February 28

Taqdir yo'llari...

Bu hikoya 2 muallif "Makima-sama" va "ertakchi" tomonidan yaratilgan. Biz bu hikoya bilan nimanidir targ'ib qilish niyatimiz yo'q. Bu shunchaki ancha yillar ilgari bo'lib o'tgan va mualliflar tomonidan o'ylab topilgan kichik bir to'qima asar. Asar sizlarga manzur keladi deb umid qilamiz.
G'oya mualliflari: "Makima-sama" va "ertakchi"
Yozuvchi: Makima-sama

Al-andalus. Tahminan minginchi yillarda buyuk va ziyoli shahar boʻlmish Kordovada turli oilalalarda tug'ilgan ikki yosh bola ulgʻayar edi. Biri savdogar oilasida tugʻilgan ammo ilmga chanqoq Miguel boʻlsa, ikkinchisi koʻcha raqqoslari oilasida tugʻilgan Rafael edi. Rafael oilasi kabi raqqos va olovli oʻsmir bo'lsa, Miguel esa undan tubdan farq qilar edi. Oʻzaro farqli bu ikki olamning toʻqnashuvi favqulotda qiziqarli va gʻayritabiiy boʻldi.

Miguel 16 yoshga toʻlganligi munosabati bilan uy taʼlimini yakunladi va ilk bora masjid taʼlimini davom ettirish uchun borayotgan edi. (Bunday deyilgan sababi aynan o'sha davrlarda ispaniyada Arab va shu bilan birga ko'plab musilmonlar yashagan. Miguelning otasi misrlik musulmonlardan bo'lgani uchun ham Miguelni bu joyga aloqasi bor) Miguel kitoblar orasida qolib ketgan tortinchoq va tartibli bola edi. U huddi xristian onasi kabi chiroyli va muloyim edi. Ammo bu fazilatlari tufayli birorta ham doʻsti yoʻq edi va juratsiz boʻlib ulgʻaygan edi.

Bugun Miguel masjidga borish uchun raqqoslar koʻchasidan oʻtishiga kerak edi. Bu unchalik ham vahimali narsa emas edi. Ammo bu koʻcha Miguelning xarakteriga mutloqo zid tarzda harakat qiluvchi sho'x shodon raqqoslarga to'la edi. Miguel zodogon boʻlishiga qaramasdan oʻziga butunlay begona boʻlgan bu olamdan ehtiyotkorlik bilan huddi soyadek kesib oʻtishga harakat qilar ekan, uning bu yovsirashini kuzatib turgan Rafael uning bu harakatiga qiziqib qoldi. Rafael oʻzining qaynoq joʻshqinligi va qiziquvchalnigiga erk berib Miguelning qarshisiga chiqib oldi.

Rafael:hey nega berkinib yurishga harakat qilyapsan? shunchaki erkin yuraqolmaysanmi?-- Rafael qiziqqonlik bilan shu savolni berib Miguel tomon yaqinlashdi. U Miguelning yuzidagi sokinlik va qamalgan hislarni sezdi. Shuning uchun ham Rafael Miguelning sokin va biroz mahzun chehrasini oʻzgartirishga urinib ko'rdi.

Ammo Rafaelning savoliga javob kelmadi. Miguel nima qilishni bilmay tosh qotib qolgan edi. Buni sezgan Rafael esa chalinishni boshlagan shoʻx kuyga joʻr boʻlib raqs tusha boshladi. Rafael ohangdor musiqaga jo'r bo'lib Miguelni e'tiborini tortishga harakat qilar ekan, Miguel unga hayrat qiziqish va biroz qoʻrquv bilan qarab turardi. Chunki Miguel avval raqqoslarga duch kelmagan edi va ular nima istashini ham bilmas edi. Shunda Miguel tavakkal qildi va qalam olish uchun otasidan olgan pulini Rafaelga uzatdi. Rafael bu kutilmagan harakat va oʻz nazarida mensilmagan munosabatdan avval dovdirab qoldi, keyin oʻsmirlarga xos gʻururi bilan gʻazablandi.

Rafael: men sadaqa olmayman. Qo‘lingdagi pulingni kitoblaring orasiga qaytar, zodagon-- Rafael Miguelning yuzidagi mahzun chehrani yo'qotish uchun qilgan harakatiga yarasha bepisantlikni olgach g'azablandi. Shu bilan birga biroz ranjidi. Miguel esa vaziyatni xato tushunganini sezib shosha pisha pulini hamyoniga soldi va qizargan yuzini pastga qaratgancha Rafaeldan uzur so'radi.

Miguel:hurmatsizlik uchun uzur so'rayman. Men shunchaki nima qilishni bilmay qoldim. Raqqoslar bilan birinchi marta yuzma-yuz kelishim -- Miguel shularni aytar ekan Rafael bu jonsiz munosabatdan qoniqmadi. U Miguelning qarshisiga bir qadam chiqdi va dadil ovozda unga gapira boshladi

Rafael: agar jur’ating bo‘lsa, bir qadam tashla. Qo'shiq ritmiga tushishing yoki tusha llmasliging qiziq emas! -- Rafael shularni aytib Miguelga qarab turarib uni raqsga chorladi. Miguel esa bu taklifdan shoshib qoldi va nima qilishni bilmayotgan edi. Chunki u umrida umuman raqs tushmagan edi. Shu bilan birga u koʻchada begonalar bilan raqs tushishni istamas edi.

Lekin hozirgi holat umuman boshqacha edi, qarshisidagi bu chayir, quyoshdan qizargan taʼnali koʻzlari yonib turgan yigitni rad qilishdan hayiqardi ham.

Soniyalar bir birini quvib o'tar ekan, Miguel ortiqcha o'ylanib o'tirmadi. U hozir har qanday odamni raqsga chorlaydigan zavqli musiqa ostida o'ziga o'zi

Miguel hayolida:bu zerikarli qiyofamdan bir zumga chiqsam hech narsa boʻlmasa kerak. Ahir doim ham bir xil bo'lib yurishga majbur emasmanku. Qolaversa bu bola umuman boshqacha, menga o'xshamaydi. Sho'x, va harakatchang -- Miguel shularni oʻylar ekan Rafael tomonga bir qadam tashlab toʻxtadi. U bir muddat qimirlamadi, sababi u shu paytgacha raqs tushishga urinib ham ko'rmagan va hatto musiqa ohangida qanday harakat qilsa to'g'ri ekanini ham bilmasdi.

Rafael:nega to'xtab qolding? -- Rafael Miguelga qarab qo'llarini chalishtirgancha savolli tikilar ekan Miguel past ovozda Rafaelga qarab gapirdi.

Miguel:men umuman raqsga tushishni bilmayman va hatto qanday harakatlar qilish kerak ekanligini ham bilmayman -- bu gapdan so'ng Rafael hayron qoldi va oʻzi tengi bu bolaning raqsga tushishni bilmasligidan hayratlandi.

Rafael: qanaqasiga raqsga tushishni bilmaysan? Raqssiz hayot zarikarli emasmi?sen bu hayotning ajoyib tuhfasisiz qanday yashayapsan -- Rafael shularni aytgancha g'alati reaktsiya bildirdi va koʻproq masxara ohangida mazza qilib kula boshladi.
Miguel esa bu holatdan uyalib ketdi va bor juratini toʻplab Rafaelga qarab gapirdi

Miguel:menga ham raqs tushishni oʻrgata olasanmi? -- Miguel shularni aytar ekan Rafael qotib qoldi. Lekin keyin u oʻzidan yuqori tabaqali yigitga nimanidir oʻrgata olishidan gʻururlanib quvonib ketdi. Rafael toʻsatdan Miguelning qoʻllarini ushlab olib shoʻx bolalar raqsiga tortib ketdi.

Rafael:yaxshi senga o'rgataman va birinchi dars sen shunchaki o'zing hoxlagan harakatni qil -- Rafaelning bunday so'zlari va harakatidan so'ng Miguel shoshib qoldi, biroz dovdiradi.

Ammo birozdan so'ng musiqa ritmi uni bu raqsga beixtiyor moslashtirdi. Hatto qarshisidagi Rafaeldan ham endi qoʻrqmas edi va raqs erkinligidan zavqlanardi. Miguel bu joʻshqin hislar tasirida beixtiyor kulib yubordi. Rafael bu kutilmagan kulguga mahliyo boʻlib qoldi. Chunki bu kulgu maʼsum begʻubor va haqiqiy hislardan chizilganini u qalbi bilan his qilgandi.

Miguel 16 yoshda. Savdogarlar oilasida tug'ilgan. Otasi misrlik musulmonlardan onasi esa ispan xristian ayoli. U doim sokin va jim yuruvchi bola

Rafael 17 yoshda. Raqqoslar oilasida tug'ilgan. Ko'chada raqsga tushish uning sevimli mashg'uloti. Tabiatdan energiyaga boy va sho'x yigit. Shu bilan birga hafagarchiligi va dardlarini kulgisi ortiga yashiradigan bola

Ozmuncha vaqtdan so'ng musiqa sadolari pasayishni boshladi. Raqsga berilib ketgan Miguel bu holatdan hafa bo'ldi. Chunki unga Rafael bilan raqs tushish juda yoqib qolgan edi. Rafael ham o'zi kabi tengdosh bola bilan raqsga tushganidan hursand edi.

Rafael:raqsga yaxshi tushding, birinchisi uchun yomon emas -- Rafael shunday degancha Miguel ga yaqin kelib uning yelkasidan qoqqancha maqtab qo'ydi. Bu holat Miguelni biroz uyaltirdi va yuzi qizardi. U Rafael qaragancha uning ismini so'rashga o'zida kuch topdi va undan so'radi

Miguel:buni biroz oldin so'rashim kerak edi, lekin hozir ham kech emas deb umid qilaman. Sening isming nima -- Miguel rasmiy ravishda shunaqa derkan Rafael kuldi va yana uning yelkasidan urib

Rafael:ismim Rafael, va sen bu narsani so'rash uchun bu qadar rasmiy bo'lishing shart emas -- Rafael shunday deb kularkan Miguel uning kulgusiga qarab qoldi keyin esa o'zi ham kulib uning so'zini tasdiqladi

Miguel:ha to'g'ri men juda rasmiy gapirdim, mening ismim Miguel va keyingi safar bu narsani inobatga olaman -- Miguelning o'ylamay aytgan bu gapidan keyin Rafael hayrat bilan unga qaradi. Ko'zlari uning ko'zlariga qadaldi. Miguel esa bu qarashdan dovdirab qolgan edi

Rafael:keyingi safar dedingmi? Nima yana kelasanmi? Rostdanmi?! Buni jiddiy aytyapsan to'g'rimi -- Rafael kuchli his tuyg'ular bilan shularni aytar ekan, Miguel ozi aytgan gapning mazmuniga yetdi.

Miguel:aa men haligi...shunday. Chunki men o'qishga borish uchun endi shu yo'ldan boraman -- Miguel past ovozda shularni aytarkan Rafael kuldi va undan uzoqlashdi

Rafael:unda seni ertaga ham kutaman. Sen raqsda ajoyib sherik ekansan hattoki endi raqsni o'rganayotgan bo'lsang ham -- Rafaelning jilmayib qarashi Miguelni hayolidan bir muddat chalg'itdi. U ko'z o'ngida turgan eng birinchi do'stiga qararkan, uning ichidagi yopiq his tuyg'ular asta ochila boshladi. Keyin u ham kulgancha yo'lak bo'ylab oldinga yurishni boshlab ortiga qaragancha Rafaelga

Miguel:ertaga uchrashguncha. Ertangi kunni intiqlik bilan kutaman -- Miguel ortiga qarab baqirib shularni aytgancha oldinga qarab chopib ketdi. Uni kuzatib turgan Rafael esa uning bu hursandchiligini ko'rib mamnun bo'ldi.

Ertangi kun huddi kechagi kabi Miguel yana o'sha raqqoslar ko'chasidan o'tish yo'liga keldi va huddi kechagi kabi qiziqqon Rafaelga duch keldi. Bugun Rafael kechagidan ham sho'xroq va harakatchangroq musiqa tanladi. Keyin esa musiqaga raqs tushish uchun Miguelni o'ziga tortdi. Miguel kechagi kun qanday harakat qilishni bilib olgani uchun bugun raqs tushishga qiynalmadi va Rafaelga jo'r bo'lgancha harakatdan davom etdi. Har bir harakat hissiyotlar bilan to'lib toshgan, ularning yuraklari har bir notada titrardi.

Shuningdek keyingi kunlar ham huddi qolganlari kabi bir xil o'tishni boshladi. Miguel masjid borishdan oldin Rafaelga duch kelardi va u bilan to charchab qolgunigacha raqs tushar edi. Raqsni tugatgandan so'ng esa o'z o'qishi tomon yo'l olardi. Hash pash deguncha bir hafta huddi shundek shod-u hurramlikda o'tdi. Rafael o'zining barcha hunarini namoyish qilib raqs tushsa Miguel unga shunchaki jo'r bo'lar edi.

Bu holatdan Miguel hursand edi va o'zining harakatlarini qanchalik o'zgargani sezmagan edi. Ammo uning otasi Malik bularni yaxshi sezgan edi. U o'g'lida nimadir boshqacha ekanini sezgan edi

Shu paytgacha hech qanday doʻstlari boʻlmagan Miguel koʻchaga chiqishga, yani aynan raqqoslar koʻchasiga borishga bahona topolmayotgan edi. U doimo kitoblar orasida koʻmilishiga oʻrganib qolgan va otasi ham uning koʻchaga shoshilayotganidan darxol shubhala boshladi.

Malik ham yakshanba kunini kutayotgan edi. U safar oʻgʻli koʻchaga chiqib ketsa Miguelga aniq ortidan kuzatishga odam yonlashni rejalashtirgan edi.

Malik odamlar orasida mashxur va soʻzomil savdogar boʻlsada oʻgʻlining odamlar bilan koʻp gaplashishini istamasdi. Ayniqsa u oʻgʻlining Al-andalusning goʻzal qizlariga oshiq boʻlib qolishidan juda qoʻrqar edi. Chunki Malik aslida Misrda tugʻilgan musilmon edi va oʻgʻlini tugʻilganidayoq misrliklar urf odatlariga koʻra eng yaqin doʻstining qiziga unashtirib qoʻygandi. Malik bir soʻzli odam bo'lgani uchun doʻstiga bergan vaʼdasini oʻgʻlining koʻngliga qarab buzishni oʻziga nomus deb bilar edi. Ayni vaqtda esa ota sifatida oʻgʻlining koʻnglini ogʻritmaslikni ham juda istar edi. Shuning uchun ham u oʻgʻlini yoshlik xatolaridan va oʻz sevgisini uchratishidan "himoya" qilmoqchi edi.

Mana bugun aynan yakshanba edi va dab durustdan Miguelning qalami sinib qoldi. Keyin u mashq qogʻozlariga behosdan siyox toʻkib yubordi. Miguel onasini ovvora qilmaslik uchun oʻzi bozorga borishga qaror qildi. Bu kichik voqea boshqalar uchun oddiy holat edi. Lekin Malik uchun emas. Malik oʻgʻlini juda yaxshi bilardi. Oʻgʻlining odobi tartibi va maʼsuliyati uning bu baxonalarining yolgʻonligini sotib qoʻyayotgan edi. Malik hech narsani bilmagandek oʻgʻliga bozorga borishiga ruhsat berdi. Keyin esa ortidan oʻzining sodiq xizmatchisini aygʻoqchilikka joʻnatdi.

Aygʻoqchi Miguelga sezdirmasdan ortidan borar ekan uning bozorga emas raqqoslar koʻchasiga kirib ketganini koʻrdi. Lekin raqqoslar koʻchasiga kira olmadi. Chunki raqqoslar juda sezgir xalq boʻlib, ozgina boyroq koʻringan erkaklarni boshini aylantirib pulini shilib ketish qobiliyatiga ega edi. Shuning uchun Miguelning kuzatuvchisi raqqoslar koʻchasi oldida peshin vaqtigacha kutib qoldi.

Vaqt o'tgach nihoyat Miguel ko'chadan chiqib keldi. U kiyimlari orasiga yashirgan qalamlar va qogʻozlarini qoʻliga koʻtarib oldida shirin hayollar ichida nim tabassum bilan uyiga yoʻl oldi.

Kechki ovqatdan keyin negadir Miguelni otasi uni oʻz xonasiga chaqirdi. Bu suhbat Miguel oʻylganidan ancha jiddiy va qoʻrqinchli oʻtdi. Chunki otasi shu paytgacha Miguel bilan bunchalik jiddiy gaplashmagan edi.

Malik:nega aynan u yerga serqatnov bo'lganingni tushuntirib bera olasanmi -- xonadagi turg'unlik buzilib Miguelning yuragi tez ura boshladi va boshini yerga egkancha jim turishda davom etdi. Bu sukunatni sezgan Malik yana og'ir so'zlar bilan o'g'liga yuzlandi

Malik:bilaman o'g'lim menga yolg'on gapirmaydi, shundaymi Miguel -- bu gap Miguelni battar qildi va noiloj titragan ohangda javob berdi

Miguel:shunday ota -- yana birdan jim bo'lib qolib

Malik: ho'sh unda aytchi, nega aynan u joyga serqatnov bo'lib qolding. Bilaman men nimani nazarda tutayotganimni allaqachon tushunding -- jiddiylik bilan gapini tugatib xonasidagi derazaning oldiga bordi

Miguel:men shunchaki... U yerdagi sho'x ohanglar va raqslar menga yoqgan edi -- Miguel shularni aytib yana jim bo'ldi Malik esa boshini ortga burib ko'z qirini Miguelga tashladi

Malik:bilasan, men seni bolaligingdanoq do'stimning qiziga unashtirganman. Va bilasan men vadani buzish nomussizlik deb hisoblayman -- gapi orasida to'xtab Miguel nima deyishini kutdi

Miguel:lekin ota, menga buni doim aytib kelgan bo'lsangiz ham men buning tub manosiga tushunmaganman -- Miguelning tana ohangdagi bu javobidan so'ng Malik yana gap boshladi

Malik: Miguel endi voyaga yetding va ota sifatida men istasam ham istamasam ham odamlar orasiga qoʻshilib borayapsan bu albatta yaxshi lekin men avvolo erkak kishiman oʻz vadamning ustidan chiqib seni doʻstimning qiziga uylantiraman shunday ekan har bitta qaroringga javobgarsan. Oʻyin kulgu oʻtkinchi qiziqishlarga berilma. Bilaman sen raqqosalarga qiziqib qolgan yosh oʻsmirsan lekin sening qalligʻing bor shuni unitma. Agar shanimga dogʻ tushiradigan biror ish qilsang oʻzingni sahroda koʻrasan. Menga bunday oʻgʻil kerak emas
Ertadan senga tansoqchi beraman koʻchada seni nafaqat talonchilardan balki yengiltaklardan ham himoya qiladi -- Malik shu qadar so'zlarini qo'pollashtirgandiki Miguel bundan qotib qoldi. Miyasida esa har xil hayollar aylana boshladi

Miguel hayolida:Rafael yengiltak emas u hatto qiz bola ham emas! Nahotki u bilan ham koʻrisholmasam axir u mening birinchi yaqin ko'rgan insonim edi. Ertaga men u koʻchadan qanday oʻtaman, Rafael oldimga kelsa tansoqchi qoʻpollik qilib haydab yuborsa nima qilaman! Nega men bu so'zlardan keyin jahlim chiqdi, rostan ham u qiz bola emasku, uni mening nikohimga nima aloqasi bor. Hech bo'lmaganda u bilan vaqtlarimni mazmunli o'tkazayotgan edim...

Miguel shularni hayol qilarkan otasining gaplari uning qulog'iga eshitilmay qoldi. Malik esa yana anchagina gaplar bilan boshlagan gaplariga qoshimchalar qilib nasihat qilayotgan edi. Malik nasihat qilishni tugatgach o'g'liga u endi ortiq yosh bola emas, va shuning uchun his tuyg'ularga beriluvchan bo'lmasligini tayinlab xonasiga borishga ruxsat berdi. Miguel o'zi kutgan so'zlarni eshitgach xonasiga bordi. Keyin karavoti ustiga o'tirgancha chuqur o'yga cho'mdi

Miguel otasi bilan boʻlgan suhbatni oʻylab siqilsa ham Rafael bilan oʻtgan bugungi kunni eslash unu koʻproq hursand qilardi. Rafaelning nozik harakatlar bilan raqs tushishi ayniqsa turfa xil rangli matolardan iborat biroz ochiq kiyimining shamolda Rafaelga qoʻshilib raqs ijro qilishi Miguelni butunlay oʻziga sehrlab qoʻygan edi.Miguel Rafaelning qistovi bilan qoʻliga olgan doirasini ham chertishi esidan chiqib qoldi. Miguel har bir voqeani diqqat bilan qayta eslar va koʻz oldida Rafaelni koʻproq qoldirishni istar edi. U oʻzining oʻtgan shu bir haftalik quvonchli voqealarini bir bir eslab chiqar ekan qulogʻi ostida musiqa oʻrnida yangrayotgan otasining tashvishli soʻzlarini unitishni istar edi. Shu bilan birga Rafaelga bo'lgan his tuyg'ular aynan qanday manoda ekanini ham ko'p o'yladi

Ertangi kun

Miguel yana masjidga yoʻl oldi. Faqat bu safar Rafael bilan uchrashib oʻqish uchun energiya olish haqida shirin hayol surib emas. Ortidagi tansoqchisining oʻtkir nigohlari ostida. Hayolida esa soqchi Rafaelni haydab qoʻpollik qilmasdan oldin Rafaelga qanday qilib vaziyatni tushuntirish haqida edi. Aniqrogʻi u Rafaelga nima deyishni ham bilmas edi. Unashtirilgan qayligʻi uchun otasi uni boshini aylantirishi mumkin boʻlgan hammadan qoʻriqlayotganini aytadimi. Oʻzi olis Misrning bunday urf odatlari borligiga Rafael ishonadimi. Miguelni toʻgʻri tushunadimi yoki Miguel undan qutilishi uchun atayin shunday qilayapti deb oʻylasachi! Hafa boʻlib qolmaydimi? Agar toʻgʻri tushunsa ham keyin Miguel nima qiladi. Rafaelsiz u yana avvalgidek kula oladimi. Avvalgidek yashay oladimi....

Miguel shunday ogʻir hayollar bilan raqqoslar koʻchasiga yetib bormaslik uchun ogʻir ogʻir qadam tashlar edi. Ammo baribir ular shu koʻchaga kirib kelishdi. Miguel bu koʻchada koʻp vaqt oʻtkazganidan deyarli barchani tanib qolgan edi. Raqqoslar ham uni ochiqkoʻngil sahiy boshqalarga oʻxshamaydigan zodogon yigitcha sifatida yaxshi koʻrishar edi. Bugun esa shu mehrli koʻzlar Miguelga hayrat, tushunarsiz bir nigoh bilan bir bir qarab qoʻyardi.

Miguel bu qarashlarni butun tanasi bilan his qilar, oʻsha ochiqkoʻngil yaxshi yigit ulardan shunchalik yovsirab oʻzi bilan tansoqchi olib yuribdi deb oʻylayotganliklarini gumon qilardi. Agar bunday hayol Rafaeldan ham oʻtsa Miguel nima qiladi qanday oʻzini oqlaydi aqli ojiz

Ayni shu paytda Rafael hali ham uyida edi. Uning uyi o'sha ko'chadan uncha uzoq emas edi. Rafael bugun Miguelga tanishganliklari va orasidagi yaqin bo'lgan kunlar uchun Miguelga o'zi sevgan nog'orasini sovg'a sifatida tayyorlayotgan edi. Miyasida esa har xil ajoyib hayollar aylanib yurardi.

U bugun sovg'ani beegach qanday harakat qilishni mashq qildi. Hattoki Miguelning yuzidan o'pib qo'yish haqida ham o'yladi. Chunki Miguel unga yoqib qolgan edi. Miguel zodagon bo'lsada u bilan mazmunli o'tkazgan vaqtlarini eslab uni ardoqlardi. Lekin uni yoqtirishini qay yo'l bilan aytishga ikkilanayotgan edi.

Rafael hristian edi va unga bunday munosabatlarga cheklov yo'q edi. Va hatto ota-onasi ham uni o'zi sevgan inson bilan birga bo'lishini tasdiqlagan.

Bir muncha vaqtdan so'ng Rafael tayyorlanishni tugatib doimgi Miguelni kutib oladigan yo'l tomon shoshildi. U quchog'iga nog'orasini quchoqlab yugurib borarkan yo'l chetida bir-biriga pichir-pichir qilib turgan raqqos-u sozandalarni ko'rib to'xtab qoldi. Keyin esa ularga yaqinlashib nega ular bunday g'alati holda o'tirganlarini so'rash uchun yaqinlashdi

Rafael:sizlarga nima bo'ldi, nega bu yerda mahzun o'tiribsizlar. Odatdagi kabi quvonch va kuylar qani -- sozandalarga savolli tikilib gapirgancha

Sozanda:biz yoqtirib ardoqlagan bolakay kun kelib bizdan yovsirasa g'alati his ichdan o'tar ekan -- Rafaelning savoliga javoban sozanda shularni aytar ekan Rafael qotib qoldi

Rafael:aniqroq gapiring, nimani nazarda tutyapsiz -- biroz jahl bilan

Sozanda:men o'sha yosh va oppoqqina bolakay haqida aytyapman. U bugun o'zini ortidan tansoqchi yonlab kelibdi -- past va og'riqli ovozda.

Sozandaning bu gapidan so'ng Rafael umrida bormagan joyiga shoshib ketdi. U yo'lak bo'ylab masjidga boradigan yo'l tomon shoshildi, nog'orasi esa yerga tushib qolib ketdi.

Rafael bor kuchi bilan yugurib vanihoyat sekin va og'ir qadamlar bilan yurgan Miguel va yana bir odamni ko'rdi.

Rafael: Miiiiigueeeeel -- Rafael joyida turib bor ovozi bilan baqirar ekan, Miguel bu jarangdor ovozni darhol tanidi. Yuragi esa tovoniga tushib ketdi.

Miguel bir muddat to'xtamoqchi bo'lganida uning ortidagi tansoqchi unga qarab "oldinga yurishda davom eting janob Miguel" degancha uni oldinga yurishga majbur qildi. Ularni kuzatib turgan Rafael esa joyidan qimirlamadi ham va shunchaki Miguelning ketishini tomosha qildi.

Bir necha soatlardan so'ng

Oradan ancha vaqt o'tdi, Miguel ham tansoqchisi bilan birga uyga qaytayotgan edi. U yana raqqoslar ko'chasidan o'tarkan bu safar Rafaelni ko'rmadi. Raqqos va sozandalar ham ertalabki kabi chetdan turib uni kuzatishardi. Miguel bu qarashlardan o'zini noqulay his qilardi va oldinga qarab yurishda davom etardi.

Miguel hech kimga e'tibor bermaslik uchun harakat qilardi. Ammo baribir uning e'tiborini bir narsa tortdi. Bu yerda yotgan Rafaelning sevimli nog'orasi edi. Rafael uni singanidan keyin qaytib olib ketmagan edi. Miguel esa buni ko'rib ichidan yana nimadir o'tdi. Aybdorlikmi? Yoki shunga o'xshash. Bu his nima bo'lishidan qati nazar baribir Miguel to'xtay olmasdi va shunchaki u nog'orani oldidan chetlab o'tishga majbur bo'ldi.

Ular uyga qaytgandan so'ng Miguelning tansoqchisi Malikga hisobot berdi. U bugun Miguelning harakatlari va uning raqqoslar orasida orttirgan do'sti haqida ham aytdi. Bu holat Malik uchun vaziyatni biroz yengil qildi va oz bo'lsada havotiri ortga chekindi. U o'g'lini qizlar bilan tanishmaganidan mamnun bo'ldi va yana o'z ishlariga qaytdi.

U bilmasdi, u havotir olmayotgan o'sha bolakay o'g'lining do'sti emas balki do'stdan ham yaqin odami edi...

Biroz vaqtdan so'ng kechki ovqat oilaviy tarzda odatdagi kabi o'tkazildi. Miguel oldingi kabi jim va sokin edi. Malik ham uni so'roq qilmay shunchaki kechki ovqatdan huzurlandi. Ovqatdan so'ng Miguel onasiga ovqat uchun minnatdorchilik bildirib o'rnidan turib o'z xonasi tomon yo'l oldi. Hayolida esa faqat bugungi Rafaelning uning ortida qolgani va uning singan nog'orasi edi.

U xonasiga yetib kelib ichkariga kirdi. O'zini yotog'iga otdi va yana o'y hayollar bilan o'zini "bo'g'di"

Rafael:senga nima bo'ldi Miguel -- xonada yana o'sha jarangdor ovoz yangrar ekan Miguel darrov boshini ko'tardi va xonasi balkoni oldida turgan Rafaelni ko'rib tosh qotdi. Rafael bo'lsa uning bu holatini ko'rib u tomon yaqinlashdi va yana qayta o'sha savolni berdi

Rafael:senga nima bo'ldi deb so'rayapman Miguel -- Rafael bu safar balandroq ohangda gapirarkan Miguel o'rnidan turdi va past ovozda Rafaelning savoliga javob berish o'rniga u ham savol berdi

Miguel:mendan hafa bo'ldingmi Rafael?

Rafael:bu mening savolimga javob emas, savolimga javob ber yaramas -- bu gapdan so'ng Miguel o'z onggidan tashqari bo'lgan ishni qildi va Rafaelga yaqin kelib uni mahkam quchoqladi.

Miguel:agar seni hafa qilgan bo'lsam uzur so'rayman. Bugun meni chaqirgan payting qaramoqchi edim ammo bunga tansoqchi yo'l qo'ymadi. Men bu uchun afsusdaman, sevimli nog'orang uchun ham afsusdaman -- Miguel ovozida titroq bilan shularni aytar ekan Rafaelning yuragi tez urib ketdi. Tanasida turgan Miguelning qo'llari uni bir zum aqlidan ayirdi. Birinchi marta yoqtirgan insoni uning tanasiga tegkanidan hissiyotlari to'polon ko'tardi. Keyin esa u ham o'z qo'llarini Miguelning yelkasiga o'rab javoban quchdi

Rafael:men sendan hafa emasman, nog'ora esa men shoshilgan paytim yerga tushib sindi. Men shunchaki sendan havotir oldim. Sening ko'zlaringni ko'rib nimadir noto'g'ri ekanini tushundim. Shuning uchun ham shu yerdaman -- Rafael ohista shularni aytar ekan Miguelning bu gaplardan ko'ngli ko'tarildi va Rafaeldan uzoqlashdi. Rafael esa Miguelni qo'yib yuborishni hoxlamagani uchun hoxlab hoxlamay uni qo'yib yubordi

Miguel:bu gaplar meni ancha tinchlantirdi. Men shu qadar o'zimni aybdor his qilgandimki buni tariflab bera olmayman -- Miguel biroz tushkun ahvolda so'zini tugatar ekan Rafael yana qayta unga yaqinlashdi va hissiyotlari sezilmasligi uchun Miguelning yuzini qattiq ushlab huddi urishayotgandek gapirdi

Rafael:endi gapir, sen bilan nima sodir bo'ldi? Nega bugun tansoqchi bilan eding -- Rafael shu savolni berar ekan Miguel jim qoldi. Gapni nimadan boshlashni bilmadi. Rafaelga qaylig'i bor ekanini aytish kerakmi - yo'qmi o'ylandi.

U shu holatda jim turar ekan eshik keskin ochildi va xonaga Miguelning onasi Isabella kirib keldi. Ichkariga kirgan ayolni ko'rgan Rafael biroz hayiqib Miguelning yuzidan qo'llarini keskin oldi

Isabella. Miguelning onasi. Ispaniya hristian ayoli. Miguel aynan onasiga o'xshaydi

Xonaga kirgan Isabella o'g'li va boyagina uning yuzidan ushlab turgan qorachadan kelgan yigitchaga qarab turarkan eshikni sekin ortidan yopdi. Keyin esa ohista qadamlar bilan ularga yaqinlashdi.

Isabella: Miguel bu seni do'stingmi, meni bilan tanishtirmaysanmi? -- Isabella shu qadar hotirjam va hushmuomala gapirar ediki Rafael hayron qoldi. Miguelning esa yuragi tinchlandi. U otasi o'rniga onasini ko'rganidan hursand edi

Miguel:onajon siz bu haqida otamga aytmaysiz to'g'rimi -- onasiga yaqin kelib so'ragancha

Isabella:albatta yo'q unday qilmayman. Men shunchaki sendan habar olish uchun kelgan edim. Kechki ovqat paytida ham juda hafa eding -- Isabella shularni aytib o'g'lining boshidan silar ekan u tinchlandi.

Miguel:havotirga qo'yganim uchun uzur. Tanishtirishga ijozat eting, bu mening yaqin do'stim Rafael. U juda mohir raqqos -- Miguel Rafael tomon o'girilib shularni aytarkan Rafael ham Isabellaga salom berdi

Rafael:siz bilan tanishganimdan hursandman Miguelning oyisi

Isabella:meni Isabella deb chaqirishing mumkin Rafael. Va... O'g'lim bilan do'st tutinganing uchun rahmat. Men sizlarni holi qoldiraman. Miriqib suhbat quring -- Isabella jilmayib shularni aytgancha xonadan chiqib ketdi. Rafael esa Isabellaning yuzidagi mehr va hotirjamlikni ko'rib Miguel aynan kimga o'xshashini bilib oldi.

Oradan soniyalar o'tib Miguel yotog'i oldiga borib o'tirdi va Rafaelni ham oldiga taklif qildi. Rafael bu ishoradan keyin Miguelning oldiga o'tirdi. Keyin esa chala qolgan suhbatni davom ettirdi.

Rafael:endi gapir, nega bugun tansoqchi bilan eding. Sen bilan nimadir sodir bo'ldimi -- Rafael biroz havotir bilan Miguelga savol berarkan Miguel nima deyishni bilmay qoldi.

Rafaelga otasi uni qaylig'i bor ekanligi sabab tashqi dunyo va mumosabatlardan cheklab shu ishni qilganini aytgisi kelmasdi.

Miguel:shunchaki otam meni o'yin kulguga chalg'ishimni istamadi. O'tkan bir hafta mobaynida mening harakatlarim o'zimni sotib qo'ydi, otam esa bundan shubhalanib ortimdan odam jo'natibdi. Va mana otam men haqimdagi gaplarni bilgach boshqa o'zboshimchalik qilmasligim uchun tansoqchi yonladi -- Miguel biroz duduqlangancha shu yolg'onlarni aytar ekan Rafaelning yuzi qoraydi va sapchib o'rnidan turdi

Rafael:bu qandayin adolatsizlik! Nima seni bu hayotdan zavqlanib yashashga haqqing yo'qmi?! Nega otang senga bu qadar qattiq qo'l! Bular senga yoqadimi Miguel? -- Rafael jahl bilan shunaqa tez gapirdiki Miguel ilgari uni bu holatda ko'rmagan edi.

Miguel:gaplaring to'g'ri, ammo nima bo'lganda ham u mening otam. Men esa o'g'il sifatida otamning qarorlariga bo'ysunaman

Rafael:ammo mening otam bunday qilmagan bo'lardi. U men hoxlagan narsam eng yaxshisi bo'lishini qarorlarni doim o'smir yigit sifatida o'zim qabul qilishimni aytadi.... -- Rafael gaplari orasida darrov to'xtab qoldi va bir nuqtaga qarab turgan Miguelga qarab yana joyiga o'tirdi va bu masalani yopish kerak degan qarorga keldi

Miguel:sen va men... Endi ko'risha olmaymizmi -- Rafaelga qaragancha shularni aytib

Rafael:albatta unday emas, hoxlasang men doim sening uyinga shu vaqtda kelaman. Keyin biz birga vaqt o'tkazamiz, suhbatlashamiz va balki raqs ham tusharmiz -- Rafael o'ziga ishongan holda shularni aytarkan Miguel biroz bo'lsada chehrasi ochildi. Buni ko'rgan Rafael esa hursand bo'lib Miguelning yuzidan o'pdi va o'rnidan turdi. Miguel esa bu o'pich nima uchun ekanini tushunmay Rafaelga qarab turardi

Rafael:bu taklifim senga yoqdi, demak har kecha men shu yerga kelaman. Bugun esa dam ol, kuch to'pla. Ahir ertaga energiyaga boy kun bo'ladi! Ertagacha Miguel -- Rafael o'zida yo'q hursandchilik bilan balkonga chiqib u yer orqali tomma-tom sakrab pastga tushdi.

Miguel esa Rafaelning ohirgi gaplaridan yanada hursand bo'ldi, yuziga tabassum yugurdi. U ertangi kun haqida o'ylab shirin hayollar bilan boshini yostiqqa qo'ydi. Bugungi hafagarchiliklar uni butkul tark etdi. Bu paytda uyning tomiga chiqib olgan Rafael esa Miguel bilan bo'lgan ishlarni eslab shunchaki quvonardi.

Har bir teginish, tanalar tanalar orasida bo'lgan qo'l harakatlari va labining suyuklisiga tegkanini eslash Rafaelning notinch urayotgan yuragini battar qilardi. Hattoki shu o'ylar sabab ko'ziga uyqu ham kelmadi. Shu bilan birga u ertangi kunni intiqlik bilan kutardi.

Ertangi kun Miguel tansoqchisi bilan raqqoslar ko'chasidan o'tdi va yo'lakda Rafaelni ko'rib hursand bo'ldi. Kechki payt esa Rafael Miguelning uyiga bordi. U uchun bir ikki xil antiqa buyumlar olib keldi. Suhbatlashishdi va ortiqcha shovqinlarsiz raqsga tushishdi. Miguel yana Rafael bilan birga bo'lganidan shod edi. Uning qaytishi Miguelning yuzidagi tabassumni ham qaytarga edi.

Boshida 3kun ular uchun biroz sergaklikni talab qildi. Ammo keyingi 2kun ularning tajribasini yaxshiladi. Ularga qulay bo'lgan yana bir narsa Miguelning xonasi uyning chekki qismida ekani va uncha baland bo'lmagan tovushlar asosiy xonalargacha bormasdi.

Miguel baxtli edi, uning yuragida tushunarsiz hislar uyg'ongan edi. Har gal Rafaelga qaraganida yuragi o'z o'zidan tezlashib ketardi. Rafael esa shu o'tkan kunlar davomida Miguelga yanayam yaqinroq bo'lishga talpindi. Uning yuragi quchoq va raqslardan ko'ra ko'proq narsa hoxlardi. U Miguelga bo'lgan his tuyg'ularini ochishni istardi, undan yana bir bor o'pich hoxlardi. Lekin vaqt va mansab chegarasi bularni biroz cheklardi. Ammo 1haftadan ko'proq vaqt o'tgach Rafaelning hislari boshqa qamal bo'lishni istamadi va Miguelga bo'lgan hislarni to'kib sochishni tanladi.

Raqs payti

Miguel Rafael bilan birga raqs tushar ekan uning haraktlariga sehrlanib qoldi. Rafael esa uning qo'llarini o'z beliga o'raganchabiroz ehtirosli raqs boshlashni hoxladi.

Rafael har gal belini qimirlatganida, uni ushlab turgan Miguelning qo'llari ham u bilan teng ravishda harakat qilar edi.

Rafael:bu harakatlar senga yoqyaptimi, yanayam jo'shqin raqs hoxlaysanmi -- Rafael yuzi bilan Miguelning yuziga yaqin keldi, Miguelning qo'li esa hali ham Rafaelning belida edi. Ko'zlar bir biri bilan to'qnash kelib Rafael hislariga yengildi ko'zlarini yumib belida turgan Miguelning qo'llarini ushladi va Miguelning tanasiga yaqinroq bo'ldi.

Rafaelning bu harakatlari Miguelni aqldan ozdirdi, u nima qilishni bilmay qoldi. Qarshisidagi yigit nimani hoxlayotganini bilmasdi va buni shunchaki raqs deb qabul qildi. Ammo Rafael bunday o'ylashiga yo'l qo'ymadi va qo'llarini uning qo'llaridan olib Miguelni quchoqladi. Boshini esa uning ko'ksiga ohista qo'ydi.

Rafael:seni sevaman Miguel -- bu so'zlarni eshitgan Miguel tosh qotib qoldi, quchog'idagi "do'stining" hotirjam ko'zlariga qaradi. Hayoli esa ming tomonga bo'linib ketdi. U darhol otasining qo'pol ohangdagi so'zlari va qaylig'i bor ekanini yodiga oldi. Ammo quchog'idagi Rafaelni qo'yib yuborishni ham istamas edi. Chunki o'zi ham uni yoqtirar edi, ammo bunday qilish uchun unda imkon yo'q edi.

Oradagi sukunat sabab Rafael boshini ko'tardi va Miguelga qaradi

Rafael:senda men uchun javob yo'qmi... Yoki ikkilanyapsanmi -- Rafael birinchi marta qo'rquv ovozida Miguelga murojaat qildi. Miguel esa uni bu holatda ko'rib nima qilishni bilmay qoldi. Allaqachon quvonchiga aylanib bo'lgan Rafaelning yuragini sindirishni istamas edi

Miguel: yo'q Rafael unday emas, men shunchaki... -- Miguel gapini tugatib ulgurmay Rafael kulgu bilan gap boshladi

Rafael:sen shunchaki biroz tortinchoqsan holos. Shuning uchun buni menga ayta olmayapsan shundaymi? Men doim ko'zlaringdan barcha narsani o'qiganman Miguel. Sening tana tilingni yoddan bilaman va yuragim bilan sezaman -- Rafael shularni aytib qo'llarini Miguelning yuziga olib bordi va uning yuzini siladi. Miguel ham o'z qarorlariga qarshi titragancha qo'lini Rafaelning yuziga olib bordi. Rafael buni sezib darhol mushuk kabi uning qo'liga yuzini ishqadi.

Bu holatni kuzatayotgan Miguel ko'z o'ngidagi yigitga qattiq bog'lanib qolganini tushundi va biroz ko'zi yoshlandi.

Miguel hayolida:men Rafaelni bu qadar yoqimli ekanini hech semagan edim. Mana qarshimda kuzatib buning guvohi bo'ldim. U ajoyib, sho'x va juda mehribon. Nega hayot men uchun bu qadar shafqatsizlik qilyapti. Men yoqtirgan insonim bilan emas, umrim bino bo'lib ko'rmagan inson bilan birga bo'lishim kerak. Nega?...
Men Rafael bilan birga bo'la olmasligimni boshidanoq aytishim kerak edimi... Shunda Rafael menga bu qadar bog'lanib qolishi oldin uni hafa qilmay aytgan bo'lardim. Ammo endi kech, Rafael menga qattiq bog'lanib qolgan. Mening aytadigan gaplarim esa uning yuragiga xanjar kabi kiradi... Lekin tan olaman, Rafael men ham seni sevaman

Miguel shularni ichida o'ylar ekan Rafael keskin harakat qildi va Miguelning lablariga yaqin kelib shunchaki qisqa o'pich qoldirdi va yana uning quchog'iga kirdi

Miguel: Ra... Rafael.....

Rafael:seni sevaman Miguel

Rafael quchoqlagancha shularni aytar ekan Miguel lablariga bosilgan o'pich sabab o'zini yo'qotdi. Keyin esa quchog'idagi Rafaelni keskin qo'yib yuborib ish stoli tomon shoshildi. Rafael bunday keskin harakatlardan ajablandi va Miguelga qarab turdi. Miguel esa ular orasidagi bo'lgan ishlarni tahlil qilardi. Yaxshiyamki Miguel vaqtida Rafaelni qo'yib yuborgan edi. Chunki bir necha soniyadan keyin xonaga Miguelning otasi Malik kirdi. O'g'li va bir begona yigitni ko'rib g'azablandi. Buni ko'rgan Miguel dovdirab qoldi, Malik esa tansoqchisiga Rafaelni olib chiqib tashlashni buyurdi.

Tansoqchi Rafaelni olib chiqar ekan, Rafael tinmay qarshilik qildi. Miguel esa otasiga qarshilik qilish uchun oldinga chiqdi

Miguel:ota, u bilan nima qilasizlar. Ahir u aybsiz, qolaversa mening do'stim -- asabiylashgancha gapirib

Malik:men seni ogohlantirgan edim Miguel, lekin sen mening qoidamni buzding. Yengillik sifatida sen emas u sahroga ketadi. Tansoqchi uni karvonga qo'shib yuboradi va u boshqa qaytib kelmaydi -- Malik yo'g'on ovozda shularni aytib o'g'liga orqa o'girdi va xonadan chiqib ketdi.

Tansoqchi Malik aytgandek tinimsiz harakat qilayotgan Rafaelni karvonga qo'shib yubordi. Miguel esa o'zi qilib qo'ygan ishlar uchun tinmay o'zini la'natladi. Endi ularning yo'llari o'zaro ayrilgan edi. Rafael endi karvondagilar bilan sayohat qilsa, Miguel bu yerda yana eski hayotiga qaytgan edi. Rafaelda hali ham umid bor edi. U bir kunmas bir kun yana kardovaga qaytib Miguel bilan birga bo'lishiga ishonar edi. Ammo Miguelda bir tomchi ham umid qolmagan edi...

Oradan yillar o'tdi

Mana necha yil deganda Rafael savdo karvonlari bilan qo'shilib kardovaga qaytdi. U endi ilgarigi kabi o'smir emas balki yetuk bir erkakka aylangan edi va gitara chalishni ham o'rganib olgan edi. Necha yillardan so'ng ona yurtiga qaytib Rafaelni hursand qilardi. Rafael birinchi navbatda o'zi katta bo'lgan ko'cha tomon yo'l oldi va yo'l davomida bolaligida o'tkazgan barcha hotiramarni yodga oldi. Rafael o'sha eski ko'chaga yaqinlashar ekan u yerning ancha o'zgarib ketganini payqadi. Lekin shunday bo'lsa ham Miguel bilan birga raqs tushganlari shundoq ko'z o'ngida gavdalanar edi.

Bu ulg'aygan Rafael va allaqachon 22 yoshda. (Bu mani qorovoycham🥹🫶mani asalim)

Bu paytda savdogarlar uyida

Leila:azizim iltimos siz ham kiyinib oling ha demay yo'lga otlanamiz

Miguel:albatta hozir 5 daqiqa

Ha bu Miguel va uning rafiqasi Leila. Miguel yaqinda unga uylandi va hozir birga yashashyapti. Hozir esa ular Leilaning ona yurti misrga borishga hozirlik ko'rishyapti. Bu holatda esa Miguel ularning udumlariga mos kiyinib olishi kerak.
Miguel allaqachon oilali bo'lgan bo'lsa ham uning hayollarini Rafaelning nafis raqslari tark etmas edi. O'sha paytlardagi Rafaelning ozg'in tanasi ijro etgan har bir raqs hali ham Miguelning ko'z o'ngida edi. Shu bilan birga Miguel Rafaelga qilgan bunday og'riqli javobi uchun haligacha o'zini ayblab kelar edi

Ulg'aygan Miguel, yoshi 21 da. Mana oradan shuncha vaqt o'tsa ham uning yuzidagi sokinlik zig'ircha ham o'zgarmagan

Tayyorgarlik tugaganidan so'ng Miguel rafiqasi bilan birga karvon tomon yo'l oldi. Ularning ustiga kiyib olgan kiyimlari barchani o'ziga jalb qilardi, va ularni taniganlar shunchaki pichir pichir qilishardi. Bundan tashqari ko'cha kezib yurgan Rafaelni ham bu holat e'tiboridan chetda qolmadi. U musulmonlar kiymida oldinga qarab yurayotgan ayol va erkak ortidan kuzatishni boshladi, chunki undagi qiziquvchanlik hali ham yo'qolmagan edi. Rafael yana va yana oldinga yurib borarkan odamlarning turli gaplarini yo'l yo'lakay eshitib ketdi. Kimdir "ahir bu ular" desa kimdir " savdogar Malik bir so'zli erkak u va'dasida turib o'g'lini do'stining qiziga uylantirdi" derdi

Bu kabi g'alati gaplarni eshitayotgan Rafael shunchaki ensa qotirgancha yo'lida davom etdi. U ularga yetib olganida ularning old tomoniga o'tdi. Ayolning ham erkakning ham yuzi berk edi. Rafael tepadan turib yaxshilab kuzatar ekan ichidan nimadir uzilgandek bo'ldi va yigitga anchayin tikilib qoldi

Ularning kiymi (Miguelning ham yuzi berk🗿👍)

Rafael:bu ko'zlar... Men adashmayapman, u aniq Miguel. Men bu ko'zlardagi mahzunlikni juda yaxshi eslab qolganman. O'sha hotirjam qadamlar va harakatlar. Miguel bu sensan ammo nega bu holatda -- Rafael shularni o'ylab ularga tikilarkan darrov yo'l davomida eshitib kelgan gaplarni esladi. Keyin esa zudlik bilan pastga tushib duch kelgan odamdan ular haqida so'radi

Rafael:hoy qariya, bu ayol va erkak haqida biron nimani bilasizmi? -- Rafael oldodagi inson bilan suhbatlashib turgan cholni o'ziga qaratdi. Chol ham Rafaelga hayrat bilan qarab uning savoliga javob berdi

Chol:nega ularga bu qadar qiziqib qolding?

Rafael:bu bilan ishingiz bo'lmasin, undan ko'ra ular haqida ayting -- Rafael asabiy holda shularni aytar ekan chol biroz hayiqdi va Rafaelga kerakli javobni aytdi

Chol:ulardan biri savdogar Malikning o'g'li, biri esa Malikning yaqin do'stining qizi Leila. Adashmasam yigitning ismi Miguel edi, Leila esa uning rafiqasi. Men ham uncha yaxshi bilmayman lekin eshitishim bo'yicha Malik urf odatga ko'ra o'z o'g'lini bolalik paytlari do'stining qiziga unashtirgan. Bu mening barcha bilganlarim yana nimadir kerakmi? -- chol shu joyda gapini tugatdi Rafael esa bu yerda nimalar bo'layotganiga va aslida Miguel nega uning sevgisiga javob qaytarmaganiga tushunib yetdi.

Rafael ohirgi bor qisqa kuldi ko'zlari esa yoshdan to'lgan edi. U oldinga qarab ketayotgan sevgilisi Miguel va uning oldidagi rafiqasini Leila qarab shunchaki jilmayishda davom etdi. Uzoq vaqtlar qo'yib yuborishni hoxlamagan insonini qo'yib yubordi. Miguelning boshidan o'tgan qiyinchiliklarni tasavvur qildi. Keyin esa shunchaki ortiga qaytib o'z gitarasini oldi va dunyo bo'ylab sayohat qilishni tanladi.

U sevgisiga sodiq qoldi, boshqa bilan munosabat qurmadi. Har bir yangi shaharga borganida ko'chada bolalar va musiqa ihlosmandlari uchun musiqa chalib berar edi. Shu yo'l bilan u boshqalarni hursand qilardi, lekin shu bilan birga bu qo'shiqlar o'tmishda Miguel bilan birga bo'lib o'tgan kunlarni esga solar edi....

The end💫