Tartib-qoidalar
February 3, 2023

Asosiy homiylar qatoridan qanday joy olish mumkin?

Homiylar 2 turga bo'linadi, asosiy va haftalik. Haftalik homiylik faqat o'sha hafta uchun homiylik qiladi, ya'ni logotip keyingi haftalik uchun post qilinmaydi.

Lekin har bir kompaniyani jami donat qilgan mablag'lari bazada yig'ib boriladi, shu mablag'lar 1,000,000 so'mdan ortsa asosiy homiylarga o'tishni boshlaydi.

Ya'ni bir brendni jami qilgan donatlari 1 mln so'mdan ortiq bo'lsa "Bronza" homiylar qatorida har doim logotipi turgan holda post qilinadi. Xuddi shu usul "Asosiy homiylar" hisoblanadi.

Asosiy homiylar darajalariga qarab har doim post qilinadi, haftalik homiylikdan farqi ham shunda. Misol bir kompaniya haftalik uchun homiylik qilsa, yuqoriroqda asosiy homiylar ko'rinib turadi.

Undan tashqari homiylar donatlari miqdoriga ko'ra, har doim obunachilarga beriladigan top homiy kompaniyalar statistikasida darajalariga qarab jadvalda ko'rinib turadi:

Top homiy kompaniyalar ro'yxati:

https://airtable.com/shrW91AXCQd8ACr8T

Asosiy homiylar darajalari

⭐️ — Bronza daraja uchun jami donat miqdori:
💰1 mln so'mga yetsa.

⭐️⭐️ — Silver daraja uchun jami donat miqdori:
💰10 mln so'mga yetsa.

⭐️⭐️⭐️ — Gold daraja uchun jami donat miqdori:
💰100 mln so'mga yetsa.

⭐️⭐️⭐️⭐️ — Platinum daraja uchun jami donat miqdori:
💰1 mlrd so'mga yetsa.

⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️ — Vibranium daraja uchun jami donat miqdori:
💰10 mlrd so'mga yetsa.