Yordam beramiz loyihasi
Tartibi
• Ma’lum narsaga muhtoj inson uchun, yopilmagan kartochka ochiladi.
• Muhtojlik summasi va darajasi oqibat jamoasining volontyor a’zolari tomonidan video va rasmli tarzda aniqlanadi.
• Muhtojlik haqqoniyligi haqida verifikatsiya ✅ qilinadi.
• Kerakli mablag’ aniq yoziladi va oqibat jamoasi volontyor donaterlari tomonidan zaruriy mablag’ to’liq yig’ib beriladi. Kerakli mablag’ yig’ilgach mablag’ sarflangan joyi aniq ko’rsatiladi (video). Kartochka arxivga olib o’tiladi.
Yordam kartochka ochish tartibi:
- Yordam egasi zaruriy narsani, aytsin yoki ko'rsatsin. Qancha mablag' ketishini aniq aytsin.
Misol uchun: qishga yaqin derezasi sinib, yoki romlar kritik eskirib ketgan, almashtirish kerak, zaruriy mablag' 1 mln so'm.
Yoki qishga yaqin isitish tizimlari kuchi yetmaydi, qo'shimcha isitgich olish kerak, 500 000 so'm zarur.
Lekin...
Mazkur loyiha hali ishga tushurilgani yo’q, sababi volontyorlar jamoasi hali har hafta donat qilishga odatlangani yo’q, bu loyiha ishga tushishi uchun, aynan “Hadya ulashamiz loyihasi” yo’lga qo’yilgan. Aynan shu loyihada volontyor donaterlar har hafta 10 ming so’mdan donat qilishni o’rganadi va odatlanadi, shundan so’ng, yordam loyihasi effektiv ishlashni boshlaydi, inshaAlloh.
So'z so'ngida
Oddiy inson sifatida bir narsaga ishonchim komil, katta yordamlar qilish uchun katta odam bo’lish shart emas, shunchaki bizdan 10 ming so’m ajratilgan mablag’ shu “Yordam loyihasi”da qanchalar muhtoj odamlarni ehtiyojlarini to’liq qoplashi mumkin, hatto qancha ehtiyoj bo’lishi ahamiyatsiz, biz hech bo’lmasa oyiga yoki haftasiga 10 ming donat qilishni o’rganishimiz kerak. Yoki kimdir qasam ichib ayta oladimi har sarflagan 10 ming so’mim o’rinli sarflanyapti deb?