Hadya ulashamiz loyihasi
Loyiha qanday ishlaydi?
• Ortiqcha 10 000 so’m puli bor kishi donat qiladi. Link
• Donat qilishga imkoni yo'q bo'lsa homiylar orqali ro'yxatdan o'tishi mumkin. Misol link.
• Hafta oxirida yig’ilgan pullarga 5 kishiga sovg’a olamiz. Sovg'a olganlar.
• Xuddi Giveaway o'tkazilgani kabi 5 kishini random sayti aniqlaydi.
• Tanlangan jamoa a’zosi sovg’ani o’zi tanlaydi. Misol link.
• Hadya yetib kelgani haqida guruhga video yuboradi. Misol link.
Top donaterlar - realtime jadval:
https://airtable.com/shrQK1AutIfh5Kq2v
Top homiy kompaniyalar:
https://airtable.com/shrW91AXCQd8ACr8T
Hadya olganlar jadvali:
https://airtable.com/shrcinl7lSN2bw4BV
Hadya olganlar - YouTube:
https://www.youtube.com/@oqibatbor
Ushbu loyihaga jami tushirilgan donatlar:
https://airtable.com/shrdEyZiLvPfuFnln
Tashkilotchini vazifasi nima?
Jamoa a'zolarini donat qilgan pullarini yig'ib berish.
Loyihani kim moliyalashtiradi, jamg'arilgan puldan tashkilotchilar oladimi?
— Yo'q, jamg'arilgan pullar to'liq 100% hadya egalariga bo'lib beriladi. Misol 5 mln jamg'arilsa 5 kishiga 1 mln so'mli sovg'a olinadi, buyumni o'zi tanlaydi.
— Loyihani jamao a'zolari to'liq volontyorlik yo'li bilan yuritadilar.
Telegram kanal / Telegram guruh
Loyihadan ko'zlangan maqsad
Jamoamiz a’zolariga xolis hadya ulashib, quvonchlariga sherik bo'lish.
Loyihani qanday foydasi bor?
Oqibatlar arig'da oqib ketayotgan davrda, har hafta yoki 1 oyda hech bo'lmasa 10 ming so'm donat qilishga odatlanish, nafsimizni shu tariqa donat qilishga o'rgatish.
Donaterlikka qanday odatlanish mumkin?
Kundalik chiqimlariga nazar soladi, 1 oyda 1 marta bo'lsa ham isrof bo'lishi aniq bo'lgan 10 ming so'mli chiqim topiladi, shu joyda isrof qilishdan tiyilib, oqibat jamoasiga donat qiladi.
Loyiha muallifi sifatida ushbu loyihaga shaxsan o'zim oyiga minimum 80 ming so'm donat qilaman.
Donat qilishga odatlangach nima bo'ladi?
"Yordam loyihasida" ishtirok etib odatini savobga aylantiradi. Chunki yordam loyihasida hech kimga hech qanday sovg'a olinmaydi, barcha jamg'arilgan pullar to'g'ridan to'g'ri yordamga muhtoj insonga sarflanadi.
☘️Yordam loyihasi haqida: https://oqibatbor.uz/yordam_loyihasi
Kompaniyalar uchun alohida homiylik mavjud
Tez tez beriladigan savollar
⚠️ Savol: Bu loyihaga imom domlalar qanday munosabat bildirishadi? — Yordam, Bemor, Ta'lim, Masjid kabi loyihalar juda savobli ishlar ekanligi ko'p bora e'tirof etilgan, lekin "hadya ulashamiz", "kassa" shunga o'xshash turli o'yinlar maqullanmaydi.
⚠️ Savol: Bu moliyaviy piramidami?
— Hadya ulashamiz loyihasida har hafta hamma pulni tarqatib yuborsak nimasi piramida bo'ladi?
— Yordam loyihasida esa muhtoj odamga yetarli mablag' yig'ilgandan keyin ortiqcha mablag' yig'ilib qolishini realtime oldini olamiz, cheklarni nazorat qilamiz.
⚠️ Savol: Bu lotareyami?
— Agar donater "faqat manga sovg'a tushsin" deb niyat qilib pul tushirsa lotareyadan farqi qolmaydi. Lekin donat qiluvchi "kimgadir xursandchilik ulashishni niyat" qilsa boshqa birovni xursandchiligini ko'zlab donat qilgani uchun ancha yaxshi xudo xohlasa, chunki bergan pulidan hech kimga 0% ham tegmaydi. Jamg'arilgan pullar 100% shaklda faqat hadya egalariga bo'lib beriladi.
⚠️ Savol: Loyihada ishtirok etib kambag'al bo'lib qolmaymanmi? — Tepada "isrof bo'lishi aniq bo'lgan 10 ming so'm topilsa donat qiling" deb yozdimku, nimasi tushunarsiz? Isrof qilmayman desez, donat qilmang, o'rinli joyiga ishlating. Men bu loyihani 10 ming so'mga pepsi ichvoradigan yoshlar uchun tashkilladim.
Albatta yaxshiliklar yomonliklarni ketkazadi
(Hud surasi 114-oyat)