January 31, 2021

Tilshunoslik haqida

  • Yer yuzida aholisi 7000 ga yaqin tilda gaplashadi.
  • Til fikrlash va muomala vositasi hisoblanadi.
  • Oʻzbek tiliga «Davlat tili maqomi berish toʻgʻrisida»gi Qonun 1989-yil 21-oktabrida qabul qilingan.
  • «Davlat tili maqomi berish toʻgʻrisida»gi Qonun yangidan 1995-yil 21-dekabrida tahrir qilindi.
  • Oʻzbek tili Oʻzbekiston Respublikasining Davlat tili ekanligi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida oʻz aksini topgan.
  • Hozirgi paytda maʼlum bir xalq vakillari uchun muloqot vositasi boʻlib xizmat qilayotgan tillar tirik tillar deyiladi.
  • Hozirgi davrda hech bir xalq uchun muomala vositasi boʻlib xizmat qilmayotgan, lekin qoldiqlari bizgacha yetib kelgan tillar oʻlik tillar deyiladi.
  • Bir kishining nutqi monolog deyiladi.
  • Ikki kishining nutqi dialog deyiladi.
  • Ikkidan ortiq kishining nutqi polilog deyiladi.

Telegram kanalimizga obuna boʻling ›››