Silent scars
(Ogohlantirish agarda sizga qorong'u saxnalar yoqmasa yoki sizga yoqgan personaj siz xohlamagan joyda bo'lsa iltimos bu fanficni o'qimang!!!)
Mitsuki:nima dada rostdan ham hammalaringiz 1 oyga chet elga dam olish uchun ketyapsizlarmi? Jiddiymi bu -- yigit hayrat bilan dadasiga qarab shularni aytardi. Uning dadasi esa hotirjam javob qaytardi
Orochimaru:ha huddi shunday, va bu vaqtda sen barcha bolalar bilan birga qolasan. Yoki senga enaga ko'magi kerakmi?
Mitsuki: yo'q hech qanaqa enaga ko'magi kerak emas! Yaxshi ularga qarab turaman, bundan tashqari yolg'iz emasman
Mitsuki shularni aytgach orochimaru mamnun jilmaydi va o'g'lining yelkasidan qoqib qo'ydi. Bu holatni ostonadan kuzatib turgan orochimaruning alfasi ham ichkariga kirib ularga qo'shildi
Jiraiya:men Mitsukiga ishonaman u bularni barini eplaydi -- mitsukini va omegasini quchog'iga olib gapirar ekan Mitsuki yengil kulib qo'ydi
Mitsuki:Jiraiya qachon keldingiz
Jiraiya:hozirgina -- hursand ohangda gapini bir muddat to'xtatdi, keyin esa orochimaruning yuzidan o'pib gap boshladi
-- ko'rib turibman hali kechki ovqatni qilmagansizlar. Shunday ekan birga restoranga boramiz. Mitsuki, orochimaru tayyor bo'linglar. Sizlarni tashqarida kutib turaman. Qolganini esa yo'lda bafurja gaplashib olamiz
Jiraiya ularni quchog'idan qo'yib yuborib jilmaygancha boshqa xonaga chiqib ketdi. Orochimaru ham keyin kiyinib olish uchun o'z xonasiga hursand holatda chiqib ketdi. Mitsuki esa daddasi orochimaruning yuzidagi tabassumni ko'rganidan baxtiyor edi.
Shu kuni Jiraiya aytganidek ular birga kechlikni restoranda qilishdi, birga suhbat qurishdi va sayohat haqida kelishib olishdi.
Ular chetdan qaraganda baxtli oiladek ko'rinishar edi. Lekin bu baxtli oila bir paytlar eng baxtsiz bo'lgan odamlardan yig'ilgan edi holos. Birgina ular emas, ular bilan sayohatga chiqayotgan ularning yaqinlari ham...
Orochimaru omega. Mitsukini dadasi. U yaqinlari uchun juda mehribon ammo jahli chiqganda jahlini chiqargan odamni kechirimini qabul qilmaydi
Jiraiya, orochimaruning alfasi. Oilasi uchun mehribon ota
Mitsuki 20 yosh, Alfa. Qaysar va bir nechta yomon odatlari bor
.
.
.
.
Yangi kun, aeraport
Tonggi soat 8:15 bo'lishiga qaramay aeraportda yetarlicha odamlar ko'p edi. Ayni vaqtda Mitsuki dadasi va yaqinlarini kuzatish uchun aeraportda edi.
Mitsuki:dada qolganlar bilan tatilni maroqli o'tkazing va o'zingizni ko'p urintirmang -- mitsuki orochimaruga shularni aytib turarkan orochimaru jilmayib o'g'lining boshidan siladi
Orochimaru:havotirlanma Mitsuki, Jiraiya doim mening yonimda bo'ladi va meni asraydi
Mitsuki: to'g'ri Jiraiya siz bilan... -- mitsuki bir muddat jim turib qoldi. Orochimaru esa Mitsukini e'tiborini tortib gapira boshladi
Orochimaru:biz yo'qligimizda bolalarga yaxshi qarab tur, hopmi? Yo'qsa ko'ryapsan tenten xolang hozirdanoq havotirlanishni boshlagan -- orochimaru kulib o'zidan sal nariroqdagi malla sochli ayolga ishora qilib gapirdi. Mitsuki ham beixtiyor o'sha tomonga qaradi
Tenten:aaa Temari ketishimiz to'g'ri deb o'ylaysanmi? Ahir qizimizni bir oy Tokyoda qoldirish bu...
Temari:havotir olma, unga jin ham urmaydi. Unga haddan tashqari ko'p mehribon bo'lyapsan tenten
Tenten, omega. Bazan juda qiziqqon ayol
Temari tentenning alfasi. Ularning 12yoshar Tanori ismli Alfa qizi bor
Tentenning havotirlarini eshitib turgan qolganlar uni tinchlantirish uchun yoniga borishdi
Neji:Tenten bu qadar havotir olishing shart emas, men ham sen kabi o'g'limni tashlab ketyapman. Ularning o'qishini qoldirard olmaymiz. Mana Mitsuki bor ularga qaraydi. Bundan tashqari Miyamura va Menma ham bor. Ular ham bolalarga ko'z quloq bo'lishadi -- neji Tenten ga shularni aytar ekan tenten yengil tortdi va chemadanining tutqichidan ushlab oldi
Tenten:yaxshi unda ketdik, samalyotga kech qolmaylik -- tenten oldinga qarab yurishni boshlagach qolganlar "vanihoyat" degandek nafas olishdi va ular ham yurishni boshlashdi. Mitsuki esa joyida qolgancha ularga qo'l silkib turdi holos
Kakashi, omega. Hozir u ham sayohatga hamma bilan birga ketyapti
Obito, kakashining alfasi. Ularning 13yoshar Hayate ismli Alfa o'g'li bor
Neji, omega. Jahli chiqsa eriniyam ayab otirmaydi
Shikamaru, nejini alfasi. Ularning 12 yoshar shikadai ismli enigma o'g'li bor
Itachi omega, harakteri doimo sokin
Kisame, itachining alfasi. Ularni 18yoshli miyamura ismli omega o'g'li bor
Naruto omega juda qaysar, ammo bazida buni jilovlaydi
Sasuke, Narutoning alfasi. Ularni 17 yoshli Menma ismli omega va 12 yoshli Boruto ismli alfa o'g'illari bor
Mitsuki aeraportdan chiqib mashinasi bilan yarim soatda uyda bo'ldi. Endi u uyida 2ta o'smir va 4ta bola bilan yashashi kerak edi. Aslida mitsuki uchun bu ish qiyin emasdi, u shunchaki bir nechta narsalardan havotirda edi holos.
Mana hozir u uyga kelgach birinchi ko'rgan manzarasi 3ta bolani xona o'rtasida gap talashayotgani bo'ldi. Mitsuki ularni ko'rib jilmaydi keyin esa shovqin kelayotgan tomonga yani oshxonaga borib u yerdan ikta sherigini topdi. Ular Menma va Miyamura edi. Mitsuki ostonada turib ular qandaydir harakatlar bilan nimadir tayyorlashga urinishayitganini kuzatdi. Keyin esa biroz kulib ostonada turgancha so'z boshladi
Mitsuki:hey siz ikkingiz, o'zingizcha nima qilishga urinyapsizlar aa?! Ayniqsa sen Menma -- Mitsuki ostonadan ichkariga kirib kulishda davom etdi. Uni kelganini sezgan ikki yigit esa ortlariga o'girilishdi
Miyamura:Mitsuki sen tez qaytibsan -- sokin ohangda Mitsukiga tikilgancha gapirar ekan bu yerdan Menma qo'pollik bilan uning gaplarini bosib ketdi
Menma:senga nima, qorin och qolgandan keyin qilamizda to'g'rimi Miyamura -- Menma biroz sho'xlik bilan Miyamuraning yelkasidan turtdi Miyamura esa nima deyishni bilmay qoldi. Bu holatni kuzatib turgan Mitsuki esa Menmaga yaqinlashdi va uning qo'lidan kapkirni olib peshonasiga chertdi
Mitsuki:kelgunimcha hech narsa qilishga urinma demaganmidim. Mayli hozir bolalar bilan bo'lib turinglar keyin birga ovqatlanamiz. Qani ikkingiz chiqinglar bu yerdan -- Mitsukini chertishidan peshonasini ushlab olgan Menma yuzini burishtirib uning gapiga amal qilgancha oshxonadan chiqib ketdi. Miyamura esa Menmadan keyin xonani tark etdi
Miyamura, 18 yosh. U hyper omega. Dadasi itachi kabi sokin mehribon va oqil. Bolalar bilan yaxshi chiqishadi. Yana u ko'pincha alfaga kuchli ehtiyoj sezadi. Shu bilan birga u Mitsukini yoqtiradi
(Hyper omegalar o'zlarini feromonlarini bostirsa olmaydigan, issiqlik payti kuchli o'tadigan omegalar. Ular Tez Tez alfaga ehtiyoj sezishadi)
Menma 17 yosh, omega. Dadasi kabi qaysar, betkachopar va o'z bilganidan qolmaydigan yigit. Nima bo'lsa ham unga baribir
Birozdan so'ng Mitsuki barcha uchun yegulik tayyorladi. U pishirishni yoqtirar edi, sababi bolaligidan dadasi orochimaru uchun pishirishga o'rganib qolgandi va bu ishni keyinchalik yaqinlari uchun qilishni boshlagan edi. Shuning uchun ham hozir Menma va Miyamuraga taom tayyorlashga ruxsat bermagan edi.
Mana hozir ularning barchasi bir stol atrofida, bir-biriga hazil huzul qilgan holatda ovqatlanishardi. Bolalarga Mitsuki tayyorlagan taomlar yoqardi va ularning to'rtalasi ham hursand edi.
Bu shikadai. Neji va shikamaruning o'g'li. Har doim har bir ishini o'ylab bajaradi, aqlli bola. U 12 yoshda bo'lsa ham barcha narsa haqida tushunchaga ega. (Kamiga hali o'zini enigma ekanini oshkor qilmagan, hamma uni Alfa deb o'ylaydi)
Bu Tanori, temari va tentenni qizi. Alfa 12 yosh va u shikadaining g'irt teskarisi. O'ylamay ish qiladi, etiborsiz
Bu Boruto, Sasuke va Narutoning o'g'li va Menmaning ukasi. Alfa 12 yosh. Mehribon va biroz sodda bola, Miyamuraga qattiq bog'lanib qolgan. Sababi Miyamura Borutoni deyarli katta qilgan. Keyinchalik u feral Alfa sifatida namoyon bo'ladi (Feral alfalar oddiy alfalardan ancha qo'pol va yovvoyi. Ular Ruthsiz ham doimiy ravishda egalik xohlashadi)
Bu esa Hayate, Alfa 13 yoshda. Kakashi va Obitoning o'g'li. U doim neytral bo'lgan ammo bazida otasi Obito kabi hushchaqchaq.
.
.
.
Mitsuki bir muddat stolning narigi tomonida turgan uch bolakayga qarab biroz hayolga berilib qoldi va bir muddat hech narsani eshitmay qoldi
Mitsuki hayolida: bu bolalar juda baxtli, ular men va bu ikkisi ko'rgan daxshatlarga guvoh bolishmagan. O'zlari va hayotlaridan mamnun. Boruto ham akasi Menmani yaxshi ko'radi garchi Menma uning tug'ishgan akasi bo'lmasa ham. Miyamura esa har doim mehribon bo'lishga harakat qiladi. Lekin bazida menga unga nimadir yetishmaydigandek tuyuladi. Yaqinim sifatida bu ikki omegani doim himoya qilib kelganman va bu keyinchalik ham davom etadi
Bir muddat hayol surib qolgan Mitsukini hayollari Menmani baqirishi bilan har tomonga tarqab ketdi. Mitsuki hayolini o'nglab olib bolalarga qaradi va nimadandir norozi bo'lib turgan Menmaga va Menmaning bu holatidan kulayotgan Miyamuraga qaradi. Keyin esa hammani tinchlantirib bolalarni tepa qavatga chiqarib yubordi. O'zi esa ikki sherigi bilan stol atrofida yolg'iz qoldi...
Mana birinchi qism. Chalkashmaysizlar degan umiddaman. Ogohlantirganimdek agar ship yoqmasa o'qimang. Keyinchalik manga yoqmadi deb yozishingizni xohlamayman. Bu shunchaki hayolimga kelgan yana bir kichik hikoya holos.
Xato va kamchiliklar bo'lgan bo'lsa uzur so'rayman sizlar bilan Makima-sama bo'ldi. Reak va fikr kutaman