October 22, 2024

SAMARALI TANISHUV

💥 Hozir men sizga qiz yoki ayol bilan qanday samarali aloqa o'rnatish bo'yicha ma’lumot beraman.
💥 Bu ma'lumot birinchi tanishuvda yoki mavjud munosabatlarni yaxshilashda foydali bo'ladi.
💥 Quyida ko’rsatilgan yuz qismlariga qarab, harakat qiling va mos ma'lumotlar asosida o'z aloqa strategiyangizni qurishga harakat qiling.
Agar siz ham munosabatlaringizni kuchaytirishni xohlasangiz, bu maslahatlar sizga yordam beradi.

Tayyor bo’ling, boshlaymiz! 💥 💥 💥

KO'ZLAR👀
Tashqariga bo'rtib turgan ko'zlar, go'yoki, "ko'z kosasidan chiqib turadi". Bunday qizlar bilan xotirjam emotsional bo'lishingiz va bilgan hazillar(prikol)ni bemalol aytishingiz mumkin, chunki bunday hazillar ularga faqat ijobiy ta'sir qiladi. Ular emotsiyalarni qabul qilishga tayyor, shovqinli va quvnoq vaqt o'tkazishni xush ko'radilar.

Agar shunday qiz sizni eslab qolishini va diqqatini sizga qaratishini istasangiz, yorqin kiyimlardan foydalaning misol uchun yorqin ramkali ko'zoynak yoki odatda taqadigan boshqa biror kiyim-buyum. U bu narsalarga qarab sizni eslab qoladi va ko'zlari doimo sizda bo'ladi.

Ichiga cho'kkan ko'zlar bilan bu usul ishlamaydi, unga sizning qanchalik yorqin, emotsional yoki kulgili bo'lishingizning ahamiyati yo'q. Bu unga qiziqarli yoki kerakli bo'lmaydi, aksincha, bezovta qiluvchi va tushunarsiz bo'lib tuyulishi mumkin. Bunday qiz uchun qanday gapirayotganingiz emas, balki nima deyayotganingiz muhim.

Tushgan qovoqlari bor qiz ko'p e'tibor talab qiladi: o'zini baholash, layklar, izohlar, suhbatlar va muloqot. Shuning uchun siz unga doimiy ravishda katta miqdorda e'tibor berishingiz kerak, bu uning psixikasini qo'zg'atadi va u "ko'zlarini ochadi" va e'tiborni Sizga yo'naltiradi.

"Lisiy(Tulkisimon) ko'zlar"ga ega qizlar dunyoni soddalashtirilgan tarzda idrok etadi. Ularning sizga ijobiy munosabati dunyoda qanday o'rin tutishiga va unga yordam berishingizga bog'liq. Qancha ko'p yordam bersangiz, psixologik masofa shuncha qisqaradi.

BURUN
Agar qiz bilan qayerga kechki ovqatga borishingizni tanlash haqida kelishgan bo'lsangiz va uning buruni baland bo'lsa, u ma'lumotni turli manbalardan oladi va aniq qaror qabul qilish uchun ko'p vaqt kerak bo'ladi. Uni shoshirmang, o'ylashga vaqt bering, chunki u ko'p miqdordagi ma'lumotni ichki filtr orqali o'tkazadi.

Agar uning burni past bo'lsa, u sizning taklifingizni rad qilishi yoki sizga dam olish joyini tanlashni taklif qilishi mumkin. Yoki u siz taklif qilgan joylardan birini tanlaydi. Past burun egalari tez va kam ma'lumot asosida qaror qabul qilishadi.

Burun uchining biroz ko'tarilgan bo'lishi qizning sizga ko'proq ishonch bildirishini anglatadi. U ma'lumotni qayta so'rashi mumkin, lekin bu sizni ishonchli javob berishingizni ta'minlash uchun bo'ladi. U faqat amalda qo'llashda ma'lumotni filtrlaydi.

Tushgan burun uchiga ega qiz boshida sizning gaplaringizga shubha bilan qaraydi va ma'lumotni o'zida qabul qilishdan oldin har doim qayta tekshiradi. Unga diqqatini qaratishi uchun siz unga ishonchli ma'lumot berishingiz kerak.

LABLAR👄
Agar uning lablari qalin bo'lsa, uni ijobiy signallar bilan o'rab oling. Agar uni uchrashuvga taklif qilsangiz, mazali taomlar, yumshoq divanlar va qulay muhitga ega joylarni tanlang. Bunday qizlar uchun tananing holati asosiy rol o'ynaydi.

YUPQA LABLAR
Yupqa lablarga ega qizlar bilan faqat issiq choy yoki iliq adyol yetarli bo'lmaydi 😊 Ular atrof-muhitdagi qulaylikni unchalik sezmaydi, va u ular uchun qalin labli qizlardagidek katta ahamiyatga ega emas.

Agar shunday qizni o'zingizga yaqinlashtirmoqchi bo'lsangiz, uning hozirgi va kelajakdagi maqsadlarini bilib oling (bu, masalan, burunning uzunligiga qarab ham aniqlanadi). Keyin uning maqsadlariga qanday yordam bera olishingizni, foydali maslahat yoki qanday tanishuvlar bilan yaqinlashtirishingiz mumkinligini o'ylang.

Kichkina quloqlar

QULOQLAR👂
Agar qizning quloqlari kichkina bo'lsa, u katta miqdordagi eshituv ma'lumotini qabul qilishga moyil emas va bu ma'lumotlarni e'tiborsiz qoldirishga harakat qiladi. U uzoq va "bo'sh" suhbatlardan qochadi, gapni qisqa va aniq qilib tugatishni yaxshi ko'radi.

Katta quloqlar

Katta quloqlar esa, hamma narsani eshitib sezadi. Agar u bilan gaplashsangiz, yolg'on gapirsangiz yoki ishonchsiz ko'rinsangiz, u buni sezadi. Agar qizning jag'i oldinga chiqmagan bo'lsa, bu ma'lumotni o'zida qoldiradi, lekin jag'i oldinga chiqsa, u sizga darhol: "Ishonchingiz komilmi? / Sizga ishonmayman", deb aytishi mumkin.

Shuning uchun u bilan ishonchli, baland va aniq gapiring. Lekin kichkina quloqlarga shirin va muloyim ohangda gapiring, shunda u sizni tinglaydi.

JAG' KENGLIGI
Agar siz tor va yengil jag'li qizga bosim o'tkazib, o'z xohishingizni majburlashga harakat qilsangiz, u sizdan qochib qutulolmaydi va sizga yo'q deb aytishga kuchi yetmaydi. Ammo bu unga ortiqcha stress bo'ladi va bu unga salbiy ta'sir qilishi mumkin.

Keng va chuqur jag'li qiz sizning bosimingizga osonlik bilan dosh bera oladi, og'ir va chiqib turgan jag'li qiz esa sizga yangi, kuchli his-tuyg'ularni taqdim etadi.

Tepa JAG' qismi uzunligi
Tepa jag' qismi - Burun va labning o'rtasidagi joy hisoblanadi

Tepa jag' qismi KALTA qiz siz atrofingizdagi hamma narsaga, shuningdek, unga bo'lgan javobgarlikni o'z zimmangizga olganingizda xursand bo'ladi. U kuchli va javobgar erkak bilan birga bo'lishdan zavqlanadi.

Tepa jag' qismi UZUN qiz esa ishdagi muammolarni hal qilishda sizga yordam berishi, hatto sizni lavozimda ko‘tarilishga olib kelishi mumkin 😊

Xulosa:
Har bir insonning o'ziga xos neyrotipi – yuzdagi noyob xususiyatlar kombinatsiyasi mavjud. Bu uning xarakterini aks ettiradi. Bir qiz bilan ishlaydigan aloqa usuli, boshqasi bilan mutlaqo noto'g'ri bo'lishi mumkin.

Yuzga qarab xarakterni o'qish ko'nikmasi sizga muloqotni samaraliroq tashkil etishga yordam beradi va noto'g'ri aloqa usullariga vaqtni behuda sarflamaslik imkonini beradi.

Undan tashqari yuqoridagi ma'lumotlarni faqat yaxshilik yo'lida ishlatasiz degan umiddaman🤔🤔🤔

Ushbu maqolani do'stlaringiz bilan bo'lishing va sizda qanday natijalar bo'lganini yoki savollaringizni kammentlarda qoldiring.

1. Boshqa postlarni o'qish uchun

Telegram kanalimga o'ting: https://t.me/NeyroCoachUzb

2. Siz ham yuqoridek inson xarakterini o'rganmoqchi bo'lsangiz:

https://taplink.cc/ergashev.otabek/p/b1fb28/