She's crazy but she's mine🌹
Law shu so'zlarni aytib xonadan chiqib ketdi Nakyum esa yuvilgan toza kiyimlarda birinchi marta "odam" kabi karidor bo'ylab Makimaning xonasiga yo'l oldi
Bir necha daqiqadan so'ng Makimaning xonasiga yetib kelgan Nakyum eshik oldida to'xtab qoldi. Sababi xona tinch va hech qanday ovoz eshitilmas edi. Nakyum havotir bilan eshikni ochdi va bo'sh xonaga tikilib qoldi. Xonada Makima yo'qligini ko'rgan Nakyum ortga o'girildi va Makimani qidirib ko'rmoqchi bo'lib xizmatkorlar oldiga borayotganida uni bir qo'l to'xtatdi. Nakyum qo'rqib ortiga qaraganida ortidagi odam Makimaning dadasi Minato ekanini ko'rdi va tinchlandi. Minato huddiki nimanidir yashirayotgandek edi, va Nakyumni ortidan ergashtirib pastki xonalardan biriga olib tushdi. Boshida Nakyum hayron edi, ammo keyin jimgina Minatoning ortidan ergashdi.
Yo'lakda yurishda davom etisharkan, Minato vanihoyat to'xtadi. U ishora orqali eshik o'rnida huddi qamoqxonadagi panjara va zax yerga ega xonaga ishora qildi, Nakyum Minato ishora qilgan tarafga qaradi va ichkarida Wonyoung bilan Makimani ko'rdi.
Minato:Fugaku ish bilan band ekanidan foydalanib Makimani bu yerga olib keldim, uni bu yerda ekanini hech Kim bilmaydi. Shuning uchun seni bu yerga olib keldim. Xizmatkorlardan so'rash bizga xavf tug'dirar edi. Chunki ular Fugakudan qattiq qo'rqishadi-minato shu gaplarni aytar ekan qizi va devorga tik zanjirlangan Wonyoungga qarab qo'ydi
Nakyum Minatoning gaplaridan so'ng hayolida o'ziga o'zi "bu erkak o'z oilasini qo'rquvda saqlaydi, boshqalardan ham nimani kutsa bo'ladi" degancha Law haqida va Makimaning hozirgi istiroblari haqida hayol surib qoldi
Bu paytda ulardan tashqari yana bir kishini havotir tark etmas edi. Bu inson Leewon edi. Uning bor hayollarini hozir "ular qay ahvolda ekan" degan o'y hayollar qurshab olgan edi. Hozirgi holatda Leewonning qo'lidan kutish kelar edi holos. U sabrsiz odam kabi xonani uyoqdan buyoqga kezib yurardi. Uni o'z oldida saqlab turgan Caeser esa Leewonningbu qadar ich etini yemirayotganini ko'rib g'alati bo'lardi...
Caeser:Leewon ular seni shu qadar havotirga solayaptimi?- uzoqdan turib savol berarkan Leewon joyida to'xtadi, o'girilmadi. Ammo gapirmay qolmadi
Leewon:ha... Nega deysanmi? Chunki ular men uchun hamma narsa. Wonyoung mening do'stim, u men uchun ko'p narsa qilgan. Makima esa.... U hali murg'ak go'dak holos. Bor budi tortib olinayotgan bola. Qanday qilib ulardan havotir olmasligim mumkin ho'sh aytchi Caeser...
Leewonning bu gaplaridan so'ng Caeser hech narsa demadi, Leewon esa yana hayollari okeaniga sho'ng'idi.
Bu voqealar sodir bo'lganiga ham 3kun bo'ldi. Shu 3kun Wonyoung uchun qiynoqli, Makima uchun to'la sog'inch, Nakyum uchun vijdon azobi, Leewon uchun aybdorlik hissi bilan o'tdi.
Bugun ham Fugaku buyrug'i bilan Wonyoungni kaltaklash uchun u turgan xonaga xizmatchilar yuborildi. Bunga asosiy sabab Wonyoungning qaysarligi edi. Birinchi marta Fugaku unga "Makimani unutib bu yerdan ketishi yoki o'lgunicha qiynoqlarga solinishi" haqida ogohlantirish bergandi. Wonyoung tabiiyki bularni rad etib Makimani qayta qayta talab qildi.
Hozir ham u tik oyoqda zanjirlangani yetmagandek kaltaklarga ham chidab turibdi.
Fugaku shu yo'l bilan muammosi bo'lib ulgurgan Wonyoungdan qutulishni reja qilgan edi. Ammo unda bundan ham yirik muammo paydo bo'lish arafasida edi.
Law:dada u qanaqasiga birdani hushini yo'qotadi. Ahir 3kundan beri unga tegmayapman, tanasida og'ir jarohat ham yo'q-yotoq oldida Nakyum va dadasi Minatoni kuzatar ekan biroz asabiylashdi
Minato:Law muammo ham aynan shunda-past ovozda gapirib
Law:bu bilan nima demoqchisiz dada-hayrat va savol bilan qorishgan ko'zlarini Minatoga yo'naltirib
Minato:bu yigit hozir aloqaga muhtojligi sabab issiqlikka bardosh bera olmay hushini yo'qotdi. Bunga sabab esa uning qornida sening bolang bor-qo'llari qaltiragancha ilojsiz qolib ketgan odamdek gapirib
Law:dada nima u homiladormi(shokka tushib)hozir uni ichida mening bolam bormi-Law bir gapni qayta qayta aytar ekan miyasi ishlashdan to'xtab qoldi. Nakyum yotgan yotoqqa yaqinlashdi. Law yaqinlashganini sezgan Minato past ovozda gap boshladi
Minato:otang uni ham o'ldiradi. Bu yigit ham aybsiz o'lib keta....-Minato hali gapini tugatib ulgurmasidan Law uning gapini bo'ldi. Ko'zlarida esa g'azab bor edi
Law:yo'q men bunga yo'l qo'ymayman. Otam bu haqida bilmaydi. Bilgunga qadar men uni bu yerlardan uzoqqa olib ketaman-jiddiy ohangda Nakyumga qaragancha
Lawning so'zlaridan so'ng Minato ko'nglini biroz bo'lsada tinchlantirdi. U Lawning bu ishni qila olishiga ishondi va o'g'lining qo'llaridan ohista tutdi
Minato:agar bu ish qilmoqchi bo'lsang men sen uchun ibodat qilaman o'g'lim-yuragidagi havotirni chetga surgancha mayin jilmaydi. Bu holatda Lawning hissiyotlari to'polon qildi va dadasini quchoqlab oldi
Law:men albatta sizni ham bu zulmdan qutqaraman dada. Makima va Wonyoung ham biz bilan bo'lishadi biz otamsiz baxtli bo'lamiz
Minato: yo'q Law sizlar ketavering, men otangiz bilan qolaman.
Law:nega dada barchamiz qochamiz, to'g'ri gazetalarda Yakuza oilasining inqirozi haqida yozishadi otamning qoni qaynaydi ammo bu narsa kunlar o'tib unutiladi. Barchasi mening qo'limdan keladi, birgina buyruq va biz ozodmiz.
Minato:men otangning qorong'u hayotida u bilan birga qolaman, bu men uchun qo'rqinchli emas. Hozir men baxtliman, sababi seni ilgarigi kabi iliq mehringni sezyapman. Mendan havotir olma, reja tuz. Singlingni va qolganlarni bu yerdan olib ket. Fugaku indinga Kyotoga ketadi. O'sha kuni sizlarda imkon bo'ladi. E'tiroz bildirma va aytganlarimni qil!-gapini buyruq ohangida to'xtatdi, orada sukunat cho'mdi. Law bir og'iz ham gapira olmadi. Minato esa o'zini hech narsa bo'lmagandek tutishni boshlab gapirdi
Men hozir Makimani Wonyoungning oldiga olib tushaman. Ahir va'da bergan edim buni bajarishim kerak sen esa bu yigitga g'amxo'rlik qil
Minato gapini tugatdi va o'rnidan turib xonadan chiqib ketdi. Xona ichida qolgan Law Nakyumning yuziga tikilib qoldi. Uning yuragida Nakyumga nisbatan yanada qattiq bog'lanish hissi uyg'ondi, o'zini yosh boladek tutib Nakyumning oldiga yotdi va uni qattiq quchoqladi. Law uni quchoqlagan holatda biroz o'ylanib qoldi ammo keyin yuzini Nakyumga yaqin olib bordi, ko'zlariga tikildi va Nakyumning lablaridan iliq bo'sa oldi. Law bo'sani chuqurlashtirishni istadi ammo keyin o'zini tiydi, Nakyumning lablarini tinch qo'ydi va indamay yotdi.
Bu paytda Makima Wonyoung uchun taom va malham olib borgan edi. Birinchi navbatda Wonyoungning jarohatlarini yuvib malham surdi, keyin esa uni ovqatlantira boshladi.
Makima iloji boricha tezroq tugatishga harakat qildi. Agar uning bu yerda ekanini otasi bilib qolsa Wonyoungning jazosi yana og'irlashar edi. Makima ham aynan shundan qo'rqardi. Kamiga Makima akasi va Nakyum haqidagi habardan bexabar edi.
Makima ishini tugatgach Minato uni xonasiga tezlik bilan olib ketdi. Hech qanday iz ham qoldirmadi. Keyinroq esa Fugaku kelganini eshitib o'zining yotoqxonasiga Fugakuning oldiga bordi.
Minato:(xonaga kirib)hayrli kech Fugaku, to'liqmading degan umiddaman-hech qanday emotsiyalarsiz gapirgach biroz egilib tazim ayladi
Fugaku:(Minato tomon yaqinlashib)men toliqmagan edim, ammo uyga kelgach bari o'zgardi. Qadrligim va suyukli rafiqam meni ko'nglimni biroz xira qildi-Fugaku bu so'zlarni aytar ekan Minatoning eti jimirlab ketdi yuzidan sovuq ter oqa boshladi. Fugaku esa Minatoning bo'ynidan tutib devor tomon itarib yubordi. Yerga yiqilgan Minato o'zini o'nglab ulgurmay Fugaku unga yana zarba berdi va sochlaridan tutib yuziga qarashiga majbur qildi.
Bari shu qadar tez sodir bo'ldiki Minatoning fikrlari buni ilg'ab qola olmadi. Fugaku Minato bilan mehmonxonaga kirdi, uni divanga uloqtirdi va g'azab bilan Lawni chaqirtirishlarini buyurdi. Qo'rqqan xizmatchi Lawning xonasi tomon yugurdi va qo'qqisdan bostirib kirib Nakyumni olib chiqishdi. Bu holatdan jahli chiqgan Law hizmatchilardan Nakyumni tortib oldi va ularga baqirdi. Ammo hizmatchi bu Fugakuning buyrug'i ekanini va u hozir mehmonxonada ularni kutayotganini aytdi. Bu gapdan so'ng Law bir daqiqa o'zini yo'qotdi, biroq u o'zini qo'lga oldi va otasining oldiga bordi
Leewon:Caeser biz qayerga ketyapmiz nega Zhenya va Taekjoo ortimizdan kelishyapti-mashinaning derazasidan qarab turarkan havotirli ohangda Caeserga gapirdi
Caeser:sabr qil Leewon, manzilga yetib borgach barini bilib olasan, hozir esa hech narsa haqida o'ylama-jiddiy ohangda mashinani bir maromda haydashda davom etdi. Hayolida esa "ular vaqtida yetib borishsin" degan so'z aylanar edi
Hozirgi holatda Caeser Fugakuning uyi tomon ketayotgan edi. Unda Makima va Wonyoungni qutqarish uchun reja bor edi. Bu reja uchun u bir necha yillardan buyon Yaponiyaga qaytmagan va oilasi haqida o'g'li tomonidan yolg'on ma'lumotlar eshitib yurgan katta yakuzalarni yani Fugakuning otalarini chaqirgan edi. Ma'lum bo'lishicha Fugaku otasi oilasining ishlariga aralashmasligi uchun ularga yolg'on habarlar aytib turgan. Qizning ham unashtiruvi haqida og'iz ham ochmagan. Caeser ulardan umid qilgan holda barchasini taqdirning qo'liga topshirdi va bularning bari yaxshilik bilan tugashini umid qildi
Fugaku:Law sen sevgidan voz kechdim deding ammo yana ilgarigi xatoni takrorlayapsan. U yalangoyoq sening bolangni ko'tarib yurishi kerak emas! Uni o'ldiraman-asabiylashib Lawning yoqasidan ushlab oldi
Law: yo'q yo'l qo'ymayman. Bu safar unday qilmaysiz. Nakyum meniki, istasam u bilan yashashda davom etaman-baqirib do'q urdi
Fugaku: Law bu dunyoda mehrlilarni hech kim qadrlamaydi ham yoqtirmaydi ham. Bu dunyoda mansab va buyruqlar bor xolos aqlingni yig' axmoq- Lawning yoqasini qo'qqisdan qo'yib yubordi va cho'ntagidan qurolini chiqarib Nakyumga o'qtalmiqchi bo'lganida bir ovoz uni to'xtatdi
Madara:bas qil Fugaku!-bir ovoz bir biri bilan urishayotgan ikki ota o'g'ilni jim qilishga turtki bo'ldi
(Bu ikalasiyam mehribon lkn bu iplos Fugaku kimga o'xshagan hayronman🙄😂)
Fugaku:dada, siz bu yerda nima qilayapsiz-ichidagi hayratni bildirmaslik uchun jiddiy ohangda gapirgancha
Hashirama:biz bu yerga bazi narsalarni aniqlashtirgani keldik Fugaku-biroz jahl ohangda
Fugaku:bu yerda sizlar aniqlashtiradigan hech narsa yo'q dada havotirga hojat yo'q
Madara:ammo sen hozir bu yigitni o'ldirmoqchi bo'lib turgan eding-nakyumga ishora qilib
Fugaku biz hammasini eshitdik va senga bir savolimiz bor. Ho'sh bir necha 10yil ilgariga qaytamiz, eslashim bo'yicha sen ham bir paytlar Minatoni bizning oldimizga boshlab kelgan eding, u kambag'al bo'lishiga qaramay. Hatto uni homilador qilganingni ham uyalmay aytgan eding. O'shanda Minatoning holatini hali ham eslayman, u senga qarshi chiqa olmagandi ham. Bundan tashqari biz ham unga rahmimiz kelganidan nikohga rozi bo'lgan edik. Ammo senchi?-Madara shu joyda to'xtab qoldi va Fugakuga nigohini qadadi. Bu mojarolardan habar topgan Makima ham mehmonxonaga kelgan edi va ko'z o'ngida Fugaku Nakyumga qurol o'qtalib turgani, dadasining yig'laganini va markazda turgan bobolarini ko'rdi
Bu vaziyatda Makima nima bo'layotganiga tushunmadi va ichkariga kirdi. Madara esa Fugaku uning savoliga javob bermagani uchun yana gapira boshladi
Madara:sen biz qilgan qarorni qabul qilmading va uni o'rniga o'g'lingni marhum sevganini shafqatsizlarcha o'ldirding, tog'rimi-jahl bilan gapirgancha Fugakuning qurolini yerga uloqtirib tashladi. Makima esa bu gapdan shokka tushdi, akasi Lawning ko'zidagi yoshni payqadi. Madara ichkariga kirgan Makimani ham sezgan edi. Va shu bilan birga u haqida ham gapira boshladi
Madara:sen bizni chetelda ekanimizdan foydalanding va farzandlaringni taqdirini o'zing belgilading! Lawning va Makimaning aybi nimada ho'sh aytchi. Ularni bu qarorlaring orqali baxtsiz qilishni reja qilganmiding.
Hashirama: Fugaku oldin Kim bo'lganing haqida eslatib qo'yishim kerak. Senga merosni berishim oldi sen oddiy ko'cha bezorisi eding holos. Bu martabadan keyin burning ko'tarilib ketdi hech kimni mensimading. Bizni ham shu paytgacha aldab kelding. Endi bariga nuqta qo'yadigan payt keldi, bolalarni o'z hohishi bilan yashashiga qo'y tushundingmi-u shu qadar baland gapirardiki xonadagilar uning bu holatidan titrashayotgan edi
Madara: hashirama tinchlan bu qadar baqirma qolganlarni qo'rqityapsan, Fugaku endi ularning ustidan boshqa hukm chiqarmaydi. Makima, Law endi istaganingizcha yashashingiz mumkin-madara shu gaplarni aytar ekan Makima yig'ladi va madaraning quchog'iga o'zini otdi Law esa o'zini qo'lga olib Nakyumni yerdan turg'izdi. Fugaku Jim holatda atrofidagilarning harakatini kuzatdi keyin esa divanda o'tirgan Minatoga qarab qoldi.
Madara:biz Rus yigitga rahmat aytishimiz kerak. U bizga vaziyatni tushuntirib yordam berishimizni so'ramaganida hozir nima bo'lardi bilmayman-makimaning boshini silagancha
Makima:qanaqa qanaqa Rus yigit haqida aytyapsiz-hayron qolib
Hashirama:uning ismini eslay olmayman(Makimaning e'tiborini tortib) lekin o'zi Tsar deb tanishtirgan edi. Menimcha u ham hozir keladi. Sababi sizlar u uchun yaqin ekaningizni aytgan edi-hashirama shu joyda gapini tugatdi va kulib qo'ydi
Makima esa tashqaridan kelayotgan shovqinlarni eshitdi va eshikka qarab qoldi. Bir payt eshik ochilib ichkariga leewon yugurib kirdi va u yerdagi vaziyatni ko'zdan kechirdi. Uning kelganini ko'rganlarning bari leewonga qarab qolishdi
Leewon:nima hammasi tugadimi-umidsiz odam kabi gapirib
Makima:yo'q endi hammasi yaxshi Leewon, endi hech narsa avvalgidek emas-yiglagancha leewonning oldiga bordi
Leewon siz vadangizda turdingiz, katta rahmat
Leewon Makimaning qo'qqisdan quchoqlab olishidan yangib qoldi keyin u ham sekin qo'llari bilan Makimani quchoqladi va hayolida "Caeser senga ishonmaganim uchun kechir" dedi.
Qism hali tugamadi😂kngi qism final bo'ladi va uni yaxshiroq ishlashga harakat qilaman
Xato va kamchiliklar bo'lgan bo'lsa uzur so'rayman sizlar bilan Makima-sama bo'ldi fikrilani kutib qolaman