She's crazy but she's mine season_2
Bu yangi yil oqshomida ko'pgina tanishuvlar va to'qnashuvlar bo'ldi. Shu bilan birga ko'zlar to'qnashuvi va yashirin munosabatlar ham bo'ldi. Aki o'zi yqotirmagan odam bilan pinhona vaqt o'tkazdi, Sasha sevgisi uchun javob olmadi Eva uchun esa yangiliklar hali oldinda edi...
.
.
.
.
Oradan to'rt yil o'tdi
Oradan o'tgan shuncha yillar bu bolalarning barchasini butunlay o'zgartirib yubordi. Ayni o'sha yangi yil kechasidan keyin Sergeyevlar va Bogdanovlar Yeo lar xonadoni kelishni kamaytirishgan edi. Sababi endi Sashani ham Ivanni ham bundan keyin Rossiyada qiladigan ishlari ko'p edi. Yeji esa maktabni bitirgach dizaynerlik bo'yicha ish yuritadigan kamponiyaga ishga kirdi. Haewol ham amakisi Euiyeongga qo'shilib otasi Taejuning ishini davom ettirdi. Aki va Shoko esa o'z ona yurtlari yaponiyada o'zlari sevgan kasb bilan shug'ullanishdi. Biri teatrda hamkasblari bilan birga arkestorda musiqa chalsa, biri haykaltaroshlik bilan hayoti mazmunini o'tkazardi. Ularning barchasida endi shaxsiy hayot bor edi.
Ammo bir kun ularning aksariyatini qiynardi. Ayni o'sha yangi yil kechasidan so'ng Aki yanada asabiy bo'lib qolgan edi. Buning eng katta sababi Ivan edi. U tunda Ivanga o'zi erkinlik berganini va Ivannig uni tanasiga tekkanini eslardi. Bu bir tarafdan uni jahlini chiqarsada bir tarafdan o'zi bilmagan holda yuragi buni yoqtirardi. U o'zidagi tushunarsiz hislarning mazmuniga yetmadi va ohirgi bor Ivan bilan shunchaki qo'pollik niqobida suhbatlashmoqchi edi. Lekin unga ohirgi bor Ivan bilan yuzma yuz susbatlashish nasib qilmadi. Sababi Caeser muhim ish sabab tong sahardan jo'nab ketishgan edi.
Bu tomondan esa Yeji Sashaning tundagi barcha so'zlarini o'ylardi. U har bir eslashda g'alati bo'lardi. U ichidagi tushunarsiz hislar sabab Sashaning sevgisiga javob qaytara olmagandi. Aynan shu sabab Sashadan qochib yurgandi. Sasha esa bu holatdan ko'proq va ko'proq g'azablanardi holos.
Kichik Eva esa hatto akasidan ham katta bo'lgan va ayni o'sha kuni shirin so'zlar bilan u bilan gaplashgan qiz Shokoga bog'lanib qolgandi. Boshida bu uni opaga bo'lgan muhabbat deb o'ylagan edi. Ammo yillar o'tgach Evadagi Ivannikidan ham daxshatli egalik uyg'ongan bu aynan sevgi ekanini anglab yetgan edi.
Bahor havosi iliq va kochalarda daraxtlarning gullari to'kilib yotardi. Koreada soat 10 bo'lishiga qaramay ish ancha qizg'in edi. Yeji ishlaydigan kompaniyada bugun ishlar ko'payib ketgan edi. Har bir xodim o'ziga biriktirilgan ishdan ikki barobar ko'proq harakat qilayotgan edi. Kamiga uning kompaniyasining ishi biroz orqaga keta boshlagan edi.
Yuna:qizlar hujjatlar qani, chizmalar tayyormi nega bu qadar hayollayapsizlar -- kompaniyadagi ishchilarni tartibga solib turadigan yetakchi qiz shunday deb barchaning ishini tezlashtirar edi. Ularning maqsadi kompaniyadagi inqirozni yo'q qilish edi
Han Yuna, 23yosh (Alfa)
U ishchilarning bekorchi bo'lib qilmasligini va barcha uchun ishlarni taqsimlab beruvchi hodim. Kamiga u Yeji kabi dizaynerlardan bir
Yuna shularni aytib karidor bo'ylab gap sotib turgan qizlarga shularni aytarkan ortidan kelgan bir ovoz uning e'tiborini tortdi
Yeji:nunaaa bu qadar asabingizni charchatmasangizchi -- Yeji ortdan kelib jilmaygancha shularni aytarkan, biroz betartib bo'lib qolgan sochlari va qo'lidagi qog'ozlardan uni hozir tanaffusga chiqgani bilinardi
Yuna:Yeji ahir aytganmanku nuna dema o'zimni qari his qilaman -- Yuna kulib shularni aytar ekan Yejining qo'lidagi qog'ozlarni oldi va ularni ko'zdan kechirdi. Yeji esa hali hamon kulardi
Yeji:ammo siz mendan kattasiz shuning uchun hurmat bilan chaqirishim kerak -- Yeji shunday derkan Yuna unga ko'z tashlab qo'ydi keyin esa qog'ozdan boshini ko'tarib Yejining sochlarini g'alati tarzda silkitib epaqaga keltirdi
Yuna:ehh Yeji Yeji, undan ko'ra biroz dam olsang bo'lmaydimi. Shundoq ham ko'p chizmalar chizding. Undan ko'ra manavi dangasalar ishlashi kerak -- Yuna biroz jahl bilan atrofga qarab qo'ygan ular atrofidagi qizlar gap sotishni yigishtirib yana ishga qaytishdi. Yeji esa jilmaygancha qog'ozlarni qayta qo'liga oldi
Yeji:havotir olmang, bu men hoxlagan ish. Bu mening hayotim mazmuni va men bu o'zim sevgan ish va kompaniyani saqlab qolish uchun bor kuchim bilan ishlayman
Bu gaplardan so'ng Yuna Yejidan ko'z uzolmay qoldi. U Yejining jilmaygan holatini yoqtirardi. U biroz o'zini qolgan olib Yejining yuzidan chimchilab yana o'z ishiga qaytdi.
Han Yuna aslida Yejini sevardi, u aynan shu kompaniyaga ishga kirganidan buyon. Ammo hali bu haqida og'iz ochmagan edi. Yeji ham u bilan ko'p vaqtini o'tkazardi birga dildan suhbat qurardi.
Xilvat kochalarning birida Rossiyadagi ko'plab mayda talonchilarning qo'rquviga aylangan "три ужаса" o'zlarining bo'yin egmagan dushmanlari bilan hisoblashishardi. Bu uch Alfa Eva Sasha va Ivan edi. Ular ilgarigi yosh bola emasdi Sasha va Ivan allaqachon 21 yoshda Eva esa 19 yoshda edi. Endi ular o'z otalarining bizneslarini va yer osti shahrini ham qo'llariga olishgan edi
Sasha:Ivan u ortingda ehtiyot bo'l -- Sasha to'pponcha bilan Ivan ortidan pichoq tirab kelayotgan erkakka o'q uzarkan Ivan biroz engashdi
Ivan:Eva qani otishma boshlanganidan beri uni kormadim -- Ivan qaddini rostlab yana bir qurol o'qtalgan dushmanni o'ldirib Sashaga yaqinlasharkan Sasha yelkalarini qisi javob berdi
Sasha:menimcha u yana kimningdir tanasini mayda mayda bo'laklarga bo'layotgan yoki terisini shilayotgan bo'lishi mumkin. Lekin bilasanmi, bazida Eva meni daxshatga soladi. U kulib turgan holda bu ishlaridan zavqlanadi. Uni ilgari beg'ubor qizaloq bo'lganiga shibha qilib qolaman -- Sasha Ivanga yaqinlasharkan Ivan ohirgi odamni ham o'ldirib qurolni yerga tashladi. Keyin esa cho'ntagidan sigarasini olib tutata boshladi
Ivan:bu gapingga qo'shilaman. Eva biz ikkimizdan ham shafqatsiz. Chetdan qaraganda farishta lekin ichidan haqiqiy iblis -- Ivan sigarani tugatib shunday derkan ortdan baland ovozda kulgi oralash baxtli ohangda Eva baqirib keldi
Eva:Ivaaaan Sashaaaa qaranglar men nima qildim -- Eva yuzlari va oltin sochi qonga belangan, lablarida esa huddi yoshbolalar o'zlari qilgan ishdan hursand bo'lgan holatdagi tabassum bor edi. Ivan va Sasha Evaga qarashlari bilan uning qo'lida sochlaridan changallangan uzib olingan bosh turardi.
Sasha:aaahh Eva ularni shunchaki o'ldirsang ham bo'lardiku -- Evaga g'alati qarab qo'ygan on Eva kulgancha javob berdi
Eva:ularni shunchaki o'ldirish qiziq emas. Terisini shilish, tanasini bo'lish va suyaklarini bittalab sindirish bu qiziqarli -- Eva shunchaki baxtiyor boladek kulardi, huddiki onasidan maqtov kutayotgan boladek. Ammo bu Ivanni va Sashani ancha havotirga qo'yardi.
Sasha: ha mayli bugungi dars berish tugadi, endi Alexander qadamini o'ylab bosadi. Ish tugagan ekan uyga qaytamiz men charchadim -- Sasha shunday deb kostyumini va sochlarini to'g'irlab oldinga yurishni boshladi. Bir necha soniyadan keyin Eva va Ivan ham unga ergashishdi. Chunki ularda ham boshqa ish yoq edi.
Ikki tomon ham o'z mashinalarida ketishardi. Sasha doim rulda paytida ko'p o'ylanib qolardi. Hali ham Yejining o'sha javobsiz o'zini olishini ko'z oldidan ketkaza olmasdi. Va shu bilan birga uni eng ko'p jahlini chiqaradigan o'y bu "Yeji hozir o'ziga juft topganmi?" degan.
Sashaning bu hafta ishlari deyarli yo'q edi. Shuning uchun u hamkorlik bahonasida Koreaga ketishni reja qilib yurgan edi. Uning yaqin kelajakdagi hamkorlari esa uning eski tanishi Haewol va uning amakisi edi. Hozir ular qorabozordagi ko'p ishlarni o'zlariga olishgandi. Sababi Wonyoungdan keyin uning o'rniga hech kim ishini davomchisi sifatida kelmagan. Aynan shu barcha umumiy qorabozor va Wonyoungning qurolbozorini ularga o'tishiga olib keldi.
Sasha uyga yetib kelgach mashina kalitini stol ustiga qo'ydi. Kastyumini yechib qo'liga oldi va xonasiga ko'tarildi. Xonaga kirgach esa devorga katta qilib ilib qoyilgach Yejining suratiga tikildi. Bu Sashaning kundalik ishlaridan biriga aylangan desa ham bo'lardi. Bundan tashqari Sashaning Yejini sevishi haqida Zhenya va Taekjoo ham bilardi va bu masalani ochiqchasiga gaplashaverishardi.
Sasha devorga ilingan suratga qarab yaqinlashdi. Suratdagi Yejining kulib turgan yuzi va shamolda uchayotgani sezilgan sochlariga qaradi. U bilardi, Yeji uni kundan kunga aqldan ozdirayotgan edi. Sasha o'z hayollari og'ushida suratga qarashda davom etarkan uning hayolini Telefon qo'ng'irog'i bo'ldi. Sasha ortga qaradi va telefonini olib go'shakni ko'tardi
X:xonim siz aytgan o'sha koreys qizi haqida ma'lumotni topganim haqida aytmoqchi edim. Siz surushtirishni hoxlagan o'sha Yeo Yeji hozir deyarli inqiroz yoqasida turgan bir dizaynerlik kompaniyasida ishlarkan. Unda ishdan keyin aytarli mashg'ulotlar yo'q. Ko'p vaqtini ishga sarflar ekan. Kun tartibi bo'yicha tongda uydan chiqib uyga kech qaytar ekan. Va yana uning munosabat qurgani haqida hech qanday malumot topmadim bori shu -- hizmatchi ohirgi so'zini tugatib Sashaning gapirishini kutdi. Sasha esa eshitganlaridan mamnun edi
Sasha:yaxshi ishlading, shu malumotlar menga eng keragi edi. Endi to'da ishlariga qayt. Yana qaysidir rayonning o'zicha egasi chiqib qolmasin bugungidek -- Sasha ohirgi gapini tanbeh ohangida gapirib go'shakni qo'ydi. Keyin esa yana suratga qaradi
Sasha:bir paytlar Koreani daxshatda ushlagan Alfa ayolning qizi shunchaki tinch va osoyishda hayotda dizayner bo'lishni tanladi. Qanchalar beg'ubor. Menga bu beg'uborliging yoqadi Yeji......
Bilaman kam bo'ldi boshlamay tugadi deydiyu. Lekin hozircha shu yerda to'xtaganim keyingi qism kayp bo'ladi