October 8

Quddusning so'nggi muhofizi

Quddus - tarixning eng buyuk lahzalari bilan eng razil voqealariga guvoh bo'lgan joy. Ushbu asar 2-jahon urushida Quddusning qo'ldan boy berilishi va Quddusning so'nggi muhofizi bo'lgan Hasan o'nboshi avlodidan bo'lgan Ahmad hayoti haqida so'zlaydi.

Shuningdek, asarda bir vaqtning o'zida tog'a va jiyanning o'xshash bo'lgan qonli o'tmishi va shaxsiy kechinmalari haqida so'z boradi.

Ikkisining ham hayoti muhabbat bilan burkangan: Hasan Turkiyaga, Quddusga va Masjidul Aqsoga bog'langan bo'lsa, Ahmadning ko'ksida yozuvchilik va Gulniholgagina joy bor edi. Hasan o'nboshi 2-jahon urushidan keyin Quddusni va undagi musulmonlarni himoya qilish uchun qolgan 53 nafar usmoniy askarning boshlig'i edi, ulardan qolganlarning eng so'nggisi ham u bo'ldi. U Quddusning so'nggi himoyachisi edi.

Ahmad Qalamo'g'li esa yoshligidayoq zilzila sababli ota-onasidan ayrilgan, talabalik yillarida bir qizni sevgan, ammo unga necha necha xatlar yozsa ham yubormagan, aniqrog'i yuborishga jurat topmagan va endi yetishdim deganda eng yaqini insoni hamda sevgilisi bo'lmish Gulniholdan ayrilgan edi.

Asar orqali o'quvchi ona vatanga va insonlarga bo'lgan muhabbat, natijaga erishish uchun harakat qilish lozim ekanligi va o'zgarishlar inson hayotining o'zgarmas xususiyati ekanligi haqida ma'naviy ozuqa oladi. Misol uchun asarda Ahmadning Gulniholni sevgani, ammo unga yetishish uchun harakat qilmagani yozuvchi tomonidan qoralangan bo’lsa, Hasan o'nboshining Quddusga bo'lgan muhabbati va uni qo'riqlash uchun qilgan harakatlari ijobiy baholanadi.

Hasan o'nboshi:
- Demak, umrimiz shu shaharda o'tadi. Qanday yaxshi. Masjidul Aqsodagi ishimizni davom ettiramiz. Bu yerda hammaga ustimdan yechmaydigan, usmoniylar formasi bilan usmoniylar davlatini, turklarni eslatib turaman. Bundan yaxshiroq vazifa bormi?..

Ahmad Qalamo'g'li:
- Gulniholning tobuti yelkadan yelkaga o'tkazilar, ammo tobutning chap tomonida ko'tarib ketayotgan Ahmad Qalamo'g'li boshqalarga navbat bermasdi. Qabristongacha ko'tarib bordi. Ust-boshi loy bo'lib ketgan, qo'llari yorilgandi. Ammo u hech narsani his qilmasdi. Xorg'in edi, tinmay "Ox, Gulnihol..." derdi.

✍🏻Ismoil Bilgin: "Quddusning so'nggi muhofizi".

Telegram kanal linki - https://t.me/omonoffozil