O'lik shoirlar jamiyati
Ushbu roman haqida juda ko'p narsalarni yozsa, ko'p narsalar haqida gapirsa bo'ladi. Ammo, asarning eng muhim jihati bu - uning eski zamon illatlaridan biri bo'lgan "bir oqimda harakatlanish" tamoiliga zarba berishdir. Romanda nomlari keltirilgan yigitlar o'z adabiyot mullimlari boshchiligida tartib, intizom va qat'iyat kabi "illatlar"ga qarshi kurashganligi haqida so'zlanadi. Asarning yashirin tub mohiyati quyidagilardan iborat: insonlar hayotda o'zlari yoqtirgan yo'llaridan ildam borishligi, ularni nima xushnud qilsa o'sha mashg'ulotlar bilan vaqt o'tkazishligi va insonlarning hayotda o'zligini anglashga urinishlari lozim ekanligidir.
Adabiyot muallimi bo'lgan Kiting aynan "O'lik shoirlar"ni yetishtirib chiqarishda katta ishni qilgandi. Uning ta'sirida yigitlar o'zligini topishdi. Roman qahramonlarining ham taqdiri ancha ayanchli. Nil Perron 19 yillik orzusi bo'lgan teatrni tanladi, otasining qistovi natijasida o'zini otib qo'ydi. Charli (Nuvanda) haqiqiy mardlik namoyish etdi, maktab direktori jamiyat haqida surishtirganda barchasini sir tutdi va maktabdan haydaldi. Noks asar boshida bir qizni yoqtirib qoldi, unga yetishish uchun borini berdi va unga yetishdi ham, ammo jamiyat tarqatilgandan so'ng hayotidan ma'no-mazmun butunlay ko'tarildi. O'qituvchi Kiting esa jamiyat illatlariga qarshi kurashganligi va yigitlarni o'zligini topishga yordam berganligi uchun maktabdan haydaldi.
Romanning anti-qahramoni bo'lgan Kamerun Nil Perronning vafotidan so'ng, "O'lik shoirlar jamiyati" haqida maktab direktori Nolanga barchani fosh qildi. U o'z o'qituvchisini, do'stlarini va jamiyatni sotdi.
Asar so'nggida barcha yigitlar o'zligini tanigan, jamiyat illatlariga qarshi tura oladigan va o'zlarida jasurlik xislatlarini shakllantirishgan edi.
"Va o'lim kulbam eshigini taqillatganida men hech qachon chin ma'noda yashamaganligimni anglab daxshatga tushmaslik uchun shu yerda yashashni istadim".
Telegram kanal linki - https://t.me/omonoffozil