October 8

๐Ÿ“š Aso

โœ๏ธ Fotix Duman

Fotix Dumanning ushbu to'plamga kiruvchi asarlarning bosh mavzusi deyarli bir xil: ko'ngillar sultoni bo'lmish islom dinining ulug' ustoz va pirlari haqida gap ketadi. "Aso" asari ham xuddi shunday syujetda yozilgan.

Ushbu asarda buxorolik ko'ngillar sultoni bo'lmish Muhammad Shamsiddin haqida gap boradi. Uning tarixi ham ajoyib edi. U Payg'ambarimiz avlodidan bo'lib buxorolik kulol ustasi Amirning uyida tug'iladi. Otasi og'ir-bosiq, ilmli, ibodatni kanda qilmaydigan, taqvoli va donishmand edi.

Otasida yaxshi tarbiya olgan Shamsiddin otasidek o'sdi. Uning fikrlashlari, harakatlari - barcha barchasi otasiniki bilan bir xil edi. U yoshligidan ilm, mehnat va ibodatga chanqoq bo'lib o'sdi. Otasi ham murabbiylik ham ustozlik bilan uni tarbiyaladi.

Lekin, uning ko'ngli siniq - yoshligidayoq onasidan ajralgan edi. Vaqtlar o'tdi, Shamsiddin ulg'aydi, otasining yoshi ham bir joyga borib qoldi. Kunlardan birida Amir kulol sada daraxtining bir shoxini yerda yotganlagini ko'rib qoldi va uni uyiga olib keldi. Natijada, Shamsiddin va aso atalmish tayoqning hikoyasi boshlandi.

Bir necha yildan so'ng otasidan ajralgan Shamsiddin tush ko'radi va unga Madinaga borish kerakligi bashorati beriladi. Bir kunni ham isrof qilishni istamagan asar qahramoni shu kuniyoq yo'lga otlanadi. Bir muncha vaqt Madinada qolganidan so'ng, unga Bursaga borish kabi ilohiy topshiriq beriladi. Endi u to o'lgunicha Bursada yashashi, odamlarning ko'ngillarini olishi va islomni targ'ib qilishi kerak edi.

Shamsiddin Muhammad vaqtlar o'tib Amir Sulton nomini oladi. Uni bir ko'rgan odam yana qayta ko'rgisi, suhbatlashgisi kelar edi. Amir Sulton Boyazid Yildirimning to'ng'ich kuyovi bo'lgan. Boyazid ham u bilan doim maslahatlashib ish ko'rgan. Shuningdek, Amir Sulton Amir Temur bilan ham suhbatlashgan, Temurning uyga qaytish taklifini rad etgan edi.

Amir Temur bilan jangdan so'ng Boyazidning o'limi turkiy-musulmonlar davlatiga zarba bergan edi. Ana o'shanda ham Amir Sulton davlatning tartibotini ushlashga harakat qilar, bu bilan birgalikda kulolchilik bilan shug'ullanar va ko'ngil ilmini ham kanda qilmas edi.

Vaqti kelib Amir Sulton ham vafot etdi, u dunyoga boqmadi, ko'ngil ishi bilan shug'ullandi va ko'ngillar sultoni nomini oldi...

Fotix Dumanning shu va shunga o'xshash asarlarida ancha izchillik bor. Yozuvchi tarixni va hozirgi kunni bog'lashga juda qattiq harakat qiladi. Ushbu asarda ham bu ishni takrorlashga uringan va juda yaxshi uddalagan. Har doimgidek odamlar his tuyg'ulari, boshqalar bilan munosabati va voqealarning hikoya qilib berilishi juda ajoyib shakllantirilgan.

Fotix Duman ushbu asarda Amir Sultonning bir qancha mo'jizalar ko'rsatgani (agar shunday deb atalsa) haqida yozadi. U bilan aso o'rtasidagi muloqot va munosabat ba'zi odamlar o'rtasida bo'ladigan munosabatdanda yaxshiroq, foydaliroq va maroqliroq shaklda tasvirlanadi.

Asardagi voqealar uyg'unligini topib olish ham unchalik qiyin emas. Asar nafaqat sodda tilda yozilganligi bilan emas balki, asoning tilidan hikoya qilinganligi bilan ham kitobxon e'tiborini tortishini tayin. Doimgidek, ushbu kitobni o'qishni maslahat beraman. Ishoning, asar 100% lik "worth reading".

Telegram kanal linki - https://t.me/omonoffozil