Celestine Prophecy
Sarguzasht janrida yozilgan bu asar XX asr voqealari haqida so’zlaydi. Asar asosiy qahramoni bo’lgan psixolog professor o’tmishdagi do’stidan Peruda topilgan qo’lyozma haqida eshitib qoladi va uni o’rganish haqida bosh qotira boshlaydi.
Professor Peruga boradi va 9 qismdan iborat bo’lgan qo’lyozma namunalari ortidan tushadi. Ularni qidirish davomida bir qancha olimlar va odamlar bilan uchrashadi, turli xil qiyinchiliklarga uchraydi.
Lekin, uning irodasi mashaqqatlarning barchasiga yo’q deya oldi va u qo’lyozmalarning to’planishi barobarida ulkan ishni amalga oshirdi. Asar mazmuni ila tanishib chiqamiz.
Asarda qo’lyozma haqida gap ketadi. Qo’lyozmaning maqsadi XX asr odamlari esidan chiqarib qo’yayotgan “yashash siri”, “yashashdan maqsad”, “insonlar orasida chin insoniy munosabatlar”ni qayta tiriltirish va odamzod orasida tarqatish edi.
Qo’lyozmaning eng qiziq qismlaridan biri bu - dunyodagi barcha harakat va holat energiya natijasida sodir bo’lishidir. Ya’ni har qanday narsaning sodir bo’lishi uchun qanchadir miqdorda energiya sarflanishi lozim. Albatta, energiyaning ma’lum bir qolipi berilmagan, u xoh ruhiy xoh jismoniy bo’lishi mumkin.
Bundan tashqari, har qanday mavjudot bir biridan energiya almashishi haqida ham ta’kidlab o’tilgan. E’tiborli jihati shuki men atrofimda turgan daraxtdan ham energiya olishim, o’sha energiya orqali yana kuchga va hayotga qaytishim mumkin ekan. Xuddi shunday, odamlar o’rtasida ham energiya mavjud bo’lib, bu energiyaning almashinishi sevishganlar o’rtasida juda “peak”ka chiqib ketar ekan.
Qo’lyozmaning bir bo’limi energiya mavzusini davom ettirib har bir odamzod atrofdagilari bilan o’sha energiya uchun talashishi haqida so’z yuritadi. Bunda har bir odam o’z atrofidagi va o’zining ruhiy bosimini ko’tara oladiganlar ustidan hukmronlik qiladi va enegiyasini tortib oladi. Uning ishlash tartibi ham juda oddiy: Toshmat Eshmatga gapini o’tkizsa, Eshmat G’ishmatga gapini o’tkazadi va bir birining energiyasini so’rib oladi.
Shuningdek, qo’lyozma mo’jizalar sodir bo’lmasligi haqida gap ochadi. Borliqdagi barcha harakatlar bir biriga ulanib ketganligi, inson o’zi o’ylagan va intilgan holatga chiqishi haqiqat ekanligini ta’kidlaydi. Ushbu o’rinda insonlarning hayoloti va tushi oldingi o’ringa chiqadi. Xususan, asarning bosh qahramoni bir necha barobar o’z tushidagilarni haqiqatga aylantirishi va hayol qilgan holatlarga chiqishi isbot edi.
Qo’lyozma odamlar o’rtasidagi etika haqida so’zlar ekan, asosan yosh avlodga e’tibor qaratadi. Ya’ni yosh avlodni hali kichkina deb ularga yolg’on gapirishni qoralaydi. Barcha holatlarni o’z boricha qabul qilishni insonga yoshligidanoq o’rgatish lozim ekanligini tushuntirishga harakat qiladi. Agar shunday bo’lsa bolalik hayotining mazmuni qayda qoladi kabi savollarga aynan o’sha hislatlar bilan bolalar o’z hayotlarini yanada mazmunli qila olishi mumkin ekanligi bilan javob beradi.
Qo’lyozmaning so’nggi qismi jamiyatning yanada o’sishi va rivojlanib borishi haqida so’z yuritadi. Bunga ko’ra, har qanday holatga qaramasdan 2-millenium jamiyati rivojlanib boraveradi, insonlar o’z hayotlarini yengillashtiruvchi har qanday uskuna yoki matohni ishlab chiqara olishligini ta’kidlaydi. Bu evolutsiyaning qancha davom etishi, to’xtab qolishi yoki umuman yo’q bo’lib ketishi haqida hech qanday fikrlarni uchratmaymiz.
Xulosa qilib aytganda, ushbu asar hayot tashvishlaridan bir lahzaga chalg’ita oluvchi va sizni turli xil emotsiyalarga solib qo’yadigan asarlardan biri. Asarning “adventure” janrida yozilganligi unga nisbatan talpinishni yanada orttirishi tayin.
Agar vaqtingiz bo’lsa ushbu asarni o’qib chiqishni maslahat beraman, afsuslanmaysiz.
Telegram kanal linki - https://t.me/omonoffozil