huquqiytargibot
June 22, 2021

"Vatanim taqdiri - mening taqdirimda" shiori ostida huquqiy targ'ibot tadbirlari o'tkazilmoqda

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan "Vatan taqdiri - mening taqdirimda" mavzusida seminar-treninglar o'tkazish to'g'risida qo'shma qaror qabul qilingan.

Qarorga asosan, 2021-yilning may-oktabr oylarida respublikaning barcha hududlarida seminar-treninglar tashkil qilish belgilangan.

Mazkur topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida, Oltinko'l tuman adliya bo'limi tomonidan 2021-yilning 22-iyunida tuman tibbiyot birlashmasida amaliyot o'tayotgan tibbiyot oliygohi talabalari ishtirokida seminar-trening tashkil qilindi.

Bu seminar-treningda respublikamizdagi so'nggi qonunchilik yangiliklari, Konstitutsiya va qonunlarda yoshlarning huquq va manfaatlari aks etishi, 2021-yil oktabr oyida o'tkaziladigan Prezident saylovlari haqida ma'lumot berildi.

Shuningdek, bo'lajak shifokorlar bilan tibbiyot huquqi, uning hozirgi holati xususida fikr almashinildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-maydagi "Sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida"gi PF-6221-son Farmoni mazmun-mohiyati tadbir qatnashchilariga tushuntirilib, tarqatma materiallar tarqatildi.