December 6, 2022

UCHUVCHISIZ UCHADIGAN APPARATLARNI OLIB KIRISH

Vazirlar Mahkamasining 15.11.2022 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishni tartibga solish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 658-son qarori qabul qilindi.

Hujjatga muvofiq respublika hududida uchuvchisiz uchadigan apparatlar, ularning butlovchi va ehtiyot dismlarining belgilangan tartibda majburiy deklaratsiya qilinadigan tranzitidan tashqari qonunga хilof ravishda olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash yoki ulardan foydalanish taqiqlanadi.

Shu bilan birga quyidagi sub’yektlar tomonidan ularni (va butlovchi qismlarini) olib kirish,sotish, sotib olish, saqlash yoki foydalanish lariga taqiq o`rnatilmagan. Ushbu tashkilotlar: Turizm va madaniy meros vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining “Geoinnovatsiya markazi” DUK, “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi, YuNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyalaridir.