October 8

Chernobil tavallosi

Chernobil: o’tgan asrning 80-yillari oxirida sobiq SSSRda sodir bo’lgan mudhish voqea joyi.
1986-yil 26-aprel: buyuk imperiya qulashni boshlagan sana.
Chernobil tavallosi: jabrdiydalar haqida haqiqat ochiqlangan yagona asar.

SSSR: AESning portlaganligi haqida butun dunyoga jar solgan, yolg’on ishlatgan, o’zinida davlatdan ustun qo’ygan kommunistik davlat.
Xalq: hech narsadan xabari yo’q, hech qanday xavfdan ogohlantirilmagan qatlam.
Olimlar: falokatning oldini olishga harakat qilgan va partiya tomonidan doimiy ravishda taqib ostida ushlab turilgan ijtimoiy qatlam.

“Chernobilchilar”: tuzumning va ma’lum bir shaxslarning xatosi natijasida kelajagidan va bugunidan ajralgan, qanday holatda bo’lmasin jamiyat tomonidan “ajratilgan” deyarli ikki millionga yaqin aholining ulkan qatlami.

Asarni o’qish davomida kommunistik partiyaning kirdikorlarini, o’z kuchini saqlab qolish maqsadida o’z aholisini “qirish”gada rozi bo’lganligiga guvoh bo’lamiz. Yuqori lavozimli shaxslar tomonidan yolg’on ma’lumot tarqatilishi natijasida kelajakka xiyonat qilinganiga guvoh bo’lamiz. Falokatni bartaraf etish uchun juda katta inson kuchlaridan foydalanilganligiga, imperiyaning turli hududlaridan “harbiy xizmatni o’tash” uchun insonlarning oqib kelishi, ularningda ko’pining vafot etishi, vafot topmagan taqdirda ham bir umr nogiron bo’lib qolganligi imperiya uchun inson qadrining naqadar pastki pog’onada turganligini bildiradi.
O’z navbatida aholining ham bilimsizligi, olimlarning fikrlari va masalahatlariga ishonmasligi, partiyani ulug’lashi va ularning aytgan ko’rsatmalaridan chetga chiqmaganligi o’z ta’sirini hali hamon saqlab turibdi.

“Nigohini pastga qadaydi. Uyaladi. “Ex, nega shunday o’ylaysan-a?!” – deya uni o’paman. Oxirgi kuni shunday bir daqiqa bo’ldi: u ko’zini ochdi, o’tirdi, jilmaydi va “Валюшка!...” deb gapirdi. Men baxtdan gung bo’lib qoldim… Uning ovozidan…”.

Chernobil tavallosi – taxnikaning emas, inson omilining xatosi, tuzumning xatosi, partiyaning xatosi va SSSRning xatosi.

📖Chernobil tavallosi.

Telegram kanal - https://t.me/omonoffozil