«SANOAT IQTISODIYOTI» fanidan GLOSSARIY

Agent – turli kelishuvlarni tayyorlash, ayrim ishlarni bajarishda boshqa shaxs (yuridik yoki jismoniy) hisobidan va uning nomidan faoliyat kо‘rsatuvchi shaxs. Savdoda savdo agenti bilan ishlab chiqarish korxonasi, firmasi yoki xususiy shaxs kelishadi va kelishuv asosida ishonch qog‘oziga tayanib, faoliyat yuritadi.

Akkreditiv – naqd pulsiz hisob-kitob bо‘ladigan bank schyotining turi; kredit muassasasidan olish mumkin bо‘lgan, aniq oluvchi kо‘rsatilgan qimmatbaho qog‘oz.

Aksept – tashkilotlar о‘rtasidagi naqd pulsiz hisob-lashishning bir shakli; takliflarni qabul qilish, kelgan hujjatlarga va molga pul tо‘lashga rozilik berish ifodasi.

Aksiz – ommaviy iste’molga hos bо‘lgan oziq-ovqat mollariga hamda nooziq-ovqat mollariga qо‘yiladigan egri soliq. Ushbu soliq davlatga shunday mahsulot ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar tomonidan tо‘lanadi hamda narxning oshirilishi bilan aholi gardaniga yuklatiladi.

Aksiya – aksiyadorlar jamiyati a’zosining mablag‘ qо‘shganligi haqida guvohlik beruvchi qimmatbaho qog‘oz. Aksiya sotib olgan shaxs aksiyador hisoblanib, ma’lum huquq va majburiyatga ega bо‘ladi.

Aksiyadorlik jamiyati – korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli bо‘lib, jamiyat ixtiyoridagi mulki, boyligiga asoslanib faoliyat yuritadi. Aksiyadorlik jamiyati sarmoyasi jamiyat a’zolarining qо‘shgan pul mablag‘i yoki moddiy ne’matidan tashkil topadi.

Aksiyaning nazorat paketi – biron shaxsga aksiyadorlar jamiyati faoliyati ustidan nazorat qilishni ta’minlaydigan aksiyalar hissasi. Odatda bunday holat aksiyalar miqdorining yarmidan kо‘pi yoki katta qismi bir qо‘lda tо‘planganda amalga oshadi.

Arbitraj – xо‘jalik tomonlari о‘rtasidagi kelishmovchi-liklarni hal qiluvchi hakamlar sudi.

Aylanma fondlar – bu fondlar odatda ishlab chiqarish jarayonlarida bir marta ishlatilib, ularning har birida yangilanadi va о‘z qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulotga tо‘la о‘tkazadi.

Asosiy fondlar – bu fondlar ishlab chiqarish jarayonida qayta-qayta ishlatiladi. U uzoq muddat davomida foydalanishga mо‘ljallangan bо‘lib, yemirilishi darajasiga qarab ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga о‘z qiymatini asta-sekinlik bilan о‘tkazib boradi.

Assortiment – sotish xonasidagi turli-tuman mollarning tо‘planishi; ba’zida bir molning turlar, navlarining tо‘plami.

Assotsiatsiya – tо‘planma, uyushma; biron maqsadga erishish uchun (xо‘jalik, siyosiy, ilmiy, madaniy yoki boshqa maqsadlar) birlashish. Assotsiatsiya yuridik shaxs bо‘lib hisoblanadi.

Auditor firmasi – mustaqil tashkilot bо‘lib, shartnoma asosida korxonalar yillik buxgalteriya hisobotini tekshiradi va tasdiqlaydi. Tekshiruv davomida auditor firmasi buxgalteriya hisob-kitobining holatini va talabga mos kelishini, moliya-xо‘jalik faoliyati masalalarining haqiqiy holatga mos kelishini nazorat qiladi.

Auksion – kim oshdi savdosi. Bu alohida xususiyatga ega bо‘lgan va alohida joylarda tashkil etiladigan ochiq savdoga asoslangan mahsus bozor. Auksion о‘zaro musobaqaga tayangan holda amalga oshadi.

Aholining harid qobiliyati – aholining bozordagi vujudga kelgan narx asosida mollarni, xizmatni xarid qilish imkoniyati. Aholining harid qobiliyati bozor sig‘imini belgilashda yetakchi о‘rin egallaydi.

Aholining minimal iste’mol byudjeti – har bir oila a’zosining ish kuchini qayta tiklashi uchun zarur mablag‘ miqdori. Bunda zarur iste’mol mollarining, xizmatning miqdori va sifati e’tiborga olinadi va oilaning har bir a’zosiga pul birligida hisoblanadi.

Baza – asos, tayanch, quyi qism, ombor va boshqalar. Tijorat ishlarida band bazalar; mol qabul qiluvchi, qayta ishlovchi, navlarga, turlarga ajratuvchi va saqlovchi bazalardan iborat.

Bank – pul mablag‘larini mujassamlashtiradigan, qarz beruvchi, pul, qimmatbaho qog‘ozlarni, hisoblarni olib boruvchi muassasa.

Bankrot – tо‘lovga qodir bо‘lmagan qarzdor.

Barter – savdo-sotiq faoliyatining bir turi bо‘lib, mahsulot ayriboshlash pul tо‘lovisiz sodir bо‘ladi. Almashuv mahsulotlar narxi, xalqaro va ichki bozor narxlari, sifati, yetkazib berish shartlari hisobga olinib, ular о‘rtasidagi nisbat о‘rnatiladi.

Bashorat – ma’lum axborotlarga, raqamlarga, hisoblarga, sharoitga tayanib bashorat qilish.

Bijuteriya – zargarlik mollari savdosi.

Birja – qimmatbaho qog‘ozlar, valyuta, tovar, ish kuchi va xom ashyo sotiladigan va harid qilinadigan muassasa.

Boj tо‘lovi – chegaradan chiqayotgan yoki kelayotgan mollarga qо‘yilishi mumkin bо‘lgan tо‘lov. Uning miqdori davlat siyosatiga bog‘liq. Boj miqdori mahsus boj tariflarida ifodalanadi.

Bozor segmenti – bozorning ma’lum qismini tashkil etadi va bozordagi iste’mol maqsadi bir bо‘lgan xaridorlarning xatti-harakatini tavsiflaydi. Xaridorning daromadi, turar joyi, oilaviy, milliy urf-odatlari, jinsi, yoshi va boshqa xususiyatlariga qarab bozor segmentlashtiriladi.

Bozor sig‘imi – ma’lum bozorda ma’lum muddatda tо‘lovga qodir mol taklifi va chakana narx darajasi hisobga olingan holda sotilishi mumkin bо‘lgan mol miqdori. Bozor sig‘imini aniqlashda biror tovarga mо‘ljallangan aholining harid quvvati, korxona-larning aynan shu molni sotib olish ehtiyoji hisobga olinadi.

Bond – bojxona boji tо‘lanmagan tovar.

Bord – molning sotuvchi hisobidan kemaga yetkazib berilish sharti.

Bonus – xizmat uchun mukofotlash, rag‘batlantirish. Tovar bozorida bonusning miqdori sotilgan yoki harid qilingan tovarning qiymatiga, undan olinadigan foizga, tovarning bozorda tez soti-lishiga, sotilish yо‘liga, iqtidorli komissionerlar о‘rtasidagi raqobat darajasiga bog‘liq.

Broker – sotuvchi va oluvchi о‘rtasidaga vositachi; mijozlarning topshirig‘i bilan va ular hisobiga ishlaydigan hamda vositachilik ishi uchun о‘z komission haqini oluvchi shaxs.

Buyurtma – haridorning (buyurtmachining) sotuvchiga jо‘nata-digan hujjati bо‘lib, unda molni harid qilishga qat’iy qaror qilinganligi ifodalanadi.

Valvatsiya – chet el tangasi qiymatini davlat pul birligida baholash.

Valyuta – biror mamlakatda qabul qilingan pul tizimi va pul birligi.

Valyuta kursi – bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakat pul birligida ifodalanishi. Valyuta kursining о‘rnatilishi koti-rovka deyiladi.

Veksel – qonun tomonidan qat’iy belgilangan, qarzni ifodalovchi yozma majburiyat bо‘lib, veksel oluvchi uni egasiga topshiradi.

Venchur korxonalari – davlat, yirik firmalar bilan kontrakt asosida ilmiy izlanishlar olib boruvchi, muhandislik ishlarini yaratuvchi, yangiliklarni tatbiq yetuvchi korxona.

Garantiya – kafillik, ishontirish, gardaniga olish, biror-bir narsani ta’minlaydigan sharoit. Kontrakt tuzuvchi tomonlar, masalan, kontraktning bajarilishiga, agar bajarilmasa, zararlarni qoplashga kafillik beradi.

Giperinflyatsiya – pul qadrsizlanishining juda yuqori sur’atini ifodalaydi. Bunda pulning qadrsizlanishi yiligi 1000 foizdan ortadi.

Daromadlar – korxona, tashkilot, firmalar faoliyatining muhim kо‘rsatkichi bо‘lib, faoliyatning barcha tomonlaridan kelishi mumkin. Savdo firmasi, dо‘konning daromadi molning xarid narxi bilan sotilish narxi о‘rtasidagi tafovutdan kelib chiqadi.

Debitor – biror korxonadan, firmadan, muassasadan boshqa yuridik shaxs yoki fuqaroning qarzdor bо‘lib qolishi.

Devalvatsiya – mamlakat pul birligi asosidagi oltin-ning kamayishi yoki kursining boshqa mamlakatlar valyutasi kursiga nisbatan qonuniy ravishda pasayishi.

Deklaratsiya – ma’lum axborotni о‘z ichiga oluvchi hujjat. Deklaratsiya bojxona uchun tayyorlangan bо‘lsa, unda boj tо‘lanadigan molning nomi, miqdori, narxi va boshqalar ifodalanadi.

Dekort – molning haqini muddatdan avval tо‘langan yoki molning miqdori, sifati kelishuv shartlariga mos kelmagani uchun molning narxidan chegirma.

Demarketing – marketingning bir turi bо‘lib, ishlab chiqarish quvvati, xom ashyoning yetishmasligi tufayli bozorga kam chiqariladigan molga talabni pasaytirishga qaratilgan.

Demping – eksport tovarlarini bozorning о‘rtacha narxidan, hatto tannarxidan ham pastroq narxda sotish. Bu usul bozorni egallash, raqobatchilarni sindirish maqsadida qо‘llaniladi.

Defitsit – biror narsaning yetishmasligi, kamchiligi. Jumladan, tovarlar yetishmasligi, byudjet mablag‘ining yetish-masligi.

Djobber – yirik miqdordagi tovarlarni tez sotib yuborish maqsadida harid qiladigan firma.

Dividend – aksiya egasining oladigan daromadi bо‘lib, aksiyador jamiyati foydasining bir qismini tashkil etadi.

Diler – birjadagi yoki savdodagi vositachi bо‘lgan shaxs.

Diskaunter – rivojlangan mamlakatlardagi uzoq muddat ishlatishga mо‘ljallangan tovarlarni arzon bahoda va qо‘shimcha xizmatsiz sotiladigan dо‘kon.

Distribyuter – о‘z nomidan va о‘z mablag‘i hisobiga tovarlarni harid qilib, sotuvchi vositachi. Mollarni ulgurji sotib oladi va chakana savdo firmalari, dо‘konlarga sotadi.

Ijara – qarzga berish. Bir shaxs yoki korxona, tashkilotning boshqa shaxs, korxonadan ma’lum muddatga va ma’lum tо‘lov tо‘laydigan sharti bilan oladigan mulki.

Imidj – firmanin mavqei, ishlab chiqarayotgan molning, xizmatning sifati, rahbarlarning obrо‘si haqidagi buyurtmachi va xaridorning fikri.

Import – chet eldan tovarlarni sotib olish yoki boshqa usullar bilan keltirish. Keltirilgan mol iste’mol, qayta ishlash, hatto tashqariga sotish maqsadida bо‘lishi mumkin.

Investitsiya – kelgusida foyda olish, samaraga erishish maqsadida biror-bir korxonaga uzoq muddatga kapital qо‘yish.

Investor – investitsiya bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs yoki fuqaro.

Injiniring korxona – muhandislik maslahat xizmatlarini tijoratchilik qoidalariga asoslangan holda amalga oshiradigan korxona.

Inkasso – molning jо‘natilganligi haqidagi hujjatlarni top-shirgan tomon hisobiga tо‘lovning bankka kelib tushishi va bankning mol jо‘natuvchi mijozi hisob raqamiga mablag‘ni yozib berishi.

Inflyatsiya – muomala doirasida pulning kо‘payib ketishi yoki qadrsizlanishi.

Iste’mol savatchasi – ma’lum mollar, xizmatlar yig‘indisini tashkil etib, bu yig‘indi aholi iste’molining tarkibi va darajasini tо‘liqroq ifodalaydi.

Kapital – bu egasiga daromad keltiruvchi mablag‘ va resurs.

Kvota – о‘rnatilgan mutlaq yoki nisbiy kо‘rsatkich. Savdoda, eksport yoki import qilish miqdorining chegarasi.

Kliring – xalqaro naqd pulsiz hisoblashish shakli bо‘lib, bunda davlatlar bir-biriga qarzini о‘zaro qarama-qarshi tо‘lov majbu-riyatlari vositasida tо‘laydi.

Komission – uchinchi shaxs vositasida sotib olinadigan va sotiladigan narsalar; komission savdo korxonalari yoki komissionerlar vositachilik ishi uchun ma’lum haq, mukofot oladilar.

Kommivoyajer – firma ishlab chiqarayotgan barcha mahsulotni sotuvga taqdim etuvchi shaxs.

Konsorsium – bu aniq iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishni maqsad qilgan korxonalarning muvaqqat birlashmasi.

Konfiskatsiya – majburiy holda mulkning jami yoki bir qismini musodara qilish va davlat ixtiyoriga о‘tkazish.

Konsern – bu ishlab chiqarish diversifikatsiyasi, ya’ni korxonalarning faoliyat sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari turining kengayishi, yangilanib turishi asosida tarkib topadigan yirik kо‘p tarmoqli korporatsiY.

Konsessiya – milliy iqtisodiyotni rivojlantirish yoki tiklash, tabiiy boyliklarni о‘zlashtirish maqsadida davlat yoki munitsipalitetga qarashli yer uchastkalari, qazilma boyliklari, mol-mulk, korxonalar va boshqa xо‘jalik obyektlarini muayyan muddatga va shartlar bilan foydalanish uchun chet ellik investorga davlat nomidan beriladigan ruxsatnoma, ular bilan tuziladigan shartnoma yoki kelishuv.

Konyuktura – xо‘jalikning ma’lum davridagi holatini xarakterlovchi kо‘rsatkichlar tо‘plami.

Kooperativ – bu yuridik shaxs huquqiga ega bо‘lgan, xо‘jalik yurituvchi subyekt. U jamoa mulki huquqidagi mulkka egalik qiladi, undan foydalanadi va tasurruf etadi.

Kooperatsiya – ishlab chiqarish yoki ayirboshlash doirasidagi jamoaga birlashish.

Korporatsiya – bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi yirik aksionerlik jamiyatlari birlashmasi.

Korxona aktivlari – bu korxonada ishlab chiqarish fondlari shaklida band bо‘lgan kapitaldir.

Lizing – imorat, inshoot, mashina, jihozlar, asbob-uskuna, transportalarini о‘rta va uzoq muddatga ijaraga berish.

Litsenziya – biror bir faoliyat turi bilan shug‘ullanish uchun davlat organlari tomonidan ruxsat burish.

Marja – savdo, birja, bank ishlarida foydalaniladigan hamda mollar narxlari, qimmatbaho qog‘ozlar kurslari, boshqa kо‘rsatkichlar о‘rtasidagi farq.

Marketing – bozor talablariga bо‘ysungan holda iste’molchilar ehtiyojini imkoni boricha qondirishga qaratilgan xо‘jalik faoliyatini tashkil etish va boshqarish tizimi.

Notijorat yuridik shaxs – bu ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni о‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlar (foyda)ni о‘z a’zolari о‘rtasida taqsimlamaydigan о‘zini-о‘zi boshqarish tashkiloti.

Nou-xou – mahsulot ishlab chiqarishni о‘zlashtirishni yengillashtirish va tezlashtirishga imkon beruvchi texnik bilim, texnik tajriba, ishlab chiqarishning yashirin imkoniyatlari.

Offerta – sotuvchining mol harid imkoni bor haridorga ma’lum shartlar asosida mol tо‘plamini sotish haqida yuborgan taklifi.

Pablik rileyshnz – mol, xizmat, firma, korxona haqida yaxshi fikrni vujudga keltirish jarayoni.

Proteksionizm – milliy ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida chet yel raqobatidan saqlash, himoya qilish.

Raqobatbardoshlik – biror turdagi molning iste’mol qiymati mos keladigan boshqa tovarga solishtirish, taqqoslash kо‘rsatkichi.

Revalvatsiya – boshqa davlatlar valyutasiga nisbatan milliy valyuta rasmiy kursining oshishi.

Reklama – tovarlar, xizmatlar haqida turli vositalar bilan ochiq xabardor qilish.

Rentabellik – xarajatlarni oqlaydigan, xо‘jalik nuqtai nazaridan maqsadga muvofiq, foydali, draomadli. Rentabellik kо‘rsatkichi foydaning moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarga nisbati bilan о‘lchanadi.

Refaksiya – tovarning narxi yoki og‘irligidan uning buzilgan yoki kamaygani uchun chegirma qilish.

Stagnatsiya – iqtisodiyotda turg‘unlikni anglatadi.

Stagflyatsiya – iqtisodiyotning shunday holatiki, bunda turg‘unlik va pulning qadrsizlanishi birgalikda xukm suradi.

Sug‘urta – kutilmagan sharoitlardan yoki tavakkalchilikdan kо‘-rilgan zararni qisman yoki tо‘liq qoplash, muhofaza qilish choralari.

Tadbirkor – yuridik shaxs tashkil etgan holda yoki tashkil yetmasdandoimiy asosda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxs.

Tadbirkorlik – bu mulkchilik subyektlarining foyda odish maqsadida tavakkal qilib va mulkiy javobgarligi asosida amaldagi qonunchilik doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat kо‘rsatishdir.

Tantyema – savdo, sanoat, bank, aksionerlar tashkilotlari foydasidan bu tashkilotlarning boshqaruv xodimlariga tо‘lanadigan qо‘shimcha mukofot.

Tarif – biror ish, xizmat uchun rasmiy hamda belgilangan tо‘lov.

Tashqi savdo balansi – ma’lum davr (oy, chorak, yil) davomida mamlakatga keltiriladigan va undan chiqariladigan tovarlar qiymati о‘rtasidagi nisbat.

Tender – birjada savdo о‘tkazishda tushadigan taklif. Taklif berish tartibi savdoni о‘tkazadigan tashkilotchilar tomonidan belgilanadi.

Tо‘lov valyutasi – tomonlarning kelishuvi bilan tovarlarning tashqi savdo aloqalarida haqini tо‘lashda yoki halqaro kreditni qaytarishda ishlatiladigan valyuta.

Tо‘lovga qodirlik – yuridik yoki jismoniy shaxsning moliyaviy majburiyatlarini о‘z vaqtida bajara olish imkoniyati.

Tо‘lov topshirig‘i – korxona, firma, tashkilotning unga xizmat qiladigan о‘z schetidan mablag‘ о‘tkazish zarurligi haqidagi topshirig‘i.

Faktoring – moliya-tijorat xizmatining turi bо‘lib, bunda bank yoki boshqa moliya tashkilotlari xarid qiluvchi korxona qarzlarini, majburiyatlarni о‘ziga oladi.

Fermer xо‘jaligi – bu о‘ziga uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xо‘jaligi mahsulotlari-ni ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi fermer xо‘jaligi a’zolarining birgalikdagi faoliyatiga asoslangan, yuridik shaxs huquqiga ega mustaqil xо‘jalik yurituvchi subyekt.

Firma – ishlab chiqarish, xizmat kо‘rsatish, tijorat yoki tadbirkorlik faoliyatiga qaratilgan, yuridik shaxs hisoblangan korxona.

Fondlarning aylanishi – bu moddiy ashyoviy omillar qiymatining ishlab chiqarish va muomala sohalari orqali harakat jarayonidir.

Xolding kompaniya – bu mulk egalari tomonidan bir qancha mustaqil aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini nazorat qilish maqsadida tashkil etilgan hissadorlik jamiyati.

Xususiy kapital – tadbirkorning eng muhim va hal yetuvchi ahamiyatga ega bо‘lgan sarmoyasi.

Xususiy tadbirkorlik – bu fuqarolar (alohida fuqaro) to-monidan о‘zlarining tavakkalchiliklari va mulkiy javobgarliklari asosida, shaxsiy daromd (foyda) olish maqsadida amaldagi qo-nunchilik doirasida amalga oshiriladigan tashabbuskor xо‘jalik faoliyatidir.

Xususiy firma – ayrim shaxs yoki oilaga tegishli bо‘lgan yaka xususiy mulkka asoslanib faoliyat kо‘rsatuvchi korxona.

Shirkat firma – bir necha tadbiroklarning о‘zaro mulkiy birlashuvi va tadbirkorlikdan olinadigan foydani baham kо‘rishga asoslangan sherikchilik korxonasi.

Erkin iqtisodiy zonalar – bu qо‘shma sohibkorlik zonalari, xorij kapitalinig erkin amal qilishi uchun ajratilgan mahsus hudud.

Erkin savdo zonasi – bu ma’lum bir hududlarni iqtisodiy о‘z ichiga olgan, boj tо‘lovlaridan ozod qilingan savdo zonasidir.

Qarz-kredit kapitali – bank, byudjet, moliya muassasalari yoki boshqa korxonalarlan olinadigan kreditlar, chiqariladigan obligatsiyalar evaziga shakllanadi.

Qо‘shma kapital – bu tezna jalb etilgan resurslar bо‘lib, u asosan aksiyalarni sotish, pay va kirish badallarini tо‘plash, korxonalarni birlashtirish natijasida aktivlarning kо‘payishi evaziga shakllanadi.