February 10, 2025

Don't be afraid ❗️

• Meniki boʻlmasligingni bilaman, ammo barbr sen tomon harakatlanyabman. Nega? •

13-BOB

Qoʻlini siqan kichik qoʻlchalarni his qilgan Jungkook biroz nima boʻlganini anglay olmadi. Ammo yana kichik qoʻlchalar harakatlanib erkakning katta qoʻlini siqdi. Jungkook qoʻlini siqan mitti qoʻlchalarga qarab jilmaydi, soʻng qizning yuziga qaradi. Qoʻrib qolgan kichik labchalar nimanidir shivirlab aytayotgandi.

- Mittivoy?

Jungkook har doim bu soʻzni ovoz chiqarib aytmasdi. Guyo bu soʻz faqat qizga atalgandek. Kimdir eshitib qolsa Izumini mittivoy deb erkalashidan qoʻrqadigandek. Ammo hozirchi?

- mittivoy. Yaxshimisan? Kozlaringni och yaxshiman de.

Erkak hozir nima qilayotganini bilmasdi. Kaftlari orasidagi kichik qoʻlchalarni qattiq ushlagancha qizni koʻzlarini ochishiga umid qilardi.

- Doktir!

Jungkook shunday baqirdike guyo butun boshli shifoxonani kuchirib yuborigandek. Esshikdan xovliqib kirgan bosh shifokor qiz tomon shahdam qadamlar bilan yaqinlashdi. Qiz hamon nimalarnidir shivirlab aytmoqda. Qoʻlchalari esa Jungkookning katta qoʻlini siqimlab turibdi.

- Janob menimcha qiz hushiga kelyabdi !

Shifokor biroz jilmaygancha gapirib soʻng qizga qaradi.

- Ishonchingiz komilmi? Unda nega koʻzlarini ochmayabdi?

Jungkook xavotir ila kaftlarini siqimlab turgan qoʻlchalarni qattiqroq ushladi. Guyo hozir kimdir kelib ularni ajratib tashlaydigandek.

- Anniq bir nima deyolmayman. Ammo avalgidan axvoli ancha yaxshi. Tahminan bir necha soatdan soʻng uygʻonadi.

Shifokor gapini tugatib xonani tark etdi. Jungkook Izumini kichik qoʻlchalarini barmoqlari bilan silab oʻpib quydi. Dalda berayotgandek kichik qoʻlchalarni ohista urib quyardi. Yuragida bir umid bor. Yovvoyi mushukchasi koʻzlarini ochib avvalgi kabi unga boqishi. Jigrang koʻzchalariga uzoq tikilishni. Kichik labchalari gapirganda harakatga kelishini kuzatish hozir uning eng katta orzularidan biri...

*

Kuz oyi boʻlgani uchunmi havoning abzoyi anchagina buzuq. Ertalabdan osmonga chiqan qora bulutlar insoni yuragini gʻassh qiladi. Shifoxona xonalaroda hamon uxlayotgan ikki inson na atrofdagi sodir boʻlayotgan ishlardan va na havodan habardor. Jungkook qizni qoʻlini hammon uz kaftlari orasida ushlab turibdi, shu axvolda uxlab qolgan kuyi yuzini burishtirib quydi. Sekinlik bilan koʻzlarini ochgan Izumi bir on oq shiftga termulib allaqachon oʻldimi deb uylab qoldi. Ammo gʻalati aparatlarning yoqimsiz ovozi tufayli yana realikka qaytdi. Qoʻlchasiga oʻlangan ignalar jonini ogʻritayotgandek yuzini burishtirdi. Qoʻlidagi illiqlikni payqab endi boshini qimirlatib usha tomonga qaradi. Qoʻrib qolgan labchalari harakatlanib biroz jilmaydi.

- U tuning buyi shu yerda qoldimi?

Pichirlagancha sekin gapirib uni uygʻotib yubormaslik uchun xalaqit berishni xoxlamadi...

Yomgʻir sharos qoʻyib yoĝmoqda kuchaning oʻrtasida turgan Jungkook qarshisidagi qonga belangancha yotgan kichik tanaga qaradi. Engashib sochlarini yuzidan olar ekan koʻrgan insoni ekanligiga ishonolmmasdi. Sekin qizga qoʻl chuzib yuzigaa teginmoqchi boʻldiyu birdan hamma yoq qorongʻulashib hech nima kurinmay qoldi. Baqirgancha bir soʻzni takrarlayotgan Jungkookning baland ovozi eshitilardi. Lablari faqat bitta soʻzni qaytarardi ,,Izumi"...

Qorqib uygʻongan erkak unga qarb turgan nigohlarni payqab sekin u tomon qaradi. Izumi shunchaki jim unga termilmoqda.

- Izumi ! Yaxshimisan mittivoy? Qorqitib yubording.

Shoshilib turgancha uni keng bagʻriga kirgazdi.

- Yaxshiman! Kechiring...

Qiz ayibdarona bosh egib sekin qotib qolgaam qoʻlchalarini harakatlantirdi.

- shifokorni chaqiraman...

*

Oradan oʻtgan shu bir hafta Jungkook qizni yonidan uzoqlashmadi. Shifoxonadan chiqan Izumi toza havodan chuqur nafas olib achiqatdi. Uni kuzatayotgan Jungkook uni harakatlarini kuzatardi.

- Endi uyga qaytamiz.

- Yana bu yerda biroz qolganimda anniq zerikishdan oʻlib qolardim.

- Shuning uchun seni olib ketyabmanda !

Jungkook yuzidagi jilmayish bilan Izumiga qaradi. Guyo unda dunyodagi eng katta baxt bordek jilmaayardi.

- Sekinroq..

Jungkook ehtiyotkorlik bilan qizni mashinaga joyladi. Oʻzi ham joyini egalab gazni bosdi. Bir zumda bu yerdan gʻoyib boʻlishdi.

- yovvoyi mushukcham !

Bu sozlarni Jungkook shunday talafuz qildike huddi bunday deb uni hech kim atay olmasin, mendek uni bunday erkalab chaqirmmasin degandek.

*

Qoʻrgʻonga kelgan mashinadan tushgan qiz uni kutib dumini likkilatkancha yugirib kelayotgan bamga qaradi.

- Bam!

Qiz Bamni quchib uni silab quydi. Bam ham akilab uni yuzidan yalay ketdi. Bundan qiqirlab kulgan qiz uni quchib oʻpib quydi.

- oʻrningdan turib xonanga chiq. Charchaab qolasan !

Buyruq oxangda aytilgan soʻzlardan ketin Izumi pastki labchasini butib norozi qiyofada Jungkookga qaradi.

- Bam bilan birga kirsam maylimi?

Jungkook qarshisida multirab qarab turgan qizga qarab yoʻq deyolmadi.

- Yaxshi faqat hech qanday toʻpalonlarsiz. Shunga kunsang mayli!

- Yaxshi soʻz beraman.

Qiz sakragancha uy ichiga Bam bilan kirdi.

- Xoʻsh kelibsiz kichik xonim!

Sua xola Izumini kurganidan xursand jilmaydi

- Xush vaqt boʻling.

Izumi ham jilmaayib uy ichini tekshirib chiqdi. Hech nima uzgarmagan hammasi odatdagidek joyida ammo qoʻrgʻonga yana quyosh chiqandek tuyulardi.

- Xonanga chiqamiz!

Jungkook qizni kichik qoʻlchalaridan ohista ushlab xonasi tomon yurishni boshladi. Usha tanish xona har doimgidek moviy uzgacha bir muhit. Hammasi uzgacha va yoqimlidek tuyilardi qizga.

- Jungkook

- Hmm.

- Raxmat! Hammasi uchun.

- kel oʻzimga.

Jungkook qizni qoʻlidan ohista tortgancha bagʻriga oldi.

- Aksincha tirik qolganing uchun senga raxmat. Ortiq seni kurmayman deb qoʻrqandim. Endi seni hecham yolgʻiz quyib yubormayman.

Izumi nima qilishni, nima deyishni bilmasdi. Lablari bir biriga yopishib gapirolmayotgandek edi. Tipirchilaab oʻzini olmoqchi bulgan qizning urinishlari samarasiz ketti.

- Jim yana biroz shunday qolaylik!...

Davomi bor...