โค๏ธโ๐ฉน๐๐ ๐_๐ ๐๐๐๐โค๏ธโ๐ฉน
From author:Bugun uxlaysan, lekin ertaga ko'zingni ochishingni bilib turibgina uxlaysan... Ba'zilar bor uyg'onmaslikni tilab uxlaydi...
Insonda doim 2 xil insoniy xislatlar yashirin bo'ladi... Biri ko'pchilik oldida namoyon bo'lsa, boshqasi yolg'izlikda o'zini oshkor qiladi...
Suna uyqusidan erinibgina turardi, doimgidek...
Park xonim: Suna qizalog'im uyg'on... Maktabga kech qolasan...) Sunaning xonasi eshigini taqillatgancha oyisi turg'azardi.
Suna: Yana 5 daqiqa oyi...) Suna oyisi uni tinch qo'ymasligini bilib o'rnidan qo'zg'aldi.
Bugun unda o'zgacha hissiyot bor. Qandaydir noaniq lekin yoqimli. Vazifalarini tuni bilan bajarib tugatgani uchun o'zini yaxshi his qilardi, uyqusi kelayotganini inobatga olmaganda...
Tayyorgarlik ko'rib maktabga yo'l olgan Suna sinfdosh qiz uchratdi.
Xxx: Xayrli kun Suna. Yaxshimisiz?
Sunaga ham osonmas. Butun sinf u bilan faqat aqlliligi uchun gaplashardi. Suna buni bilib turar, lekin gapirishga, janjallashishga umuman toqati yo'q edi. Uning eng katta xatosi yo'q deyolmasligi edi...
Suna: Yaxshi rahmat, o'zingiz yaxshimisiz?
Xxx: Menga vazifalarni berib turing...
Sunaning gapini nazariga ham ilmagan qiz birdan savol bera ketdi...
Suna: Bilasizmi, men kecha uyda emasdim... Vazifalarni qilolmagandim...
Xxx: Ha mayli...) deya Undan uzoqlashdi. Bu holat unda birinchi bor bo'lishi edi. U shunchaki maktabgacha sherik topdim deb o'ylayotgan paytida, undan shunchaki voz kechishdi...(asl ismi Nozanin)
Maktabdan so'ng to'g'ri repetitorga kirish naqadar qiyin. Suna uchun ham shunday edi.
Teacher: Doimgidek kech qolib keldingmi?!
Suna: Teacher bu oxirgisi. Kechiring boshqa takrorlanmaydi...
Hamma Sunaga hasad qilardi. Buni o'zi ham yaxshi bilardi. Sababi Taehyung faqat unga nisbatan iliq muomilada bo'lardi, uy vazifa kamroq berishdan tortib har kech qolganida kirgizadigan darajada...
Haerin: Suna men senga aytgandim. Sen Taega yoqasan. Bekordan bekorga har dars kirgazmagan bo'lardi...
Suna: Qo'ysangchi bu bemani gaplarni. U mening shunchaki o'qituvchim xolos. Hechqchon bunday bo'lmaydi...
Haerin: Bunaqa narsalarni tushunmaysan Sunaginam. Shunchaki menga ishon..
Suna: Chunki sening yigiting bor... Hasad qilyapman...
Haerin: Hasad qilma. Senga ustoz sevgi izhor etishlarini kutib turasanmi? Undan ko'ra o'zing ayt...
Suna: Bas qil dedim...) bu gapni aytayotgan qiz yoniga Taehyung borganini sezmagandi...
Taehyung: Bu yerda nimalar bo'layapti Haerin?
Suna: Teacher uzur. Men undan bir mavzuni so'ragandim...
Haerin: To'g'ri, men bu mavzuni tushunmayman...
Taehyung stoliga borib o'tirdi. Sunani yana bir bor yoniga chaqirdi. Suna majburan borib, tushunmagan mavzusini so'rashga majbur bo'ldi.
Haeringa har daqiqada qarab barchasiga sen aybdorsan degandek bo'lardi Suna.
Vanihoyat Taehyung mavzuni tushuntirishni tugatdiyu, Sunaga o'tirishiga ruhsat berdi.
Haerin: Senga qanaqa qaraganini ko'rsang edi...) ovoz chiqarmay kulib qo'ydi.
Suna: Menga gapirma sendan xafaman...
Dugonalar gaplashib turgan paytda sinfxonaga yangi o'quvchi kirishga ruxsat so'radi. Uning ismi Jungkook edi.
Uning aurasidan butun sinfdagi o'quvchilar unga termulib qolishdi. Kiyimi o'ziga yarashib turgan, yuzi mukammal inson barchaning tasavvurida gavdalanib bo'lgan edi...
Barcha unga qaragan zaylda, Taehyung Sunaga qarab turardi. Uni rashk qilayotgani ko'zida paydo bo'lgan jaxldan malum edi...
Bu fanfic avvalam etganimde hayotiy...โ