November 3, 2024

Egizaklar farqi


***

👉 Monozigot egizaklar

Yoki boshqa so‘z bilan aytganda — 'bir tuxumli' egizaklar. Bu shunday holatki, bitta spermatozoid tomonidan urug‘lantirilgan tuxum hujayra o‘z-o‘zidan bo‘linadi va natijada ikki homila shakllanadi. Bu tabiiy klonlashning bir ko‘rinishi. Ularning DNK deyarli 100% mos keladi, va ularning yuzlarini oddiy ko‘z bilan ajratish juda qiyin.

  1. Ular turli vaziyatlarga tushishlari mumkin, bu esa ularning o‘ziga bo‘lgan munosabatiga, o‘zini baholashiga, motivatsiyasiga, o‘z-o‘zini anglashiga va dunyoning ularga bo‘lgan munosabatiga ta’sir qiladi.
  2. Ular bir-birlari bilan raqobatlashish kerak bo‘lgan holatlarga ham tushib qolishlari mumkin. Bu ham ularning hayotga, dunyoga, odamlarga va o‘zlariga bo‘lgan munosabatlarida farqlarni shakllantiradi.
  3. Ba’zilar o‘z individualligini va egizagidan farqli ekanligini namoyish qilishni xohlab, ataylab boshqa harakatlar qiladi.
  4. Ha, egizaklar bir-biriga juda o‘xshash, lekin mening o‘rgangan ko‘zlarim ularning yuzlarida farqlarni topdi va bu farqlar xulq-atvor va reaksiyalarda ham aks etadi.

Bir tuxumli egizaklarning farqlanish misollari.

1. Soch chizig‘i;
2. Burun va burun ko‘prigi kengligi;
3. Yuqori jag' kengligi (lablar darajasidan pastda);
4. Iyak qiyaligi.

Natijada, ularning fikrlashida ozgina farqlar kuzatiladi. Chap tomondagi qiz o‘z qiziqishini biroz dadilroq namoyish etadi va harakatlarida kamroq ehtiyotkor bo‘ladi. O‘ng tomondagi qiz esa yanada faol va qat'iyatli, shuningdek, puxtaroq bo‘lib, gapirgan va va'da qilganidan ko‘ra ko‘proq ish qilishga intiladi.

1. Burun kengligi va balandligi;
2. Yuqori jag‘ knegligi — yuqori labdan burun asosigacha bo‘lgan masofa;
3. Iyak shakli.

Chapdagi yigit kamroq ambitsiyali va harakat qilish uchun ma'lumotlarni tezroq qayta ishlaydi. O‘ngdagi yigit esa harakatlar ketma-ketligini saqlashga moyil, kamroq tashabbuskor va harakatdan keladigan foydani oldindan his qiladi.

1. Qoshlar balandligi;
2. Burun kengligi;
3. Quloqlarning burilishi.(shalpanquloqligi😄)

Chapdagi erkak boshqalarning unga aytayotgan gaplariga kamroq e'tibor beradi. U resurslarni to‘plash va jamlashga ko‘proq moyil, o‘ngdagi esa boshqa odamlarning his-tuyg‘ulari va kechinmalariga kamroq e'tibor beradi.

1. Ko‘z tepa qog‘ining osilib turishi;
2. Burun kengligi va tekisligi;
3. Yuqori lab konturi;
4. Jag‘ muskullari;
5. Iyak shakli.

Chapdagi ayol ijtimoiy muhit bilan ochiq munosabatda bo‘lishga kamroq intiladi. U aniq va tushunarli strukturalangan ma'lumotlarga ko‘proq e'tibor beradi. O‘z maqsadi va rejalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan resursni aniq tushunadi va ko‘proq ishlarni boshqalarga topshirishga harakat qiladi. O‘ngdagi ayol esa samarali va mustahkam tuzilma yoki tizim qilishga intiladi.

1. Qoshlarning qalinligi (chetlarda);
2. Ko‘zlarning kattaligi;
3. Og‘iz kattaligi.

O‘ng tomondagi yigit atrofdagilar bilan ko‘proq muloqot qilishga intiladi va u his-tuyg‘ularga ta'sir qilishda akasiga qaraganda yaxshiroq. Shuningdek, u ko‘proq resurs olishga harakat qiladi va mayda-chuydalarga kamroq e'tibor beradi.

1. Burunning balandligi;
2. Jag‘ning kengligi va og‘irligi;
3. Iyak shakli va hajmi.

O‘ng tomondagi qiz o‘z rejalari amalga oshirishda unchalik tez emas, lekin u ko‘proq ehtiyotkor va mayda-chuydalar va kamchiliklarga katta e'tibor beradi. Chap tomondagi qiz esa tirishqoq va stressga chidamli, lekin opasidan farqli o‘laroq, o‘z pozitsiyasini aniqroq ilgari surish va vaziyat yoki odamga ta'sir o‘tkazish qobiliyatiga ega emas.

1. Boshqa postlarni o'qish uchun

Telegram kanalimga o'ting: https://t.me/NeyroCoachUzb

2. Siz ham yuqoridek inson xarakterini o'rganmoqchi bo'lsangiz:

https://taplink.cc/ergashev.otabek/p/b1fb28/