II.Kasb faoliyatiga oid qonunchilik sohasi 2.5. Davlat xizmatlari markazlari faoliyatiga oid savollar
1. 2022 yil 1 yanvardan boshlab davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va davlat tashkilotlari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlik sub’ektlaridan qanday ma’lumotlar va hujjatlarni talab qilish bekor qilindi? Mazkur o‘zgarish qaysi normativ-huquqiy hujjatda o‘z aksini topgan?
Javob: PF-6269-son; 24.07.2021 yil.
T/r Ma’lumot va hujjatlar nomi
1.Tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma ma’lumotlari
2.Litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar qabul qilinganligi to‘g‘risida tasdiqnoma mavjudligi bo‘yicha ma’lumotlar
3.Davlat boji, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar to‘langanligi to‘g‘risida ma’lumotlar
4.Qimmatli qog‘ozlar, qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan operatsiyalar, dividendlar olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar
5.Kam ta’minlangan oila yoki oila a’zosi sifatida ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida ma’lumotlar
6.Jismoniy shaxslar tomonidan to‘langan va olingan alimentlar to‘g‘risida ma’lumotlar*
7.Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom ma’lumotlari
8.Jismoniy shaxs o‘rta maxsus, professional (kasb-hunar) ta’lim muassasasini tugatganligi haqida ma’lumotlar
9.Shaxs tamomlagan maktabgacha, boshlang‘ich va o‘rta ta’lim (maktab va boshqa) muassasasini tugatganligi haqida ma’lumotlar
10.Fuqaro “Yoshlar daftari”da mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlar
11.Fuqaro “Ayollar daftari”da mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlar
12.Moliyaviy hisobotlar nusxalari*
13.O‘zini-o‘zi band qilgan shaxslar to‘g‘risida ma’lumot
14.Jismoniy shaxslarning oxirgi 12 oydagi ish haqini tasdiqlovchi ma’lumotnomasi
15.Ijtimoiy nafaqa va pensiyalar to‘langanligi bo‘yicha ma’lumotnoma
16.Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlarning imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat to‘g‘risida ma’lumotlar
2. 2021 yil 1 iyundan boshlab jismoniy va yuridik shaxslardan, shuningdek tadbirkorlik sub’ektlaridan qanday ma’lumotlar va hujjatlarni davlat organlari va tashkilotlari tomonidan talab qilish bekor qilingan? Mazkur o‘zgarish qaysi normativ-huquqiy hujjatda o‘z aksini topgan?
Javob: PF-6191-son; 23.03.2021 yil 4-bandi
a) quyidagi faktlarni tasdiqlovchi hujjatlarni:
ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi;
narkologiya bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi;
fuqaroning nomida shaxsiy uy-joy mavjud yoki mavjud emasligi;
soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi;
soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarning davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilganligi;
pensiya va nafaqa oluvchilar ro‘yxatida mavjud yoki mavjud emasligi;
nikoh qayd etilganligi, nikohda turmasligi yoki nikohdan ajralganligi;
shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi;
shaxsning belgilangan shakldagi fotosurati;
tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining ma’lumotnomalari;
mehnat daftarchalari va ularning nusxalari (fuqarolarga pensiya tayinlash jarayonida ushbu hujjatni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali olish imkoniyati mavjud bo‘lmagan hollarda so‘rash bundan mustasno);
ish haqi va ish stajini, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasasida o‘qiganlikni tasdiqlovchi arxiv ma’lumotnomalari (fuqarolarga pensiya tayinlash jarayonida ushbu hujjatni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali olish imkoniyati mavjud bo‘lmagan hollarda so‘rash bundan mustasno);
kadastr hujjatlari va ularning nusxalarini talab qilish bekor qilinadi.
3. Respublikamizda yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o’tkazuvchi vakolatli davlat organlarini aytib bering? Bunda Davlat xizmatlari markazlarining o‘rni qanday?
Javob: Yuridik shaxslarni, Tadbirkorlik subʼektlarini davlat roʼyxatidan oʼtkazish va qayta roʼyxatdan oʼtkazish DXM lar tomonidan amalga oshiriladi (banklar va kredit byurolari, ularning vakolatxonalari hamda filiallari, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʼyxatidan oʼtkazishga tatbiq etilmaydi). DXM lar davlat reestrini shakllantiradi va yuritadi.
4. Davlat xizmatlari markazlari orqali davlat xizmatlaridan foydalanishda arizachilar tomonidan ortiqcha to‘langan pullar qanday tartibda qaytariladi?
Javob: Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 30 martdagi 2771-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan "Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma" asosan davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qiladi.
5. Tadbirkorlik sub’ektlari yagona davlat Reestridagi ma’lumotlar, tadbirkorlik sub’ektida mavjud bo‘lgan ta’sis hujjatlari ma’lumotlari, shuningdek turli reestrlardagi ma’lumotlar bir-biridan farq qilgan taqdirda qaysi ma’lumotlar yuqori kuchga ega bo‘ladi?
Javob: Reestrning, 2017 yilning 1 apreliga qadar yuritilishi amalga oshirilgan, tegishli davlat reestrlaridagi tadbirkorlik subʼektlariga nisbatan maʼlumotlar bilan farq qilsa, Reestrdagi yozuvlar nisbatan yuqori kuchga ega boʼladi. Аsos VM-66-son; 09.02.2017 yil 2-ilova 8-band.
6. Qandy holatlar Tadbirkorlik sub’ektlari yagona davlat Reestriga yozuv kiritish uchun asos bo‘ladi?
Javob: VM-66-son; 09.02.2017 yil 2-ilova 9-bandiga asosan:
- belgilangan tartibda davlat roʼyxatidan oʼtkazish, qayta roʼyxatdan oʼtkazish, tadbirkorlik subʼektini Reestrdan chiqarish, Reestrdagi mavjud maʼlumotlarni oʼzgartirish;
- davlat roʼyxatidan oʼtkazishni, qayta roʼyxatdan oʼtkazishni haqiqiy emas deb topish toʼgʼrisidagi qonuniy kuchga kirgan sud qarori mavjudligi, shuningdek tadbirkorlik subʼekti bankrot deb tan olinganda;
- qonun hujjatlarida belgilangan boshqa holatlar.
7. Tadbirkorlik sub’ektlari yagona davlat reestridan axborot taqdim etishtartibini tushuntirib bering. Axborotlar qanday holatlarda to‘lov asosida va qanday holatlarda bepul beriladi?
Javob: VM-66-son; 09.02.2017 yildagi qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subʼektlarini davlat roʼyxatidan oʼtkazish tartibi toʼgʼrisidagi nizomining 2-ilovasi bilan bilgilangan stavkalarga asosan: Tadbirkorlik subʼektlari yagona davlat reestridan tadbirkorlik subʼektining oʼzi toʼgʼrisida koʼchirma berish bepul boshqalari belgilangan stavkada beriladi.
8. Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish muddatlarini aytib bering.
Javob: VM-66-son; 09.02.2017 yildagi Tadbirkorlik subʼektlarini davlat roʼyxatidan oʼtkazish tartibi toʼgʼrisidagi nizomining 3-ilovasi bilan belgalangan. Tadbirkorlik subʼektlarini roʼyxatdan oʼtkazish va qayta roʼyxatdan oʼtkazish real vaqt rejimida lekin 30 daqiqadan oshmagan vaqtda roʼyxatdan oʼtkaziladi. Ustav fondi oshganda va ulushlar boshqa shaxsga oʼtishi bilan bogʼliq qayta roʼyxatlar umumiy tartibda 16 ish soati, tezlashtirilgan tartibda 2 ish soati.
9. Yuridik shaxs tashkil etmagan oilaviy tadbirkorlik sub’ekti va yakka tartibdagi tadbirkorlarning ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlaridagi qanday o‘zgarish va qo‘shimchalari davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazilishi lozim va ularni muddatini aytib bering.
Javob: VM-66-son; 09.02.2017 yildagi Tadbirkorlik subʼektlarini davlat roʼyxatidan oʼtkazish tartibi toʼgʼrisidagi nizomining 7-ilovasi bilan belgalangan. YaTT va oilaviy tadbirkorlarning ishtirokchilar oʼzgarganda va faoliyat joy oʼzgarganda 10 kun mobaynida, Faoliyat turi, yoʼnalishi oʼzgarganda 30 kun mobaynida.
10. Tadbirkorlik sub’ektlari – yuridik shaxslarning ro‘yxatdan o‘tkazishma’lumotlaridagi qanday o‘zgarish va qo‘shimchalari davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazilishi lozim va ularni muddatini aytib bering.
Javob: VM-66-son; 09.02.2017 yildagi Tadbirkorlik subʼektlarini davlat roʼyxatidan oʼtkazish tartibi toʼgʼrisidagi nizomining 7-ilovasi bilan belgalangan. Yuridik shaxsning pochta manzili oʼzgargan vaqtdan boshlab 10 kun mobaynida, boshqa taʼsischilarning maʼlumotlari, ustav fondi va ulushlari bilan bogʼlik xamda qayta tashkil etilish bilan bogʼliq oʼzgartirishlar vakolatli shaxs tomonidan tasdiqlangan vaqtdan 30 kun mobaynida.
11. Tadbirkorlik sub’ektlarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda so‘rovnomaga qanday hujjatlar ilova qilinadi?
Javob: VM-66-son; 09.02.2017 yildagi Tadbirkorlik subʼektlarini davlat roʼyxatidan oʼtkazish tartibi toʼgʼrisidagi nizomining 21-bandiga asosan soʼrovnomaga
davlat tilidagi taʼsis hujjatlari;
topshirish dalolatnomasi — qoʼshib yuborilganda va qayta tuzilganda;
taqsimlash balansi — ajratib chiqarishda;
tadbirkorlik subʼekti vakolatli organining taʼsis hujjatlarida eʼlon qilingan ustav fondi miqdori shakllantirilganligi toʼgʼrisidagi hujjat — ustav fondi miqdori oshirilganda;
tadbirkorlik subʼekti — yuridik shaxs ishtirokchilari tomonidan qoʼshimcha hissalar va uchinchi shaxslar tomonidan toʼla miqdordagi hissalar kiritilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (pul mablagʼlari oʼtkazilganligi toʼgʼrisida bankning maʼlumotnomasi, Oʼzbekiston Respublikasi hududiga mol-mulk olib kirganligini tasdiqlovchi bojxona hujjati, mol-mulkning oldi-berdi dalolatnomasi, kiritilayotgan mol-mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat va boshqalar) — ustav fondi miqdori oshirilganda;
ulushning (hissaning) boshqa shaxsga oʼtganligini tasdiqlovchi hujjat (shartnoma, xat, huquqiy vorislik, meros, sud qarori va shu kabilar) — ulush (hissa) boshqa shaxsga oʼtganda. Bunda ulushning (hissaning) boshqa shaxsga oʼtishi bilan bogʼliq oʼzgartirish va qoʼshimchalarni qayta roʼyxatdan oʼtkazishda, muassislarning soʼrovnomada koʼrsatilgan elektron pochta manziliga Tizim tomonidan yuborilgan xabarnoma va ularning muassisligini Yagona identifikatsiyalash tizimi orqali identifikatsiyalashni tasdiqlash yoʼli bilan har bir muassisning roziligi mavjud boʼlishi kerak;
kreditorlar yigʼilishining yoxud kreditorlar qoʼmitasining roziligini tasdiqlovchi hujjat - sud sanatsiyasi jarayonida boʼlgan yuridik shaxslarni qayta tashkil etishda (qoʼshib yuborish, qoʼshib olish, boʼlish, ajratib chiqarish, oʼzgartirish).
12. Tadbirkorlik sub’ektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni rad qilish uchun asos bo‘ladigan holatlarni sanab bering.
Javob: VM-66-son; 09.02.2017 yildagi Tadbirkorlik subʼektlarini davlat roʼyxatidan oʼtkazish tartibi toʼgʼrisidagi nizomining 40-bandiga asosan
davlat boji toʼlanmaganligi yoki uning toʼliq boʼlmagan miqdorda toʼlanganligi;
ushbu Nizomning 29-bandida nazarda tutilgan holatlarda tegishli boʼlmagan roʼyxatdan oʼtkazish organiga murojaat qilinganligi;
ushbu Nizomda nazarda tutilgan hujjatlar va (yoki) maʼlumotlar toʼliq boʼlmagan hajmda taqdim etilganligi;
qonun va taʼsis hujjatlari bilan vakolat berilmagan organ tomonidan taʼsis hujjatlarini tasdiqlash (xulosaga kelish), ularga oʼzgartirish va (yoki) qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida qaror qabul qilinganligi — ustav fondi miqdori oshirilgan (kamaytirilganda), ulush (hissa) boshqa shaxsga oʼtgan, qayta tashkil etilgan taqdirda;
davlat roʼyxatidan oʼtkazishda, qayta roʼyxatdan oʼtkazishda qonun hujjatlari bilan ustav fondining miqdoriga doir talablar belgilangan tadbirkorlik subʼektlari — yuridik shaxslar uchun taʼsis hujjatlarida ushbu Nizomga 11-ilovada nazarda tutilgan ustav fondining eng kam miqdoridan kam boʼlgan miqdorning belgilanganligi;
yuridik shaxsning manzilini oʼzgartirish, shuningdek, yuridik shaxsni boshqa yuridik shaxsga qoʼshib yuborish, qoʼshib olish, boʼlish bilan bogʼliq qayta roʼyxatdan oʼtkazishda yuridik shaxsning bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan ortiq soliq qarzi mavjudligi yoki amalga oshirilgan tovar aylanma yoxud tovarlar importi boʼyicha realizatsiya hajmining soliq hisobotlarida toʼliq aks ettirilmaganligi, shuningdek, soliq hisobotlarini belgilangan muddatlarda topshirmaganligi;
ulushning (hissaning) boshqa shaxsga oʼtishi bilan bogʼliq oʼzgartirish va qoʼshimchalarni qayta roʼyxatdan oʼtkazishda, muassisning muassislar roʼyxati oʼzgarishiga roziligi mavjud emasligi;
firma nomini tanlashda Oʼzbekiston Respublikasining «Firma nomlari toʼgʼrisida»gi Qonuni talablariga rioya qilmaslik;
taʼsis hujjatlarini barcha ishtirokchilar tomonidan imzolanmaganda, aktsiyadorlik jamiyatlari bundan mustasno;
tadbirkorlik subʼekti tomonidan taʼsis hujjatlarida koʼrsatilgan manzil maʼlumotlari soliq va kadastr organlarining maʼlumotlar bazalarida mavjud boʼlmaganda;
13. Davlat xizmatlari markazlari qaysi turdagi yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshirmaydi?
Javob: banklar va kredit byurolari, ularning vakolatxonalari hamda filiallari, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʼyxatidan oʼtkazmaydi.
14. Davlat xizmatlari markazlari orqali Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga olish uchun so‘rovnoma yuborish tartibini tushuntirib bering?
Javob: VM-1049; 28.12.2019 yil. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun fuqaro kelgan kunidan boshlab o‘n besh kun muddatda xohishiga ko‘ra, o‘ziga qulay manzildagi MvaFRBga yoki Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qiladi. Bundan tashqari, fuqaro YIDXP orqali mustaqil ravishda hisobga turishi mumkin.
Vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilingan hollarda, turar joy egasi nomidan davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda ushbu Nizomga muvofiq shakldagi so‘rovnoma elektron shaklda to‘ldiriladi. So‘rovnoma quyidagi hujjatlarga asosan to‘ldiriladi:
-mulkdor va doimiy ro‘yxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki ID-kartasi;
-16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun — tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
-O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchisining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun);
-YIDXP orqali xizmat ko‘rsatilganda, vakolatli organ tomonidan lozim bo‘lgan ma’lumotlar idoralararo elektron hamkorlik orqali olinadi.
-Soliq idoralarida hisobga olingan ijara shartnomasi haqida ma’lumot taqdim etilganda, mulkdorning roziligi talab etilmaydi va so‘rovnoma vaqtincha ro‘yxatdan o‘tuvchi fuqaro tomonidan to‘ldirilishi mumkin.
Mulkdor nomidan notarial tasdiqlangan ishonchnoma orqali harakatlanayotgan shaxslar fuqaroni vaqtincha ro‘yxatga olish uchun MvaFRBga murojaat qiladi.
15. Shaxs vafot etganda dafn puli qanday tartibda olinadi?
Javob: Shaxsan borib har qanday Xalq banki boʻlimiga yoki onlayn-rejimda YAIDXP orqali murojaat qilish mumkin.
Shaxsan boriladigan tartibda, ariza beruvchining pasporti, oʻlim toʻgʻrisidagi guvohnoma va oʻlim toʻgʻrisidagi roʻyxat yozuvi raqamidan tashqari, ariza beruvchining STIRini soʻrashlari mumkin. Biroq Reglamentga asosan ushbu hujjatlar ariza berishda majburiy hisoblanmaydi.
YAIDXP orqali ariza berishda (ERI yordamida) ariza beruvchidan, soʻrovnoma va arizaning oʻzidan tashqari boshqa hech narsa talab etilmaydi.
Arizani berish shaklidan qatʼi nazar, uni qayta ishlashga 5 daqiqa talab etiladi. Javob - toʻlov summasi, sanasi va joyi yoki - toʻlovni rad etish asoslari koʻrsatilgan holda darhol taqdim etiladi.
16. Chet eldagi shaxs nomidan sudlanganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma olish tartibini tushuntirib bering?
Javob: VM-797, 04.10.2018 yil 6-bandi. Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda so‘rovnomaga notarial tasdiqlangan ishonchnoma ilova qilinadi.
17. Yuridik shaxs qanday holatlarda tugatiladi?
Javob: Tadbirkorlik subyektlarini qaroriga asosan ixtiyoriy tugatganda va moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan bankrot deb elon qilinganda VM-704, 21.08.2019 yil.
18. Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun murojaat qilinganda so‘rovnomaga qanday hujjatlar ilova qilinadi?
Javob: VM-182; 25.03.2020 yil Nizomning 10-bandiga asosan anketa-ariza electron to’ldiriladi zarur hollarda ayrim toifadagi shaxslar (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va boshqa harbiy tuzilmalarning xodimlari (harbiy xizmatchilaridan tashqari) va davlat hisobidan uy-joylar bilan ta’minlanmagan nafaqadagi harbiy xizmatchilar tomonidan oylik daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etiladi.
Ariza beruvchidan ushbu bandda ko‘rsatilmagan ma’lumot va hujjatlarni hamda anketa-arizada qayd etilgan ma’lumotlardan tashqari boshqa hujjatlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.
19. Davlat xizmatlari markaziga tashkilotni ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qaror topshirilgandan so‘ng Markaz qanday harakatlarni amalga oshiradi?
Javob: Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tugatish to‘g‘risida qaror tushgandan so‘ng bir ish kuni ichida tijorat tashkiloti ixtiyoriy tugatish jarayonida ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni davlat reyestriga kiritadi hamda bu to‘g‘risida tizim orqali ro‘yxatdan o‘tgan joydagi soliq xizmati va statistika organlarini, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tuman (shahar) bo‘limini, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni, avtotransport vositalari, qishloq xo‘jaligi texnikasi va ro‘yxatdan o‘tkaziladigan boshqa texnika vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlarni, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “Hududgazta’minot”, “Hududiy elektr tarmoqlari” va “O‘zsuvta’minot” AJlarning hududiy tashkilotlari.
20. Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tijorat tashkilotlarini davlat reestridan chiqarish tartibini tushuntirib bering.
Tijorat banklari Bank hisobvaraqlariga to‘qqiz oy mobaynida moliya-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha pul mablag‘lari tushmagan hollarda tadbirkorlik subyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni 3 (uch) ish kunida “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali taqdim etish, Soliq organlari Tijorat banklaridan ma’lumot tushgan va (yoki) to‘qqiz oy mobaynida soliq hisobotlarini taqdim etmagan tijorat tashkilotlari to‘g‘risida Tizim orqali tegishli 3 (uch) ish kunida idora va tashkilotlarni xabardor qiladi, Idoralar va tashkilotlar tegishli xabarnoma tushgan kundan boshlab o‘zlarining ma’lumotlar bazasida tijorat tashkiloti to‘g‘risida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni Tizim orqali 5 (besh) ish kunida taqdim etish, Soliq xizmati organlari Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tijorat tashkiloti muassislariga (qatnashchilariga) tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatishni taklif qilish va ixtiyoriy tugatishga kirishmagan, tijorat tashkiloti muassislari (qatnashchilar) ixtiyoriy tugatishni amalga oshirishni rad etan, shuningdek, ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarni aniqlash mumkin bo‘lmagan taqdirda, belgilangan tartibda tugatish tadbirlarini 10 (o’n) ish kunida boshlaydi shundan so’ng tijorat tashkilotining soliq yig‘imlar bo‘yicha qarzdorliklari aniqlanmagan, mol-mulki mavjud bo‘lmagan, tijorat tashkiloti muassislarini (qatnashchilarini), ularning vakillari va rahbarini tutatish jarayoniga jalb etish imkoni bo‘lmaganda, Tizim orqali ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga 10 ish kunida tijorat tashkilotini harakatsiz holatga o‘tkazish to‘g‘risida taqdimnoma yuborish, Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ 3 ish kunida Tijorat tashkilotining harakatsiz holatga o‘tkazilganligi to‘g‘risida o‘zining rasmiy saytida e’lonni joylashtirish hamda tijorat tashkilotining muassislariga (qatnashchilariga) tizimda tijorat tashkilotining harakatsiz holatga o‘tkazilganligi to‘g‘risida xabarnoma yuboradi, Tijorat banki 1 ish kunida harakatsiz holatga o‘tkazilgan tijorat tashkilotining hisobvaraqlarini yopish va pul mablag‘larini harakatsiz depozit hisobvaraqlariga o‘tkazish, Sud organlari va Majburiy ijro byurosi 3 ish kunida Harakatsiz holatga o‘tkazilgan tijorat tashkiloti javobgar yoki da’vogar sifatida e’tirof etilganda bu haqida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni xabardor qiladi, Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ 3 ish kunida Tijorat tashkiloti harakatsiz rejimda saqlanishiga uch yil to‘lganda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish va bu haqida davlat reyestriga tegishli yozuv hamda Tizimga tegishli o‘zgartirish kiritadi hamda tijorat tashkilotining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi va tovar belgisining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarni bekor qiliadi. Agar ularni topish imkoni mavjud bo‘lmasa, bekor qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni rasmiy saytda e’lon qiladi shundan so’ng tijorat banki 5 ish kunida Davlat reyestridan chiqarilgan tijorat Tashkilotining tijorat banki hisobvaraqlaridagi pul mablag‘larini milliy va xorijiy valyutadagi yagona hisobvaraqlarida jamlash va hisobvaraq ochilgan tijorat banki joylashgan tuman (shahar) mahalliy budjetiga o‘tkaziladi.
21. Jamiyatlarni qo‘shib yuborish deganda nimani tushunasiz va uning tartibini tushuntirib bering?
Javob: Qonun Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida 50-modda. O‘z faoliyatini tugatgan ikki yoki bir necha jamiyatning barcha huquqlari va majburiyatlarini o‘tkazish yo‘li bilan yangi jamiyatni tashkil etish jamiyatlarning qo‘shib yuborilishi deb e’tirof etiladi. Qo‘shib yuborish shaklidagi qayta tashkil etishda ishtirok etuvchi har bir jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi ana shunday qayta tashkil etish to‘g‘risida, qo‘shib yuborish shartnomasini va qo‘shib yuborish natijasida tuzilayotgan jamiyatning ustavini tasdiqlash to‘g‘risida, shuningdek topshirish dalolatnomasini tasdiqlash to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi. Qo‘shib yuborish natijasida tashkil etilayotgan jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan imzolangan qo‘shib yuborish to‘g‘risidagi shartnoma ustav bilan birgalikda uning ta’sis hujjati hisoblanadi.
22. Jamiyatni birlashtirish deganda nimani tushunasiz va uning tartibini tushuntirib bering?
Javob: Qonun Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida 51-modda. Bir yoki bir necha jamiyatni ularning huquqlari va majburiyatlarini boshqa jamiyatga o‘tkazgan holda tugatish jamiyatni birlashtirish deb e’tirof etiladi.
23. Jamiyatni bo‘lish deganda nimani tushunasizva uning tartibini tushuntirib bering?
Javob: Qonun Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida 52-modda. Jamiyatni uning barcha huquqlari va majburiyatlarini yangitdan tashkil etilgan jamiyatlarga o‘tkazgan holda tugatish jamiyatni bo‘lish deb e’tirof etiladi.
24. Jamiyatni ajratib chiqarish deganda nimani tushunasiz va uning tartibini tushuntirib bering?
Javob: Qonun Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida 53-modda. Qayta tashkil etilayotgan jamiyatni tugatmasdan, uning huquqlari va majburiyatlarining bir qismini o‘tkazgan holda bir yoki bir necha jamiyatni tashkil etish jamiyatni ajratib chiqarish deb e’tirof etiladi.
25. Jamiyatni qayta tuzish deganda nimani tushunasiz va uning tartibini tushuntirib bering?
Javob: Qonun Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida 53-modda. Jamiyat qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa tashkiliy-huquqiy shakldagi tijorat tashkiloti etib qayta tuzilishga haqlidir.
26. Proaktiv xizmat nima? Uni misol bilan tushuntirib bering.
Javob: PF-113; 20.04.2022 yil. Davlat organlarining o‘z tashabbusi bilan fuqarolarga muayyan vaziyatda kerakli xizmatdan foydalanishni taklif qilishini nazarda tutuvchi davlat xizmatlari.
27. Kompozit xizmat deganda nimani tushunasiz va O‘zbekistonda kompozit tarzda ko‘rsatiladigan qanday xizmatlarni bilasiz?
Javob: PF-113; 20.04.2022 yil. Fuqaroning bitta so‘rovi asosida o‘zaro bog‘liq davlat xizmatlariniko’rsatilishi.
28. Mobil-ID tizimi nima va undan qanday foydalanish mumkin?
Javob: PF-113; 20.04.2022 yil. Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun shaxsni identifikatsiyalashning mavjud tizim va vositalariga qo‘shimcha ravishda jismoniy shaxsni identifikatsiyalash.
29. Davlat xizmatlari markazlarida aholiga xizmat ko‘rsatishda qaysi axborot tizimlaridan foydalaniladi va ular qaysi sohadagi davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun xizmat qiladi?
Javob: PF-113; 20.04.2022 yil. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Litsenziya” axborot tizimi, “FHDY yagona elektron arxivi”, Xalq ta’limi vazirligining axborot tizimilari.
30. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 20 apreldagi PF-113-son “Davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq shaxsga doir ma’lumotlardan foydalanishning qanday yangi tartibi nazarda tutilgan?
Javob: PF-113; 20.04.2022 yil. Fuqarolarning imkoniyatlaridan foydalangan holda davlat organlarining ma’lumotlar bazalarini shaxsga doir ma’lumotlar bilan raqamlashtirish. Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Mobil-ID tizimini, shuningdek, shaxsga doir ma’lumotlarni “Elektron hukumat” tizimidan foydalangan holda taqdim etishning yangi tartibini joriy etish bo‘yicha tashkiliy-texnik choralarni amalga oshirish.
31. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 20 apreldagi PF-113-son Farmoni bilan Davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirishning 2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan milliy strategiyasi tasdiqlangan. Mazkur strategiyaning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
Javob: PF-113; 20.04.2022 yil. davlat xizmatidan foydalanish uchun murojaat qilishning qulay usullarini yo‘lga qo‘yish; markazlar va YIDXPga yangi xizmatlarni joriy etishdan oldin ularning tartib-taomillarini soddalashtirgan holda, asosan ma’lum bir hududda eksperiment tariqasida ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish orqali tartibga solish ta’sirini baholash; jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlarini sudgacha ishonchli himoya qilishning samarali mexanizmlarini belgilash; YIDXPning mobil ilovasini takomillashtirish va ommabop xizmatlardan ushbu ilova orqali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish; elektron hukumat, davlat xizmatlarini rivojlantirish sohasidagi xalqaro reytinglarda O‘zbekiston Respublikasi o‘rnini yaxshilash; markazlar faoliyati samaradorligini oshirish; ayrim davlat xizmatlarini xususiy sektorga bosqichma-bosqich o‘tkazish.
32. Tijorat tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxs turlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik va qayta ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun qancha miqdorda davlat boji undiriladi?
Javob: BXM ning 1 baravari miqdorida.
33. Davlat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish muddatlari qancha va qanday hujjatlar taqdim etiladi?
Javob: VM-542; 28.09.2022 yil. Davlat tashkiloti vakili Davlat tashkilotini tashkil etish haqidagi normativ-huquqiy hujjatda yoxud vakolatli davlat organlarining tegishli hujjatida nazarda tutilgan muddatlarda, agar bunday muddat nazarda tutilmagan bo‘lsa, qaror qabul qilingan kundan boshlab 10 kun ichida davlat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga o‘zi kelib murojaat etadi va so‘rovnomani elektron ravishda to‘ldiradi. Bunda, ariza beruvchi Davlat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘zining vakolatliligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etadi. So‘rovnoma to‘ldirilgandan so‘ng, ariza beruvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, so‘rovnomani identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari bilan tasdiqlaydi.
34. Kimlar Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelgan holda, tadbirkorlik sub’ekti – yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishlari mumkin va arizachining vakolatlarini tasdiqlaydigan qanday hujjatlar bo‘lishi kerak?
Javob: VM-66-son; 09.02.2017 yildagi 31-bandi. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga o‘zi kelib yoki vakili tomonidan taqdim etilsa, shuningdek uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, harbiy bilet, haydovchilik guvohnomasi, shaxsini va O‘zbekiston Respublikasidagi yashash joyini tasdiqlovchi boshqa hujjat) va ariza beruvchi vakilining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat (ishonchnoma, shartnoma, tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxs muassislarining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan qarori, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa hujjatlar) taqdim etiladi.
35. Tadbirkorlik sub’ektlari yagona davlat reestridan beriladigan ma’lumotlar turlari va ularni berganlik uchun qancha miqdorda yig‘im undiriladi?
VM-66-son; 09.02.2017 yildagi 31-bandi Nizomga 2-ilovada.
-Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan tadbirkorlik subyektining o‘zi to‘g‘risida ko‘chirma Bepul
-Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan ko‘chirma – BHM 0.5 baravari, internetdan 0.25 baravari.
-Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan tadbirkorlik subyektining o‘ziga nisbatan bitta hujjatni berish – BHM-5% internetdan 2.5 %
-Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan so‘ralayotgan axborot va (yoki) hujjat mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish – BHM-0.5 baravari, internetdan 0.25 baravari
-Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatini elektron shaklda berish, olish imkoniyati qonun hujjatlari bilan cheklangan ma’lumotlar bundan mustasno- Bir qatori-bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 foizi miqdorida, lekin bazaviy hisoblash miqdorining 10,0 baravaridan oshmagan miqdorda.
36. Tadbirkorlik sub’ektlari - yakka tartibdagi tadbirkorlarning ma’lumotlaridagi qanday o‘zgarishlar davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazilishi shart?
Javob: VM-66-son; 09.02.2017 yildagi Tadbirkorlik subʼektlarini davlat roʼyxatidan oʼtkazish tartibi toʼgʼrisidagi nizomining 7-ilovasi bilan belgalangan. YaTT faoliyat joy oʼzgarganda 10 kun mobaynida, Faoliyat turi, yoʼnalishi oʼzgarganda 30 kun mobaynida.
37. Tadbirkorlik sub’ektlari-yuridik shaxslarning ma’lumotlaridagi qanday o‘zgarishlar davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazilishi shart?
Javob: VM-66-son; 09.02.2017 yildagi Tadbirkorlik subʼektlarini davlat roʼyxatidan oʼtkazish tartibi toʼgʼrisidagi nizomining 7-ilovasi bilan belgalangan. Yuridik shaxsning pochta manzili oʼzgargan vaqtdan boshlab 10 kun mobaynida, boshqa taʼsischilarning maʼlumotlari, ustav fondi va ulushlari bilan bogʼlik xamda qayta tashkil etilish bilan bogʼliq oʼzgartirishlar vakolatli shaxs tomonidan tasdiqlangan vaqtdan 30 kun mobaynida.
38. Qanday asoslarga ko‘ra davlat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad qilish mumkin?
Javob: VM-542; 28.09.2022 yil. 10-bandi. Davlat tashkilotini tashkil etish haqidagi normativ-huquqiy hujjat yoki vakolatli davlat organlarining tegishli hujjati; yuqori turuvchi organ rahbari tomonidan tasdiqlangan Davlat tashkilotining ustavi taqdin etilmaganda rad qilish uchun asos bo’ladi.
39. Qanday asoslarga ko‘ra yuridik shaxslar birlashmasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad qilish mumkin?
Javob: VM-542; 28.09.2022 yil. 3-ilovasi bilan tasdiqlangan nizomning 13-bandi Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
davlat boji to‘lanmaganligi yoki uning to‘liq bo‘lmagan miqdorda to‘langanligi;
hujjatlar to‘liq taqdim etilmaganligi;
qonunchilik hujjatlari va ta’sis hujjatlari bilan vakolat berilmagan organ tomonidan ta’sis hujjatlarini tasdiqlash, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi;
yuridik shaxslar birlashmalari a’zolari tarkibiga tijoratchi bo‘lmagan yuridik shaxslarning yoki yuridik shaxs bo‘lmagan boshqa subyektlar qabul qilinganligi;
yuridik shaxslar birlashmalarini tashkil qilishda O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 77-moddasi talablari rioya etilmagan bo‘lsa;
yuridik shaxslar birlashmalarining a’zolari soniga qo‘yilgan minimal talabning bajarilmaganligi.
40. Qanday holatlarda yuridik shaxslar birlashmalari Davlat xizmatlari markazlariga qayta ro‘yxatdan o‘tish uchun murojaat qilishlari shart hisoblanadi?
Javob: VM-542; 28.09.2022 yil. 3-ilovasi bilan tasdiqlangan nizomning
16-bandi. O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan yuridik shaxslar birlashmalari qayta tashkil etilgan yoki asosiy faoliyat yo‘nalishlarida o‘zgarishlar yuz bergan taqdirda yoxud ta’sis hujjatlariga boshqacha tarzda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganda, shuningdek a’zolari tarkibida o‘zgarishlar yuz berganda ular o‘ttiz kunlik muddatda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga qayta ro‘yxatdan o‘tish uchun murojaat qilishlari shart.
41. Yuridik shaxslar birlashmasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun so‘rovnomaga qanday hujjatlar ilova qilinadi?
Javob: VM-542; 28.09.2022 yil. 3-ilovasi bilan tasdiqlangan nizomning 8-bandi. davlat tilidagi ta’sis shartnomasi va (yoki) ustav qabul qilinganligi to‘g‘risidagi ta’sis yig‘ilishi (konferensiyasi) bayoni;
davlat tilidagi belgilangan tartibda tasdiqlangan ta’sis shartnomasi va ustavi;
yuridik shaxslar birlashmalari qayta tashkil etilganda (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirish) — qayta tashkil qilinayotgan yuridik shaxslar birlashmalarining barcha kreditorlar va qarzdorlar oldidagi barcha majburiyatlar bo‘yicha, jumladan taraflar o‘rtasidagi da’volashayotgan majburiyatlar yuzasidan huquqiy vorislikni o‘z ichiga olgan taqsimlash balansi yoki topshirish dalolatnomasi.
42. Advokatlik tuzilmasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun so‘rovnoma va unga ilova qilingan hujjatlar kelib tushgandan so‘ng Davlat xizmatlari markazi qanday harakatlarni amalga oshiradi?
Javob: VM-542; 28.09.2022 yil. 3-ilovasi bilan tasdiqlangan nizomning 11-bandi. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ hujjatlar kelib tushgan sanadan boshlab:
1 ish kuni mobaynida muassislarning litsenziyalari va advokat maqomiga ega bo‘lmagan muassislarning malaka komissiyalarining advokatning qasamyodini muassislar qabul qilganligini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorini adliya organlari va O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalaridan o‘zaro elektron axborot almashinuvi orqali so‘rab oladi. Bunda, ushbu tashkilotlar ma’lumotning 1 ish kuni ichida taqdim etilishi uchun mas’ul bo‘ladi;
4 ish kuni davomida hujjatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi jihatidan ko‘rib chiqadi hamda ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha Advokatlik tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqida yoki mazkur Reglamentning 13-bandida belgilangan holatlar mavjud bo‘lganda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad qilish haqida qaror qabul qiladi.
43. Advokatlik byurosi qanday tartibda kompozit shaklda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi?
Javob: VM-542; 28.09.2022 yil. 3-ilovasi bilan tasdiqlangan nizomning 13-bandi. Ariza beruvchining xohishiga ko‘ra, advokatlik faoliyati uchun litsenziya olish bo‘yicha malaka imtihonini topshirish jarayonida advokatlik byurosi ham kompozit shaklda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi mumkin.
Bunda, ariza beruvchi advokatlik faoliyati uchun litsenziya olish bo‘yicha malaka imtihonini topshirish uchun to‘ldiriladigan arizaga qo‘shimcha ravishda advokatlik byurosini tashkil etish haqidagi so‘rovnomani reglamentga ko’ra advokatlik byurosi uchun talab qilingan hujjatlarni ilova qilgan holda ixtiyoriy ravishda to‘ldiradi.
Malaka imtihonini qabul qiluvchi O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi ariza beruvchi tomonidan malaka imtihoni muvaffaqiyatli topshirilganda litsenziya berish hamda advokatlik byurosini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir hujjatlarni advokatlik faoliyatini litsenziyalovchi vakolatli adliya organiga yuboradi hamda shu vaqtning o‘zida ariza beruvchining telefon raqamiga tegishli litsenziya va advokatlik byurosini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha elektron invoys yuboriladi.
Advokatlik faoliyatini litsenziyalovchi vakolatli adliya organi so‘rovnomaga ilova qilingan hujjatlarni mazkur reglament talablari asosida ko‘rib chiqib, ular qonunchilik hujjatlariga muvofiq bo‘lganda, ariza beruvchi tomonidan tegishli to‘lovlar amalga oshirilganda, shuningdek litsenziya berish bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilinganda advokatlik byurosini o‘z axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning axborot tizimi orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.
Adliya organi tomonidan litsenziya berish rad etilgan taqdirda advokatlik byurosini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ham rad etiladi.
Bunda, ariza beruvchi litsenziya berish rad etilishi uchun asos bo‘lgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan holda advokatlik byurosini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha to‘lov to‘lamasdan qayta murojaat qilishi yoki amalga oshirilgan to‘lov asosida kelgusida Davlat xizmatlari markazida advokatlik byurosini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishi mumkin.
Ariza beruvchi tomonidan litsenziya berish rad etilishi uchun asos bo‘lgan sabablar belgilangan muddatda bartaraf etilmagan hollarda advokatlik byurosini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilgan to‘lov uning murojaatiga asosan to‘lov taqsimlangan manbalar hisobidan qaytariladi.
44. Qanday asoslarga ko‘ra advokatlik tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilishi mumkin?
Javob: VM-542; 28.09.2022 yil. 3-ilovasi bilan tasdiqlangan nizomning 13-bandi Advokatlik tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish (hisobga olish)ni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
davlat boji to‘lanmaganligi yoki uning to‘liq bo‘lmagan miqdorda to‘langanligi;
ushbu Reglamentning 8-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni to‘liq taqdim etilmaganligi;
qonun va ta’sis hujjatlari bilan vakolat berilmagan organ tomonidan ta’sis hujjatlarini tasdiqlash (xulosaga kelish), ularga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi;
ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza muassislar litsenziya olgan kundan boshlab uch oy muddat o‘tgandan keyin topshirilsa, agar ular advokat maqomiga ega bo‘lmasalar;
Advokatlik tuzilmalaridagi advokatlar soni “Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan miqdorlarga mos kelmasligi;
agar ro‘yxatdan o‘tkazish (hisobga olish) uchun taqdim etilgan ta’sis hujjatlarida (nizomlarda) haqiqiy bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar aniqlangan bo‘lsa.
45. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun so‘rovnomaga qanday hujjatlar ilova qilinadi?
Javob: VM-542; 28.09.2022 yil. 4-ilovasi bilan tasdiqlangan nizomning 8-bandi shirkat tashkil etish (har bir uy uchun ovoz berish natijalari bilan), ustavni tasdiqlash va boshqaruv organlarini tanlash to‘g‘risidagi qarorni o‘z ichiga olgan umumiy yig‘ilish raisi va kotibi tomonidan imzolangan uy (uylar)dagi xonadonlar mulkdorlari umumiy yig‘ilishi bayonidan ko‘chirma;
uydagi xonadonlarning (har bir uy uchun) shirkat tashkil etilishi uchun ijobiy ovoz bergan mulkdorlarining pasport ma’lumotlari, manzillari, xonadonga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarining nomi va rekvizitlari hamda ularning imzolari ko‘rsatilgan ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq ro‘yxati;
uylarning xonadonlar va noturar joylar soni ko‘rsatilgan manzilli ro‘yxati;
shirkat qayta tashkil etilganda (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirish) - qayta tashkil qilinayotgan shirkatning barcha kreditorlar va qarzdorlar oldidagi barcha majburiyatlar bo‘yicha, jumladan taraflar o‘rtasidagi da’volashayotgan majburiyatlar yuzasidan huquqiy vorislikni o‘z ichiga olgan taqsimlash balansi yoki topshirish dalolatnomasi.
46. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim qilingan hujjatlar Reglament talablariga muvofiqligi aniqlangandan so‘ng Davlat xizmatlari markazi qanday harakatlarni amalga oshiradi?
Javob: VM-542; 28.09.2022 yil. 4-ilovasi bilan tasdiqlangan nizomning 11-bandi
Tadbirkorlik subyektlari bo‘lmagan ayrim yuridik shaxslarning davlat reyestriga avtomatik tarzda tegishli yozuvlar kiritish yo‘li bilan davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazishni amalga oshiradi;
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan Shirkatni Tizim vositasida avtomatik tarzda davlat soliq xizmati va statistika organlarida davlat hisobiga qo‘yadi;
mazkur Reglamentga 4-ilovaga muvofiq QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan Shirkatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqidagi guvohnomani shakllantiradi;
Shirkat davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazilganligi haqidagi guvohnomani, uning belgilangan tartibda tasdiqlangan ustavini ariza beruvchiga taqdim qiladi (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchining Tizimdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.
47. Qanday asoslarga ko‘ra xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad qilish mumkin?
Javob: VM-542; 28.09.2022 yil. 4-ilovasi bilan tasdiqlangan nizomning 12-bandi
hujjatlarni to‘liq taqdim etilmaganligi;
qonunchilik va ta’sis hujjatlari bilan vakolat berilmagan organ tomonidan ta’sis hujjatlarini tasdiqlash (xulosaga kelish), ularga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi;
agar ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarda haqiqiy bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar aniqlangan bo‘lsa.
48. Tadbirkorlik sub’ektlari bo‘lmagan ayrim yuridik shaxslarning davlat reestridagi ma’lumotlar bir-biridan farq qilganda qanday ma’lumotlar nisbatan yuqori kuchga ega bo‘ladi?
Javob: VM-542; 28.09.2022 yil. 5-ilovasi bilan tasdiqlangan nizomning 8-band reyestr ma’lumotlar bazasidagi tegishli ro‘yxatdan o‘tkazish yozuvlari ko‘rinishidagi ma’lumotlar Reyestr ma’lumotlar bazasida elektron fayl ko‘rinishida mavjud bo‘lgan ta’sis hujjatlaridagi ma’lumotlar bilan farq qilsa tegishli ro‘yxatdan o‘tkazish yozuvlari ko‘rinishidagi ma’lumotlar nisbatan yuqori kuchga ega bo‘ladi.
49. Qanday holatlar Tadbirkorlik sub’ektlari bo‘lmagan ayrim yuridikshaxslarning davlat reestriga yozuv kiritish uchun asos bo‘ladi?
Javob: VM-542; 28.09.2022 yil. 5-ilovasi bilan tasdiqlangan nizomning 9-band
belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish, yuridik shaxslarni Reyestrdan chiqarish;
davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazishni yoki tugatishni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi qonuniy kuchga kirgan sud qarori mavjudligi;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa holatlar.
50. Tadbirkorlik sub’ektlari bo‘lmagan ayrim yuridik shaxslarning davlat reestridan ma’lumotlarni berish tartibini (bepul yoki to‘lov asosida) aytib bering.
Javob: VM-542; 28.09.2022 yil. 5-ilovasi bilan tasdiqlangan nizomning 14-bandMa’lumotnoma davlat yoki xo‘jalik boshqaruv organlari, davlat muassasalari va tashkilotlariga bepul, jismoniy shaxslar va boshqa tashkilotlarga bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdoridagi yig‘im evaziga beriladi.
51. Qaysi turdagi yuridik shaxslarning faoliyatini to‘xtatish soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi va u qanday tartibda amalga oshiriladi?
Javob: VM-542; 28.09.2022 yil. 6-ilovasi bilan tasdiqlangan nizomning 1-band
Yuridik maslahatxonalar faoliyatini to‘xtatish ularni tashkil etgan O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalarining qarorini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etish va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ xodimi Reyestrga ularning faoliyati to‘xtatilganligi haqida yozuv kiritishi orqali soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.
52. Davlat xizmatlari markazi tadbirkorlik sub’ekti bo‘lmagan yuridik shaxsni tugatish to‘g‘risida qaror tushgandan so‘ng bir ish kuni ichida qanday harakatlarni amalga oshirishi lozim?
Javob: VM-542; 28.09.2022 yil. 6-ilovasi bilan tasdiqlangan nizomning 8-band
a) yuridik shaxs ixtiyoriy tugatish jarayonida ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Reyestrga kiritadi hamda bu to‘g‘risida Tizim orqali quyidagi vakolatli organlarni xabardor qiladi:
yuridik shaxslar ro‘yxatdan o‘tgan joydagi davlat soliq xizmati, statistika va davlat aktivlarini boshqarish organlarini;
53. Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) bo‘limiga yuridik shaxs tugatilayotganligi to‘g‘risidagi Davlat xizmatlari markazining xabarnomasi kelib tushgandan so‘ng, ijrochi qanday harakatlarni amalga oshiradi?
Javob: VM-542; 28.09.2022 yil. 6-ilovasi bilan tasdiqlangan nizomning 8-band
Tizimga yuridik shaxslar tugatilayotganligi to‘g‘risida barcha uchun erkin foydalanish imkoni bo‘lgan e’lonni joylashtiradi.
E’londa kreditorlarning talablari ko‘rsatilgan holdagi murojaatlarni qabul qilish muddati ko‘rsatiladi, ushbu muddat ko‘rsatib o‘tilgan e’lon chiqqan vaqtdan boshlab ikki oydan kam bo‘lmasligi kerak.
54. Tadbirkorlik sub’ekti – yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun so‘rovnomaga qanday hujjatlar ilova qilinadi?
Javob: VM-66-son; 09.02.2017 yildagi 1-ilovasi bilan tasdiqlangan nizomning
12-band. davlat tilidagi ta’sis hujjatlari;
monopoliyaga qarshi organning dastlabki rozilik berilganligi to‘g‘risidagi qarori-davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shuningdek ularning affillangan shaxslari uchun;
topshirish dalolatnomasi - qo‘shib yuborilganda;
taqsimlash balansi - bo‘lishda va ajratib chiqarishda.
Topshirish dalolatnomasi va taqsimlash balansi qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarning barcha kreditorlari va qarzdorlariga nisbatan barcha majburiyatlari bo‘yicha, shu jumladan taraflar bahslashayotgan majburiyatlar bo‘yicha, huquqiy vorislik to‘g‘risidagi qoidalarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak — qayta tashkil etish yo‘li bilan tuzilayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun.
Agar taqsimlash balansi qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning huquqiy vorisini aniqlash imkonini bermasa, unda yangidan paydo bo‘lgan yuridik shaxslar qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning o‘z kreditorlari oldidagi majburiyatlari bo‘yicha solidar javobgar bo‘ladilar.
Ariza beruvchi ta’sis hujjatlarini o‘z ixtiyoriga ko‘ra qonun hujjatlari talablarini inobatga olgan holda namunaviy shakllar asosida yoki boshqa shakllarda rasmiylashtirish huquqiga ega.
55. Yuridik shaxslar – tadbirkorlik sub’ektlarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda xabardor qilish tartibini tushuntirib bering. Qanday holatda qayta ro‘yxatdan o‘tkazish xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi?
Javob: VM-66-son; 09.02.2017 yildagi 1-ilovasi bilan tasdiqlangan nizomning
21-band Bunda joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgarganda yuridik shaxslar — tadbirkorlik subyektlarining ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan ortiq soliq qarzi mavjud bo‘lmagan taqdirda, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi.
56. Yuridik shaxs – tadbirkorlik sub’ektining ustav fondi miqdori oshirilganligini qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda Davlat xizmatlari markaziga qanday hujjatlar taqdim etiladi?
Javob: VM-66-son; 09.02.2017 yildagi 1-ilovasi bilan tasdiqlangan nizomning
21-band. tadbirkorlik subyekti vakolatli boshqaruv organining ta’sis hujjatlariga ustav fondi miqdorining oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qarori;
davlat tilidagi ta’sis hujjatlari;
tadbirkorlik subyekti vakolatli organining ta’sis hujjatlarida e’lon qilingan ustav fondi miqdori shakllantirilganligi to‘g‘risidagi hujjat
tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxs ishtirokchilari tomonidan qo‘shimcha hissalar va uchinchi shaxslar tomonidan to‘la miqdordagi hissalar kiritilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (pul mablag‘lari o‘tkazilganligi to‘g‘risida bankning ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi hududiga mol-mulk olib kirganligini tasdiqlovchi bojxona hujjati, mol-mulkning oldi-berdi dalolatnomasi, kiritilayotgan mol-mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat va boshqalar) — ustav fondi miqdori oshirilganda;
ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat (shartnoma, xat, huquqiy vorislik, meros, sud qarori va shu kabilar) — ulush (hissa) boshqa shaxsga o‘tganda. Bunda ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o‘tishi bilan bog‘liq o‘zgartirish va qo‘shimchalarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda, muassislarning so‘rovnomada ko‘rsatilgan elektron pochta manziliga Tizim tomonidan yuborilgan xabarnoma va ularning muassisligini Yagona identifikatsiyalash tizimi orqali identifikatsiyalashni tasdiqlash yo‘li bilan har bir muassisning roziligi mavjud bo‘lishi kerak;
57. Yuridik shaxs – tadbirkorlik sub’ektini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun arizachining vakili tomonidan Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda qanday hujjatlar taqdim etiladi?
Javob: VM-66-son; 09.02.2017 yildagi 1-ilovasi bilan tasdiqlangan nizomning
31-band. Agar Tizim foydalanuvchisiga — ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ mas’ul xodimiga hujjatlar o‘zi kelib ariza beruvchining vakili tomonidan taqdim etilsa, shuningdek uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, harbiy bilet, haydovchilik guvohnomasi, shaxsini va O‘zbekiston Respublikasidagi yashash joyini tasdiqlovchi boshqa hujjat) va ariza beruvchi vakilining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat (ishonchnoma, shartnoma, tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxs muassislarining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan qarori, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa hujjatlar) taqdim etiladi.
58. Firma nomida ko‘rsatilishi lozim bo‘lmagan belgilar qaysilar?
Javob: VM-66-son; 09.02.2017 yildagi 1-ilovasi bilan tasdiqlangan nizomning
1) davlatning rasmiy nomi, xalqaro, hukumatlararo yoki nodavlat notijorat tashkilotining qisqartirilgan yoki to‘liq nomi;
2) tarixiy yoki O‘zbekiston Respublikasida mashhur bo‘lgan shaxsning to‘liq yoki qisqartirilgan ismi, belgilangan tartibda beriladigan ruxsatsiz:
3) firma nomining egasi, uning faoliyat turi yoki u kelib chiqqan mamlakat xususidagi soxta yoki iste’molchini chalg‘itishi mumkin bo‘lgan belgilar;
4) jamoat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq tamoyillariga zid bo‘lgan belgilar ko‘rsatilmasligi kerak.
ilgari O‘zbekiston Respublikasida boshqa yuridik shaxs nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki ro‘yxatdan o‘tkazish so‘rab buyurtmanoma berilgan, ilgariroq ustuvorlikka ega bo‘lgan firma nomlari;
ilgari O‘zbekiston Respublikasida boshqa shaxs nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki ro‘yxatdan o‘tkazish so‘rab buyurtmanoma berilgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilmay muhofaza qilinadigan tovar belgilari (xizmat ko‘rsatish belgilari);
belgilangan tartibda hammaga ma’lum deb e’tirof etilgan tovar belgilari (xizmat ko‘rsatish belgilari);
belgilangan tartibda qonun hujjatlari bilan muhofaza qilinadigan tovarlar kelib chiqqan joylarning nomlari bilan, shunday nomdan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxs nomiga ro‘yxatdan o‘tkazish hollari bundan mustasno, adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga o‘xshash bo‘lgan belgilar ham ko‘rsatilmasligi kerak.
59. Qaysi yuridik shaxslar davlatning rasmiy nomidan, shuningdek undan hosila so‘zlardan o‘z nomlarida foydalanish huquqiga ega?
Javob: VM-286-son; 11.10.2014 yil. 1-bandida. O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq tashkil etiladigan yoki faoliyatini tashkil etish amalga oshiriladigan yuridik shaxslar, agar ularning nomlari tegishli hujjatlarda to‘g‘ridan to‘g‘ri nazarga tutilgan bo‘lsa;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra tashkil etiladigan davlat unitar korxonalari hamda davlat organlari va respublika ahamiyatiga molik tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan davlat muassasalari.
ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari;
yuridik shaxslar respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan birlashmalari;
respublika nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek nomlarida bosh tashkilotning to‘liq nomi ko‘rsatiladigan ularning alohida bo‘linmalari;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etilgan murojaatlari asosida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar.
Ushbu band talablari davlatning boshqa tillardagi rasmiy nomidan foydalanishga ham tatbiq etiladi.
60. Qanday hollarda davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila so‘zlarni qo‘shish asosida tashkil etilgan yuridik shaxslarning nomidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi va ushbu nom o‘zgartirilishi lozim?
Javob: VM-66-son; 09.02.2017 yildagi 1-ilovasi bilan tasdiqlangan nizomning
5-ilovasida. Agar bunga tegishli davlat organining yoki tashkilotning ruxsati bo‘lsa, firma nomiga kiritilishi mumkin.
61. Qaysi xizmatlar Toshkent shahrida faqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlari orqali ko‘rsatiladi?
Javob: PF5930-son; 31.01.2020 yildagi 1-ilovasi. 2020-yil 1-apreldan Toshkent shahrida faqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari
-O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi o‘simliklar va ularning qismlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma
-O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, hayot faoliyati mahsulotlari, zoologiya kolleksiyalari, trofeylar, tulumlarni olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma
-O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi hayvonlarni saqlash va ko‘paytirish bo‘yicha pitomnikni, shuningdek, zoologik kolleksiyalarni hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi guvohnoma
-Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan tadbirkorlik subyektining o‘zi to‘g‘risida ko‘chirma
-Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan ko‘chirma, maxfiy axborot bundan mustasno
-Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan so‘ralayotgan axborot va (yoki) hujjat mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish
-Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatini elektron shaklda berish, olish imkoniyati qonun hujjatlari bilan cheklangan ma’lumotlar bundan mustasno
-Manzil-ma’lumot axborotlarini taqdim etish
-Yakka tartibdagi tadbirkorning ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasini to‘xtatib turish.
62. Qanday hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi?
Javob: VM-535-son; 02.09.2020 yildagi 1-ilovasi 22-bandi.
ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;
ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;
kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan).
63. Tadbirkorlik sub’ektini harakatsiz holatga o‘tkazish deganda nimani tushunasiz va u qachon amalga oshiriladi?
Javob: VM-704-son; 21.08.2019 yildagi 2-ilovasi 1 va 5-bandi moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatish choralari ko‘rilmaganda, ularni davlat reyestridan chiqarishga qadar qo‘llaniladigan chora.
Harakatsiz holatga to‘qqiz oy mobaynida moliya-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha bank hisobvaraqlariga pul mablag‘lari tushmaganligi;
to‘qqiz oy mobaynida soliq hisobotlari taqdim etilmaganligi.
64. Yuridik shaxsning nomidan elektron raqamli imzo kalitini olish qanday tartibda amalga oshiriladi?
Javob: VM-348-son; 10.05.2018 yildagi. Bunda Yagona portal yoki rasmiy axborot resursi orqali ERI kalitlarini ro‘yxatdan o‘tkazish hamda ERI kalitlarining sertifikatlarini olish uchun faqat yuridik shaxslarning rahbarlari murojaat qilishlari mumkin. Yuridik shaxslarning boshqa vakillari ERI kalitlarini va ularning sertifikatini olish uchun Davlat xizmatlari markazlariga bevosita murojaat qilishga haqli.
65. Tadbirkorlik sub’ektlari yagona davlat reestridan taqdim etiladigan ma’lumot turlari va ularni taqdim qilganlik uchun qancha miqdorda yig‘im undiriladi?
Javob: VM-66-son; 09.02.2017 yildagi qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subʼektlarini davlat roʼyxatidan oʼtkazish tartibi toʼgʼrisidagi nizomining 2-ilovasi bilan bilgilangan stavkalarga asosan:
66. Arizachi tomonidan elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini olish uchun o‘zi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazi vakolatli organga so‘rovnomani yuborishdan oldin murojaat qiluvchining shaxsini aniqlash uchun qanday harakatlarni amalga oshiradi?
Javob: VM-348-son; 10.05.2018 yildagi 24-bandi. ERI kalitining sertifikatini boshqarish to‘g‘risidagi so‘rovnomani qabul qilish vaqtida Davlat xizmatlari markazining xodimi ERI yopiq kaliti egasining shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, harbiy bilet, haydovchilik guvohnomasi yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat) asosida uning shaxsini aniqlaydi.
67. Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi qanday harakatlar amalga oshiriladi?
Javob: VM-66-son; 09.02.2017 yildagi qarorining 1-ilovasi 3-bandi.Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi - tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni, shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarning ushbu jarayondagi elektron hamkorligini ta’minlovchi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kompleksi.
68. Qanday holatlarda franshizing shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun yig‘im undirilmaydi?
Javob: VM-346-son; 24.06.2022 yildagi qarorining 1-ilovasi 12-bandi
sud hujjati asosida franshizing shartnomasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda;
franshizing shartnomasi (muhim o‘zgartirishlar, qo‘shimchalar)ni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha hujjatlar takroran ko‘rib chiqilganda.
69. Franshizing shartnomasi nima va uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun qanday hujjatlar taqdim etiladi?
Javob: VM-346-son; 24.06.2022 yildagi qarorining 1-ilovasi 3-bandi. Franshizing shartnomasi — bir taraf (litsenziar) ikkinchi tarafga (litsenziatga) haq evaziga litsenziarning firma nomidan hamda qo‘riqlanadigan tijorat axborotidan, shuningdek, shartnomada nazarda tutilgan mutlaq huquqlarga kiruvchi boshqa obyektlardan (tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi va ixtirolar hamda boshqalardan) litsenziatning tadbirkorlik faoliyatida foydalanish huquqini o‘z ichiga oladigan mutlaq huquqlar kompleksini (litsenziya kompleksi) berish majburiyatini yuklaydigan shartnoma.
70. Kadastr sohasidagi qaysi xizmatlardan kompozit tarzda foydalanish mumkin?
Noturar obyektlarini kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Ko‘p yillik dov-daraxtlarga kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish
71. Kadastr pasportini tayyorlash qancha muddatda amalga oshiriladi?
Javob: VM-535-son; 02.09.2020 yildagi 1-ilovasi 16-bandi.
Kadastr pasporti obyektning murakkabligiga qarab, quyidagi muddatlarda tayyorlanadi:
a) ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha:
ko‘p kvartirali uydagi kvartira uchun — 3 ish kunigacha;
yakka tartibdagi turar joy uchun — 5 ish kunigacha;
b) ko‘chmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi hamda yaxlit ko‘p kvartirali uylar bo‘yicha:
umumiy maydoni 100 kv.m. gacha bo‘lganda — 5 ish kunigacha;
umumiy maydoni 100 kv.m dan 1 000 kv.m. gacha bo‘lganda-7 ish kunigacha;
umumiy maydoni 1000 kv.m dan 5 000 kv.m. gacha bo‘lganda-10 ish kunigacha;
umumiy maydoni 5000 kv.m dan 15 000 kv.m. gacha bo‘lganda-15 ish kunigacha;
umumiy maydoni 15000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha bo‘lganda-20 ish kunigacha;
umumiy maydoni 50000 kv.m dan ortiq bo‘lganda — 25 ish kunigacha;
ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha — 3 ish kunigacha;
v) ko‘p yillik dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkasi bo‘yicha:
umumiy maydoni 1 gektargacha — 10 ish kunigacha;
umumiy maydoni 1 gektardan 5 gektargacha — 15 ish kunigacha;
umumiy maydoni 5 gektardan 10 gektargacha — 20 ish kunigacha;
umumiy maydoni 10 gektardan 100 gektargacha — 25 ish kunigacha;
umumiy maydoni 100 gektardan ortiq — 30 ish kunigacha.
72. Hozirgi kunda ko‘chmas mulk ob’ektiga bo‘lgan huquq hamda ko‘chmas mulk ob’ektiga bo‘lgan boshqa ashyoviy huquqlar, shu jumladan ushbu huquqlar va ular bilan bog‘liq bitimlarning vujudga kelishi, boshqa shaxsga o‘tishi, cheklanishi va bekor bo‘lishi haqidagi axborot va hujjatlar qaysi tashkilotlar tomonidan vakolatli organga, ya’ni Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalariga yuborilmoqda?
Javob: VM-1060-son; 29.12.2018 yildagi 1-ilovasi 7-bandi. Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquq hamda ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan boshqa ashyoviy huquqlar, shu jumladan ushbu huquqlar va ular bilan bog‘liq bitimlarning vujudga kelishi, boshqa shaxsga o‘tishi, cheklanishi va bekor bo‘lishi haqidagi axborot va hujjatlarni 2019-yil 1-fevraldan boshlab, axborot-kommunikatsiya tizimlari vositasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga mahalliy davlat hokimiyati organlari, notarial idoralar, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hududiy bo‘linmalari, shuningdek boshqa vakolatli organlar tomonidan tegishli harakatlar sodir etilgan kundan boshlab bir kun muddatda taqdim etiladi.
73. Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlarning huquqiy holatini tushuntirib bering.
Mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat (bundan buyon matnda jamiyat deb yuritiladi) qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi.
Jamiyat qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa yuridik shaxslarning muassisi bo‘lishga yoki ularning ustav fondida (ustav kapitalida) boshqacha tarzda ishtirok etishga, vakolatxonalar va filiallar tuzishga haqlidir.
Jamiyat, agar uning ta’sis hujjatlarida boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, nomuayyan muddatga tuziladi.
Jamiyat o‘zining to‘liq firma nomi davlat tilida ifodalangan va jamiyatning joylashgan eri ko‘rsatilgan dumaloq muhrga ega bo‘lishga haqli. Jamiyatning muhrida uning firma nomi jamiyatning tanloviga ko‘ra boshqa tillarda ham ifodalanishi mumkin.
Jamiyat o‘zining firma nomi yozilgan shtamplariga va blankalariga, o‘z emblemasiga, shuningdek belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar belgisiga hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarini, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtiruvchi o‘zga vositalarga ega bo‘lishga haqli.
Jamiyat o‘zining mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkka ega bo‘ladi, o‘z nomidan huquqlarni olishi, majburiyatlarga ega bo‘lishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin.
Jamiyat qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyat turlarini amalga oshirishi mumkin.
Ro‘yxati qonun hujjatlarida belgilanadigan ayrim faoliyat turlari bilan jamiyat faqat litsenziya asosida shug‘ullanishi mumkin.
Jamiyat o‘z majburiyatlari yuzasidan o‘ziga qarashli barcha mol-mulk bilan javobgar bo‘ladi.
Jamiyat o‘z ishtirokchilarining majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi.
Jamiyatning bankrotligi ishtirokchi sifatidagi shaxsning aybi tufayli vujudga kelgan bo‘lsa, jamiyatning mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda bunday shaxs zimmasiga uning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgarlik yuklatilishi mumkin.
Davlat va uning organlari jamiyatning majburiyatlari yuzasidan javobgar bo‘lmaydi, xuddi shuningdek jamiyat ham davlat va uning organlari majburiyatlari yuzasidan javobgar bo‘lmaydi.
74. Jamiyatning ustav fondi tarkibini tushuntirib bering.
Jamiyat ustav fondi (ustav kapitali) jamiyatning ustavida belgilanadi va uning ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymatidan iborat bo‘ladi.
Jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdori litsenziya talablarida belgilanishi mumkin.
Jamiyat ishtirokchisining jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushining miqdori foizlarda yoki kasr ko‘rinishida belgilanadi. Jamiyat ishtirokchisi ulushining miqdori uning ulushi nominal qiymati bilan jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) nisbatiga teng bo‘lishi kerak.
Jamiyat ishtirokchisi ulushining haqiqiy qiymati jamiyat sof aktivlari qiymatining uning ulushi miqdoriga mutanosib bo‘lgan bir qismiga mos bo‘ladi.
Jamiyatning ustavi bilan jamiyat ishtirokchisi ulushining eng yuqori miqdori, shuningdek jamiyat ishtirokchilari ulushlarining nisbatini o‘zgartirish imkoniyati cheklab qo‘yilishi mumkin. Bunday cheklashlar jamiyatning ayrim ishtirokchilariga nisbatan belgilanishi mumkin emas. Ko‘rsatib o‘tilgan qoidalar jamiyat ta’sis etilayotganda uning ustavida nazarda tutilishi, shuningdek jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining jamiyat barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadigan qaroriga binoan jamiyatning ustaviga kiritilishi, o‘zgartirilishi va undan chiqarib tashlanishi mumkin.
Jamiyat faqat kredit tashkiloti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan paytga qadar uning har bir ishtirokchisi ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilgan jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) o‘z hissasining kamida o‘ttiz foizini kiritishi shart.
Jamiyatning har bir ishtirokchisi ta’sis hujjatlarida belgilangan va jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab bir yildan oshmaydigan muddat mobaynida jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) o‘z hissasini to‘liq kiritishi kerak.
Jamiyatning ishtirokchisi tomonidan hissaning to‘liq kiritilganligi jamiyat ishtirokchisiga beriladigan guvohnoma bilan tasdiqlanadi.
75. Yuridik shaxsning ta’sis hujjatlarini tushuntirib bering.
Jamiyatning ta’sis shartnomasi va ustavi jamiyat ta’sis hujjatlari deb hisoblanadi.
Agar jamiyat bir shaxs tomonidan ta’sis etilsa, shu shaxs tasdiqlagan ustav jamiyatning ta’sis hujjati hisoblanadi. Jamiyat ishtirokchilarining soni ikki va undan ortiq kishiga ko‘paysa, ular o‘rtasida ta’sis shartnomasi tuzilishi kerak.
Jamiyat ishtirokchisining, auditorning yoki istalgan manfaatdor shaxsning talabiga binoan jamiyat ularga jamiyatning ta’sis hujjatlari bilan, shu jumladan unga kiritilgan o‘zgartishlar bilan tanishish imkoniyatini berishi shart. Jamiyat ishtirokchisining talabiga binoan jamiyat unga jamiyatning ta’sis shartnomasi va ustavi nusxalarini berishi shart. Nusxalarni berganlik uchun jamiyat tomonidan olinadigan haq ularni tayyorlashga ketgan xarajatlardan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Jamiyatning ta’sis hujjatlariga o‘zgartishlar jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi qaroriga binoan kiritiladi. Jamiyatning ta’sis hujjatlariga kiritilgan o‘zgartishlar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
Jamiyatning ta’sis hujjatlariga kiritilgan o‘zgartishlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab uchinchi shaxslar uchun kuchga kiradi. Vakolatxonalar va filiallar tashkil etilishi, shuningdek jamiyatning pochta manzili o‘zgarishi bilan bog‘liq o‘zgartishlar kiritilgan hollarda, bunday o‘zgartishlar yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ xabardor qilingan paytdan boshlab uchinchi shaxslar uchun kuchga kiradi.
Ta’sis shartnomasi qoidalari bilan jamiyat ustavi qoidalari mos kelmagan hollarda jamiyat ustavi qoidalari uchinchi shaxslar va jamiyat ishtirokchilari uchun ustuvor kuchga ega bo‘ladi.
76. Yuridik shaxsning vakolatxonalari va filiallarini tushuntirib bering.
Filial- yuridik shaxsning joylashgan joyidan tashqarida joylashgan va uning barcha funktsiyalarini yoki bir qismini, shu jumladan vakolatxona funktsiyalarini bajaradigan alohida bo'linmasi (masalan, ta'lim muassasasining filiali). Ular yuridik shaxs emas ularni tashkil etgan yuridik shaxs tomonidan berilgan mol-mulk va u tomonidan tasdiqlangan qoidalar asosida harakat qiladi; ularning rahbarlari yuridik shaxs nomidan undan olingan ishonchnoma asosida ish yuritadi. Ular ularni yaratganlarning ta'sis hujjatlarida ko'rsatilishi kerak. yuridik shaxslar. Filial yoki vakolatxonaning tashkil etilishi yoki tugatilishi munosabati bilan ta’sis hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida yuridik shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga hech qanday roziliksiz bildirishnoma tartibida xabar qilinadi, axborotni yuborish esa axborot maqsadida amalga oshiriladi.
77. Yuridik shaxsni qayta tashkil etish deganda nimani tushunasiz va uning turalarini tushuntirib bering.
Tadbirkorlik subyektlarining qayta tashkil etilishi (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, qayta tuzish, bo‘lish, ajratib chiqarish).
78. Ma’sulyati cheklangan jamiyatning ustav fondini kamaytirish tartibini tushuntirib bering.
Jamiyat o‘z ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirishga haqli, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda esa, jamiyat o‘z ishtirokchilarining jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarining nominal qiymatini kamaytirish va (yoki) jamiyatga tegishli ulushlarning haqini to‘lash orqali o‘z ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirishi shart.
Jamiyatning barcha ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymatini kamaytirish yo‘li bilan jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish jamiyatning barcha ishtirokchilari ulushlari miqdorlari saqlab qolingan holda amalga oshirilishi kerak.
Jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran bir yil ichida uning ustav fondi (ustav kapitali) to‘liq to‘lanmagan taqdirda, jamiyat o‘zining ustav fondini (ustav kapitalini) amalda to‘langan miqdorgacha kamaytirishini e’lon qilishi va uning kamaytirilganligini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishi yoki jamiyatni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilishi kerak.
Agar ikkinchi va har bir keyingi moliya yili tugaganidan keyin jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav fondidan (ustav kapitalidan) kam bo‘lib qolsa, jamiyat o‘z ustav fondi (ustav kapitali) o‘zining sof aktivlari qiymatidan oshmaydigan miqdorgacha kamaytirilishini e’lon qilishi va bunday kamaytirishni belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishi shart
Jamiyat sof aktivlarining qiymati qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi.
Jamiyat o‘z ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran o‘ttiz kun ichida jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) kamaytirilgani va uning yangi miqdori haqida jamiyatning o‘ziga ma’lum bo‘lgan barcha kreditorlarini yozma ravishda xabardor qilishi, shuningdek qabul qilingan qaror to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida xabar e’lon qilishi shart. Bunda jamiyat kreditorlari o‘zlariga xabarnoma yo‘llangan sanadan e’tiboran o‘ttiz kun ichida yoki qabul qilingan qaror to‘g‘risida xabar e’lon qilingan sanadan e’tiboran o‘ttiz kun ichida jamiyat tegishli majburiyatlarini muddatidan ilgari tugatishini yoki ijro etishini hamda o‘zlari ko‘rgan zararning o‘rnini qoplashini yozma ravishda talab qilishga haqlidirlar.
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish bilan bog‘liq ta’sis hujjatlaridagi o‘zgartishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kreditorlar ushbu moddada belgilangan tartibda xabardor qilinganligi dalillari taqdim etilgan taqdirdagina qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan hollarda jamiyat o‘z ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish yoki o‘zining tugatilishi to‘g‘risida uch oylik muddatda qaror qabul qilmasa, kreditorlar jamiyat majburiyatlarini muddatidan ilgari tugatishini yoki ijro etishini va o‘zlari ko‘rgan zararning o‘rnini qoplashini talab qilishga haqlidir. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ bunday hollarda jamiyatni tugatish to‘g‘risida sudga talabnoma taqdim etishga haqlidir.