April 12, 2025

Neyrotypologiya kursining birinchi darsiga xush kelibsiz! 🎉

Bugun siz inson xatti-harakatlari va xarakterini yuz qismlari orqali o'rganishning qiziqarli olamiga eshik ochasiz. 🧠✨

Neyrotypologiya nima? 🤔

Neyrotypologiya – bu inson ichgi olamiga kirish imkonini beruvchi noyob va innovatsion usul bo‘lib, asosiy kalit sifatida yuz qismlaridan foydalanadi.

Bu usul orqali insonning xarakteri va xatti-harakatlarini yuzining qismlari asosida aniqlash mumkin.

Huddi ma’lumotlar tahlili yoki matn o‘qish jarayonida ma’lumot olish usuli bo‘lgani kabi, neyrotypologiya ham yuz tuzilishi orqali inson haqida ma’lumot olishga imkon beruvchi o‘zaro bog‘liqliklar to‘plamidir.

Yuz qismlari nima? 🖼️

Yuz qismlari – bu yuz skeleti geometriyasi, uning hajmi va nisbatlari, shuningdek, undagi a’zolarning (ko‘zlar, lablar, burun) o‘lchamlari.

Masalan, burunning uzunligi, kengligi va balandligi, jag‘ning hajmi va geometrik o‘lchamlari, chaynov mushaklarining mavjudligi yoki ko‘zga tashlanishi e’tiborga olinadi.

Umumiy hisobda, Neyrotipolog 68 ta yuz qismlaridan foydalanadi.

Yuzning o‘lchamlari vaqismlarini profil(yonbosh) va yuzning to‘g‘ri ko‘rinishdagi suratlari yordamida aniqlanadi. 📸

Neyrotypologiyaning asosiy vazifasi: 🎯

Insonning tug'ma qobiliyatini aniqlash.

Neyrotypologiya orqali yuz qismlari kombinatsiyasi yordamida quyidagilarni aytishi mumkin:

Insonning xatti-harakatlari. 🧍‍♂️

Uning qadriyatlari va motivatsiyasi. 🎯

Odatlari. 🔄

Yuzaga chiqadigan yoki yashirin xarakter xususiyatlari. 😇😈

Ushbu ma’lumotlar qanday olinadi? 📷🎥

Neyrotypolog buni suratlar, video yoki shaxsiy uchrashuv davomida amalga oshirishi mumkin. Muhimi, insonning yuzi ko‘rinib turishi lozim.

Muhim: neyrotypolog insonning hayoti qanday kechishi(kelajagi), u nonushtada nima yeyishi yoki qanday holatda uxlayotgani haqida ma’lumot bera olmaydi. Boshqa til bilan aytganda pol ochmaydi😊

Neyrotypologiya nimani aniqlaydi? 🌟

Insonning tug'ma salohiyatini aniqlash imkonini beradi.

Yuz – bu inson miyasining tashqi ko'rinishi. 🧠

Neyrotypologiya qaysi fanlarga asoslanadi? 📚

Psixofiziologiya. 🧬

Biomexanika. ⚙️

Genetika. 🧪

Antropologiya. 🏺

Neyropsixologiya. 🧠

Endokrinologiya. 🩺

Katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash (Big Data). 📊

Shuningdek, tadqiqot va eksperimentlar asosida ishlaydi. 🔬

Neyrotypologiya – bu barcha sohalarning tutashgan nuqtasida joylashgan metodika. 🌍✨

KIMLAR UCHUN BU KURS

1. O'zini anglash va o'zini identifikatsiya qilish😊
Neyrotipologiya insonning xarakterini tizimli yondashuv sifatida tushuntiradi. Inson ushbu ma'lumotni bilib, o'zining xususiyatlarini aniqlay oladi, ularning namoyon bo'lishini kuzatadi va ulardan yanada samarali foydalanishni boshlaydi.

Agar ilgari odam o'zini qanday ko'rsatish kerakligini bilmasa – qattiqmi yoki yumshoqmi – neyrotipologiya orqali o'ziga xos xususiyatlarini tushunib yetadi. Buning natijasida u o'zini erkinroq va qulayroq namoyon qila boshlaydi. Masalan, “Men shundayman. Meni bezovta qilmang” kabi so'zlar bilan odamlarga o'z qoidalarini o'rnatish imkonini beradi va bu muloqotni osonlashtiradi.💬✨

2. Muloqot va ijtimoiylik🤝
Neyrotipologiya kommunikatsiyani yaxshilaydi. Bu yondashuv har bir insonning o'ziga xosligini tushunishga yordam beradi va har bir odam bilan alohida yondashuvda muloqot qilishni o'rgatadi. Bu odamlar bilan noto'g'ri umidlar yoki xayoliy tasavvurlar asosida muloqot qilishdan saqlaydi.

Shuningdek, neyrotipologiya biznes va shaxsiy munosabatlarda moslikni aniqlashga yordam beradi. Misol uchun, agar inson boshqa odam bilan 80-90% mos keluvchi xususiyatlarga ega bo'lsa, bu munosabatlar yanada barqaror va kamroq mojarolar bilan kechadi.😊💼

Neyrotipologiya yordamida siz quyidagi savollarga javob topishingiz mumkin:

Sizga mos bo'lgan potensial hamkorlar kimlar?🤔
Ularni qanday topasiz?🔍
Sizning muloqotingiz samarali bo'lishi va kerakli natijaga olib kelishi uchun nima qilish kerak?✅

3. Kasbiy yo'nalish va yetakchilik qobiliyatlarini aniqlash🌟
Neyrotipologiya odamning neyrotipini aniqlashga imkon beradi, bu esa uning fikrlash usulini aniqlaydi. Misol uchun, analitik fikrlashga ega odamlar ko'proq dasturchilik yoki iqtisodiyot sohalarida uchrashi mumkin, ijodkor fikrlashga ega odamlar esa badiiy yoki poetik yo'nalishlarda muvaffaqiyatga erishadilar.🎨📊

Yetakchilik qobiliyatlari – bu odamning qanday vaziyatlarda mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga tayyorligini bildiradi. Neyrotipologiya odamning “yetakchilik” qobiliyatlarini aniqlaydi va bu qobiliyatlarning qaysi vaziyatlarda faollashishini tushunishga yordam beradi.🚀👩‍💼

4. Ta'lim🎓
Neyrotipologiya odamning qaysi sharoitlarda va qanday usullar bilan samarali o‘qishini tushunishga yordam beradi. Bu shaxsiy rivojlanish va o'zlashtirish jarayonini yaxshilaydi.📘🌱

5. HR sohasi🏢
Neyrotipologiya kadrlar tanlovida ham qo'llaniladi. Ushbu bilim yordamida ishlashga qobiliyatsiz yoki noto'g'ri odamlarni tanlashdan qochish mumkin. Bu jarayon tez va vaqtni tejovchi yechim bo'lib xizmat qiladi.⏳✅

Xulosa🌈
Ushbu ma'lumot hayotingizda va kasbiy faoliyatingizda Neyrotipologiyani qo'llashning yangi imkoniyatlarini ochib beradi. Neyrotipologiyani o'rganish orqali siz o'zingizni va atrofingizdagilarni chuqurroq tushunishga erishasiz.💡🌟
Darsda uchrashguncha!😊🙌

Jag' bo'yicha kirish darsiga xush kelibsiz!
Ushbu dars orqali siz jag'ning inson xarakteriga qanday ta'sir ko'rsatishini bilib olasiz.

Darsni maroqli tomosha qilishni tilab qolaman 😊

KONSPEKT

https://drive.google.com/file/d/17cOUYoD6q05cm3kHQXiE70oNRZ7QaUZc/view?usp=sharing

2-qism

Jag'ning og'irligi darsiga xush kelibsiz!
Ushbu darsda siz jag'ning inson xarakteriga qanday ta'sir ko'rsatishini bilib olasiz.

O'qishingiz maroqli bo'lsin! 😊

Konspekti

https://drive.google.com/file/d/1BjtER7NPfAqqQVQtiLmRtujtBIRiefeq/view?usp=sharing

3-qism

Ushbu darsda siz jag'ning og'irligi o'lchamini aniqlashni o'rganasiz:

‌Qanday qilib o'rganish mumkin?
‌Yuzning xususiyatlarini aniqlashni o'rganish uchun o'z ko'zingizni o'rgating – konspektni o'rganib bo'lib ostidagi Google formasida 40ta inson jag'ini o'lchashni mashq qiling va oxirida xato qilgan javoblaringizni ko'rishingiz mumkun.
‌O'qishingizga muvaffaqiyat! 😊

3-qism konspekt

https://drive.google.com/file/d/1QevIpCXsw2ViA8WTPCaKlYSHrXfzChxR/view?usp=sharing

GLOZAMER TESTI

https://forms.gle/nMifrg42VFgJkiGR7


Telegram kanalimiz

https://t.me/NeyroCoachUzb