Saodat asri qissalari: Xazrati Abu Bakr (r.a)
- Ey, Alloh! Mana shu go’dagim atiq(o’limdan ozod) bo’lsin, uni menga nasib et! – dedi.
Insoniyat ko’rgan eng ulug’ sahobaning hayoti mana shunday boshlangan edi.
Abu Bakr yoshligida Muhammad ibn Abdulloh bilan Makka ko’chalarida o’ynab yurar ekan, do’stining butun olamlarga rahmat bo’luvchi payg’ambar bo’lishini hayolining bir chekkasiga ham keltirmasdi. Ikkisi esa Makka ko'chalarida birga katta bo'lishdi, butun hayoti davomida ajralishmadi va albatta Jannatlarda ham birga bo'lajak, In Shaa Alloh.
Muhammad (s.a.v)ni himoya qilgan, birinchilardan bo’lib ikkilanmasdan Islomni qabul qilgan inson – Abu Bakr edi. Muhammad (s.a.v) Quddusga borib kelganligini Makka ahliga barilla aytgan vaqti, hatto uning ashoblari ham ishonmay turganda, Muhammad to’g’ri so’zni aytdi degan ham Abu Bakr edi. Aynan ushbu voqeadan keyin u siddiqlik maqomini oldi. Muhammad (s.a.v): - Ey, Abu Bakr Alloh menga Madinaga hijrat qilishni buyurdi degan vaqtda, men bilan-a Rasululloh deya quvonch ko’z yoshlari to’kkan ham Abu Bakr edi.
Muhammad (s.a.v)ning g’ordagi do’sti, Jannat bashoratini eng birinchilardan bo’lib olgan, Jannatning sakkizta darvozasining xohlagan bittasidan kirish imkoniyati bashoratini olgan ham Abu Bakr edi. Muhammad (s.a.v) tirikligida imomlikka o’tgan hamda 17 bor imom bo’lib namoz o’qigan ham Abu Bakr edi. Imomlikka Umar o’tkazilganda, Umarning ovozini eshitib Abu Bakrni chaqiringlar, Abu Bakrni chaqiringlar degan hitobning o’zi Abu Bakrning darajotini belgilab bergan edi.
Muhammad (s.a.v)ning “Yer yuzida Payg’ambarlar hamda Nabiylardan keyin bosilgan eng ulug’ qadam Abu Bakrning qadami” deb aytgan gaplari ham Abu Bakrning darajotini belgilab bergan edi. Muhammad (s.a.v)ning yon tomonlariga ko’milganligi ham Payg’ambarimiz vafotidan oldin Masjid ul-Nabaviyaga qaragan eshiklarning barchasini yoptirish, ammo Abu Bakrning hujrasi eshigini o’z holicha qoldirish haqidagi topshirig’i Abu Bakrning darajotidan so’zlashi aniq edi.
Do’stidan ayrilgan Abu Bakrning oldida musulmonlarni birlashtirish va dinni rivojlantirishdek ulkan bir mashaqqatli vazifa turar edi. U hech kimga bo’sh kelmadi, dinni qanchalik qattiq ushlagan va amal qilgan bo’lsa, mo’minlarni birlashtirish va dinni yoyishga ham shuncha haris bo’ldi. Muhammad (s.a.v) Xandaq jangida bashorat qilgan Rum va Fors mamlakatlarining fathi aynan Abu Bakr davrida boshlandi. O’zining mehribonchiligi, odamlarga yordam berishi, infoq va ehson masalalarida barchadan oldinda yuruvchi Abu Bakr xalifa etib tayinlanganidan so’ng o’zida amirlik, qattiqqo’llik hamda adolatlilik hislatlari bor ekanligini namoyish qildi.
U faqat Alloh uchun qildi, o’z manfaatini ko’zlamadi, har bir harakatida Alloh roziligini istadi. Uning xalifalik davrida bir mazlum qo’rqmasdan adolat topaman deya Abu Bakrni yoniga kelardi. Xalifalik davrida ham ojiz bir banda hamda Allohning quli ekanligini unutmadi.
Abu Bakr:
- Ey Umar! Vasiyatimga amal qil. Uzoqdagi hali qilmagan ishlaringni o’ylayvermay, yoningdagi o’limni esda tut.
P.s Shubhasiz, ushbu post Muhammad(s.a.v)ning eng ulug' sahobasining hayoti hamda faoliyati haqida kamlik qiladi. Ammo, Abu Bakr haqida ko'proq bilmoqchi bo'lsangiz Ahmad Lutfiy Qozonchining "Saodat asri qissalari: Xazrati Abu Bakr (r.a)" kitobini tavsiya qilaman.
Telegram kanal - https://t.me/omonoffozil