O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori "Aholiga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish sohasiga axborot…
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga Davlat xizmatlari markazlari orqali sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalarni berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish tartibi;
keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar yoki ularning vakillari tomonidan sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalarni berish bo‘yicha davlat xizmatidan foydalanish tartibi;
keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga Davlat xizmatlari markazlari orqali sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalarni taqsimlash tartibi.
2. Belgilansinki, 2022-yil 1-iyuldan boshlab ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentga muvofiq ko‘rsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun jismoniy shaxslar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali murojaat qiladilar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-iyunga qadar:
tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limlarining hamda keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylarning YIDXPga ulanishini;
budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar, grant va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun elektron hujjat almashishni ta’minlovchi axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — axborot tizimi) ishlab chiqilishini va elektron hukumatning axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini ta’minlasin.
Axborot tizimini ishlab chiqishda quyidagilar nazarda tutilsin:
yo‘llanma olish bo‘yicha elektron navbat hisobini yuritish imkonini joriy qilish;
sanatoriylarga tashrif buyuruvchi shaxslarning ma’lumotlari va toifalari bo‘yicha elektron bazani shakllantirib borish;
keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning sanatoriylarga olgan yo‘llanmalar davriyligining hisobini elektron yuritish;
sanatoriylarda bo‘sh o‘rinlar hisobini onlayn yuritish va ochiq ma’lumot sifatida axborot tizimida joylashtirish.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun elektron hujjat almashinishini ta’minlovchi axborot tizimi ishlab chiqilishi va elektron hukumatning axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishi uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ajratilishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda 2022-yil 1-iyuldan boshlab:
keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish bo‘yicha davlat xizmati YIDXP orqali joriy etilishini ta’minlasin;
YIDXPda davlat xizmatlari ko‘rsatilishining har bir bosqichida vakolatli organlar va fuqarolar tomonidan murojaatlarning ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
6. Sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining quyidagilarni nazarda tutuvchi “Elektron sanatoriy” platformasini ishlab chiqish to‘g‘risidagi takliflari maqullansin:
sanatoriylarga yo‘llanma olish uchun murojaat qilgan aholini elektron axborot tizimi orqali hisobga olish;
aholi tomonidan sanatoriyalarga beriladigan yo‘llanmalar bo‘yicha navbatni kuzatish imkoniyatini beruvchi mexanizmlarni joriy etish;
sanatoriylarda mavjud bo‘sh o‘rinlar to‘g‘risidagi, xizmat ko‘rsatish ixtisosliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yangilab borish hamda boshqa axborot tizimlari bilan integratsiya qilish.
“Elektron sanatoriy” platformasini ishlab chiqish va kelgusida texnik xizmat ko‘rsatish Sog‘liqni saqlash vazirligi muassisligidagi “IT-Med” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshiriladi;
vazirlik va idoralarga tegishli Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan sanatoriylar “Elektron sanatoriy” platformasiga majburiy tartibda ulanadi;
vazirlik va idoralarga tegishli Davlat budjetidan moliyalashtirilmaydigan sanatoriylar, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tizimidagi sanatoriylar va xususiy sanatoriylar “Elektron sanatoriy” platformasiga ixtiyoriy tartibda ulanadi;
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tizimidagi sanatoriylar “Ijtimoiy xizmat” elektron platformasiga ulanadi;
“Elektron sanatoriy” platformasini ishlab chiqish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan sog‘liqni saqlash sohasida axborot tizimlarini yaratish, takomillashtirish va joriy etish, shuningdek, axborot kommunikatsiya va texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari va O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri B.A. Musayev hamda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktori A.K. Inakov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 693-son qaroriga
Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy
1. Mazkur Reglament keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga Davlat xizmatlari markazlari orqali sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar (keyingi o‘rinlarda — yo‘llanmalar) berish bo‘yicha davlat xizmati (keyingi o‘rinlarda — davlat xizmati) ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Yo‘llanmalar O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tizimidagi keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylarga (keyingi o‘rinlarda — sanatoriylar) beriladi.
2. Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali Agentlikning tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organ) tomonidan ko‘rsatiladi.
Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ o‘rtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi o‘rinlarda — ERI) majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat idoralararo o‘zaro elektron bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi.
Yo‘llanmalar umumiy soni sanatoriylarning mavjud o‘rinlari hamda tegishli moliya yilida Davlat budjetidan yo‘llanmalar uchun maqsadli tartibda nazarda tutiladigan budjet mablag‘lari doirasida belgilanadi.
3. Yo‘llanmalar quyidagi toifadagi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladi:
urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;
halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning yangi nikohdan o‘tmagan beva xotinlari (beva erlari);
respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;
Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek, Chernobil halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslar;
yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar;
I va II-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, ko‘zi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs;
o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar;
yoshga doir pensiya oluvchilar.
4. Yo‘llanmalarni berish davriyligi (birlamchi murojaat etganlar bundan mustasno) quyidagilardan iborat bo‘ladi:
urush nogironlariga tenglashtirilgan shaxslarga;
respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;
Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek, Chernobil AES halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslarga;
yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslarga;
o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalarga;
b) ikki yilda bir marotaba — navbat asosida:
urush qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarga;
halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning yangi nikohdan o‘tmagan beva xotinlariga (beva erlariga);
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga, ko‘zi ojiz I guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxsga;
v) uch yilda bir marotaba — navbat asosida yoshga doir pensiya oluvchilarga.
5. Urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar toifasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan aniqlanadi.
6. Davlat xizmati ko‘rsatish mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi
1-§. Murojaatlarni shakllantirish va yuborish
7. Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar yoki ularning vakillari davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga kelib murojaat etadilar yoki davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadilar.
8. Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘zlari yoki vakillari kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa — mustaqil tarzda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnomani elektron ravishda to‘ldiradilar.
So‘rovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
imtiyozdan foydalanish huquqini beruvchi hujjat (pensiya guvohnomasi, mavjud bo‘lsa, ushbu Reglamentning 4-bandida nazarda tutilgan holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar) nusxasi;
tibbiy ma’lumotnoma (davolovchi shifokor tomonidan beriladigan sanatoriy-sog‘lomlashtirish tavsiya etiladigan ma’lumotnoma).
Ushbu bandda ko‘rsatilmagan ma’lumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.
9. Quyidagi kasalliklar mavjud bo‘lganda shaxsga tibbiy ma’lumotnoma berilmaydi:
bemorning o‘zi va atrofdagilar uchun xavfli bo‘lgan qo‘pol va xulqiy buzilishlar bilan kechadigan ruhiy kasalliklar, xususan tez-tez (har oyda 5-martadan ko‘p) tutqanoq sodir bo‘ladigan epilepsiya, muntazam tutqanoqlarga, epileptik maqomga, kun oxiriga borib bo‘shashuvchanlikka, disforiyalarga moyillik kasalliklar;
jarayonning faol bosqichidagi sil kasalligi;
yuqumli teri va soch kasalliklari;
salbiy jarayondagi, yomon holatda o‘tadigan shish kasalliklari va retsidivlari;
Tibbiy ma’lumotnomalarda keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni tegishli kasalliklar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sanatoriylarga yo‘llanma berish yuzasidan ma’lumotlar kiritilishi mumkin.
10. So‘rovnoma zarur ma’lumotlar rasmiylashtirgandan va kiritgandan so‘ng keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar yoki ularning vakillari tomonidan tasdiqlanadi.
O‘zi kelib murojaat etgan taqdirda so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati bo‘lmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
11. Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun yig‘im undirilmaydi.
12. So‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatlari ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.
13. Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar davlat xizmatlaridan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda ularning so‘rovnomasi ko‘rmasdan qoldiriladi.
14. Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, ularning so‘rovnomasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan to‘ldirilib, tasdiqlangandan so‘ng barcha hujjatlar 10 daqiqa mobaynida vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa — so‘rovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
15. Vakolatli organ so‘rovnoma tushganidan so‘ng, ularning elektron reyestrini yuritadi va fuqarolar tomonidan kuzatib borilishi uchun navbatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar rasmiy veb-saytida real vaqt rejimida yangilab borilishini ta’minlaydi.
16. Yo‘llanmalar sanatoriylarning mavjud o‘rinlaridan kelib chiqqan holda ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida navbat asosida beriladi.
Urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar uchun sanatoriylarga yo‘llanmalar birinchi navbatda beriladi.
Yo‘llanmalar keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga 12 kunga, yo‘llanmalarning amal qilish muddati boshlanishidan 10 kun oldin (asosli sabablarga ko‘ra qaytarilgan yo‘llanmalar bundan mustasno) beriladi.
Mazkur bandning uchinchi xatboshisida ko‘rsatilgan muddatdan o‘tgandan so‘ng 5 kun ichida yo‘llanmalardan foydalanuvchi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan yo‘llanma bo‘yicha sanatoriylarga murojaat qilinmaganda berilgan yo‘llanma bekor qilinadi, bundan mazkur Reglamentning 29-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlar mustasno.
Yo‘llanma olish uchun navbatga qo‘yilgan shaxs yo‘llanmadan foydalanilmaganligi munosabati bilan elektron ro‘yxatdan chiqariladi hamda tizimda ro‘yxat avtomatik ravishda yangilanadi.
17. Sanatoriyda sog‘lomlashtirish uchun berilgan yo‘llanmada keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, ularning toifasi, yo‘llanmaning muddati hamda uni rasmiylashtirgan vakolatli organning nomi to‘liq ko‘rsatilishi lozim.
18. Vakolatli organ navbati kelgan keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan mazkur Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shaklda yo‘llanmani rasmiylashtiradi hamda uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlab, tegishli Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron ravishda yuboradi.
19. Davlat xizmatlari markazi yo‘llanma tushganidan so‘ng 10 daqiqa mobaynida uni keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning elektron manziliga yuboradi (mavjud bo‘lganda) va ularni bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘zlari yoki vakillari kelib murojaat qilgan taqdirda, ularning so‘roviga ko‘ra, ularga yo‘llanmani elektron shaklda yoki qog‘oz shaklda berishi mumkin.
2-§. Yo‘llanmalarni taqsimlash
20. Agentlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmalarining (keyingi o‘rinlarda — hududiy boshqarmalar) talabnomalariga asosan keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning umumiy soniga muvofiq respublika sanatoriylariga yo‘llanmalarni taqsimlash rejasini har chorakda tasdiqlaydi.
Ushbu talabnomalar har chorakda, navbatdagi chorak boshlanishidan bir oy oldin Agentlikka taqdim etiladi.
21. Tasarrufida mahalliy sanatoriysi bo‘lgan hududiy boshqarmalar, vakolatli organlarning talabnomalariga asosan keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning umumiy soniga muvofiq mahalliy sanatoriylarga yo‘llanmalarni taqsimlash rejasini har chorakda tasdiqlaydi.
Zarurat bo‘lganda, hududiy boshqarmalarga respublikaning boshqa hududlarida joylashgan mahalliy sanatoriylar uchun yo‘llanmalar ajratilishi mumkin. Bunda, hududiy boshqarmalar tomonidan respublikaning boshqa hududida joylashgan mahalliy sanatoriylarga bo‘lgan talabnomalar Agentlikka taqdim etiladi hamda Agentlikning talabnomasiga asosan respublikaning boshqa hududlarida joylashgan mahalliy sanatoriylar uchun yo‘llanmalar tegishli hududiy boshqarmalarga ajratiladi.
Ushbu talabnomalar navbatdagi chorak boshlanishidan 20 kun oldin tegishli hududiy boshqarmalarga taqdim etiladi.
22. Ajratilgan yo‘llanmalar bevosita vakolatli organlarga yetkazish uchun sanatoriyga yetib kelishning belgilangan sanasigacha 15 kundan kech bo‘lmagan muddatda Agentlik tomonidan hududiy boshqarmalarga yuboriladi.
23. Foydalanilgan yo‘llanmalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar har chorakdan keyingi oyning 5-kuniga qadar hududiy boshqarmalar tomonidan Agentlikka taqdim etiladi.
24. Yo‘llanmalar faqat ularda ko‘rsatilgan muddatlarda haqiqiy hisoblanadi. Yo‘llanmada ko‘rsatilgan muddatdan oldin sanatoriyga qabul qilinmaydi, sanatoriyga kechikib kelingan kunlar tiklanmaydi.
25. Yo‘llanmadan faqat unda ko‘rsatilgan shaxsgina foydalanishi mumkin. Sanatoriyga bitta yo‘llanma bilan bittadan ortiq kishi (shu jumladan, yosh bolalar ham) qabul qilinmaydi.
26. Sanatoriyga tashrif buyurgan keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘zi bilan birga yo‘llanmadan tashqari shaxsini tasdiqlovchi hujjat va sog‘liqni saqlash muassasasi tomonidan yo‘llanmaga asosan berilgan sanatoriy-kurort kartasini olib kelishi lozim.
27. Sanatoriylarga qabul qilish chog‘ida yuqori harorat yoki noaniq etiologiyali toshma aniqlangan shaxslar sog‘liqni saqlash muassasalariga yuboriladi.
28. Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar salomatligining holatiga yoki boshqa asosli sabablarga ko‘ra yo‘llanmadan belgilangan muddatda foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmagan taqdirda, yo‘llanmada ko‘rsatilgan sanatoriyga kelish muddatidan kamida uch kundan kech bo‘lmagan muddatda bu haqida Davlat xizmatlari markaziga xabar berishi va yo‘llanmani qaytarishi lozim. Davlat xizmatlari markazi xodimi bu haqida 1 soat mobaynida vakolatli organni xabardor qiladi.
Yo‘llanma olish navbati kelgan fuqaro O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga vaqtincha chiqib ketgan bo‘lsa, shuningdek, asosli sabablarga ko‘ra yo‘llanmadan foydalanmagan taqdirda, fuqarolarning navbat muddati keyingi oyga ko‘chiriladi. Bunday holatda fuqaro oldingi ariza raqamini ko‘rsatib, ushbu Reglamentning 2-bobida belgilangan tartibda qayta murojaat qilganda yo‘llanmalar birinchi navbatda beriladi.
Qaytarilgan va foydalanilmagan yo‘llanmalar vakolatli organ tomonidan navbat asosida boshqa keksa yoki nogironligi bo‘lgan shaxsga rasmiylashtirib beriladi.
29. Sanatoriy rahbarlari sog‘lomlashtirilgan keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning sanatoriyda haqiqatda bo‘lgan vaqti, muddatidan oldin ketgan bo‘lsa, uning sabablari ko‘rsatilgan ma’lumotlarni yo‘llanmaning “Qaytariladigan qismi”ga kiritadi hamda o‘z ERIsi bilan tasdiqlab, axborot tizimi orqali vakolatli organga yuboradi.
30. Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilgan va ular tomonidan foydalanilgan yo‘llanmalar hisobi vakolatli organlar tomonidan yuritiladi.
31. Vakolatli organlar yo‘llanmalarning joylarda o‘z vaqtida va maqsadli berilishi, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar yo‘llanmalarni olishlarida adolat tamoyillariga hamda navbatlilikka qat’iy amal qilinishini ta’minlashda javobgar hisoblanadi. Hududiy boshqarmalar yuqoridagi vazifalarning so‘zsiz bajarilishi ustidan nazoratni olib borish uchun mas’ul hisoblanadi.
32. Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati uchun sanatoriylar rahbarlari javob beradilar.
33. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi.
34. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari Reglament talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali, doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradi.
35. Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
36. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga