February 16

She's crazy but she's mine season_2

Chp_4

Ivan Akining lablarini silarkan aki ivanning qo'lini itarib tashladi

Aki:axmoqga duch kelganga o'xshayman. Qorangni o'chir la'nati -- Aki shunday degancha Ivanni turtib o'tdi va sigaretini yerga otib yubordi. Ivan esa shunchaki uning ortidan kuzatib turdi.

Aki uy tomon yo'l olganida Ivan ham yurishni boshladi. Chunki bu yigitning Wonyounglarning uyiga nima aloqasi borligini bilmoqchi edi. Ivan izinma- ketin Akining ortidan yurarkan Aki ham Ivanning uni ortida kelayotganini sezdi. Boshida u indamay yurishda davom etdi. Lekin uyga ham u bilan barobar kelavergach uning toqati tugadi va yonida olib yuradigan pichoqchasini Ivanga qarata o'qtalib turdi

Aki:nega itga o'xshab ortimdan qolmay yuribsan aa. La'nati senga nima kerak o'zi, yoki shunchalik buzuqimisan -- Aki jahl bilan shularni aytarkan Ivan unga hech qanday reaktsiyasiz qarab turgancha qo'lini eshik tutqichiga olib borib eshikni ochdi. Keyin esa Akining qo'lidagi pichoqchani pastga tushirib gapira boshladi

Ivan:men shunchaki uyga kirmoqchi edim, sen esa menga tashlanib ketding. Aslida buzuqi bu yerda sen emasmisan? -- Ivan shunday deb ichkariga kirdi. Shu onda Ivanning ichkariga kirganini ko'rgan Wonyoung gap boshladi

Wonyoung: Ivan, qayerga yo'q bo'lib qolding darrov -- unga savolli tikilib

Ivan: men shunchaki ko'chaga chiqib keldim, qor yog'ayotganini kuzatish uchun -- u hotirjam ohangda shularni aytarkan Makima ham unga savol berdi

Makima: Ivan mabodo ko'chada bir yigitga ko'zing tushmadimi. U mening jiyanim Aki edi -- Makimaning bu so'zlaridan keyin Ivan vaziyatni tushunib oldi va ortiga ko'zini tashlab qo'yib kulgancha gapira boshladi

Ivan:men uni ko'rdim Makima xola, u ham shu yerda uyga kirdi -- bu gapdan so'ng Aki g'alati holatga tushib qoldi va asabiylashib u ham uy ichiga kirdi. Ivan esa uning asabiy holatini kuzatib zavqlanardi

Aki uy ichiga kirib tez yurgancha tepa qavatga chiqib ketdi. Buni kuzatgan Ivan ham uning ortidan tepaga ko'tarildi. Sababi Akininh asabiga tegish Ivanga yoqib qolgan edi. Akiga esa bular umuman yoqmayotgan edi va Ivanni yuzini ko'rishni hoxlamayotgan edi

Yejining xonasida

Bolalar bir-birlari bilan tanishib suhbat qurishar ekan xona eshigi birdan ochildi va ichkariga sochlari yoyilga Aki kirdi. Uning ortidan esa izinma-ketin Ivan kirib keldi. Bu holatni nazaridan chetda qoldirmagan Sasha istehzoli hushtak chaldi, Ivan esa Sashaning bunday holatini tushunib u tomon bordi.
Xonada hamma jamul-jam edi.
Eski tanishlardan tortib yangi tanishlargacha. Bu yil Yeji uchun syurprizlar bilan keldi. U yillar davomida ko'rmagan va bilmagan tengdosh qarindoshlari Shoko va Aki bilan tanishdi. Shu bilan birga qolganlar ham ular bilan yaqin tanishib olishdi. Shoko odamlar bilan tezda kelisha olgani uchun birin ketin hammaga gapirib chiqgan edi. Faqatgina Ivan qolgan edi. U Ivan tomon yuzlanib tanishishni boshladi

Shoko:hoy sen ismingni Ivan ekanini aytgan eding to'g'rimi? Ho'sh senga nimalar yoqadi bu haqida biz bilan bo'lish -- Shoko shu gaplarni aytar ekan Aki yuzini boshqa tomonga o'girib oldi. Qolganlar esa Ivanga qarab turishardi.

Ivan:ha nima menga qarayapsizlar, meni Shoko va Haewoldan tashqari hammangiz yaxshi bilasiz. Ayniqsa siz ikkingiz -- Ivan qo'li bilan Sasha va Evani ko'rsatar ekan ular kuldi. Eva esa tezda gap boshladi

Eva:aka buni biz ham bilsak nima qilibdi? Odatda bular haqida ko'p gapirmaysiz -- Ivanga qarab turgancha gapirarkan Ivan qo'lini yuziga qo'ydi va chuqur nafas olib yana ularga qaradi

Ivan:meni sigaret va ichkilikdan boshqa narsalar qiziqtirmaydi. Ho'sh ko'nglingiz to'ldimi? -- Ivan shularni aytarkan Yeji kuldi va Ivanning yelkasidan ohista qoqib qo'ydi

Yeji:bu juda kulgili keltirish bo'ldi Ivan, ammo yo'qdan ko'ra bor -- Yeji shunday deb kularkan Eva ham qo'shimcha qilib qo'ydi

Eva:ha to'g'ri agar bunaqa odatlaringizni hisobga olmasak siz yaxshi akasiz -- Evaning bu gaplaridan so'ng Ivan uning boshidan silab qo'ydi Aki esa ularga bir muddat qarab yana ortga o'girilib oldi

Aki hayolida:yo hudo ular bu yigitni buncha tepaga ko'tarishmasa aa. Buzuqi bir yigit holos. Keyin uning ismi ham g'alati, men bu ism qaysi davlatga tegishli ekanini aniq eslay olmayapman. Lekin nima bo'lsa ham bu menga qiziq emas. Dadam uchun shu yerga keldim va xolamni hurmati uchun bularga chidayapman. Shoko esa ular bilan huddi qondoshdek gap sotyapti

Aki shularni hayolidan o'tkazarkan uning hayollari bo'lindi. U xonadagi turli Alfa hidlarini seza boshladi. 5 daqiqa oldin bu sezilmayotgan edi lekin hozir Aki buni ancha yaxshi sezardi. U xonadagi aksariyat bolalar Alfa ekanligini sezdi. Ular aynan kim ekanini ko'zdan kechirdi.

Aki hayolida:la'nati deyarli hamma Alfa ekan. Men Yeji va Shokodan tashqari deyarli hamma. Ivan deganlarini singlisi ham Alfa, uning yonidagi sariq soch qiz ham Alfa, kamiga anavi yigit ham. Aa agar xonada Alfa feromoni kuchayishni boshlasa men o'zimni boshqara olmay qolaman. Menga dori kerak, lekin dorini o'zim bilan olmagandim faqatgina sigaretlar bor holos.

Aki biroz asabiylashib bir nuqtaga qarab qoldi. Qolganlar esa o'zlari bilan ovora edi. Sasha ham bu payt Haewol bilan "dildan" suhbat qurishga ulgurgan edi.

Oradan ancha vaqt o'tdi, bolalar charchab ko'zlari ilina boshladi. Kamiga xonada kuchli Alfa feromonlari ko'payib ketgan edi. Ayniqsa Ivanniki. Aki esa bu holdan o'zini yo'qotib qo'ydi va Yejining xomasidagi balkonga chiqib oldi. Oradan soniyalar o'tib Makima xonaga kirdi va bolalarni pastga chaqirdi. Bu gapdan so'ng hamma pastga tushishni boshladi, eng birinchilardan bo'lib Shoko xonadan chiqib ketdi, Aki esa uning yodida yo'q edi. Hamma kabi Ivan ham tashqariga chiqayotganda Sasha eshik oldiga o'tib Ivanga ko'z ishorasi bilan balkonni ko'rsatdi va gapira boshladi

Sasha: Ivan bunaqa imkonni qo'ldan boy berma. Bilaman sen mendek emassan, shuning uchun qushcha qafasda ekanida undan foydalan -- Sasha shularni aytar ekan Ivan istehzoli kuldi

Ivan: o'zi qilolmay yurgan odam menga bu borada aql o'rgatyapti qoyil -- Ivanning bu gapidan so'ng Sasha kuldi va eshikdan chiqayotguncha "bugun men ham qushchani qo'ldan boy bermayman" degancha chiqib ketdi.

Ivan esa chuqur nafas oldi va balkonga chiqdi. Balkonda Aki qo'llari o'zini yo'qotihdan titragancha sigaret ushlab turardi. Buni sezgan Ivan uning feromonlarga chidamsiz ekanini sezib sekin yaqinlashdi

Ivan:demak feromonlarga chidamsiz ekansanda -- Ivanning yo'g'on ovozi Akining e'tiborini tortdi

Aki:sening nima ishing bor, bu yerga nima uchun kelganingni taxmin qilyapman buzuqi -- Aki Ivanga yuzini o'girib shularni aytarkan Ivan Aki bilan nimadir xato ekanini sezdi va unga yaqin kelib instiktiv ravishda yuzidan ushlab o'ziga qaratdi. Shu onda Ivan Akining yuzi alvon tusda ekanini ko'rib hayron qoldi. Akining aqli o'zini asta sekin tark etayotgan edi.

Aki Ivanning qo'llarini yuzidan olib tashlashga harakat qilgan payt qo'lidagi sigaret Ivanning qo'liga bosildi. Ivan bu holatda qo'lini biroz qattiq siqdi va Akining qo'lidagi sigaretni otib yubordi. Aki bu holatdan keyin Ivanga gapirmoqchi bo'lganida Ivan uning lablariga tarmashdi va bo'sa oldi. Aki ham issiqlashgani sabab Ivanning sochini changallab olib bo'saga javob qaytardi. Ivan Akining bunaqa shijoatini ko'rib bundan mamnun bo'ldi. Bo'sa paytida Aki Ivanni ichkariga itarib kirdi va ohiri divan oldiga kelib to'xtashdi. Ivan divanga o'tirib qoldi Aki esa Ivanning tizzasi ustiga chiqib olgancha qo'llarini uning bo'yniga o'rab oldi. Ivan esa bu holatdan keyin kuldi va Akiga gapira boshladi

Ivan:meni ko'p marta buzuqi deb atading, lekin aslida sen buzuqi ekansanku. Ichingda jon deb turib ustingda yo'q deysan -- Ivan shu gaplarni aytgach Akini ostiga tashladi va ustiga chiqib bo'sa olishda davom etdi. Qo'lidagi kuygan iz esa qizarishni boshlagan edi.

Bu paytda pastdagilar bayram kirib kelishini kutishayotgan edi. Hamma o'zida yo'q hursand edi, lekin Nakyumning yuragi g'ash edi. U o'g'li Akini tushganini ko'rmadi va oldidan birinchi o'tgan boladan u haqida so'radi

Nakyum:haligi, sen Akini ko'rmadingmi? U sizlar bilan pastga tushmadi -- Nakyum shularni aytarkan u to'xtatgan Sasha unga javob berdi

Sasha:men hozir undan habar olib kelaman va sizga u haqida habar beraman -- Sasha muloyimlik bilan shularni aytdi. Bu gapdan Nakyum biroz tinchlandi. Sasha esa tepa qavatga ko'tarila boshladi.

U aslida Akiga nima bo'lganini bilardi. Bu holat esa u uchun bahona bo'la oldi. U Ivanning nima qilayotganini bilish uchun tepaga ko'tarildi va eshikni ochdi. Keyin esa divan ustida Akining tanasiga och bo'ri kabi harakat qilayotgan Ivanni ko'rib kuldi

Sasha:Я и не знала, что ты такой похотливый -- Sasha Ivanga uning bu qadar shaxvatparast ekanligi haqida bilmasligini aytib kularkan Ivan boshini ko'tardi va Sashaga gapira boshladi

Ivan:Черт, ничего не могу с собой поделать -- u Sashaga qarab o'zini tuta olmayotganini aytarkan uning ostidagi Aki ularning gapini tushunar tushunmas tinglagancha ko'zlarini yumdi va charchaganidan uxlab qoldi. Buni sezgan Ivan esa sochlarini qo'li bilan ortga tarafi. Keyin esa o'rnidan turib Akiga qarab qoldi

Ivan:unda nimadir boshqacha, la'nati men ilgari hech ham omegaga qiziqish bildirmaganman. U bilan esa o'pishish shunaqangi zavq bag'ishladiki bu umuman boshqa masala -- Ivan kiyimlarini to'g'irlagancha shularni aytarkan Sasha kuldi va unga javob berdi

Sasha:menimcha bu senda birinchisi bo'lgani uchun senga shunaqa tuyulgan Ivan. Nima bo'lsa ham undan hoxlaganingni olibsan -- Sasha Ivanga choyshab uloqtirib shunday derkan Ivan choyshabni ilib olib uni Aki ustiga tashladi

Ivan:bu yerga biz nima qilayotganimizni bilish uchun chiqdingmi yoki boshqa bir narsami -- Ivanning bu savolidan keyin Sasha uning savoliga javob berdi

Sasha:juda sezgirsan Ivan, men bu yerga aslida Akining dadasi iltimosi bilan keldim. U o'g'lidan havotir olgan shekilli. Endi esa pastga tushib uning uxlagani haqida aytmoqchiman -- yelkalarini biroz ko'tarib

Ivan:yaxshi, unda ketdik. Uning feromonlari bosildi, endi tinch uxlaydi. Ertaga hayoli o'ziga kelib aniq meni зайбал qiladi -- Ivan shularni aytib eshik tomon yaqinlashib zinalardan pastga tusha boshladi. Sasha ham uning ortidan pastga tushdi

Sasha pastga tushganidan keyin oshxonada turgan Nakyumni ko'rib uning oldiga bordi va Aki haqida unga aytdi. Ivan esa bu payt yana chekkani tashqariga chiqib ketdi. U tashqarida osmonga qaragancha sigaret tutatar ekan qo'lidagi kuygan izga ko'zi tushib qoldi. Uni Aki qoldirganini esladi va kulgancha sigaret chekishda davom etdi.

1soatdan so'ng yangi yil kirib keldi. Shampan otildi va qadahlar baland ko'tarildi. Oila boshliqlari bu yil uchun qadah ko'tarishdi. Qolganlar esa ularni kuzatishdi. Bolalarning bir nechtalari uxlab qolishdi qolganlari esa o'zlarining mashg'ulotlari bilan shug'ullanib turishdi.

Makima:men juda hursand bo'ldim bu yil sizni va akamni ko'rib -- Makima qolganlar qatori stol atrofida o'tirarkan Nakyumga qarab shu gaplarni aytdi. Nakyum ham jilmayib unga javob berdi

Nakyum:bundan mamnunman Makima, bilaszmi shu kungacha Lawning ishlari ko'payib ketdi. Bu oldingidan ham ko'p edi. U ko'p bora chetelga ham borib keldi kamiga o'zi yoqtirgan ish meditsina uchun mablag' ajratdi. Mana shu yil vanihoyat sizlarni ko'rish nasib qildi. Yeji ham katta qiz bo'lib qolibdi

Makima:ha Yeji ancha ulg'aydi. Lekin men undan ba'zida havotirlanaman, judayam

Euihyung: Makima ko'p havotir olish ham to'g'ri emas. U keyinchalik o'zi mustaqil hayot kechiradi bunga ko'nikishing kerak

Taekjoo:u to'g'ri aytyapti, shuning uchun ko'p o'ylanma

Yaqinlarining bu gaplarini tinglab turgan Makima o'zini biroz yengil his qildi va yana hech narsa bo'lmagandek yaxshi mavzularda gaplashisha boshladi.

Bu payt shovqin surondan biroz charchagan Yeji o'z xonasi tomon yo'l oldi. U zinalar bo'ylab tepaga ko'tarilar ekan buni sezgan Sasha uning ortidan bordi

Sasha:nima bo'ldi Yeji -- Sasha Yejining ortidan kelib shularni aytarkan Yeji jilmaydi va javob berdi

Yeji:menimcha charchadim shekilli shunga xonamga chiwyapman

Yeji shularni aytarkan Sasha bu gapdan keyin Yejini ko'tarib oldi va uni xonaga olib kirdi Yeji esa bunday keskin harakatdan yangib qoldi

Yeji:hoy Sasha nimalar qilyapsan -- biroz qo'rqgancha

Sasha:sen charchaganingni aytding men esa xonangga olibkiryapman -- Sasha shunday deb Aki uxlab yotgan divan oldidan o'tdi va yotoq oldiga kelib Yejini yotoqqa yotqizdi

Sasha:endi uxlab olsang bo'ladi Yeji -- Sasha Yejini yotqizib o'zi uning oldiga o'tirdi va uning qo'lini ushlagancha ohista siladi. Bu harakatlarni sezgan Yeji seskandi va Sashaga savolli tikildi. Sasha bo'lsa qattiq yutindi va Yejiga yaqin kelib uning yuzidan o'pdi, keyin uzoqlashib boshqa yuzidan o'pdi. Har bir o'pichda nafasi og'irlashdi

Yeji:n..nima qilyapsan Sasha -- ovozi titrab Sashadan o'zini oldi

Sasha:seni qattiq sevaman Yeji, seni sevaman -- Sasha og'ir nafas olgancha shu so'zlarni qayta qayta aytib Yejining lablaridan ham o'pdi Yeji esa indamay turaverdi. Bu holat esa Sashaning g'ashiga keldi

Sasha:senchi Yeji, sen ham meni sevasanmi -- Sasha Yejidan bir necha santimetr uzoqlashib uning ko'zlariga qarab turdi Yejidan esa sas sado ham chiqmadi

Sasha:nima senda hech qanday javob yo'qmi Yeji -- bu gapdan keyin ham Yeji indamadi va yuzini burib turaverdi. Sasha esa alam bilan undan uzoqlashdi va eshik tomon yaqinlashib chiqguncha Yejiga "yaxshi dam ol Yeji" degancha tashqariga chiqib ketdi

Sasha asabiy holda tashqariga chiqib ketdi Ivan esa uning bu qadar asabiy ekanidan nima bo'lganini taxmin qildi.
Bu yangi yil oqshomida ko'pgina tanishuvlar va to'qnashuvlar bo'ldi. Shu bilan birga ko'zlar to'qnashuvi va yashirin munosabatlar ham bo'ldi. Aki o'zi yqotirmagan odam bilan pinhona vaqt o'tkazdi, Sasha sevgisi uchun javob olmadi Eva uchun esa yangiliklar hali oldinda edi...

To be continued.....

Qahramonlar esildan chiqib qogan bosa bir yodga olamiz.
Bugungi qismda chiqish qilgan qahramonlar..

Yeo Wonyoung. Yejining onasi va Makimaning Alfasi

Makima, Yejining oyisi Wonyoungning omegasi

Nakyum Aki va Shokoning dadasi. Lawning omegadi

Law Nakyumning Alfasi

Aki

Shoko

Yeji

Ivan

Eva

Sasha