Namangan Zakovat klubi 1-liga yozgi mavsum 10-tur savollari.
1. KVN miniatyurasining yangi mavsumning OCHILISHIGA bag'ishlangan sonida jamoa a'zosidan biri uzoq vaqt davomida BU ISHNI QILGAN.
DS: BU ISHNI QILISH soʻzlari bilan almashgan soʻzlarni yozib bering
Javob: [Qizil] Lentani kesgan.
Izoh: Jamoa ochilish marosimiga xos bo'lgan an'anaviy atributga yangicha yondashuvni namoyish etdi.
2. Yunonlar ushbu mahsulot bilan faqat qullarni boqishgan, ammo imperator Tiberiy bu mahsulotni juda yaxshi ko'rar va bu mahsulot uchun Reyn provinsiyalaridan o'lpon olgan. Kartoshka paydo bo'lishidan oldin u Yevropada kambag'allarning asosiy oziq-ovqati bo'lib xizmat qilgan. Ushbu mahsulot bizga sakkiz qahramondan iborat bir "kichik asar" orqali yaxshi tanish.
Savol: Ushbu mahsulotni nima ekanligini yozib bering
3. 20-asrning boshlarida chiqarilgan filmda bosh qahramonning onasi qizining dramatik hikoyasidan so'ng, AQSh dengiz flotida leytenant bo'lgan kelinini xizmatni tark etishga ko'ndirishga harakat qiladi. Ushbu filmning ssenariy muallifi va bosh aktyori premyeradan 29 kun oldin sodir bo'lgan voqeaning bevosita ishtirokchisi Doroti Gibson edi.
Javob: Titanikning choʻkishi
Izoh : Filmning premyerasi 1912-yil 14-mayda bo‘lib o‘tdi va Dorotining o‘zi ham mashhur kemadan omon qolganlardan biri.
4. Leonard Levinsonning aforizmini tinglang: "Tarix - bu X dan atomgacha bo'lgan charchagan yurish". X atomdan faqat ikki harfga farq qiladi.
5. Bobilliklar singari, Pifagor ham juft sonlarni ayollik, toq sonlarni esa erkaklik deb hisoblagan.
DS: Pifagor birinchi toq va birinchi juft sonlar yig'indisi deganda nimani nazarda tutgan?
6. Yuz buyuklar” turkumidagi “Yuz buyuk futbolchi” kitobi so‘zboshi va uch qismdan iborat. Birinchi qism “Darvozabonlar”, ikkinchi qism “Maydon o‘yinchilari”, uchinchisi esa “ Oʻnta zo‘r...ULAR” deb nomlanadi.
7. Kashfiyotlar davridan keyin dengiz taktikasi konvoylar yaratishga asoslana boshladi. Taxminlarga ko'ra, U ham murakkab tuzilishga ega bo'lgan katta konvoy bo'lgan. Nomiga paradoksal tarzda U yengilgan.
8. Agar siz BIRINCHI va IKKINCHIni ta'lim uchun ishlatsangiz, u holda bolalar, hazilga ko'ra, ko'karib, semiz bo'lib o'sadi.
DS: BIRINCHI va IKKINCHIni toping
Javob: Sabzi va Tayoq
Izoh: Xazilda agar bolalar ta'lim jarayonida sabzi va tayoq yeyishsa, koʻkarib, semiz boʻlib oʻsishi takidlangan.
9. Qadimgi Xitoyda ushbu mashhur bo'lmagan kasb vakillari kerakli mahoratga erishish uchun uzoq vaqt davomida mixlar qo'yilgan katta, qalin yog'och taxtalarda mashq qilishgan va ularni ushbu taxtalardan olishga harakat qilganlar. Shu tarzda ular ajoyib kuch va chaqqonlikni rivojlantirdilar.
DS: Ushbu kasb egalari xozirda qanday ataladi?
Javob: Tish shifokori
Izoh: Mixlarni sugʻurish orqali ular tish sugʻurishni mashq qilishgan.
10. AQSh Harbiy-dengiz kuchlari kotiblaridan biri Frenk Noks bir marta shunday degan edi: “Hech qanday sharoitda Amerika dengiz floti kutilmagan xujumga uchramaydi".
Savol : U ushbu gaplarni aytgan oy va yilni toping.
Javob: 1941-yil dekabr
Izoh: 1941-yilning 4-dekabr kubi Noks ushbu gaplarni aytadi va oradan 3 kun oʻtib Yaponiya Pyorl Harborga kutilmagan xujum uyushtiradi.
11. 1973 yilda Elton Jon o'zining eng yaxshi studiyaviy albomlaridan biri "Xayr Sariq gʻishtli yoʻl" ("Goodbye Yellow Brick Road") ni okean laynerida yozdi. Elton Jon bu albomini nomlashda 1900-yilda yozilgan USHBU asardan ilhomlangan.
Savol: Asar nomini yozib bering.
Javob: Oz mamlakati sehrgari
Izoh: Sariq gʻishtli yoʻl - Bu oʻz mamlakati sehrgari asaridagi yoʻl hisoblanadi.
“Fan va hayot” jurnali “Bulutlardagi hikoyalar” fototanlovini e’lon qildi. Birinchi o'rinni sarlavhasi to'rt harfdan iborat boʻlgan tarqatmadagi rasm egalladi.
Savol: Oʻsha 4 harfni yozib bering.
Javob: SSSR
Izoh: Bulut SSSR xaritasi shaklida
13. Selta futbol klubida o'ynagan Aleksandr Mostovoyni Ispaniyada "tsar" deb atashgan.
Savol: Seltaning boshqa bir futbolchisi, misrlik boʻlgan Midoni jamoadoshlari qanday atashgan?
14. Forbes jurnalining maqolalaridan birida "agar siz oʻzingizning Xlaringizni aniq bilmasangiz, sizni "haqiqiy boy" deb atash mumkin emas, deb hisoblaydigan ma'lum bir oligarxning fikri keltirilgan. 1947 yilda Karl Berks tomonidan yaratilgan mashhur mulpersonaj oʻzining X lari sonini aniq bilar edi.
Savol: X nima ekanligini toping.
Javob: Boylikning aniq miqdori.
Izoh: Skruj Magdak oʻzini boyligini aniq miqdorini bilgan. Epizodlardan birida, pullari orasida suzib yurgan vaqtida boyligi oʻzi hisoblagan miqdordan kam ekanini sezib qoladi.
15. Bir kuni, ko'p yillar oldin, bir uyatchan yigit uchta qizcha bilan Temza bo'ylab qayiqda sayr qiladi. Shu bilan birga, u hamrohlariga moʻjizalar mamlakatiga olib boruvchi aql bovar qilmas voqeani aytib beradi.
Savol: 1832-yil Deyrsbyurida tugʻilgan bu uyatchang yigit kim ekanligini yozib bering
Javob: Lyuis Kerrol (Charlz Dodjson)
Izoh: Charlz Dodjson "Alisa moʻjizalar mamlakatida" asari muallifi hisoblanadi.
16. Lord Xouning kichik vulqon oroli Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtati tarkibiga kiradi. Orol iqtisodiyoti turizmga asoslangan, chunki orolga tashrif buyurganlarning ko'plari bu erga yana QAYTIB kelishlari mumkin.
Savol: Ushbu orol qanday shaklda?
17. Skandinaviya mifologiyasining qahramoni Heymdallning ko'rish va eshitish qobiliyati bor edi, shuning uchun Loki Freyadan marjonni o'g'irlaganida, Heymdall uni o'z vaqtida topa oldi. Ushbu hikoyaga asoslanib, fashistlar Germaniyasida X ixtiro qilingan.
Savol: X ni nima ekanligini toping
18. Apollon 13" filmida amerikalik kosmonavt Yerga yaqinlashib kelayotgan kemadagi barcha asboblarni o'chirib, "Endi esa ser rulda... U" deydi.
Savol: Uning kim ekanini yozib bering.
Javob: Isaak Nyuton
Izoh: Endi hammasi tortishish kuchiga bogʻliq
19. Savol matnida ULAR soʻzi boshqa bir soʻz bilan almashgan
Bir filmning keksa qahramoni keksalikning boshlanishi haqida gapirar ekan, insonning koʻrish qobilyati, aql idroki asta sekin yoʻqolishi va ULAR bilan tunni alohida oʻtkazishini taʼkidlaydi.
Savol: ULARGA gʻamxoʻrlik qilish uchun ixtisoslashgan mahsulotlar sotuvchi onlayn doʻkon nomida qaysi raqamni koʻrishimiz mumkin?
Javob: 32
Izoh: ULAR tishlar edi.
Manba: Miss. Mo'jiza Manxetten" filmi (2010), rej. Maykl Skott.
2. http://www.32shop.com.ua
20. USHBU insonning otasi 1816-yil aprel oyida vafot etganida, onasi: "Uni Muz qiz olib ketdi" deb aytadi.
Savol: USHBU insonning ism familiyasini yozib bering
Javob: Hans-Kristian Andersen
Manba(lar): http://www.sovsekretno.ru/2005/04/12.html
21. Bir mashhur adabiy asarning o'yin versiyasini ko'rib chiqib, tanqidchi o'yinda BARCHA TANLOVLAR TENG ekanligini ta'kidlaydi.
Savol: Ushbu o'yinning sarlavhasida qanday familiya bor?
Javob: Oruell
Izoh: Oʻyin Molxona (Hayvonlar fermasi yoki xoʻjaligi) asariga asoslangan edi. Molxona asarida "Barcha Hayvonlar tengdurlar lekin ba'zilari boshqalardan koʻra tengroqdur".
22. Bir erkaklar futbol klubi logotipining oʻrtasida futbol toʻpi va toʻpning 3 tarafidan chiqib turgan oyoqlarni koʻrish mumkin. Buni koʻrgan savol muallifining hayoliga USHBU mashhur simvol keladi.
Savol: Ushbu simvolni nimaligini bir soʻzda yozib bering.
23. Ba'zi bir qadimgi rus me'moriy yodgorliklarining qurilgan sanasini ULARNI tahlil qilish orqali aniqlashga muvaffaq bo'lishdi. Richard Dokinz ULARNI barmoq izlariga o'xshagan deb taqqoslagan.
Javob: (Daraxtlarning) Yillik halqalar
Izoh: Dendroxronologiya nafaqat daraxtning yoshini, balki ba'zi bir yog'och buyumlarning yaratilgan sanasini ham aniqlash imkonini beradi. Shunday qilib, yillik halqalar - vaqt izlari. Bundan tashqari, ular tashqi ko'rinishidan ham papilyar chiziqlarga o'xshaydi.
Roman Popov Evdokiya Lopuxin obraziga nisbatan taniqli sharqona epitetdan foydalangan. Savol muallifining so'zlariga ko'ra, Evdokiyaning xususiyatlari haqiqatan ham UNGA o'xshaydi. U anglatishi mumkin bo'lgan ma'nolar qatoriga noqulaylik, kinoya kabi holatlar kiradi.
Savol: UNI nima ekanligini aniq yozib bering.
Javob: Qora oy emojisi
Qabul: oy emoji/smaylini eslatish uchun sinonim javoblar; Molester Moon, qotil oy.
Izoh: komediyachi parsUnada tasvirlangan malikani “oy yuzli” deb atadi. Evdokiyaning yuzi muallifga oy emoji haqidagi savolni eslatdi.
Manba(lar):
1. https://youtu.be/BIhTO1V77Vc, 28:30—29:00;
2. https://www.wikihow.com/What-Does-the-Black-Moon-Emoji-Mean