Eng yaxshi shifrlangan messenjerlar haqida gaplashamiz!
Xabar almashish uchun shifrlangan xavfsiz ilovalarning ahamiyati kun sayin ortib bormoqda. Ularning mashhurligiga nima sabab bo‘lmoqda? Bunga sabab kiberjinoyatchilik hujumlarining ortishidir. Odamlar va ularning ma’lumotlari hatto ularning mobil telefonlarida turgan bo‘lsa ham xavfsiz emas. Qo‘ngiroq tarixlari va xabalar har doim yovuz guruhlar tomonidan o‘g‘irlanish xavfi ostida turadi.
Buni hisobga olgan holda, shifrlangan ilovalar foydalanuvchilarning ma’lumotlarini va ularning suhbatlarini himoya qiladi. Bunda eng asosiysi, siz yuborgan rasm va videolarni faqatgina qabul qiluvchi va siz ko‘ra olasiz. Bunday ilovalarning barchasi foydalanuvchilariga oxirigacha shifrlashni taklif qilishadi.
Eng yaxshi shifrlangan ilovalar:
Quyida biz sizga kuchli shifrlangan ilovalar ro‘yxatini taqdim etamiz. Ularni hatto davlat idoralari va mansabdor shaxslar ham ko‘ra olmaydi. Signal, Threema, WhatsApp va boshqalar bunga misol bo‘ladi. Bular orasida Apple kompaniyasining iMessage ilovasi ham bor. Demak ular bilan yaqinroq tanishamiz:
SIGNAL:
Signal mobil foydalanuvchilar tomonidan keng qo‘llaniladigan eng yaxshi shifrlangan xabar almashish ilovalaridan biridir. Ilova ovozli qo‘ng‘iroqlar, guruh suhbatlari va individual xabarlar uchun end-to-end shifrlash usulini taqdim qiladi. Kompaniya xabarlarni shifrlash uchun o‘zining xususiy shifrlash protokollaridan foydalanadi. Singal doimiy yangilanib boruvchi bepul ilova hisoblanadi.
Maxsus fon rasmlari, animatsion stikerlar va guruhlari video chatlar ko‘proq e’tiborga loyiq xususiyatlardandir. Ilova shuningdek, o‘zini o‘zi yo‘q qiluvchi xabarlar yuborish imkonini ham beradi. Signal xuddi Facebook Messenger va WhatsApp kabi kuchli shifrlash protokoliga ega.
TELEGRAM:
Signal singari, Telegram ham butun dunyo bo‘ylab millionlab foydalanuvchilarga ega bo‘lgan eng yaxshi shifrlangan xabar almashish ilovalaridan biridir. Telegram shunchaki xabar almashish ilovasi emas. Telegramda duny bo‘ylab 200 000 a’zosi bo‘lgan ulkan guruhlar yaratish imkoniyati mavjud. O‘zini o‘zi yo‘q qiluvchi videolar, hujjatlar va xabarlarni yuborish imkoniyati bilan birgalikda, maxfiy suhbatlarni ham ishga tushirish mumkin. Biroq, Telegram ikki kishidan ortiq bo‘lgan suhbatlarni shifrlamaydi.
ELEMENT:
Element ham eng yaxshi ilovalardan biri sanaladi. Ilova maxfiylik va shifrlashning eng yuqori darajasini ta’minlaydi. Boshqa xabar almashish ilovalari kabi, odamlar bilan suhbatlashishingiz va guruhlar tashkil qilishingiz mumkin. Ilova PIN kod va biometrik ma’lumotlarni o‘rnatish xususiyatiga ega bo‘lgan reklamasiz messenjer.
Ilovaning Android va iOS versiyalari mavjud. Ushbu ilovaning o‘ziga xos xususiyati bor, u inkognito rejimi orqali ishlay oladi. Klaviaturada biror narsani saqlashning oldini olish imkoniyati bor. Demak, yuborilgan xabarlar mutloqo xavfsizdir.
WHATSAPP:
Hozirgi kunda WhatsApp haqida bilmaydigan odam bo‘lmasa kerak. Agar kimdir sizga WhatsApp nima ekanini bilmayman desa, yolg‘on gapirgan bo‘ladi. WhatsApp eng ishonchli va eng yaxshi ilovalardan biri. Xabarlarni xavfsiz saqlash uchun yozishmalar zaxira nusxasini yaratish imkoniyati mavjud. Bu o‘chirib yuborilgan xabarlarni ham har doim qayta tiklash imonini beradi.
THREEMA:
Threema ham xabarlaringizni xavfsiz saqlash uchun NaCI kriptografiyasidan foydalanadi. Ilova foydalanuvchilarga anonim foydalanishga ruxsat berish uchun Threema ID kalitini taqdi etadi. Elektron pochta va telefon raqamingizdan tashqari shaxsiy ma’lumotlarni kiritishingiz shart emas.
WIRE:
Wire ilovasi ham foydalanuvchilarga shifrlangan matnli xabarlar, konferens qo‘ng‘iroqlar, videolar va fayllarni jo‘natish imkonini beruvchi ochiq manbali dasturdir. Shuningdek, u kompaniyalar uchun video konferensiyalarni xavfsiz tashkil qilish uchun juda keng foydalaniladi.
FACEBOOK MESSENGER:
WhatsApp singari, Facebook Messenger ham shifrlangan xabar almashish uchun eng yaxshi ilovalardan biridir. Ilovaning mobil va kompyuter versiyalari mavjud. Ma’lumotlaringiz ruxsatsiz foydalanishdan xavfsiz bo‘lishini ta’minlash uchun maxfiy suhbatlar xususiyati ham mavjud. Facebook Messenger ham Signal bilan bir xil shifrlash protokolidan foydalanadi.
Loyihamiz rivoji uchun o‘z xissangizni qo‘shmoqchimisiz? U holda maqolani foydali deb topsangiz, uni yaqinlaringiz bilan ulashing. Bizni kuzatishda davom eting :)
👉 Orena.uz - biznes va texnologiyalar