Brendlar uchun homiylik
Kompaniya va shaxsiy brendlar uchun 100,000 so'mdan boshlab homiylik mavjud.
Homiy bo'lish uchun sizda kompaniya yoki shaxsiy brend, xullas o'z logotipga ega faoliyat bo'lishi lozim. Chunki homiylik qilinganda brend logotipi ijtimoiy tarmoqlarimizga post qilinadi.
Homiylik ilk bor bajarilganda
Post matnida kompaniya haqida 3 qator matn yoziladi va o'sha kompaniya linki qoldiriladi.
So'ngra homiy, "Top homiy kompaniyalar" qatorida muntazam reyting egallab ko'rinib turadi.
Top homiy kompaniyalar:
https://airtable.com/shrW91AXCQd8ACr8T
Homiy tanlanganda hadya olishi mumkinmi?
— Ha mumkin, har safar homiylik qilinganda 10,000 so'm kompaniya o'zi uchun ro'yxatdan o'tadi, undan qolgan mablag' boshqalarga homiylikka o'tadi.
Shuning uchun mobodo kompaniya tanlanib qolsa, brend egasi o'z xodimlariga hadyani olib berishi mumkin.
Homiylikdan kompaniyalarga nima foyda bor?
— Asosiy maqsad yaxshi loyihaga homiylik qiladigan brendlar qatoridan joy egallash. Qolaversa shu tariqa brendni yanada tanitish imkoni bor. Chunki reyting jadval muntazam saqlanib turadi va bu reytingga obunachilar tomonidan yuqori qiziqish bildiriladi. Chunki ularga qaysi kompaniya homiylik qilayotgani qiziq va mahbubdir.
Undan tashqari brend egasi yaxshi rahbar sifatida o'z xodimlari uchun kichik bo'lsada xursandchilik ulashishi mumkin.
Albatta ko'pchilikni mehrini qozonadigan kompaniya brendlar, har doim maqtalgan va maqullangan.