October 8

To kill a Mockingbird

Bu asar haqida taxminan 1 yil oldin ilk taassurotlarim paydo bo’lgan. Googleda eng mashhur huquqqa oid asarlar haqida izlayotganimda oldimdan chiqib qolgan.

Va shuncha vaqt o’tib, asarni o’qishga endi vaqt topa oldim. Asarda asosan qora tanli Afro-american insonning sudi bo’yicha ishlayotgan advokat va uning oilasi haqida so’z boradi.

Atticus (advokat) hamma insonlar kelib chiqishidan qat’iy nazar teng ekanligi nazariyasini ilgari suradi, jamiyat qo’ygan o’lchovlarga qarshi kurashishga harakat qiladi.

Atticusning har qanday vaziyatga jiddiy yondashishi, har qanday qiyinchilikni osonlik bilan yengib o’tishi va o’zi vazifasini har qanday holatda ham bajara olishi o’quvchi tomonidan qadrlanadi.

Yozuvchi Atticus orqali butun dunyoni yaxshilikka va tolerantlikka undaydigan “message” berayotgandek go’yo. Mana masalan, asar yozilgan vaqtda qora tanli insonlar hech kim sifatida qaralgan va jamiyatda o’rni bo’lmagan. Faqatgina Atticus va uning oilasi o’zgacha fikrlagan.

Scout va Jem (advokatning bolalari) otasi bergan ta’lim-tarbiya bilan katta hayotga qadam bosadi, otasi kabi fikrlaydigan va har bir voqeaga nisbatan o’z fikriga ega bolalar bo’lib yetishadi.

Asar voqealari juda ham qiziq. Qora tanli shaxsga oq tanli qizni “zo’rlash” aybi qo’yilgan bo’ladi. Atticus sudda yutib chiqadigandek - hamma argumentlar u tomonda edi, lekin jurylar (sudyalarga o’xshagan lavozim, Anglo-sakson huquq oilasida keng tarqalgan) o’sha vaqtlar uchun noodatiy bo’lgan qarorni chiqarishga “duxi” yetmaydi va Atticus sudda yutqazib qo’yadi. O’sha inson esa turmada otib o’ldiriladi.

O’z vaqtida zo’ravon bo’lgan oq tanli qizning otasi esa Atticusga va uning oilasiga tahdid qiladi. U Hallowen kuni oqshom maktab bayramidan qaytishda Jem va Scoutga hujum qiladi. Jem singlisini himoya qilib jarohatlanadi va deyarli o’lishgachayam boradi.

Lekin, ikkalasi (Jem va Scout) juda ham qiziqadigan va hayotlari davomida ko’rish ishtiyoqida bo’lgan Boo Radley ularni qutqarib qoladi. Boo Radley kimligi haqida esa asarni o’qish davomida bilvolasiz. Shu sahna bilan “masterpiece” yakunlanadi.

Xullas, tavsiya qilinishlikka loyiq asar.

P.s sotib olish uchun Amazon.com “second hand”dan foydalandim. Adashmasam, Asaxiydagilar ham o’zbekchaga tarjima qilgan bo’lishsa kerak.

Regensburg, Germaniya
05.07.2024
Telegram kanal linki - https://t.me/omonoffozil