October 8

Izlash

✍️ Mehmet Yildiz

Ko'pchilik bookblogerlar tomonidan tavsiya etilgan ushbu kitobni o'qib chiqdim. Taassurotlar ajoyib.

Asar yoshligida otasidan ro'shnolik ko'rmagan va onasidan erta ayrilib qolgan Mehmet ismli turk yigitining vafotigacha bo'lgan davr haqida so'z yuritadi. Mehmetning hayoti qiyinchiliklar bilan boshlanadi. Otasi unga kun bermaydigan, onasini kaltaklaydigan inson sifatida gavdalantiriladi.

Onasining o'limi kuni uyidan qochib ketgan Mehmetni asosiy ishi o'g'irlik va giyohvand moddalar savdosi bo'lgan to'da*ning a'zolari topib olishadi va uni o'zlarining baza*siga olib ketishadi. Shu shu Mehmet ham bu kabi razil ishlar qilinadigan davrada ulg'aya boshlaydi.

U o'zining harakatchanligi va xushyorligi bilan boshliqlarning ko'ziga tushishiga qaramasdan hayotida nimadur yetishmayotganini his qilar edi. U giyohvandlikka o'tirib qoladi, ularsiz yashay olmaydigan darajada keladi, qalbi, iymoni torayib ketadi. Uning to'da*dan qochib ketishi ham boshliq bilan sovuqlashib borayotgan munosabat natijasida bo'ladi.

Vaqt o'tib, o'zini bolalar uyida ko'rgan Mehmet Fotima ismli ustozining say-harakatlari natijasida to'g'ri yo'lga qayta boshlaydi. Odamlar orasiga qo'shilar, maktabda ham ilm olishga ishtiyoqi oshgan edi. Birozdan so'ng, uning qalbida iymon uchqunlari ko'rina boshlaydi va Fotima ustoz Allohga va islomga muhabbatning shakllanishida katta rol o'ynaydi.

Ma'lum vaqt o'tgach, Mehmet diniy bilimlari kuchayib qolgan, atrofdagi birodarlariga maslahat beradigan, insonlarga yaxshilik qilishdan boshqa narsani bilmaydigan insonga aylanib qoladi. Lekin, uning sog'lig'i bilan hisob-kitobi ham bor edi.

2-3 yil oldigan giyohvand moddalarni ko'p hajmda iste'mol qilganligi uning sog'lig'iga ta'sir o'tkizmasdan qolmadi. Uning bir buyragi ishdan chiqdi, kasalxonaga yotishga majbur bo'ldi va ikkinchi buyragi ham ishlamay qolishiga bir bahya qoldi.

Ammo, Mehmet umid qilishdan va Robbisiga duo qilishdan to'xtamas edi. U hamma ish Allohdan kelishini va har bir ish xayrli bo'lishini bilar edi. Uning tuzalishi borasida umid uchqinlari va duolari ro'yobga chiqay dedi, faqatgina bir kun Fotima ustoz shifoxonadan qo'ng'iroq qabul qildi.

Barvaqt qabul qilingan qo'ng'iroqdan ko'ngli g'ashlangan Fotimaning hayollari rost bo'lib chiqdi va Mehmetning ahvoli og'ir ekanligi haqida habarni oldi. Fotima shifoxonaga yetib kelishi bilan Mehmetning vafot etganligini eshitdi va "Inna lillahi va inna ilayhi roji'un" bilan chegaralandi.

Yozuvchi ushbu asari orqali o'zgarish qilishga hech qachon kech emasligi, Olamlar Robbisi har qanday holatda ham bandalari uchun yaxshilikni ravo ko'rishi va inson o'z atrofini doimo yaxshi odamlar bilan to'ldirishi lozim ekanligi haqidagi kuchli messejlarni berishga uringan va buni juda yaxshi uddalagan.

Shuningdek, kitobxon kitobni o'qish orqali doim harakatda bo'lish kerakligini, o'z hayotini va harakatlarini doimo so'roqqa tutish lozimligini va insonlarga faqatgina yaxshilikni qasd qilish eng go'zal xulqlardan biri ekanligini anglab yetishi ajabmas.

Kitobning yozilish uslubi soddaligi bilan kitobxonga xush yoqadi. Jumlalar, voqealarning tasvirlanishi, dialoglarning barchasi asarning o'quvchi uchun yozilganiga guvohlik beradi. Tavsiya qilinadigan asarlardan biri.

Telegram kanal linki - https://t.me/omonoffozil