Tartib-qoidalar
February 2, 2023

Nima uchun aynan 5 kishiga hadya olinadi?

Savol:

Hadya ulashamiz loyihasida nega aynan 5 kishiga sovg'a olinadi?
5 kishidan ko'proq kishiga hadya qilsak bo'lmaydimi?

Javob:

Bo'ladi, lekin hozircha oqibat jamoasini yuritayotgan volontyorlar soni judayam kam, o'zi shu 5 kishiga sovg'ani yetib borishini support qilish deyarli 1 kun vaqtimizni olib qo'yyapti.

Jarayon oddiy ko'ringani bilan:
1. Sovg'ani tanlashdagi savollarga javob berishimiz kerak
2. Tanlagan narsasi bormi yo'qmi bilib berishimiz kerak, agar yo'q bo'lsa boshqa tanlang deyish vahokazo
3. Manzilni so'rab surishtirish, zakaz payti dostavka joyiga manzilni aniq kiritish, telefon raqamlari bilan.
4. Kuryer yo'lga chiqqani haqida xabar berish hadya egasi bilan kuryerni bog'lash. Manzilni Kuryerga qayta tushuntirish vahokazo
5. Hadya yetib kelgandan keyin olingan videoni qirqish, ijtimoiy tarmoqlarga joylash

Yana ko'zga ko'rinmagan bir qancha jarayonlar bor, shularni hisobiga o'zi 5 kishiga zo'rg'a ulguryapmiz, extimol jamoamiz kattalashib ketsa 10 kishiga hadya ulashishimiz mumkin, lekin baribir oson emas : )