December 6, 2022

Referendum nima? Qanday masalalar referendumga qo`yilmaydi.

Referendum deganda Umumxalq ovoz berish yoʻli bilan qonunlar qabul qilish va davlat ahamiyatiga molik eng muhim masalalarni hal qilish shaklini tushunishimiz mumkin. O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida qonun 2001-yil 30-avgust kuni 265-II-son bilan qabul qilingan bo`lib, ushbu qonun 43ta moddadan iborat. Mazkur qonunning 2-moddasiga ko`ra quyidagi masalalar ya'ni O‘zbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligini o‘zgartirish, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va soliqlar, amnistiya va avf etish, jamoat tartibini, aholi sog‘lig‘i va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha favqulodda va shoshilinch chora-tadbirlar o‘tkazish, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish, mansabdor shaxslarni tayinlash va vazifasidan ozod etishlar referendumga qo`yilishi mumkin emas hisoblanadi.