Germaniyaning Regensburg Universitetida o'qish uchun boshlang'ich harajatlar
TDYU talabalari uchun post.
Germaniyaning Regensburg universitetiga bir semesterlik o'qish uchun tanlov e'lon qilinganidan so'ng bir qancha talabalar menga yozishdi. Barchasining savoli bir xil: qancha pul ketadi?
Keling, sizga hammasini ochiq oydin aytib beraman.
Bu savolning tug'ilgani tabiiy. Ketishimdan oldin ham menda xuddi shunday savol paydo bo'lgandi. Lekin, qancha ketishini aniq yoki taxminan bilmaganligim va shu kabi savollarni so'rashga odam bo'lmaganligi uchun tavakkal qilib hujjatlarimni topshirganman. O'z vaqtida men va o'rtog'im Regensburg universitetiga borgan ikkinchi "поколение" edik. Boshladik:
1. Viza. Germaniyaga o'qish uchun borishda Yevropa Ittifoqining vizasini olishingiz kerak bo'ladi. Ko'pchilik "shengen visa" olishim kerak deb tushunsada, lekin bir semester o'qish uchun siz "национальный" viza olishingiz kerak. Ushbu vizani olish uchun Visametric idorasiga borasiz. Viza uchun bugungi kundagi to'lov 103.81€ ni tashkil qiladi.
2. Sug'urta. Germaniyada o'zingizni sug'urtalashingiz majburiy. Sug'urtasiz Vizaga hujjat ham topshira olmaysiz. Sug'urtaning bir qancha turlari bor: xususiy va davlatniki. Davlat sug'urtalari qulayroq va ko'proq xizmatlarni qoplaydi. Yaxshi sug'urtalarning narxi 40€ dan boshlanib 130€ gacha bo'ladi. Sug'urta uchun Germaniya banklaridan hisob raqam ochganingizdan keyin to'lov qilasiz.
3. "Oldindan to'lov". Ushbu sarlavhani nima deb nomlashni bilmadim. Ushbu pul bir qancha to'lovlarni o'z ichiga oladi: semester fee + reservation for dormitory + bedding. Semester feeni to'lash barcha talabalar uchun qanday shaklda o'qishdan qat'iy nazar majburiy. Uning Regensburgdagi narxi 181€ ni tashkil qiladi.
Agar yotoqxonada turishni reja qilsangiz, reservation uchun oldindan pul to'lashingiz kerak (bu pul qaytayotganingizda sizga qaytarib beriladi). Hozirda reservation uchun pul miqdori 350€. Yotoqxona olganingizdan so'ng yostiq, "pastel" va shunga o'xshash o'zingiz uchun kerakli bo'lgan buyumlar uchun ham 75€ to'lashingiz kerak (lekin bu pul sizga qaytarib berilmaydi). Demak, semester fee + reservation + bedding uchun pul sarflaysiz (350€ni qaytarib olasiz). Shaxsan men 681€ to'lagan edim.
4. Yotoqxona. Regensburg universiteti shaharning bir qancha hududlarida yotoqxonalarga ega. Men ham eng yaqin yotoqxonada yashaganman (universitetgacha 10 minutlik yo'l edi). Yotoqxona narxlari ham turlicha, sizning xohishingizga qarab yotoqxona ajratiladi. Narxlar esa minimum 250€ dan 300€ gacha borishi mumkin. Yotoqxonaga oldindan to'lov qilish shart emas.
5. Aviachipta. Germaniyaga biletlar odatda unchalik qimmat bo'lmaydi, ammo mavsumga qarab tez tez o'zgarib turadi. Tabiiyki, "туда обратно" bilet olsangiz ozgincha tejab qolishingiz mumkin, lekin alohida bilet olsangiz ham fojea emas. Masalan, men Germaniyaga borishda "прямой" reys uchun 350€ sarflaganman. Qaytishda esa Turkiya orqali uchish uchun 224€ sarfladim.
6. Notarius. Vizaga topshirish uchun bir qancha hujjatlarni rasmiy tarjima qilishingiz va notariusdan tasdiqlatishingiz kerak. Shaxsan o'zim taxminan 80€ sarflaganman shu ishlar uchun.
7. Bank hisob raqam. Eng muhim bosqichga ham yetib keldik. Bank hisob raqamisiz Germaniyaga borishning iloji yo'q. Ushbu bosqichda studentlar alohida hisob raqam ochishadi va ma'lum miqdordagi summani hisob raqamga kiritishadi. Summaning bugungi kundagi miqdori 5952€ ni tashkil qiladi. Va ushbu summa har oyda sizga stipendiya shaklida qaytarib beriladi. Qaytaraman, ushbu summa bo'lishi shart.
Muhim jihati shundaki, boshqa davlat bank hisob raqamlariga o'xshab ushbu tizimni "o'yin" qilolmaysiz. Ya'ni belgilangan summani hisob raqamga qo'yib, viza chiqqanidan so'ng qaytarib ololmaysiz. Ushbu summa doimiy hisob raqamda turishi kerak.
Shunda, belgilangan summani hisob raqamga qo'yganingizdan so'ng, bank raqamingiz qulflanadi va faqatgina Germaniyada nemis banklaridan birida yangi hisob raqam ochganingizdan so'nggina pulni qaytarib olishingiz mumkin bo'ladi va oylik shaklda sizga berib boriladi.
DIQQAT!
Muhim joyiga keldik. Hisob-kitob ishlarini qilamiz. Shaxsan o'zimning ishlatgan harajatlarimni hisoblab taxminiy summani chiqaramiz:
103.81€ + 681€ + 80€ + 5952€ = 6816.81€
Ushbu yakuniy summada aviachipta va boshqa shaxsiy harajatlarga ketadigan pullar (kiyim-kechak, safarga kerakli bo'ladigan buyumlar) hisobga olinmadi. Bularni ham hisobga olsak, umumiy sarflanishi mumkin bo'lgan harajat oshishi mumkin.
Esda saqlang! Bank hisob raqamingizdagi 5952€ Germaniyaga borganingizdan so'ng oyma oy o'zingizga qaytarib beriladi.
Sizni qiziqtirgan qo'shimcha savollar bo'lsa ushbu kanalga obuna bo'ling va bizni kuzatishda davom eting. Regensburg Universitetida o'qish va Germaniyada yashash haqidagi qaynoq postlar esa sizni oldinda kutib turibdi.
Do'stlaringizni kanalimizga taklif qilishni unutmang!
Telegram kanal - Fozil Omonov.