November 11, 2025

She's crazy but she's mine🌹

Fugaku:tanishinglar, kecha malikasi, mening qizim Makima.....

Otasi so'zlaridan so'ng kichik qadamlar bilan mehmonlar orasidan sekin yurib o'tayotgan Makima ularga iltifot aylab qo'l silkitdi va otasi oldiga zal markaziga yetib keldi. Makima otasi oldida turar ekan bazmdagi mehmonlar bu alvon ko'ylakdagi qizning chehrasiga bir zum mast bo'lishdi. Fugaku tanishtiruvdan keyin hotirjam holatini yo'qotmagan holda xizmatkorlarga musiqani qo'yishga buyruq berdi

Fugaku:bazm yaxshi o'tsin aziz mehmonlar, hamma raqsga tushsin-kuldi va qizini qo'lidan ushlab o'sha yerda ular bilan teng turgan alfa qiz Taejining oldiga olib bordi. Qizining qo'llarini Taejining qo'liga tutqazdi va

Fugaku:raqsga tushinglar. Keyinroq unashtiruv haqida e'lon beraman-makima va o'sha qizga qaradi

Taeji:ha janob tushundim-makimaga qarab turgancha

Fugaku Taejiga qarab hammasi joyida bo'lishiga ishonch hosil qildi va ularni zal markaziga jo'natdi. Musiqa sadolari ostida raqs tushayotgan Taeji va Makima bir biriga hech narsa demay hissiz odam kabi harakat qilishardi. Taeji gapirishga urindi ammo Makima undan hafa edi va hech qaysi gapini eshitishni istamadi. Zaldagi mehmonlar hali ham raqsda davom etishardi. Sherik almashinish payti kelganida Taeji Makimaning qo'llarini ohirlata qo'yib yubordi va undan uzoqlashdi. Soniyalar o'tmasi Makimani bir erkak raslqsga taklif qilish uchun keldi va unga qo'l uzatdi

Caeser:mumkinmi xonim -iltifot bilan egilib qo'lini cho'zgancha Makimaga qararkan Makima Caeserni ko'rib hursand bo'ldi va uni quchoqlab oldi.

Makima:siz bu yerda nima qilayapsiz, men sizni Rossiyaga ketgan deb o'ylagan edim-Caeserni quchoqlab turgan holatda

Caeser:ha to'g'ri Rossiyaga ketishim kerak edi, lekin Taeji va Leewon sabab shu yerdaman-Makimani qo'lidan ushlab raqs tushishni boshladi

Makima:Taeji? Nega aynan Taeji, unga bundan nima foyda?-past ovozda gapirgancha

Caeser:men Taeji va boshqalar sen bilan Wonyoungni qutqarish uchun shu yerdamiz. Sen Taejidan hafa bo'lma, u qilgan ishi uchun afsusda. Bunga sening otang majbur qilgan Makima-makimaga qarab tushintirishga harakat qildi

Makima Caeserning gaplarini tinglar ekan uning miyasini har xil o'y hayollar egallay boshladi. "Wonyoung! U bugun keladi. Taejining hech qanday aybi yo'q! U shunchaki majbur edi"
Makimaning miyasini shunga o'xshash o'y hayollar egallagan sari unda qanaqadir g'alati hislar uyg'ona boshladi. Og'riq, sog'inch, intizorlik.
Caeserning gaplaridan so'ng Makima huddi sabrsiz odam kabi har daqiqa eshik tomon mo'ralay boshladi. Daqiqalar o'tishda davom etar, zaldagi raqs bir muddat tugab tabrik so'zlari aytilar ekan hali ham Wonyoungdan darak yo'q edi. Makima asabiylashganini yashirishga urinsada Nakyum undagi asabiylikni darrov sezdi. Uni tinchlantirishga urindi.

Vaqt deyarli chegarasiga yetgan edi. Leewon asabiylasha boshladi va Makimaga yaqin borishga urindi ammo buni qila olmadi sababi uning yo'lini notanish Yakuza a'zosi to'sib olib gap ota boshlagan edi. Bu holatdan battar asabiylashgan Leewon o'zini bosgan holatda gapirishda davom etdi ammo ich ichidan uni o'ldirishni hohlardi.

X:demak sen korealiksan shunaqami-qo'lidagi qadahlardan birini Leewonga uzatib

Leewon:um....ha shunday ismim Leewon-kulgancha
-bilasizmi men bir ish bilan shoshilayotgan edim ruhsat etsangiz ketsam-Leewon qadahni rad etib oldinga yurmoqchi bo'lganida o'sha notanish erkak uning bilagidan qattiq ammo og'ritmagan holda ushlagancha Leewonni o'ziga qaratdi

X:shoshilishni nima hojati bor, rad etmaganing yaxshi, agar ostimda o'lik kabi yotishni istamasang-Leewonga keskin yaqinlashib qulog'iga pichirlagancha

Erkak gapini tugatib Leewonga qaradi va uning yuziga qo'lini qo'yib asta lablarini siladi. Leewon g'alati bo'lishni boshlab qo'llarini mush qilgan on unga yordam kerakligini bilgandek yuzlari g'azabdan qorayib ketgan Caeser keldi va erkakning qo'lini mahkam ushlagan holatda Leewondan itarib tashladi. Leewonni esa o'ziga yaqin tortib unga egalik qila boshladi. Ko'zlari qoraygan Caeser erkakga ham Leewonga ham o'ldirgudek qarardi.

Caeser:bu yerga kelganimizda uni meniki ekanini bilmaganga o'xshaysan, gap otishga urinyapsan. Agar yana seni uni oldida ko'rsam ostimda sen azoblanib o'lasan-jahl bilan o'shqirib Leewonni u yerdan uzoqroqga olib ketdi
Tashqariga chiqgan Caeser va Leewon bir muddat jim turishdi. Caeser qo'lini sochlari orasiga asabiy o'tkazgancha Leewonga gapira boshladi

Caeser:bu nimasi?-jahl bilan Leewonga qaragancha

Leewon:bilmayman, men Makimaning oldiga borayotgandim va....-leewon hatto gapini ham tugatmasi Caeser unga yaqin kelib g'alati gapira boshladi

Caeser:seni o'zimga tegishli degan ekanman, demak seni boshqalar bilan baham ko'rmayman degani. Hozirgi xolating menga yoqmadi Leewon-leewonning yelkalaridan mahkam ushlab

Leewon:Caeser aqldan ozyapsanmi, hatto 1daqiqa ham gaplashmagan odamimga shunchalik g'azab, undan ko'ra ish haqida o'yla-qatiy ohangda

Caeser:men shundoq ham ish haqida o'ylayapman Leewon

Caeser ular tashqarida turishgani uchun Leewonni to'satdan o'ziga tortdi. Uning boshi Leewonning bo'yniga pastlashdi va o'zining egalik izini qoldirdi. Caeserning harakatlari Leewonni harakatsiz qolishga sabab bo'ldi. Uning bo'ynidagi og'riq va kuchli feromon Leewonni yangitib qo'ydi. Caeser ishini tugatgach Leewonni ohista ko'tardi va peshonasidan o'pib ichkariga qaytib kirdi. Caeser yo'lak bo'ylab leewonni ko'targancha o'tarkan uning ko'zi boya Makima oldida turgan Nakyumga tushdi. Caeser u nega hozir Makima oldida emas va nega u Makimaning dadasi bilan gaplashayotganiga tushunmadi

....

.
.
.

Zhenya:hammasi tayyor Taekjoo men garovda yutdim, ho'sh bo'sani kutyapman-qo'lidagi ohirgi odamni o'ldirgach Taekjooni jig'iga tega boshladi

Taekjoo:hali vaqt bor Wonyoungni ko'tar keyamiz-jiddiy ohangda oldinga qadam tashladi va eshikni ochdi

Zhenya Taekjoodagi qaysarlikni ko'rib miyig'ida kulib qo'ydi va Wonyoungni ko'tarib tashqariga yugurdi
Ular mashinaga chiqishgach Taekjoo mashinani o't oldirdi va tezlikni oshirib manzilga haydadi. Wonyoung dori tufayli hali ham chalajon ahvolda edi. U tanasini qimirlatishga urindi va egnidagi kiyimlarni to'g'irlab olishga harakat qildi. Vaqt o'tib borarkan hisob Zhenyaning hisobiga hal bo'lgan edi. Ular manzilga yetib kelgan taqdirda ham allaqachon yo'lda vaqt tugab bo'lgan edi.

Bir necha daqiqadan so'ng Fugaku barcha mehmonlarni bir joyga to'pladi. Taeji va qizi Makimani yonma-yon qo'yib ularning unashtiruvi haqida e'lon berishga shaylanayotgan payt o'q ovozlari baralla yangrar boshladi. Ichkariga Zhenya va Taekjoo shovqin solgancha Wonyoungni qo'ltiqlagancha olib kirishayotgan edi. Barcha nigohlar ularga qadalgan ekan Makima ham bundan chetda qolmadi. Uning ko'zlari tanasi lanj Wonyoungni ko'rdi, ko'zlari namlandi. Makima beixtiyor otasi qo'lini qo'yib yuborib mehmonlar orasidan o'tib Wonyoung tomon intildi.

Makima:vanihoyat keldingiz-Wonyoungni qattiq quchoqlagancha

Wonyoung:meni kechir, men kech qoldim-Makimaning yelkasiga boshini ko'mib

Mehmonlar ularning quchoqlashishayotganini kuzatishar ekan, barcha pichirlagancha Fugaku haqida gapira boshlashdi. Fugaku qizining begona bilan quchoqlashayotganini kuzatar ekan g'azablandi va qo'riqchilarni chaqirdi. Qo'riqchilar zalni egallab olishdi Makima va Wonyoungni bir biridan ajratishdi. Makima yig'lab qarshilik qilsada otasi hech narsa demadi. U faqat mehmonlarni tarqatib yubordi, Wonyoung va Makimani esa ichkariga olib kirishdi.

........

Fugaku Wonyoung bilan bir xonada uni so'roq qilardi. Uning g'azabi chegarasidan o'tib ketgan edi. Kelishuv ham unashtiruv marosimi ham buzildi. Bariga aybdor esa Wonyoung edi

Fugaku:sen kim bo'ldingki qizimning unashtiruv marosimini buzding- jahl bilan zanjirband Wonyoungga qarab

Wonyoung:men uning alfasiman va qizingizni sizdan ko'ra ko'proq baxtli qila olgan odamman-past va chuqur ovozda

Fugaku: la'nati Makima senga tegishli emas

Wonyoung: yo'q u menga tegishli(baqirib)
Makimani majburlab nimaga erishmoqchisiz. Uning baxtli bo'lishini istamaysizmi?-jahl bilan

Fugaku:sen kelmasing oldi u baxtli edi axmoq

Wonyoung:haha (qattiq kulib) siz mening dugonam va sevgilim Makimani majburlamoqchi bo'ldingiz ammo ikkisi ham buni istamaydi.
Meni sizning urf odatlaringiz umuman qiziqtirmaydi, to'y buzilgan va men bundan hursandman- Fugakuga chaqnagan ko'zlari bilan qarab

Fugaku Wonyoungning qaysarligini ko'rib yanada asabiylashdi va qo'riqchilarga uni aqlini kirgizishni buyurib o'zi tashqariga chiqib ketdi.
Bu payt Makima o'z xonasida yig'lagancha Wonyoung haqida o'ylardi unga nimalar qilishlari haqida o'ylab yurak bag'ri ezilib yuzlarini yostiqqa ko'mgancha yig'lar edi. Bir tomondan Makima Wonyoung haqida o'ylayotgan bo'lsa bir tomondan Wonyoung barcha qiynoqlarga Makima uchun chidayotgan edi. Bugungi kun oilaning barcha a'zolariga birdek ta'sir qildi. Barcha asabiy va horg'in edi.

Law ham bundan mustasno emasdi. U bugun umuman boshqacha edi. Singlisini o'zi sevgani bilan ko'rgach, unni yuragini g'alati tuyg'ular egallab oldi.
U Nakyumni Makima oldidan olib ketib qo'pollik bilan xonasiga kirgazdi. Uning ko'zlaridan hech narsani o'qib bo'lmas edi. Nakyum Lawning harakatlariga qarshilik qilmagan holda indamay turardi. Law Nakyumning qarshilik qilmayotganini sezdi va burning ortida nimadir yashirin ekanini sezdi. Va bu to'g'ri edi. Nakyum birdan Lawga savol bergan on Law shokda qoldi uning savoliga qanday javob bor ekani haqida o'yladi.
Law Nakyumning "sevgan insoningiz Luffy bo'lgan" degan savolidan so'ng hech narsa demadi va shunchaki Nakyumdan uzoqlashdi

Law:bu nega seni qiziqtirayapti, mening sevganim bo'lmagan-jiddiy ohangida og'riqni yashirib

Nakyum:ammo nega siz kecha tunda meni Luffy deb atadingiz, qayta qayta sevaman deb takrorladingiz?

Law:bas qil, bas qil axmoq omega. Menga sevgiga o'rin yo'q, men sevishga haqli emasman eshitdingmi!- law jahl bilan birdan Nakyumni bo'g'ib oldi va yotoqqa yiqitdi. Lawning ostida deyarli jonsiz qolayotgan Nakyum ko'zlarini yumishi oldi jilmaydi va "aishiteru" deya ko'zlarini yumdi. Bu ibora Lawni to'xtashga majbur qildi. Qo'llari ostidagi yigitga bir muddat qaradi. Uning ko'zi oldida yana o'sha chehra gahdalandi, jilmayib turgan Lawning sevgisi Luffy. Lawning ko'zlari biroz yoshlandi va Nakyumni birdan quchoqlab oldi va aybdorlik hissiga cho'mdi.
Afsuski Law 16 yil ilgari o'z sevgisi Luffyni yo'qotgan va uning aybi shunchaki sevgani bo'lgan.

Luffy🥲

Nakyum Minato tufayli Law haqida bilib olgan edi. Law ilgari qiziqishi sabab Shifoxonada ishlagan. Bu u uchun sevimli mashg'ulotlardan biri bo'lgan. 20 yoshli Law o'zi uchun sirli ko'ringan insonga duch keladi. Ko'chada shovqin ko'tarib keyin muammoga uchraydigan quvnoq yigit Luffy. Luffy Lawning hayotiga nur olib kelgan birinchi inson bo'lgan. Ko'chalarda ko'p to'qnash kelaverishgandan so'ng Law u bilan ko'p uchrashadigan bo'ldi. Luffy kasalxonaga ham ko'p borib turardi. Sababi unda yurak xastaligi qayd etilgan edi. U kabi 18 yoshli yigitlar qila oladigan ishlarni Luffy qila olmas edi. Ammo Law shunda ham Luffy bilan birga qolishni tanladi. Uni sevib qolganini angladi va Luffyni oxirigacha baxtli qilishni o'yladi.

Law va Luffy🥲

Ular orasida bir tun Lawning shoshqaloqligi va Luffyga bo'lgan sevgisi sabab o'tgan edi va Law endi chinakamiga uni oilasiga tanishtirish haqida o'ylagan edi. Otasi Yaponiyaga qaytgach Law Luffyni uyiga olib keldi.
Law otasiga Luffyni tanishtirarkan Fugaku indamay turdi. Tanishtiruv tugab Law unga uylanmoqchi ekanini aytganida Fugaku g'azablangan va Luffyni otib o'ldirgan. Shokka tushgan Law otasi nega bunday qilganini tushunmay yerdagi sevgan insonining jasadiga qarab turardi.
Fugaku Lawning 14 yoshidan keyin uning tarbiyasiga vaqt ajratmagan va chetelda bo'lgan. Aynan shu sabab Law Fugaku kabi bo'lmagan edi ammo endi bari teskarisiga ketdi. Law otasining Luffyni pas tabaqali va hasta ekani uchun qabul qilmaganini hazm qila olmadi. Uning hotiralari ham yaxshi fazilatlari ham Luffy bilan o'sha kunning o'zida o'ldi.
Lawning Makimaga qattiqqo'l ekani sababi, o'zining qismatini singlisida ko'rishni istamagani edi. Bu voqealar paytida Makima atiga 6 yoshda bo'lgan va shu kundan boshlab Law unga qattiqqo'l bo'ladi boshlagan. O'zi ardoqlab katta qilgan singlisiga qo'pol muomala qilish uni yuragini ezardi.
Ayni paytda hozir ham u huddi o'zining o'tmishini Makimada ko'rib siqildi. Nakyumning Luffy haqida eslatishi esa barini keskinlashtirib yubordi.

To be continued....

Bilaman kam bo'p qoldi lekin hozircha shuni yoza olaman🥲nimagadir juda ta'sirlandim shekilli
Xato va kamchiliklar bo'lgan bo'lsa uzur so'rayman sizlar bilan Makima-sama bo'ldi