March 25

Just for play

Chp_1

Megumi pov:men hamma singari oddiy odamman, boy ham emas kambag'al ham emas. O'z hayotim menga yoqadi. Men barcha omegalar hoxlaydigan tinch va osoyishda hayotni hoxlayman. Shu bilan birga mehribon va meni suyadigan alfam bo'lishini va kelajakda farzandim uchun mehribon dada bo'lishni hoxlardim. Lekin taqdir menga teskari hayotni ravo ko'rdi. Sevgi tushunchalari menikidan tubdan farq qiladigan odamning qo'liga topshirdi. Men uchun sevgi bir qalbning boshqa qalb uchun har bir harakatida mehr berishi va sevgini sof tuyg'ular bilan ifodalanish. Lekin bazilarga bu umuman begona, ular faqat o'zlari uchun bir insonni qafasdagi qush kabi saqlab unga egalik qilishni sevgi deb biladilar....

Yaponiya, Tokyo

Kuz fasli bo'lishiga qaramay Tokyoning tun kirgan ko'chalarida hali hamon iliq shabada esardi, tungi chiroqlar esa hamma yerni yoritib turardi. Odamlar gavjum shovqin kuchli edi. Bizning qahramonimiz Megumi o'z kvartirasida tungi shaharni tomosha qilgancha balkonidagi gullariga suv quyardi. U allaqachon juftlashish yoshiga yetgan ammo hali ham juftlashmagan edi. Sababi hali o'zi uchun mos erkak topa olmagan edi. Megumi tabiatdan sokin, biroz qaysar va bolalarni yaxshi ko'rardi. U hoxlagan Alfa ikki tomonning ham fikrlarini hurmat qiluvchi xushbichim va oqko'ngil bo'lishi kerak edi. Aynan standard sabab u o'ziga mos Alfani uchratmagandi. U uchun aksariyat alfalar faqat nafsini o'ylaydigan shunchaki egalik qilishni hoxlaydiganlar edi holos

Fushiguro Megumi 23 yosh, Omega. Hozircha yolg'iz. Oila qurmagan. Jonivorlar boqishni gul parvatish qilishni va bolalarni yoqtiradi

Hammasi bir maromda ketardi, Megumi gullariga suv quyib atrofni kuzatardi. Unda bugun mehmonlar yo'q edi. Ammo eshik birdan taqillashni boshladi. Bu taqillatish boshida sekin keyin esa qo'pol urilishlarga aylandi. Megumi hayratlandi, u bugun uyiga kimnidir taklif qilganini eslay olmadi yana aynan kech tushganda

Megumi:allamahalda kim bo'ldi ekan aa, hooooy sekinroq hozir boryapman -- Megumi eshik ortidagi odam taqillatishdan to'xtashi uchun baland ovozda gapirdi va eshik oldiga bordi. Keyin sekingina qulfni ochib eshikni o'z holicha qoldirdi.

Eshik ochildi, ostonada nafasi og'ir, huddiki hovliqqan va ko'zlarida g'alati bir istak yonib turgan erkak turardi. Megumi biroz ortga tisarildi va savol bera boshladi

Megumi:siz kimsiz, nega allamahalda mening uyimga keldingiz. Menda biror bir ishingiz bormi -- Megumi shu savollarni berarkan erkak boshini ko'tardi, padezning qorong'uligida uning ko'zlari yonib turardi

Sukuna:menga sendan juda ko'p narsa kerak. Juda ham ko'p bolasevar omega -- erkak og'ir ovozda shularni aytgancha Megumini uyiga bostirib kirdi. Megumi o'z uyida kezib yurgan begona erkakni deb asabiylashdi va uning ortidan borib tashqariga chiqarmoqchi bo'ldi

Megumi: la'nati nega uyimda kezib yuribsiz, darhol chiqib keting yo'qsa politsiyaga qong'iroq qilaman -- Megumi baland ovozda erkakning ortidan yetib olib uning katta qo'lidan ushlarkan erkak kuldi va Megumiga qarab o'girildi

Sukuna:politsiyani ovora qilishing shart emas men o'zimga keragini olib bo'ldim -- sukuna butunlay ortga o'girilib Megumini bag'riga tortdi va boshini uning bo'yniga ko'mdi. Megumi esa bir zum qotib qoldi u bu begona erkak undan nima hoxlayotganini tushunmasdi

Megumi:mendan nariroq tur -- u jahl qilib Sukunani itarishni boshladi, sukuna esa atay uni itarishiga qoyib berib biroz ortga chekindi

Sukuna:naqadar qo'pol, men ilgari korganimda juda muloyim eding juda ham -- Sukuna kulib shunday derkan Megumi undan uzoqlashgandan foydalanib stol ustidan qo'liga ilashgan o'tkirroq narsani olib unga o'qtalib turdi

Megumi: yana bir marta so'rayman mendan senga nima kerak, Meni qayerdan taniysan -- Megumi asabiylashgan holda qo'llari titrab turarkan Sukuna hotirjam gap boshladi

Sukuna:sen meni darrov unutibsan, lekin mayli hech qisi yo'q. Kel senga eslashga yordam beraman. 3kun oldin buyulish yaqinidagi kafeda bir kichik bolakay yo'lidan chiqqan erkakning ustiga barcha sharbatni to'kib yubordi. Erkakning odamlari unga jahl qilmoqchi bo'lganda qayerdandir oliyjanob omega paydo bo'ladi va bolani o'z ortiga olib qo'rqmay qurollangan qoriqchilarga qarshi turadi. Ayni shu damda erkak barcha qoriqchilarni tashqariga chiqishga buyruq beradi o'zi ham ular ortidan chiqadi. Omega esa yig'layotgan bolani ovutadi, unga o'zining hisobidan narsalar olib beradi.
Haaa bu sen eding, o'sha kuni menga bola uchun qarshi chiqqan omega. O'sha kundan so'ng sening o'sha yuzing mening hayolimdan ketmadi va mana korib turibsanki men seni uyingni topib keldim -- Megumi erkakning gaplarini eshitar ekan 3kun oldingi voqeani esladi. Erkak haq edi. Megumi o'sha kuni bir bolani o'z himoyasiga olib unga g'amxo'rlik qilgan edi. O'sha kuni Sukuna yuziga niqob taqib olgani uchun Megumi uning yuzini ko'ra olmagan edi

Ryomen Sukuna 25 yosh, Alfa. Yaponiyadagi ko'pgina jinoiy tarmoqlarni boshida turuvchi Yakuza rahbari. Umrida biron marta ham hali bokira omega bilan vaqt otkazmagan

Daxshataaa😂

Megumi:sen...sen..
Tezroq uyimdan chiqib ket, sendakalarni yomon ko'raman menga umuman yaqinlashma -- Megumi qo'lida buyumni va xonada bor yana bir nechta narsalarni Sukunaning ustiga uloqtirdi. Sukuna esa shunchaki ulardan qochardi holos.

Sukuna:aaahh men zerikdim, kel yaxshisi o'yinga o'ta qolamiz va shunda ikkimiz uchun ham yaxshi bo'ladi -- Sukuna hotirjam shularni aytib jilmaydi va Megumining bo'yniga urib uni hushidan ketkazdi.

Bir soniyada Megumining ko'z oldi qorong'ulashdi o'zini yoqotdi va yerga yiqilish arafasida turganda Sukuna uni ushladi. Keyin uni yelkasiga tashlab uydan chiqmoqchi bo'lganida karidor burchagida iskalanayotgan oq quyonni ko'rib qoldi

Sukuna:qiziq bu quyon unikimikan? Olib ketsam ziyon qilmaydi -- Sukuna yelkasiga tashlab olgan Megumini oldiga quyonini ham qo'shib oldi. Keyin esa kvartirani tark etib mashinasiga otirdi va o'zining koshonasi tomon yo'l oldi.

Megumi esa hali ham hushsiz va uni qanday azoblar kutayotganidan behabar edi....

To be continued....

Mana birinchi qismniyam boshlab oldim. Lekin bir gap o'zimni ko'nglim tolmadi😕