Har bir dasturchi ko'rishi kerak bo'lgan 10 ta film

Dasturlash sohasiga kirib kela boshlaganingizda bu yo’nalishda film yoki serial ko’rishni xohlashingiz tabiiy. Quyida dasturchilar uchun ko’rishga tavsiya etiladigan 10 ta filmlar ro’yxatini taqdim etamiz.

Dasturlash hamda IT sohasiga oid filmlar dam olish kunlaringizni maroqli o’tkazishingizga yordam beradi degan umiddamiz.

Ijtimoiy tarmoq (2010)

Bu film Facebook ijtimoiy tarmog’i asoschisi bo’lgan Mark Zukkerberg haqida. Filmda yosh, hali hech kimga tanilmagan yosh dasturchi Mark ko’rsatiladi. Filmni tomosha qilgach, eng kamida biror shaxsiy loyihangizni yaratish istagi paydo bo’ladi. Hujjatli film bo’lishiga qaramay, kartina zerikishingizga imkon bermaydi.

Janob Robot (2015)

Janob Robot – hozircha ikkita mavsumdan iborat serial. Unda ijtimoiy fobiyadan jabrlanuvchi Elliot ismli yigit haqida so’z boradi. U dasturchi va turli sahifalarni buzib kirishga ixtisoslashgan mutaxassisdir. Serial nafaqat bir dasturchining hayoti haqida hikoya qiladi, shuningdek biz har kuni to’qnashadigan ijtimoiy muammolarni ham namoyish etadi. Bir so’z bilan aytganda, serial dasturlashdan yiroq kishining ham yuragiga yetib boradi.

Kelajak OT (2001)

Film ancha yil oldin olingan bo’lishiga qaramay, bugun uchun ham qiziqarli. Unda o’z shaxsiy operatsion tizimiga asos solishni istagan bir nechta xakerlar haqida hikoya qilinadi. Keyinchalik bu OT GNU/Linux nomini oladi.

Kadrlar (2013)

Bu filmni komediya janriga mansub deyish mumkin, lekin bu uning jiddiyligini inkor etmaydi. Unda ikkita xodimlar haqida so’z yuritiladi. Ular zamonaviy texnologiyalar borasida hech narsani tushunmasdan turib Google’ga amaliyotga borishadi. Filmda kadrlarning mazkur amaliyot jarayonini qanday o’tkazishlari va muammolarni qanday yechishlari bilan bog’liq voqealar ko’rsatilgan.

Kremniy vodiysi (2014)

Serial kremniy vodiysidan bo’lgan va uni zabt etmoqchi bo’lgan bolalar haqida. Serialni asosan komediya sifatida baholashadi, dasturlash bo’yicha ko’p to’xtalinmagan. Shu bilan birga serial juda pozitiv ruhda, har bir qismda u yerdagi voqealarga tobora bog’lanib ketish mumkin.

Men kimman (2014)

Benjamin dunyoni o’zgartirmoqchi bo’lgan oddiy yigit, lekin hammasi u o’ylaganchalik osonmas. Uning hayotini Maks ismli inson o’zgartiradi. Ular barcha singari yashashni istamasdan va nimanidir o’zgartirishga harakat qilib, ularni jamoatchilik e’tiboriga tushishiga sababchi bo’lgan kiber-hujumni amalga oshirishadi. Bu bilan ular ko’p muammolarga duch kelishadi.

Citizenfour: Snouden haqiqati (2014)

Snouden haqida ko’pchilik eshitgan bo’lishi kerak. Bu bola jahonda kichik bo’lmagan o’zgarishni amalga oshirishga muvaffaq bo’ladi. Filmda 2013-yilda “Citizenfour” nomli kimsadan anonim xatlar kelishi tarixi hikoya qilinadi.

Internet-bolakay (2014)

Bu film qandaydir syujetdan ko’ra, bir kishining real hayotidan hikoyaga o’xshaydi. Film Reddit kompaniyasiga asos solgan va 26 yoshida o’z joniga qasd qilgan internet dahosi haqida.

Taqlid qilish o’yinlari (2014)

Real voqealarga asoslangan yaxshi film. Filmda Alan Tyuring ismli buyuk kishi haqida so’z boradi.

Signal (2014)

Voqealar uch nafar talabalarning sirli xabar olishlari bilan boshlanadi. Talaba-xakerlar oldida katta muammolar yuzaga keladi va yoshlar oqibatda ularni bartaraf etishning uddasidan chiqishadi.