April 3

She's crazy but she's mine season_2

Chp_6

Sasha:bir paytlar Koreani daxshatda ushlagan Alfa ayolning qizi shunchaki tinch va osoyishda hayotda dizayner bo'lishni tanladi. Qanchalar beg'ubor. Menga bu beg'uborliging yoqadi Yeji -- Sasha suratga tikilib turishni to'xtatdi, cho'ntagidan sigaretini oldi va chekish uchun balkonga chiqib ketdi

Bu paytda Eva ham uyga yetib kelgan edi. Ivan esa o'zining shaxsiy uyiga ketgan edi. Chunki Ivan uchun bu ancha qulay edi.

Eva:otaaaa, dadaaa men qaytdim. Erkatoyingiz Eva qaytdi -- Eva baland ovozda gapirgancha uyga kirib keldi. Ko'zlarida mamnuniyat shundoqqina bilinib turardi.

Shovqinni eshitgan leewon darrov o'z xonasidan chiqdi va ust boshi qon holatda qaytgan qizini ko'rdi

Leewon:demak ishni tugatib qaytibsanda, Ivan qani -- leewon qiziga yaqinlashib uning boshidan silab qo'ydi, bu esa Evaga yoqardi

Eva:u o'zining uyiga ketdi, uni bilasizku -- Eva leewon uning boshidan silagani uchun egilib turardi. Sababi uning bo'yi Leewon nikidan baland edi. Ayni shu payt oshxonadan Caeser chiqib omegasi va qizini ko'rib ular oldiga boradi

Caeser:ehh koreys koreys hatto qizingga ham bo'ying yetmayapti -- Caeser yurib kelarkan bir biriga qarab turgan qizi va Leewonga qaradi. Keyin esa Leewonning ustidan kuldi. Caeser gap bilan uning ustidan kularkan Eva otasi Caeserga qaradi, Leewonning esa asabi qo'ziyotgan edi

Leewon:la'nati Rus, agar o'sha paytlarda seni uchratmaganimda o'z davlatimda eng bo'ydor yigit bo'lardim -- Leewon shu gaplarni aytarkan Caeser battar kulib yubordi Eva ham Caeser nega kulayotganini payqagan edi

Leewon:yana nima uchun kulyapsan aa? -- Leewon yuzini burishtirib kulayotgan Caeser ga qararkan Caeser biroz o'zini bosib oldi va Leewonga yaqinlashdi

Caeser:axmoq omega, sen o'zingcha men davlatimda bo'yi uzun yigit bo'lardim deyapsan. Ammo sen baribir bir alfaning tagida yotarding va bu malumki sening bu bo'ying umuman ahamiyatsiz. Yoki nima o'zingga omega toparmiding -- Caeserning bu gaplardan keyin Eva o'zini eshitmaganlikka olib har tarafga alangladi. Leewonning esa jahli chiqib ketdi va Caeserga qarata har xil haqoratlarni ishlata boshladi. Caeser esa o'zini eshitmaganlikka olib turardi.

Eva otasi va dadasini bu tortishuvini doim ko'rardi va Evaga bu holat yoqardi. Eva dadasi Leewon Caeserni qanchalik sevishini Caeserning ham Leewonga bo'lgan munosabatini yaxshi bilardi va buni ideal deb hisoblardi. Shuning uchun ham Eva uyda tortishuv va urush ko'tarilganda havotir olmasdi. Faqat bitta narsa bazida uni qo'rqitardi. Bu esa Leewonning "men taom tayyorladim" degan gapi edi. Leewon pishirishda yomon bo'lsada bazida oilasi uchun taom tayyorlashga harakat qilardi. Eva esa bolaligida Leewon tayyorlagan ovqatni og'ziga olib yuta olmay qolgan ammo tupurib tashlamagan ham edi. Shu esa uning tobi qochishga sabab bo'lgan edi. Hattoki Ivan ham buni yaxshi bilardi. Shuning uchun u ovqatdan bosh tortardi va zahar yeb olishni Leewonning ovqatini yeb o'lishga tenglashtirardi.
.
.
.
Bir necha kundan so'ng

Yangi kunlardan biri. Yeji doimgidek ishiga masulyat bilan yondashgan holda har bir hujjatlarni ko'zdan kechirar va bir kunda 5tadan ko'proq ko'ylak dizaynini yaratishga harakat qilardi. Ishdagi qattiq mehnat ohirgi kunlar Yejini toliqtirardi ammo baribir ishlashda davom etardi. Yeji o'ziga e'tibor bermasdi ammo Yuna uning har bir harakatini kuzatardi va hammadan ham ko'proq ishlayotganini bilib turardi.

Mana hozir ham tushlik bo'lishiga qaramay Yeji hamon hujjatlar oldida. U o'zining sevimli ishi va kompaniyasini saqlab qolish uchun keragicha chiranar edi. Yeji qo'shiq hirgoyi qilib hujjatlarni tekshirar ekan, o'zi bilan ichimlik olib kelgan Yuna Yejining ortidan kelib uning hirgoyisini jim tinglab turadi.

Yuna:sen nafaqat ajoyib dizayner, balki ajoyib qo'shiqchi hamsan Yeji -- vanihoyat Yejining hirgoyisini tinglashdan to'xtab Yejini maqtagancha oldiga kelarkan Yeji biroz dovdirab o'zini yo'qotib qo'ydi

Yeji:aaa yo'q men shunchaki hirgoyi qilishni yoqtiraman, bu degani men qo'shiqchi emasman -- Yeji biroz duduqlangancha shularni aytarkan Yuna unga ichimlikni tutqazdi. O'zi esa uni yana maqtay boshladi

Yuna:kamtarlikni ham chegarasi bor Yeji. Sen bu ofisda hammadan ham ko'proq mehnat qiladigan hodimsan, shu bilan birga sen doim yolg'iz payting qo'shiq aytasan. Ishontirib aytamanki seni qo'shiqlaringni eshitgan odam asabiy holatdan birdaniga tinchlanib qoladi. Masalan men, men doim qizlar va boshqa hodimlarga asabiy muomala qilib seni kuzatish uchun kelganimda ancha tinchlanaman -- Yuna kulib shularni aytib ichimlikdan ho'pladi. Yeji esa yuzi qizarib pastga qarab oldi. U o'zining unnie sidan maqtov eshitganidan hursand edi

(Unnie bu koreschada opa degani)

Yuna:bu gal ham anchagina ishlarni o'zing hal qilding....-- Yuna biroz jiddiy ohangda gap boshlab Yejining e'tiborini tortdi
-- bugun mening hisobimdan kechlik yeyishga nima deysan, bu sen uchun rag'bar bo'ladi. Oldindan aytaman rad etishni qabul qilmayman -- Yuna jiddiy ohangdan chiqib kulib gapini davom etadi. Yeji esa bunday taklifga nima deb javob berishni bilmay qoladi

Yeji: unnie ammo men....

Yuna:aytganimdek rad etishni qabul qilmayman. Ishdan keyin birga mening hisobimdan ovqatlanamiz -- Yuna shularni aytib biroz to'xtadi, qandaydir tarzda unda havotir paydo bo'ldi. U o'zi sevgan qiz bilan birinchi marta yolg'iz muloqot va suhbat uchun shunday fursat topgan edi. U Yejining rad javobidan biroz cho'chib turgan edi. Ammo Yeji unga javob qaytarganida barchasi joyiga tushib Yuna tinchlanadi

Yeji:mayli roziman, shundoq ham bugun pulim kam qolgan edi -- Yeji shularni aytib kulib yana ishga qaytdi. Yuna esa unga qarashda davom etardi, u ishi sabab feromonlarini bostirish uchun dori ichardi ammo hozirgi holatda dori ham ojizlik qilardi.

Vanihoyat bir necha soatlardan so'ng xodimlar uyga qaytadigan payt bo'ldi. Barcha hodimlar uy-uylariga tarqala boshlashgandi. Shu bilan Yeji va Yuna ham narsalarni yig'ib birga ketishga hozirlik ko'rishayotgan edi. Yeji narsalarini sumkasiga solarkan uning tekefoni birdan joringlab qoldi. Yeji cho'chib ketib telefoniga qaradi va yozuvni o'qidi. Bu uning akasi Haewol edi.

Yeji:alo eshitaman

Haewol:salom Yeji, ishlaring qanday. Hozir qayerdasan

Yeji:menda hammasi joyida, sizda ham shunday deb umid qilaman. Men hozir ofisdaman endi ketmoqchi edim

Haewol:agar biroz kutsang seni o'zim olib ketardim, yo'lim o'sha yerda meniyam

Yeji:bu uchun rahmat, ammo menda bugun bir nechta rejalar bor, o'zingiz ketavering

Haewol:rejalar? Ouu bu ajoyib, senga omad Yeji, o'zingni ehtiyot qil

Haewol so'zini hursand bo'lib tugatib go'shakni qo'ydi. Yuna esa telefondagi yigitning ovozini tinglab turib biroz g'ashi keldi. Sababi u Haewolni umuman tanimas edi.

Yeji:hey unnie ketamizmi -- Yeji hayol surib qotib qolgan Yuna oldiga kelib uni hayolidan chalg'itdi. Yuna birdan o'ziga keldi va Yejiga javob qaytardi

Yuna:ha albatta, qani ketdik -- Yuna o'ziga kelib oldinga harakatlandi, Yeji ham uning ortidan ergashdi

Kafe

Qizlar kafeda birga o'tirarkan bir birlari haqida bilmagan narsalari haqida savol javoblar qila boshlashdi. Yeji Yuna haqida qiziqqan narsalarini bilib oldi. Hattoki uning oilasi bu ishini yoqlamaganini ham bildi

Yeji:wauw unnie demak sizga qarshi bo'lishgan bo'lsa ham baribir ortga chekinmapsizda -- Yeji hayrat bilan tikilarkan Yuna oldidagi sojuni ochib stakaniga quydi va javob berdi

Yuna:ha huddi shunday, menga boshqalarning fikri umuman qiziq emas. Men doim hoxlaganimni qilaman, shuning uchun ham bebosh alfa degan nom orttirganman -- Yuna kulgancha sojuni ichdi Yeji esa yana bir bor Yunaga savol berdi

Yeji:sizning sevganingiz bo'lganmi va hozir bordir aa? -- Yeji hazilomus kulib Yunaga qararkan Yuna ichkan soju tomog'iga tiqildi

Yuna:nega bunaqa deb o'ylayapsan? Hozir taxmin qilaman yana yoshimni kattaligi uchun shunaqami -- Yuna qoshini chimirib Yejiga qararkan Yeji kulib yubordi va javob berdi

Yeji:albatta shunday ahir yaqinda 30ga kirasiz -- Yeji kulishda davom etarkan u huddi Yunani qariya degan kabi mazax qilgandi

Yuna:yaramas qiz, yoshi katta degani bunday narsalarni qilib yuradi degani emas tushundingmi tirmizakcha - Yuna shunday deb qo'lini bigiz qilib Yejiga qaradi Yeji esa kulishdan to'xtamay ha deb javob berdi

Yeji kulishda davom etib u ham Yunaning qo'lidagi sojuni olib stakaniga quydi va ichdi. Keyin esa yuzini burishtirib oldi. Aftidan Yejiga soju yoqmagan ko'rinadi

Yeji:bu achchiq, unnie siz buni qanday ichasiz bleehh aaa tilim -- Yejining g'alati quloqlarini kuzatayotgan Yuna Yejini koyib berdi

Yuna:sen hali yosh bolasan, bularni umuman ichmasliging kerak -- Yuna sojuni o'zi tomonga olib qo'ydi va boya Yeji ustidan kulgani uchun u ham javobini qaytardi. Yeji esa o'zini yosh bola emas deb yuzini burishtirib olgandi. Yuna esa Yejining bu holatiga qarab kulardi

Yunaning Yejiga tikilishi

Yuna:hoy Yeji -- Yuna tikilishdan to'xtab past ovozda Yejini e'tiborini tortarkan Yeji birdaniga Yunaga qaradi

Yeji:ha eshitaman unnie

Yuna:boya menga bergan savolingni senga bermoqchiman... Sen hozir aynan bunday narsalarga qiziqadigan yoki shunga oxshash yoshdasan. Sening alfang bormi? -- Yuna past ovozda shularni aytarkan Yeji kulishdan to'xtab qoldi. Uning hayoliga birdaniga Sasha keldi. U hozir o'zidagi tushunarsiz hislar yana qo'zg'alganini sezdi, Yunaga nima deyishni bilmay qoldi

Yeji:menda bunga tayinli javob yo'q unnie. Men bu haqida o'ylab ko'rmaganman.... Lekin yahsirmayman menga sevgi izhor qilishga -- Yeji kulishga urinib soxta kularkan Yuna jim bo'lib qoldi. Keyin esa qo'lini uzatib Yejining stol ustida turgan qo'lini mahkam tutdi

Yuna:agarda men sevgi izhor qilsam... buni qabul qilasanmi? -- Yuna Yejining qo'llarini mayin silagancha unga qararkan Yeji nima deyishni bilmay qoldi. U Yunani doim unnie sifatida qabul qilgan edi

Yeji:umm unnie bilasizmi men hozir aniq bir javobni ayta olmayman, men shuncha...... -- Yeji gapini tugatmasi Yuna mayin ovozda gap boshladi

Yuna:menga hozir javob aytishing shart emas, qachon lozim topsang o'sha payti Yeji -- Yuna gapini tugatib Yejining qo'lini sekin qo'yib yubordi va kulgancha soju quyib Yejiga uzatgancha yana mazax qildi

Yuna:ma yana ichasanmi bu safar shirin tuyuladi -- bu gaplardan keyin Yeji beixtiyor kuldi, uning kayfiyatini o'zgartirish juda oson edi

Yeji: yo'q shart emas, endi boshqa umuman ichmayman. Qahva ancha yaxshi variant

Bu so'zdan keyin ikkisi ham birga kulishda va iliq suhbatni kelgan joyidan davom ettirishdi.
Bir soatdan so'ng Yeji uyqisirab qoldi. Unga ozgina soju ham tasir qilgan edi. Yuna uning bu holatini ko'rib uni uyiga o'zi kuzatib qo'ydi. Yo'l davomida Yeji deyarli yiqilish darajasiga yetib qolgan edi. Shuning uchun Yuna uni qo'ltiqlab yurishiga to'g'ri keldi.
Yuna arang Yejining uyini topib keldi va Yejini uyiga olib kirdi. Yejining uyi kichik ammo shinam edi. Atrofda esa xar xil qog'ozlar sochilib yotgan edi. Yuna bu uyni kuzatib Yejining hatto uyda ham tinch o'tirmasligini bilib g'alati jilmaydi. Keyin esa uni to'shagiga yotqizib hayrli tun tilab o'zi chiqib ketdi

Ertangi kun

Bugun ham ishlar avjida edi. Yeji kecha kundan keyin arang uyg'onib ishga kelgan edi. Hozir esa yana hujjatlarni tekshira boshladi.

Yejining bugungi kiymi (uni sochlari oldingidan kora o'sgan)

Yeji:aaaah bu juda tushunarsiz hisobot, buni kim qilgan ekanaa?! Buni zudlik bilan to'g'irlab qo'yish kerak -- Yeji shularni aytgancha endi hujjatlarni to'g'irlashni boshlaganida undan biroz uzoqroqda turgan hodimlar pichir-pichir qilishayotganini eshitdi. Ular qandaydir bir Alfa hamkor haqida gap ochishgan edi. Ammo Yeji bularga etibor bermay ishida davom etdi

Yeji hujjatdagi barcha hato va kamchiliklarni togirlashga shu qadar berilib ketgan ediki tepasiga kelib uni kuzatib turgan odamni hatto sezmadi ham. Toki u gapirmaguncha

Sasha: nimani bunchalik berilib o'qiyapsan Yeo Yeji xonim -- Sasha biroz egilib hujjatlarga qarab turgan Yejiga hotirjam ohangda shularni aytar ekan Sasha yillar oldin eshitgan tanish ammo biroz o'zgargan ovozni eshitib dovdiradi. Keyin esa hujjatlardan boshini ko'tarib Sashani ko'rgach cho'chib ketdi

Yeji: Sa-Sasha bu yerda nima qilyapsan -- Yeji qo'rquv bilan shularni aytarkan Sasha umuman pinagini buzmadi

Sasha va Yejining holati

Sasha:nega bu yerda ekanim aniqku Yeji, yoki sen hammasini unutdingmi -- Sasha labi chetida kulib shunday derkan uning Alfa feromonlari Yejiga shundoqqina bilinardi

Yeji:sen...sen, o'zgaribsan Sasha

Sasha:sen ham o'zgaribsan, sochlaring o'sibdi va yanayam chiroyli bolibsan. Men to'rt yil oldin ko'rgan qiz emassan -- Sasha yanayam egilarkan Yeji o'zini oldi va boshqa tarafga qarab oldi. Sasha esa indamadi.

Yeji:qanday qilib bu yerga kirding, bu yerga osonlikcha begonalar kirmaydi -- Yeji Sashadan biroz uzoqlashib shularni aytarkan Sasha hotirjam javob qaytardi

Sasah:agarda inqiroz yoqasida turgan har qanday narsaga hamkorlik taklif qilsang, senda hech qanday eshiklar bo'lmaydi Yeji. Menimcha mening felimni unutgan ko'rinasan -- Sasha ortga o'girilib officeni ko'zdan kechirdi. U bir chetda o'zi bilan mashg'ul hodimlarni, bir chetda unga qarab turganlarni ko'rardi

Sasha:ishlar meni hisobimga hal bo'lyapti... Biroz kut, meni director bilan gaplashadigan gaplarim bor -- Sasha bir marta ortga qarab qo'ydi keyin esa director xonasiga ketdi. Yeji esa Sashaning bu qadar o'zgarganini aqliga sig'dira olmayotgan edi. Sasha oldingidan ham uzun, va gavdali bo'lib qolgan edi. Uning ko'zida esa egalik yaqqol bilinardi....