

40. UNGA eng katta ilhom manbai Sharq falsafasi, xususan Zen Buddizmi boʻlgan.

D/s: 1912-yil Los Anjelesda tugʻilgan USHBU inson kim?

Javob: Jon Keyj

Izoh: Zen Buddizmining asosiy gʻoyalari sokinlik asosida qurilgan.

50. 1979-yilda tugʻilgan USHBU aktyor oʻzining The Office sitkomidagi Jim Halper roli orqali mashhur.

D/s: U kim?

Javob: Jon Krasinski

Mavzu: Robertlar

10. 1965-yilda tugʻilgan USHBU Temir Odam 2024-yilda eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor nominatsiyasida Oskarni qoʻlga kiritdi.

D/s: U kim?

Javob: Robert Dauni Junior

20. 1967-yil tugʻilgan USHBU inson haqidagi maʼlumotlarda "Tik turgan holda oʻlgan" jumlalarini koʻrishimiz mumkin.

D/s: U kim?

Javob: Roberto Badjo

30. U oʻzining Oyboltasi bilan paydo boʻlmaguncha qit'ani "AJDARLAR" boshqargan.

D/s: U kim?

Javob: Robert Barateon

Izoh: U oʻzining isyoni natijasida Ajdarlari bilan Westerosni zabt etgan Targaryenlarni taxtdan agʻdaradi.

40. 1850-yilda tugʻilgan USHBU inson "Xazinalar oroli"da "Oʻgʻirlab" ketilmagan

D/s: U kim?

Javob: Robert Luis Stivenson

Izoh: Xazinalar oroli va Oʻgʻirlab ketilgan (Kidnapped) asarlari bilan mashhur shotland yozuvchisi.

50. UNING oʻyin uslubi Pep Gvardiolaning uslubiga oʻxshab ketadi. UNING qoʻl ostida Brayton jamoasi ilk bor Yevropa ligasida ishtirok etgan.

D/s: 1979-yil Breshiyada tugʻilgan USHBU inson kim?

Javob: Roberto de Zerbi

Mavzu: Matritsali -MA-

10. UNING asosiy gʻoyasi millatlarning boy yoki kambagʻal boʻlishining sababi resurslar yoki geografiya emas, balki siyosiy va iqtisodiy institutlar ekanligini taʼkidlaydi.

D/s: UNI ayting.

Javob: Mamlakatlar tanazzuli sabablari kitobi.

20. 1893-yilda Rozenxaymda tugʻilgan BU inson haqidagi telegram kanal posti Uchinchi reyxdagi ikkinchi odam deb nomlangan.

D/s: U kim?

Javob: German Gering

30. 1984-yil yaratilgan U grafik interfeys va sichqoncha bilan ishlaydigan ilk ommaviy kompyuter edi.

Javob: Apple Macintosh

Qabul: Macintosh

40. USHBU usul Afrikadagi mustamlaka urushlari davrida paydo boʻlgan. Isyonchilar qurolni yelkaga tiramaslikka harakat qilishgan, chunki prikladning yelkaga urilishi yelkada koʻkarish qoldirgan va bu odamning isyonchi ekanligini koʻrsatib qoʻygan.

Javob: Somalicha oʻq uzish.

50. UNING asosiy maqsadi — cheksiz va ekologik toza energiya manbaini yaratish. U Sovet olimlari Andrey Saxarov va Igor Tamm tomonidan ixtiro qilingan.

Javob: Tokamak

Mavzu: Matritsali -ALI-

10. Batumi shahrida joylashgan Ularni har kuni 19:00 da quchoqlashayotganini koʻrish mumkin.

D/s: Ularni ayting.

Javob: Ali va Nino haykali

20. 1892-yilda USHBU davlat hududi fransuzlar tomonidan bosib olingan va Fransuz Sudani deb atalgan.

D/s: Qaysi davlat?

Javob: Mali

30. Sanskritchada "Chiroqlar qatori" deb ayting.

Javob: Divali

40. 1916-yilda tugʻilgan USHBU insonning mashhur asarlari "Abu Rayhon Beruniy, Bobur, Amir Temur portretlari hisoblanadi.

D/s: U kim?

Javob: Malik Nabiyev

50. U figurali uchish boʻyicha katta toʻrtlik - Olimpiada, Jahon chempionati, Yevropa va Gran Pri finalida gʻalaba qozongan ilk rossiyalik sportchi boʻlgan.

D/s: U kim?

Javob: Alina Zagitova

Mavzu: Oʻyin

10. Savolda bir soʻz boshqa ikki soʻzga almashgan.

2017-yilda Islandiyada davlat valyutasining qadri oshib ketadi. Bunga sabab TOʻY edi.

Javob: Taxtlar oʻyini

20. UNING mohiyati har bir okrugdan 12-18 yoshli 1 oʻgʻil va qiz Tribute sifatida tanlanib, Kapitoliydagi hayot mamot jangida qatnashishi edi.

Javob: Ochlik oʻyinlari.

30. 2014-yilda chiqarilgan va bosh rollarni Benedikt Kemberbetch va Kira Naytli lar ijro etgan USHBU film uchun Tyuringning Bombe deb atalgan kod mashinasi uchun toʻliq ishlaydigan model qurilgan.

Javob: Imitation Game (Taqlid oʻyini)

40. Suaxili tilidan qurmoq deb ayting.

Javob: Jenga

50. USHBu O'yin tartibi quyidagicha: ishtirokchilardan biri yonidagi insonga bir so'zni sekin aytadi. Bu inson esa yonidagi insonga. O'yin shu tarzda davom etadi.

Oxirida o'sha birinchi aytilgan so'z umuman boshqa so'zga o'zgarib yetib keladi.

Javob: Buzuq telefon oʻyini

Mavzu: Qirol

10. U e4-e5 yurishlariga oqlarning f4 yurishi bilan boshlanadi.

Javob: Shoh gambiti

Qabul: King's gambit, Qirol Gambiti

20. 2010-yilda Tom Xuper tomonidan suratga olingan USHBU film Buyuk Britaniya qiroli Jorj VI ning kuchli duduqlanish muammosini yengib oʻtish jarayonini koʻrsatadi.

Javob: Qirol Nutqi (King's Speech)

30. 1998-yilda nashr qilingan USHBU asar Stannis Barateon, Renli Barateon, Rob Stark, Beylon Greyjoy va Joffri Barateon oʻrtasidagi siyosiy va harbiy toʻqnashuvlar tasvirlangan.

Javob: Qirollar Toʻqnashuvi (A Clash of Kings)

Izoh: Muz va Olov qoʻshigʻi seriyasining ikkinchi kitobi.

40. UNING ildizlari oʻrta asrlarga borib taqalib, tarixan Fransiyadan Angliyaga "Le Roi est mort, vive le Roi!" tarzida kelgan.

Javob: Qirol oʻldi, yashasin qirol iborasi.

50. U Vesterosning janubi-sharqida, Qorasuv koʻrfazi sohilida joylashgan boʻlib aholisi taxminan 500 ming - 1mln kishi.

Javob: Qirol Diyori

Qabul: Qirol Bandargohi, Qirol Qoʻnalgʻasi, King's Landing.

Izoh: 7 qirollik poytaxti.

Mavzu: Ensiklopedik MA

10. Kapitan Ruje de Lisle tomonidan Fransiya inqilobi davrida yozilgan U dastlab Reyn armiyasining marshi deb nomlangan.

Javob: Marselyeza

20. Sehrgarlik va alkimyo ramzi boʻlgan UNI "Odam ildizi" deb ham atashgan.

Javob: Mandragora

30. 1924-yilda tashkil etilgan USHBU mashhur brend 1970-2000-yillar oraligʻida Ferrari Formula 1 jamoasining homiysi boʻlgan.

Javob: Marlboro

40. USHBU shaharda Ferrari Racing Days yoki turli avto-moto festivallar muntazam oʻtkazib turiladi.

Javob: Maranello

Izoh: Ferrari brendi joylashgan shahar.

50. U turli tillarni aralashtirib yozilgan sheʼrlar uslubi boʻlib, asosoan kulgili, hajviy yoki satirik maqsadlarda ishlatilgan.

Javob: Makaron adabiyoti

Qabul: Makaronizm

Mavzu: Ajdar

10. UNING voqealari Muz va Olov qoʻshigʻi voqealaridan deyarli ikki asr avval roʻy beradi.

Javob: Ajdar Uyi

20. U ajdod ruhlari tomonidan yuborilgan qoʻriqchi ajdarho ammo aslida kichik, shoʻx va yordamchi.

Javob: Mushu

30. Oʻzining intervyularidan birida U aslida real hayotda Kuchuklar onasi ekanligini taʼkidlaydi. 1986-yilda tugʻilgan USHBU inson kim?.

Javob: Emilya Klark

Izoh: Intevyusida u haqiqiy hayotda Ajdarlar onasi emas balki u kuchuk boqqanidan oʻzini kuchuklar onasi ekanligini taʼkidlaydi.

40. 2011-yilda nashr qilingan USHBU asar Muz va Olov qoʻshigʻi seriyasining yakunlangan oxirgi kitobi hisoblanadi. Taxtlar oʻyini serialining 5-mavsum voqealarini oʻz ichiga oladi.

Javob: Ajdarlar bilan raqs (Dance with Dragons)

50. Jon Tolkinning Silmarilion asaridagi UNING laqabi Ajdarlar otasi edi.

Javob: Glaurung

Silmarilion va oʻrta yer rivoyatlaridagi afsonaviy ajdar

Mavzu: 5

10. UNING maydoni 600 ming kvadrat metrdan ortiqligi uchun dunyodagi eng katta ofislardan biri hisoblanadi.

Javob: Pentagon

20. Toshkent shahridagi mahalla nomi. Mahalla nomi beshog'och degan qabila nomi bilan boʻgʻliq. Baʼzi manbalarda bu so'z "beshinchi manzil" maʼnosini anglatishi haqida yozilgan.

Javob: Beshyogʻoch

30. UNING ustida 1940-1950 yillar davomida Montgomeri, Leo Zippin, Glison, Yamabe kabi matematiklar ish olib borgan.

Javob: Gilbertning 5-muammosi

40. 1969-yilda chop etilgan USHBU mashhur asar 1945-yilgi Drezden bombardimoni va uning oqibatlari haqida hikoya qiladi.

Javob: 5-raqamli qushxona

50. U Veronika Rotning Divergent trilogiyasining 5-fraksiyasi boʻlib, uning ramzi oq qora tarozi hisoblanadi.

Javob: Kandor

Mavzu: Uzun

10. U shimoli-gʻarbdan Sariosiyo tumani, sharq, janubiy, shimolidan Tojikiston, janubi-gʻarbdan Qumqoʻrgʻon, gʻarbdan Denov, Shoʻrchi tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 2,33 ming km². Aholisi 183,3 ming kishi (2023-yil 1-yanvar).

Javob: Uzun tumani

20. UNDA boʻyi baland sportchilar texnik ustunlikka ega boʻlishi mumkin biroq kuchli yugurish starti ham muhim ahamiyatga ega.

Javob: Uzunlikka sakrash

30. 1934-yilda Natsistlar partiyasi ichida siyosiy raqiblarni tozalash uchun uyushtirilgan keng koʻlamli qatl va hibslar tarixga shunday nom bilan kirgan.

Javob: Uzun pichoqlar tuni

40. Valiriya poʻlatidan yasalgan U Mormontlar xonadoniga 500 yil xizmat qilgan biroq keyinchalik Tun Soqchilari qoʻmondori Jeor Mormont tomonidan Jon Snouga sovgʻa qilinadi. Ushbu qilich nomini ayting.

Javob: Uzunpanja (Longclaw)

50. 2020-yilda U Sautgempton klubi tarixidagi eng tezkor gol muallifiga aylangan.

Javob: Sheyn Long

Mavzu: Ispan Murabbiylari

10. 1950-yil tug'ilgan USHBU murabbiy Ispaniya termasini ilk bor Jahon chempioni bo'lishiga juda katta hissa qo'shgan.

Javob: Visente Del Boske

20. 2005-yilgi "Istanbul mo'jizasi" sodir bo'lgan o'yinda U Liverpul murabbiyi edi.

Javob: Rafael Benitez

30. U 2013-2016-yillar oralig'ida U Sevilya bilan ketma ket 3 bor Yevropa ligasini qo'lga kiritadi va Yevropa ligasi qirol laqabini oladi.

Javob: Unai Emeri

40. 1938-yilda tug'ilgan USHBU murabbiy 34-yillik tanaffusdan so'ng Ispaniya termasini Yevro 2008 da g'olib bo'lishini ta'minlagan.

Javob: Luis Aragones

50. 2016-yil Del Boske iste'fosidan song termaga murabbiy bo'lgan U terma jamoa bilan Jahon chempionati 2018 ga 20 ta o'yinning birortasida mag'lub bo'lmagan holda yetib kelishgan.

Javob: Xulen Lopetegi

Mavzu: Qargʻa

10. Boshqalardan ajralib turadigan insonlar uchun USHBU idioma ishlatiladi.

Javob: Oq qargʻa

20. 1875-yil Oqpodsho Marg'ilon uyezdini bosib olgach, erkak zotini bitta qoldirmay Marg'ilon yo'lida osib o'ldiradi. Osilgan murdalarni tushurib olishga yo'l qo'ymaydi. Maʼlumotlarga koʻra mashhur U ushbu voqeadan soʻng paydo boʻlgan.

Javob: Qargʻalar uchsa qaraylik qoʻshigʻi

30. Birinden Rivers Shimolda, Devordan tashqarida Oʻrmon bolalari tomonidan oxirgi U sifatida tanlangan inson edi.

Javob: Uch koʻzli qargʻa

40. UNDA Westerosning Gʻarbiy, Janubiy qismlaridagi syujetlar, Rob Stark, Tayvin Lannister va Joffreylarning oʻlimidan keyingi siyosiy boʻshliqlar aks etgan.

Javob: Qargʻalar uchun bazm ( A Feast for Crows) muz va olov qoʻshigʻi seriyasining toʻrtinchi kitobi

50.Mifologiyalarga ko'ra Britaniya qiroli bo'lgan Branning ismi val tilida qargʻa degan ma'no anglatadi.

Diqqat savol: O'limidan keyin Branning boshi qo'yilgan tepalikda keyinchalik nima qurilgan?

Javob: Tauer qal'asi

Mavzu: Pushti

10. 2023-yilgi USHBU film uchun Mattel kompaniyasi va Warner Brothers Pictures prodyuserlik qilgan.

Javob: Barbi

20. 1963-yilgi detektiv komediya. Rejissyori Bleyk Edvards, bosh rol Jak Klyuzo obrazini Peter Sellers ijro etgan.

Javob: Pushti Pantera

30. 1965-yilda tashkil topgan UNING dastlabki nomlari Sigma 6, Tea set kabi nomlar edi.

Javob: Pink Floyd guruhi

40. Yo, yo yo What's up Beyatch

U maktabni zoʻrga bitirgan, kichik koʻcha savdogari va graffiti va san'atga qiziqqan.

Javob: Jesse Pinkman

50. Dillingemning U haqidagi 2009-yilgi asari nomida somnambulist so'zini ham ko'rishimiz mumkin. U kim?

Javob: Pinkerton

Qabul: Allan Pinkerton

Izoh: Pinkerton - AQSHda asos solingan mashhur detektiv va tergov agentligi. Tashkilot logosida ko'z tasvirlangan bo'lib, shiori "Biz hech qachon uxlamaymiz".

Mavzu: Tun

10. UNING voqealari yoz oyida Sankt Peterburgning oq kechalari mavsumida boʻlib oʻtadi.

Javob: Oydin tunlar romani

20. Hech qanday toj, hech qanday ayol - ULAR hech qanday meros qoldirmaslik va hech qachon uylanmaslik haqida qasam ichishadi.

Javob: Tungi kuzatuv soqchilari

Qabul: Qora birodarlar, Tungi soqchilar.

30. Bazi san'atshunoslar USHBI kartina kompozitsiyasini "Soʻnggi kechki ovqat" kartinasiga oʻxshatib, markazdagi ofitsiantni Isoga qiyoslaydi.

Javob: Tungi kafe terrasasi

40. Birinchi U 8000 yil ilgari Tong asrining oxiri (Dawn age) va Birinchi odamlar va Oʻrmon bolalari davrida sodir boʻlgan.

Javob: Uzoq Tun (The Long night)

50. UNING musiqasi Igor Krutoy tomonidan bastalangan, soʻzi esa shoir Sergey Sashin tomonidan yozilgan.

Javob: Sedaya Noch qo'shigʻi

Mavzu: Qotil

10. UNING jinoyatlari juda vahshiyona boʻlgani uchun Rostov qotili, Qizil qoʻriqchi kabi laqablar olgan.

Javob: Chikatilo

20. 1928-yilda Agata Kristi Orient Express poyezdida qor boʻroni sabab ikki kun qolib ketadi. Bu voqea unga USHBU mashhur asarini yaratishga ilhom manbai boʻlib xizmat qiladi.

Javob: Sharqiy ekspressdagi qotillik.

30. 1920-yillar boshida Oklaxoma shtatining Osage tubjoy xalqi oʻz yerlari ostida topilgan neft sabab boyib ketadi. Keyinchalik ushbu boylik ortidan qotilliklar boshlanadi. Ushbu voqea yozuvchi Devid Grannga UNI yaratish uchun ilhom manbai boʻlib xizmat qiladi.

Javob: Gulli oy qotillari romani

40. 2018-yilda Emmi Mukofotini qabul qilib olar ekan Piter Dinkleyj 1970-yilda Ryudkobingda tugʻilgan USHBU insonni boshqa onadan tugʻilgan akam deb ataydi.

Javob: Nikolay Koster Valdau

Izoh: Nikolay Koster Valdau "Taxtlar oʻyini" serialida Oʻz qiroli Aeris Targaryenni oʻldirib Qirol Qotili (Kingslayer) laqabini orttirgan Jeymi Lannister rolini ijro etgan. Piter Dinkleyj esa Jeymining ukasi Tirion Lannister rolini ijro etgan.

50. 1930-yillarda 1-raqamli qotil deb topilgan BU inson 20 ga yaqin bankni va 4 ta politsiya boʻlimini talon taroj qilgan. Ayollar va avtomatik qurollarga ishonib qolmang degan soʻzlari mashhur.

Javob: Jon Dilinjer

Mavzu: Initsial bir xil

10. 1857-yilda tug'ilgan USHBU inson elektromagnit toʻlqinlarning mavjudligini tajriba orqali isbotlagan. U kim?

J: Genrix Gerts

20. 1932-yilda Jorj Bleyzdel tomonidan yaratilgan ULAR ikkinchi jahon urushi paytida Aqsh askarlarining ajralmas qismi edi. U har qanday ob havo sharoitida o'chib qolmasdan yonishi bilan mashhur edi. Ularni ayting

J: Zippo Zajigalkalari

30. USHBU sovet ayoli Ikkinchi jahon urushi davomida 12 ta dushman samolyotini yakka holda urib tushiradi va "Osmonning oq atirguli" laqabiga ega bo'ladi.

J: Lidiya Litvyak

40. U 2006-yilda Soyuz TMA-9 kemasi orqali XKSga uchgan va kosmosga chiqqan birinchi eronlik va musulmon ayol sifatida tarixga kirgan.

J: Anusha Ansoriy

50. U inson tanasiga tatiurovka chizdirishga haddan tashqari moyil bo'lib qolishni anglatuvchi termin hisoblanadi. Ushbu terminni ayting.

J: Ko'k kasallik

Mavzu: Mashhur Arablar

10. USHBU inson Saudiya Arabistonining amaldagi qiroli hisoblanadi.

J: Salmon ibn Abdulaziz

20. Oʻtgan asr oʻrtalarida tugʻilgan ushbu osiyolik Sharl De Goll, Bernard Montgomeri va eng muhimi "Arsenal" muxlisi boʻlgan.

Ushbu insonni ayting.

J: Usama bin Laden

30. Saudiya futbol termasining yulduzi bo'lgan U 2022-yilgi Jahon chempionati Argentinaga qarshi o'yinda g'alaba golini kiritgan. U kim?

J: Salim Al Dovsari

40. Davom etamiz. Bolaligida U do'stlari bilan ko'chad yurganida Masjid ul Haramdan taralgan Azon ovozini eshitib qoladi va Menham bir kun kelib Masjid ul Haramning imomi bo'lsaydim deganlarida do'stlari sening ovozing shishani yoradiku deb uning ustidan kulishadi. Biroq U o'z orzusiga erishadi va 2019-yilda qirol Salmon ibn Abdulaziz tomonidan Masjid ul Haramning imomi etib tayinlanadi. U kim?

J: Yosir Al Dosari

50.USHBU inson 2008-yilda Manchester Siti klubini sotib oladi va uning say harakatlari bilan klub dunyoning eng kuchli klublari qatoridan joy oladi.

J: Shayx Mansur

Mavzu: Matritsali -AS-

10.Kris Mul tomonidan 2018-yilda suratga olingan horror janridagi film bo'lib, bosh rollarni Frank Dilleyn va Vanessa Greyslar ijro etishgan.

J: Astral

20. U xozirda buyuk Britaniyaning Shimoliy Yorkshir shahridagi Thirsk muzeyida saqlanmoqda. Qizig'i shundaki xavsizlik uchun U shiftga osib qo'yilgan bundan ko'zlangan maqsad esa kimdur unga qiziqib yoki tasodifan o'tirib qolishini oldini olishdir. Uni atoqli ot qatnashtirib ayting.

J: Basbi stuli

30. 1599-1660-yillarda yashagan USHBU rassom Qirol Fillip IV saroyida xizmat qilgan. Uning Meninlar kartinasida qirol oilasi tasvirlangan. U kim?

J: Diego Velaskes

40. 1762-1848-yillarda yashagan USHBU rus aristokrat ayol tarixga havo sharida uchgan birinchi rus ayoli sifatida kirgan.

J: Praskovya Gagarina

50. U nazariy konsepsiya bo'lib, biror yulduzning barcha energiyasini samarali yig'ib olish uchun yulduz atrofini qurshab oladigan ulkan tuzilma hisoblanadi. Uni ayting

J: Dayson Sferasi

Mavzu: Initsial V. V

10. 1856-yilda tug'ilgan USHBU inson AQShning 28-prezidenti hisoblanadi.

J: Vudro Vilson

20. 1972-yil 26-yanvarda aviahalokatdan omon qolgan U eng balandan yiqilib omon qolgan inson sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. U kim?

J: Vesna Vulovich

30. 3 Bahodir va Shamaxa malikasi animatsiyasining bir epizodida USHBU rus rassomi kartinasining tom maʼnodagi remeykini ko'rishimiz mumkin. Qaysi rassom?

J: Viktor Vaznetsov

40. U MS-DOS operatsion tizimida ishlaydigan kompyuterlarga zarar yetkazuvchi kompyuter virusi. U 1990-yillarda aniqlangan va dastlab Avstriyada paydo bo‘lgan. UNI ayting.

J: Vena Virusi

50. U dastlab Napoleon Bonapart uchun buyurtma qilishgan. U qadimiy Rim marmaridan yasalgan va ulug‘vor dizaynga ega bo‘lishi rejalashtirilgan. U hozirda Londonning Bukingem saroyi bog‘ida saqlanadi. UNI ayting

J: Vaterlo Vazasi

Birining Familiyasi, Ikkinchisining ismi

10. Birinchi: 3D texnologiyasini yangi bosqichga olib chiqqan 1954-yilda Ontarioda tugʻilgan mashhur kinorejissyor. Ikkinchi: Oʻzining karyerasini 1994-yilgi The Mask filmida boshlagan, 1972-yil San Diegoda tugʻilgan aktrisa.

Javob: Jeyms Kemeron, Kemeron Diaz.

20. Birinchi: 1455-1485-yillarda boʻlib oʻtgan Oq va qizil atirgullar urushidan ilhomlanib oʻzining mashhur asarini yaratgan, 1948-yil Nyu Jersida tugʻilgan mashhur yozuvchi. Ikkinchi: Absolyut Cinemalar muallifi boʻlgan 1942-yil tugʻilgan AQSHlik kinorejissyor. Irlandiyalik emas.

Javob: Jorj Martin, Martin Skorseze

30. Birinchi: Yozuvchi Alan Miln oʻgʻli uchun Edvard ismli ayiqcha sotib oladi. U ayiqcha keyinchalik bolaning doʻstiga aylanadi. Savol: Bolaning ism familiyasini ayting. Ikkinchisi: 1951-yil Chikagoda tugʻilgan USHBU ZAKOVATLI aktyor faoliyati davomida oʻzining LAHZALARIni tuta olgan desak mubolagʻa boʻlmaydi. Savol: U kim?

Javob: Kristofer Robin, Robin Uilyams

40. Birinchi: Klublar oʻrtasidagi Jahon Chempionati yarim finalida oʻzining sobiq jamoasi Fluminese darvozasiga ikki gol urib, Chelsining finalga chiqishini ta'minladi.

Ikkinchi: 1975-yilda tugʻilgan USHBU "Qizil Chipor ilon" 2011-yilda chiqarilishi boshlangan mashhur manbaada TOGʻGA 1vs1 duelda magʻlub boʻladi. Savol U kim?

Javob: Joao Pedro, Pedro Paskal

50. Birinchi: 1884-yil Missurida tugʻilgan USHBU inson Franklin Delano Ruzvelt vafotidan soʻng uning vakolatini qabul qilib oladi. Ikkinchi: 1924-yil tugʻilgan USHBU inson juda yoshligidan yozishga qiziqqan va 11 yoshida hikoyalar yoza boshlagan. Uning NONUSHTA paytida asar yozganligi haqida maʼlumotlar topilmadi. Savol: U kim?

Javob: Garri Trumen, Trumen Kapote

2-Mavzu: Matritsali -UR-

10. Anudaryoning janubida joylashgan USHBU shaharga 1646-yilda Abulgʻoziy Bahodirxon tomonidan asos solingan.

Javob: Urganch

20. 1970-yil tugʻilgan USHBU aktrisa oʻzining dastlabki mashhurligiga Mia Uolles roli orqali erishgan.

Javob: Uma Turman

30. U Kichik suv parisi multfilmining antogonisti boʻlib, yovuz dengiz jodugari sifatida talqin qilingan. U Tritonning singlisi, Poseydonning qizi hisoblanadi.

Javob: Ursula

40. Taxtlar oʻyini voqealarida Qirol Robert Barateon uzoq vaqt hukmronlik qilgan Temir Taxtning qonuniy egalari boʻlgan Targaryenlarni magʻlub qilib oʻziga tegishli boʻlmagan Taxtni noqonuniy egasiga aylanadi. Shuning uchun Qirol Robertni tom maʼnoda U deyishimiz mumkin. U oʻrnidagi lotincha soʻzni ayting.

Javob: Uzurpator

50. U afsonaviy, yoʻqolgan qit'a boʻlib, u haqidagi tasavvurlar XIX asrda paydo boʻlgan.Dastlab U Madagaskar, Hindiston va Janubiy Osiyo hayvonot dunyosi oʻrtasidagi oʻxshashliklarni tushuntirish uchun oʻylab topilgan. Biroq Zamonaviy Geologiyada bunday qit'a hech qachon boʻlmaganligi isbotlandi. Qit'a nomini ayting.

Javob: Lemuriya

3-Mavzu: Nomida Qiz bola ismi qatnashgan asarlar

10. 1958-yilda yozilgan USHBU dunyodagi eng zoʻr sevgi qissasi urush yillaridagi qishloq hayotini tasvirlaydi.

Javob: Jamila

20. 1815-yilda yozilgan USHBU asar Jeyn Ostinning eng soʻnggi asari hisoblanadi. Asar qahramoni oʻzini kelin kuyov topib beruvchi (matchmaker) sifatida koʻradi, boshqalarni hayotiga aralashib, ularni oʻzi oʻylagancha juftlashtirishga harakat qiladi.

Javob: Emma

30. 1847-yilda chop etilgan USHBU asarni tanqidchilar roman juda hissiyotli va ayol muallif uchun haddan tashqari dadil deb hisoblangan. Biroq vaqt oʻtishi bilan USHBU roman ingliz adabiyotining klassik asarlaridan biri sifatida tan olindi.

Javob: Jeyn Eyr

40. 1911-yilda nashr qilingan USHBU asarda bosh qahramon boy siyosatchi Senator Brander bilan sevgi munosabatlariga kirishadi, ammo ularning munosabatlari jamiyat tomonidan qabul qilinmaydi. Brander oʻlgach esa bosh qahramon turli qiyinchiliklarga duch keladi va yana sevgi munosabatlariga aralashadi.

Javob: Jenni Gerxardt

50. Britaniyalik yozuvchi Dafna Dyumorening USHBU asari 1938-yilda nashr qilingan boʻlib, nashrdan chiqqan zahoti 400ming nusxadan ortiq sotilgan va National Book Award Mukofotiga loyiq koʻrilgan.

Javob: Rebekka

4-mavzu: Qilich

10. U Musiqiy faoliyatini 2000-yillarning oʻrtalarida boshlagan. Ilk qoʻshigʻi „Dadamning muxlislari“ boʻlib, bu asar orqali u otasiga boʻlgan hurmatini ifodalagan. Savol: U kim?

Javob: Qilichbek Madaliyev

20. Bazi manbalarda aytilishicha U Koʻl Xonimi tomonidan oʻz egasiga berilgan va oʻzining soʻnggi jangida yaralangach oʻzining eng ishongan ritsariga UNI koʻlga otib yuborishini buyurgan. Savol: UNI ayting.

Javob: Ekskalibur

30. U Elendilning qilichi boʻlgan Narsilning singan boʻlaklaridan qayta tiklangan va U merosxoʻr qirol qaytmaguncha Rivendellda saqlangan.

Javob: Anduril

40. 2000-yilda nashr qilingan USHBU asar rejalashtirilgan 7 kitobning uchinchisi hisoblanadi. USHBU kitob Joffrey va Stannisning Temir Taxt uchun kurashi, Mans Rayderning oʻzini devor tashqarisidagi qirol deb eʼlon qilishi va tunggi kuzatuv uchun qarama qarshiliklarini ifodalaydi. Bundan tashqari Rob Stark va Beylon Greyjoy oʻz yerlarini alohida qirollik deb eʼlon qilishadi.

Javob: Qilichlar boʻroni (Storm of Swords)

50. Taxtlar oʻyini serialining 6-mavsum 3-qismida U bir necha daqiqalargina koʻrinish bergan boʻlsada muxlislar qalbidan chuqur joy egallagan va Westeros tarixidagi eng kuchli qilichboz sifatida eʼtirof etilgan. Uning laqabi Tong qilichi hisoblanadi. Savol U kim?

Javob: Ser Artur Deyn

5-mavzu: Bir soʻzdan harflar tushirib qoldirilgan.

10. Chortoq tumani Xotira maydonida oʻz bolasini bagʻriga bosib turgan ayol haykalini koʻrgan savol muallifi haykalni Chortoq ONASI deb ataydi. Savol: Harflari tushirilgan soʻzni asl holida ayting.

Javob: Madonna

20. ALI - Bu salkam 5 ming yillik tarixga ega hind an'anasi hisoblanadi. ALI asli korridaning analogi hisoblanadi biroq unda hayvonlar oʻldirilmaydi.

30. Franchesko Lentini 1889-yilda Italiyada ortiqcha, ya'ni 3 ta oyoq bilan tugʻilgan inson hisoblanadi. Tasodifni qarangki, Lentini rasmiy geraldik ramzi RISK boʻlgan Sitsiliyada dunyoga kelgan.

Javob: Triskelion

40. Demyanenko gavdalantirgan Shurik obrazining ssenariy boʻyicha ism-sharifi Vladik Arkov edi. Ammo Senzura Vladik qisqartmasi tomoshabinlarda Vladlen ismi bilan assotsiatsiya boʻlishidan qoʻrqib uni almashtirishni buyuradi. Buning sababi Vladlen ismi ER edi.

Javob: Yershonim

Izoh: Vladlen ismi Vladimir Lenin ism-familyasidan yasalgan oʻziga xos Yershonim edi.

50. UPA soʻzi 2014-yilgi zamonaviy soʻzlar lugʻatida modaga amal qilmaydigan shaxs sifatida taʼriflangan. UPAni tarbiya yoki boshqa sabablarga koʻra jinoiy guruhlarga qoʻshilmagan oddiy oʻsmir deyish ham mumkin. 2023-yilgi mashhur bir voqea sabab UPA soʻzi juda ommalashdi.

Javob: Chushpan

6-Mavzu: Kitoblardagi hayoliy toponimlar

10. Oʻrta asrlar Angliyasidagi voqealaridan ilhomlanilgan mashhur asar voqealari boʻlib oʻtuvchi BU JOYning tashqi koʻrinishi Buyuk Britaniya xaritasiga oʻxshab ketadi.

Savol: Qaysi joy?

Javob: Vesteros

20. Hazil maqolada " Maymunlar sayyorasi " franshizasining nomi birinchi marta 1904 yilda amerikalik yozuvchi tomonidan yozilgan kitobda tilga olingan BU JOY nomiga o'zgartirilgan.

Javob: Banan Respublikasi

Izoh: O.Genrining “Karamlar va qirollar” asaridagi maydon

30. Izolyatsiya va Lotin Amerikasidagi kolonializm va globalizatsiyani oʻzida aks ettiruvchi UNING nomi Bantu tilidagi banan soʻzidan kelib chiqqan boʻlishi mumkin.

Javob: Makondo

40. 3-barmoq salomi asosan Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida demokratiyaga qarshi mitinglar paytida qoʻl ishorasi hisoblanadi. Bu salom qayerda norasmiy belgi ekanligini ayting.

Javob: Panem

Izoh: "Ochlik o'yinlari" trilogiyasidagi xayoliy mamlakat

50. Sindarin tilidagi joy nomi eski inglizcha so‘zning buzilishi bo‘lib, “temir qo‘riqchi” degan ma’noni anglatadi .

Javob: Izengard

Izoh: Sindarin - elflar tilining bir tarmog'i. Xuddi shu nomdagi mashhur qal'a o'sha hududda joylashgan.

7- Mavzu: 4 (Toʻrt)

10. Asar 4 ta alohida skripka konsertidan iborat. Bahor ( La Primavera), Yoz (L'Estate), Kuz (L'autunno), Qish (L'inverno)

Savol: Ushbu asar muallifini ayting.

Javob: Antonio Vivaldi

20. Oʻzbek tilining izohli lugʻatiga koʻra oyoq, qoʻl, koʻz va quloq U hisoblanadi. UNI ikki soʻzda ayting.

Javob: Toʻrt mucha

30. ULAR nimani ifodalashi haqida haligacha konsensus yoʻq, lekin ular koʻpincha vabo, urush, ochlik va oʻlimni anglatadi degan versiyalar ham mavjud. Savol: ULARni uch soʻzda ayting.

Javob: Apokalipsisning toʻrt chavandozi

40. Braziliyalik futbolchi Xalk maydondan tashqarida muxlislar bilan koʻp muloqot qilardi. Uning bu harakatlari BU ISHNI QILISHga qiyoslangan. Menham xozir BU ISHNI QILDIM.

Javob: Toʻrtinchi devorni buzish

50. 20-asr boshlarida Gerbert Buseman va Georg Hamel UNGA qisman yechimlar topgan. Savol: UNI ayting.

Javob: Gilbertning toʻrtinchi muammosi.

8-mavzu: Matritsali -LL-

10. BU oʻyin qadimiy oʻyinlardan biri hisoblanadi. BU oʻyinni oʻynash uchun sizga ikki dona gʻisht va tol daraxtidan qilingan ikki dona choʻp kerak boʻladi.

Javob: Chillak

20. XIX asr oxiri XX asr boshlarida U shimoliy Italiyadagi guruch dalalarida ishlagan ayollar tomonidan kuylangan xalq qoʻshigʻi boʻlgan.

Javob: Bella Chao

30. 1938-yil Germaniya, Avstriya, Sudet viloyati hududlarida yahudiylarga tegishli koʻplab koʻchalar, doʻkonlar, binolar vayron qilingan. Savol: Ushbu voqea tarixga qanday nom bilan kirgan?

Javob: Billur kecha

40. U Qahramonlar Asrida Me'mor Brandon tomonidan barpo etilgan. Savol: UNI ayting.

Javob: Vinterfell

50. Miloddan avvalgi 118-56 yillarda yashagan U Rimning Sharqdagi yurishlarida ulkan boylik orttirgan va ushbu boylikni o‘zining hashamatli hayoti, xususan, beqiyos ziyofatlari uchun sarflagan. Savol U Kim?

Javob: Lukull

Izoh: Lukull bazmi iborasi oʻta dabdabali va serharj ziyofatni anglatadi.