October 8

Fahrenheit 451

To'g'risi, nega aynan bu kitobni tanlaganimga hayronman. Qaysidur ijtimoiy tarmoqda ko'zim tushgan bo'lsa kerak. Har safar universitet kutubxonasiga borsam, o'qirmanda deb bir oydan beri cho'zib yurgandim. Kitobni bir hafta oldin sotib olgandim va ushbu vaqt nodir san'at asarini tugatishimga yetarli bo'ldi.

To'g'risi, kitobga ajratgan vaqtim uchun mingdan ming roziman. Bunaqa bo'lishini kutmagandim.

Asar bosh qahramoni Guy Montag ismli shaxs bo'ladi. Uning murakkab hayoti doimo savollarga javob qidirish bilan o'tadi. Bir qarashda kitobxon uni aqli zaif yoki telba deb o'ylashi mumkin. Guy o'zi bilan gaplashadigan, turlicha tushlar ko'radigan va hayoliy voqealarni tasavvur qiladigan inson bo'ladi.

Uning kasbi - o'sha zamonning eng yomon dushmani sifatida qaralgan kitoblarni yoqish va yo'q qilish bo'ladi. Asar boshida o'z kasbidan qoniqsada, vaqt o'tgandan so'ng o'z harakatlarni so'roq ostiga qo'yadi. Va nihoyat, Faber ismli qariya bilan tanishadi va qidirib yurgan savollarining deyarli barchasiga javob topadi.

Kitobni boshqa asarga o'shxatish imkoni bo'lganda, "Marten Iden"ga o'shatgan bo'lardim. Ikkisining yozilish uslubi deyarli o'shash: asar bosh qahramonlari o'zligini, hayotdagi asl maqsadini va yashash nima ekanligi haqidagi savollarga javob izlashadi. Ssenariy o'shash bo'lgani bilan, yakun  juda boshqacha: Marten o'lgan bo'lsa, Guy shaharda tirik qolgan yagona inson bo'ladi.

Ko'p spoiler bermasdan, ushbu asarni noodatiy janr, xullas barcha kitob ixlosmandlari uchun tavsiya qilgan bo'lardim. Siz ham ketkizgan vaqtingiz va mablag'ingizga achinmaysiz degan umiddaman.

Xarid qilish masalasiga keladigan bo'lsak, amazon.com da har qanday turdagi kitobni topsangiz bo'ladi. Adashmasam, Asaxiy ham ushbu kitobni o'zbek tiliga tarjima qilgan bo'lishi kerak.

Ha aytgancha, asar muallifi - Ray Bradbury "Fahrenheit 451"ni 9 kunda, "typing machine"ni ijaraga olgan holda, yertolada yozib tugatgan.

Fozil Omonov
Germaniya
18.06.2024

Telegram kanal linki - https://t.me/omonoffozil