№1. Kirish.
Xullas, siz Godot Engine(o'zbekchasiga "godo enjin") ni o'rganishga qaror qildingiz.
Yuklab oldingiz va komyuteringizga o'rnatdingiz.
Bu postda men sizlarga qisqa va tez nima qayerdaligi shuntirb o'tmoqchiman:
Keling, ishga tushirishdan birinchi ob'ektni yaratishgacha bo'lgan qisqa yo'lni birga bosib o'tamiz.
Godoga kirganingizdan keyin birinchi bo'lib, loihalaringizni papkasini tanlang deb so'raydi. Keyinchalik bu oynada barcha qilingan loihalaringiz ko'rinadi va tanlasa bo'ladi.
Bizning loyiha yaratiladigan papkani tanlaganimizdan keyin, godo interfeysi ochiladi:
Men interfeysni har xil ranglar bilan ajratib qo'ydim.
Yashil: Hozirgi saxna oynasi. Bu oynada barcha saxnadagi joylashgan obyektlar ko'rinadi.
Qizil: Resurlar papkasi. Hamma skriptlar, saxnalar, obyektlar, rasmlar, audiolar va boshqalar joylashgan bo'ladi. Hullas boshida yaritgan loyiha papkanigizni ichi aks ettirilgan.
Ko'k: Joriy taxrirlash oyna: 3D / 2D ko'rinishni, skript taxrirlash oynasini yoki assetlar to'plamini tanlasa bo'ladi.
Binafsha: Insketor. Bu yerda har bir tanlangan saxna obyektining sifatlari ko'rinadi va taxrirlanadi. Masalan: Transformatsiya, materiallar, va boshqalar.
Ko'rib turganimizdan ma'lumki godo interfeysi oddiy va har xil kerakmas elementlarni o'z ichiga olmaydi. Va bu menimcha godoning eng asosiy afzalliklaridan biri.
Loyiha sozlamalarini o'zgartirish uchun Project > Project Settings ni bosishingiz kerak. Ochilgan oynada barcha asosiy sozlamalar mavjud: dastur o'lchamlari, tavsiflar, tugma sozlamalari va boshqa narsalar to'plami.
Bu haqda keyingi postlarda batafsil ko'rib chiqamiz.
Keling, 2D taxrirlash rejimiga o'tamiz va 2D Scene tugmasini bosish orqali yangi saxna yaratamiz.
Va bu ishni amalga oshirishimiz bilanoq, sahna nodalari ro'yxatida Node2D nodasi paydo bo'ldi.
Biz uni bosamiz va inspektorda ushbu noda qanday xususiyatlarga ega ekanligini ko'rishimiz mumkin.
Keling, ushbu tugun nomini “room_01” deb o'zgartiramiz va sahnani “room_01.tscn” sifatida saqlaymiz.
Endi bizda resurslar ro'yxatida sahna faylimiz mavjud. Resurslar ro'yxatida bir nechta bunday sahnalar mavjud bo'lsa, ularni oddiygina ikki marta bosish orqali taxrirchida ochishingiz mumkin.
Ok, keling, tomosha qilish uchun sahnaga biror narsa qo'shaylik. Keling, Sprite nodasini qo'shamiz. Uning yordami bilan biz ekranda turli xil tasvirlarni ko'rsatishimiz mumkin.
Scene so'zi ostidagi "+" belgisini bosing (sahna oynasida). Keyinchalik, oldimizda Gododagi barcha tugunlar taqdim etilgan oyna ochiladi.
Bu yerda biz ro'yxatni o'zimiz qidirishimiz yoki qidirish joyiga kerakli ob'ektni kiritishimiz mumkin.
"Sprite" ni izlaymiz. Create ni bosamiz va sahnada yangi Sprite nodasini paydo bo'lganini ko'ramiz.
Sprayt qoshildi, lekin sahnamizda hechnarsa ko'rinmadi. Keling negaligini ko'raylik.
Spraytimiz ustiga bosamiz va inspektorda qanaqa sifatlari borligini ko'rib chiqaylik.
Texture da hechnarsa yo'qligini([empty] turibdi) aniqlaymiz. Va bu holda bizda 2ta tanlov bor: emtyni ustiga bosgan holda kerkali rasmni joylaymiz, yoki resurlar papkasidan rasmni ustiga bosib shu emptyni ustiga olib kelib tashlaymiz.
Tabrikliman. Siz hozirgina o'zingizni birinchi obyektingizni yaratdingiz. Keyingi postda biz siz bilan obyektni birinchi yozadigan skriptimiz yordamida harakatlantiramiz!
godot chat: https://t.me/godot_engine_uz_talk
mening telegramim: https://t.me/godot_uzb
original: https://dzen.ru/a/X_lxRK8ULwsXD6ce