Germaniyaning Regensburg shahrida yashash harajatlari haqida
Germaniyaning Regensburg universitetida bir semesterlik o'qish uchun boshlang'ich harajatlar haqidagi postdan keyin bir qancha talabalar yashash harajatlari haqida bilmoqchiligi haqida menga yozishdi. Shu kabi savollarga o'z tajribam asosida javob berishga harakat qilaman. Boshladik:
0. Oldingi postda aytib o'tganimizdek bank hisob raqamiga qo'yilgan 5952 yevro Germaniyaga borganingizdan so'ng, nemis banklarida yangi hisob raqam ochganingizdan keyin sizga oyma oy bo'lib beriladi. Kunlik yashash harajatlar uchun ana o'sha puldab foydalanasiz.
1. Yotoqxona
Universitet bilan yotoqxona olish haqida kelishganingizdan so'ng unga oylik to'lov qilishingiz kerak bo'ladi. Oylik to'lov esa yotoqxona joylashgan hudud va uning sharoitlariga qarab o'zgarib boradi. Xona uchun odatda 260 yevrodan 310 yevrogacha to'lov qilinadi. Shaxsan men oyiga 278 yevro to'laganman.
2. Sug'urta
O'tgan postimizda aytganimizdek Germaniyada sug'urta bilan yashash majburiy. Uning xususiy yoki davlatniki ekanligiga yoki xizmlatning soni va sidatiga qarab narxi ham o'zgarib boradi. Odatda, insonlar 50 yevrodan boshlanib 130 yevrogacha bo'lgan sug'urta hizmatlaridan foydalanishadi. Masalan, men sug'urta uchun oyiga 124 yevro to'laganman.
3. TV solig'i
Germaniyada shu nomdagi soliq borki uni har bitta odam jon boshiga to'lashi lozim. Bu soliqdan maqsad nima aloqa va internrt sifatini yaxshilash, telekomunikatsiya sohasini rivojlantirishdir. Ushbu soliq miqdori oyiga 17.55 yevroni tashkil qiladi va siz Germaniyaga borsangiz albatta ushbu soliqni to'laysiz.
4. Oziq-ovqat va hokazo.
Regensburg shahrida Germaniyaning boshqa shaharlariga qaraganda oziq-ovqat masalasi biroz "yumshoqroq" deb o'ylayman. Shahar bo'ylab bir qancha supermarketlar joylashganini ko'rasiz va ularning har birida mahsulotlarning sifati ham narxi ham farqlanadi.
Supermarketlardan foydalanish go'yoki alohini tabaqalashtirishga o'xshaydi, ko'pchilik o'z "cho'ntagi ko'taradigan" do'konlardan savdo qiladi. Lekin, tan olish kerak do'konlardagi narxlar o'rtasidagi farq unchalik katta emas. Student sifatida "Netto" supermarketlar tarmog'idan bozorlik qilardim. Ko'p mahsulotlari arzon, sifatli va yotoqxonamga yaqin edi.
Halol mahsulotlar masalasi esa muammo emas. Shahar bo'ylab turk va arab do'konlari joylashgan. Aytish kerakki, halolligi bilan ajralmaydigan mahsulotlar turk va arab do'konlarida biroz qimmatroq. Bu degani kartoshka, har hil ichimliklar va boshqa mahsulotlar nemis supermarketlarida arzonroq bo'ladi.
Bundan tashqari, shaharda rus supermarketlari ham bo'lib, o'zimizda sotiladigan ko'p narsani topsa bo'ladi. Masalan, kilka, vafli, perashki, chuchvara, shkoladlar va hokazo. Avgust oyining oxirlarida o'zimizni vohadan kelgan qovunlar ham savdo rastalarida bor edi.
Uyda ovqat tayyorlash uchun 100-150 yevro "udar" bo'ladi. Shu pul bilan O'zbekistondagiga o'xshab oddiy student hayot emas, balki undan ham yaxshiroq yashasangiz bo'ladi. Shaxsan o'zim oziq-ovqat masalasiga 110-130 yevro sarflar edim.
5. Ko'chada ovqatlanish.
Regensburg shahri etnik va madaniy jihatdan ancha diversityga boy. Turli xil millat va elatlarni ko'rishingiz mumkin. Shunga yarasha, shahar bo'ylab turli xil restoran, kafe va oshxonalarni topishingiz mumkin. Ularning narxlari ham o'ziga yarasha farqlanadi.
Shuningdek, shaharda mashhur brendli "fast foodlar" ham bor. Shaharda turklar ko'p bo'lganligi uchun turk oshxonalarni ham ko'p uchratasiz. Ular asosan döner tayyorlash bilan mashhur (Berlin döner men uchun eng sevimlisi). Ko'chada ovqatlanish uchun o'zingizni ta'bingizga qarab pul sarflayverasiz.
6. Kiyim-kechak.
Kiyim-kechak masalasi aholining pul topishiga qaralsa unchalik ham muammoli masala emas. Shaharda har xil brend magazinlar, turk, arab va nemis do'konlari mavjud. Shaharning bir qancha joylarida "targoviy senterlar" ham bor.
Tabiiyki, ishlab chiqaruvchisi nemis bo'lgan magazinlarda narxlar brend magazinlardanda ancha qimmatroq. Menimcha ushbu o'rinda sifat masalasi ro'l o'ynasa kerak. Shaxsan o'zim kiyim-kechak masalasida ehtiyojlarimdan kelib chiqib sotib olganman. Fikrlab qaralganda, studentlar uchun qimmatroqdek tuyilishi mumkin, lekin shaxsiy ishlab topilgan pulni ularga sarflasa o'zini oqlaydi deb o'ylayman.
Hozircha, yashash harajatlari bo'yicha aytmoqchi bo'lganlarim shulardan iborat. Har qanday savol tug'iladigan bo'lsa ushbu post commentida yoki shaxsiyga yozsangiz bo'ladi.
Kanalni kuzatishda davom eting. Regensburgda o'qish, ishlash va sayohat qilish haqidagi bir qancha postlar sizlarni oldinda kutib turibdi.
Telegram kanal - @omonoffozil