He's damn crazy!
Bu hikoya antiqa olam va unda yashovchi ajoyib jonzot va odamlar haqida so'zlaydi. (Omegaverse emas)
Bu hikoyadagi har bir detal va shahar nomlari muallif tomonidan to'qilgan(yana xitoyda shunaqa shahar bor ekanmi deb qidirib yurmela, yoki hikoyamdan fizika qonuni izlamanglar🦦)
Barchasi Aobing va uning otasi Aoguangning boshqa shaharchaga ko'chishidan boshlangan edi. Ular ilgari Yān yǔ nomli shaharchada istiqomat qilishar edi va shu bilan birga ularning yashash tarzi ham antiqa edi. Ularning olamida inson va g'ayrioddiy jonzotlar birga yashashar edi. Yarim hayvon odamlardan tortib bazi qonx'or iblislargacha. Aoguang va uning o'g'li ajdarlar zotidan bo'lishgan, ajdarlar chidamli tez tiklanuvchan va jozibali bo'lishgan. Aobing ham bundan mustasno emas edi va hatto uning chiroyi haddan ortiq edi. U bolaligidan otasi qaramog'ida katta bo'lgan va har bir ishni otasisiz hal qilmas edi. Otasi ham uni tashqi dunyodan qattiq asrar edi. Sababi ajdarlarning ko'pchilikdan yashirib kelgan sirlari bo'lgan. Yani erkak ajdarlar dominantlik hususiyati bilan birgalikda ko'payish hususiyatiga ham ega bo'lishgan. Ularga egalik qiluvchi dominant uchun zurriyot ham qoldira olishgan. Kamiga ularning tanasi chidamli va tez tiklanish hususiyati ega bo'lgani uchun ular bilan istagancha turli qiynoq yo'llari bilan jinsiy aloqa qilsa ham bo'lar edi.
Aoguang ham aynan shuning uchun o'g'li bilan boshqa shaharchaga ko'chib ketgan, o'g'lining eski maktabida unga ko'p bora tegajoqlik qilishganliklari uchun. Aslida bu birinchisi emas edi. Aobing esini taniganidan buyon o'zi yashaydigan davlatning ko'pgina shaharchalarini va maktablarini ko'rishga ulgurgan edi. U ham hoxlardi, uni tushunadigan, u bilan o'yin o'ynab birga vaqt o'tkazadigan do'sti bo'lishini... Ammo afsuski Aobing haligacha yolg'iz va bironta ham do'sti yo'q edi
Aoguang, yolg'iz ota. O'g'li u uchun birinchi o'rinda turadi. Jiddiy va doim qattiq qo'l ko'rinsada aslida ichidan ancha muloyim
Aobing, bosh qahramon. Yoshi 18 da, yaqinda maktabni bitiradi. Ammo shunday bo'lsa ham u shu yil ichida 3marta maktab almashtirdi
Mana Aobing va uning otasi yangi uyga ko'chishganiga 2kundan oshdi. Shuning uchun Aobing o'zining yangi maktabiga borishni hoxlayotgan edi. Hech bo'lmasa shu maktabdan do'st o'rttirishni hoxlardi. U tartib bilan taxlangan kiyimlari otasidan maktab formasini olib kiyinardi. Miyasida esa har xil fikrlar aylanardi. Masalan: bugun kunim qanday o'tadi, bolalar bilan kelisha olamanmi, bu safar ham kelishmovchilik sabab maktab almashtirmaymanmi?--degan gaplar.
U shu hayollar bilan kiyinib bo'lgach sochlarini yig'di va nonushta qilish uchun pastga otasining oldiga tushdi. Otasi ham uni nonushta taxlab qo'yilgan stol oldida o'tirgancha ko'zoynak taqib gazeta o'qib turgan edi.
Aobing:hayrli tong ota--dedi Aobing muloyim ohangda stulni o'ziga tortib o'tirgancha.
Aoguang:senga ham hayrli o'g'lim--dedi u ham aobingni sezgach boshini gazetadan ko'tarib
--bugun kayfiyating qanaqa, hayajonlanyapsanmi?-- Aoguang shu savolni berib o'g'liga nigohini tashlagan on Aobing biroz duduqlandi, sababi u rostan ham hayajonlanayotgan edi.
Aobing:biroz, men shunchaki bu safar yangi maktabimdagi bolalar bilan ko'proq vaqt o'tkazib, do'stlashishga shoshilyapman-- aobingning javobidan so'ng ota bir zum jim qoldi. U yillar davomida o'g'lini xavfdan himoya qilib, bir yerdan boshqa yerga olib o'tdi ammo bu ishi o'g'lini yolg'iz qilishi unchalik ham hayoliga kelmagan edi. O'g'li allaqachon 18 yoshda. Bu paytda bolalar qiziquvchan bo'lishini Aoguang yaxshi bilardi. Shuning uchun u bu yil o'g'lini bitiruv oqshomi bir maktabda bo'lishiga qaror qildi.
Aoguang: yaxshi, bu tabiiy xol o'g'lim. Umid qilamanki ko'p do'stlar orttirasan-- Aoguang shularni aytib gazetani stol ustiga qo'yib finjondagi choyni ichishni boshladi. Aobing esa past ovozda so'zlashni boshladi
Aobing:men yaxshi kelishdim va ular bilan do'stlashdim ham, ammo... Ammo yana oldingilari kabi maktabni almashtirsamchi...-- Aobingning bu so'zlaridan keyin Aoguang harakatdan to'xtab qoldi, ohista finjonni qo'ydi va o'g'liga qarab u hoxlagan gapni aytdi
Aoguang:bilasanmi Aobing, men bu yil bitiruvchi bo'lganing uchun 4-marta maktab almashtirishingni istamadim va bu degani sen maktabni shu yerda tamomlaysan-- otasining bundan gaplarini eshitgan Aobing hursand bo'ldi, o'rnidan turib otasining bo'ynidan quchoqlab oldi
Aobing:rahmat ota, bu ishingiz uchun sizdan minnatdorman-- Aobing shularni aytarkan otasining qo'qqisdan aytgan gapi uni biroz sergak qildi
Aoguang:ammo bir shart bor...-- bu so'zdan keyin Aobing biroz cho'chidi va otasining keyingi so'zini kutdi
-- agarda seni kimdir hafa qilib jig'ingga tegsa darrov menga yoki maktab mamuryatiga habar ber hopmi -- Aoguang o'g'lining qo'llaridan ushlab shularni aytarkan Aobing yengil tortdi va tabassum bilan otasiga "ha" degancha javob qaytarib o'rniga o'tirdi.
Birozdan so'ng nonushta qilib olgan Aobing maktab tomon yo'l oldi. Yo'l davomida u turli yangicha odamlar bilan to'qnash keldi. Bu holat Aobingni quvontirardi. U o'z maktabiga yetib keldi va sinf rahbari bilan birga sinfxona tomon yo'l oldi. U karidor bo'ylab yurish davomida ichidagi hayajonni bostirishga qattiq urindi. Vanihoyat u sinfxona eshigi oldiga keldi, o'qituvchi eshikni ochib ichkariga birinchi o'zi kirdi va o'qituvchi partasi oldida turib yangi o'quvchi haqida sinfdagilarga gapirishni boshladi. Aobing hayajonni ichiga yutib yengil qadamlar bilan finxona o'rtasiga keldi. Uni ko'rgan o'qituvchi esa so'zni unga berish kerakligini tushunib jimlik saqlashni bolalarga ko'rsatdi.
O'qituvchi:qani bo'laqol o'zingni tanishtir
Aobing: hammaga salom, mening ismim Aobing. Men Huā yǐng shaharchasidan ko'chib kelganman. Bundan oldin 2 marta maktab almashtirganman-- Aobing shularni aytgach o'qituvchi jilmayib unga savol berdi
O'qituvchi: tanishganimizdan hursandmiz Aobing, demak sen 2 marta maktab almashtirgan ekansanda shundaymi?
Aobing: bilasizmi, aslini olganda raqamlar soni ancha ko'p, men shunchaki shu yil ichida 2 marta almashtirganim haqida aytgandim-- aobingning gapidan so'ng o'qituvchi hayron qoldi.
Sababi Aobing bu qadar ko'p bora maktab almashtirishi uchun yo bezori, yoki qandaydir muammoli odam bo'lishi kerak edi. Ammo Aobingning ko'rinishi ularning ikkisiga ham o'xshamas edi. O'qituvchi ko'p savol berish yaxshi emasligini tushunib Aobingni bo'sh partalardan biriga o'tirishi aytdi va o'zi biriktirilgan darsi uchun xonadan chiqib ketdi. O'qituvchi chiqib ketgandan so'ng xonada pichir pichirlar ko'paydi, aksiga olib sinfxonadagi deyarli barcha o'quvchilar o'g'il bolalar edi. Aobing indamay o'z partasida o'tarib sumkasidan narsalarini olar ekan ortdagi partadagi bola uning sochlarga qarab qo'llarini tekkizdi va uning butun uzunligi bo'ylab siladi
X:qiziq, ipakdek mayin sochlar va bu ajoyib yuz bilan sen qizlarni ortda qoldirasan, ammo tushuna olmadim nega ko'p bora maktab almashtirganingni-- yigit shularni aytar ekan Aobingning eti jimirladi va muzlab qoldi. Yigitga esa uni noqulay ahvolga solish yoqdi va qo'lini uning sochlari ortida turgan bo'yniga tekkizishni boshladi. Aobing asabiylashib o'rnidan turdi, yigit esa ajablandi. Aobing o'rnidan turib indamay turarkan yigit ham sekin o'rnidan turib miyig'ida kulib qo'ydi
X:nima bo'ldi, jahling chiqdimi? Nega unda qarshilik qilmayapsan? Qani bo'l jahlingni ko'rsat-- yigit shu gaplarni aytib Aobingga qararkan Aobing hali ham jim edi. U bu yil maktab o'zgartirmaslik va muammoga duch kelmaslik uchun harakat qilishi kerak edi. Agarda hozir janjal bo'lsa uning otasi darhol fikridan qaytishini bilardi. Shuning uchun Aobing tinchlikni tanlab yana qaytib joyiga o'tirdi va o'tirishdan oldin yigitga bir gap aytdi
Aobing:meni sen bilan teng kelgim yo'q, urushni hoxlamayman. Shuning uchun indamay jim o'tir-- Aobing past ovozda shuni aytgandan so'ng yigit g'azablandi. Buni mensimaslik deb qabul qilib Aobingga tashlanmoqchi bo'ldi lekin shu onda sinfga o'qituvchi kirib uning fikrini bo'ldi. Yigit joyiga o'tirib tinchlanishga harakat qildi. Aobing ham bu fikrlardan qutulishga harakat qilayotgan edi
Butun dars davomida Aobing ortidagi yigitning teginishlariga chidashga majbur bo'ldi. U dars payti baqirishga va nolishga haqqi yo'q edi.
Barcha darslar tugaganidan so'ng sinfdagilar shoshilgancha narsalarini yig'ishtirib xonadan chiqisha boshlashdi, Aobing ham o'z narsalarini yig'ib sumkasini yelkasiga ilgancha xonadan chiqib ketdi. U haligi bezori yigitning allaqachon ketganini ko'rgandi, ammo bu narsa Aobing uchun biroz shubhali tuyula boshladi. U hayolida "Dars bo'yi tegajoqlik qilgan yigit hammadan oldin xonadan chiqib ketdi.
Lekin nima bo'lsa ham hozir barchasi yaxshi" deb o'zini biroz tinchlantirdi va maktab hovlisidan chiqib ketdi.
Aobing ko'cha bo'ylab hotirjam yurib ketar ekan qarshisidagi buyulish bor yo'lakdan haligi uni bezovta qilgan yigit chiqib keldi va Aobingning bilagidan tutib bino orasiga o'zi bilan sudrab ketdi. Aobing hali nimalar bo'layotganini bo'lishga ulgurmay yigit uni devorga yuzi bilan bosdi
X:qo'limdan oson qutulaman deb o'yladingmi aa! Yo'q qattiq adashasan, darsdan oldin aytgan hurmatsiz gaplaring uchun hali javob berasan la'nati. Hmm o'ylaymanki senga erkaklar yoqadi, yo'qsa bu qadar o'ziga etibor qayerdan ha-- yigit Aobingning jahlimni chiqaradigan gaplar aytib, yelkasidan ushlab devorga bosishda davom etdi. Shu bilan birga o'z tanasini unikiga yaqin tutib qo'lini uning tanasiga tekkiza boshladi. Aobing asabiylashib harakat qilishga urinardi lekin yigit unga imkon qoldirmayotgan edi. Aobing tushkunlikka tushib tanasi qattiq titrardi, ko'zlari esa allaqachon nam bo'lgan edi. U ohirgi bora "buni to'xtat" degan on bari chinakamiga hal bo'ldi. Yigit Aobingning tanasidan tezda ajraldi va yerga yiqildi. Sababi ularning orasiga yana bir odam qo'shilgan edi. Aobing hayron qolgancha ko'zlarini ochib ortga qaradi va bir-biriga qarab turgan ikki turli yigitni ko'rdi.
Ular oldiga kelgan yigitning sochlari qora tusda va g'alati turmak qilingan edi. Ko'zlari esa qon kabi qizil edi. U bola Aobingga tegajoqlik qilgan yigitni haydab yubordi, bir necha tepki va musht bilan albatta
X:endi bu yerda seni qaytib ko'rmay qorangni o'chir -- yigitcha ortiga qaramay qochayotgan boshqa bir yigitga shularni aytib kularkan uni bir chetda kuzatib turgan Aobingni sezdi va ortga o'girilib unga yaqin keldi.
--ahvoling yaxshi degan umiddaman, ismim Nezha senikichi -- Nezha shularni aytib endi qo'lini unga uzatmoqchi bo'lgan payt Aobing ortiga o'girilib yugurishni boshladi. Nezha esa ortdan "ismingni aytmadingku" deya baqirgancha qolib ketdi
Aobing tezlik bilan ortga qaramay yugurib o'z uyiga yetib kelgancha eshikni ochib darrov ichkariga kirib oldi. Yaxshiyamki Aoguang uyda emas edi, yo'qsa o'g'li nega buncha hovliqqanini so'rashni boshlar edi.
Aobing eshikka suyanib oyoqlari titrab yerga o'tirib qoldi, va tosh qo'ygan ha bir nuqtaga qarab turaverdi. Hayolida esa faqat haligi uni qutqargan yigut Nezha edi.
Aobing:men o'zi nima qildim, sinfdoshimdan qochish o'rniga meni qutqargan yigitdan qochdim. Qanaqa axmoqman o'zi, hatto rahmat ham aytmadim. Men u yigitdan qarzdorman, ammo endi u bilan ko'risha olmasamchi?
Aobing shularni o'ylab turarkan eshik darrov taqqilladi Aobing esa sergak tortib o'rnidan turib eshikni ochdi. U eshikni ochgach ostonada bozorlik ko'tarib turgan otasini ko'rib o'zini tutib oldi va otasini ichkariga kiritdi
Aobing:hayrli kech ota, yaxshi keldingizmi--muloyim ohangda so'rab
Aoguang:senga ham hayrli Aobing. Nima endi maktabdan keldingmi? Hatto kiyimlaringni almashtirmabsan-- Aoguang o'g'lining just boshiga qarab shu gapni aytgach Aobing buni tasdiqlagancha ha dedi. Aoguang esa jilmayib o'g'lini kiyinib tushishini tayinladi.
Bunga nisbatan Aobing ha deb javob berdi va kiyinish uchun o'z xonasiga kirib ketdi. U kiyinib, o'zini epaqaga keltirib kechlik qilish uchun pastga tushdi va otasi bilan kechlik qila boshladi. Kechki ovqatni tanavvul qilish paytida ota o'g'il bugungi kun haqida gaplashib olishdi. Aoguang o'g'lidan "bugungi kuning qanday o'tdi? Sinfdoshlaring bilan chiqishib ketdingmi? O'qituvchi lar qanday ekan?" Degan savollarni berarkan Aobing hotirjamlik bilan otasining barcha savollariga ijobiy javob berdi. Bu javoblar Aoguangni qoniqtirdi va ko'p savol berib o'g'lini qiynashni hoxlamay ovqatni yeyishda davom etdi. Aobingning esa hayolida hali ham Nezha aylanardi. Aobing kechlikdan keyin otasiga stolni yig'ib olishda yordam berdi, keyin o'z darslarini qilish uchun xonasiga chiqib ketdi.
Oradan yarim soat o'tgach Aobing darslarini tugatib o'rniga yotdi va shiftga termulib turdi. O'ng qo'lini tepaga ko'tarib chiroqni berkitib qaradi, keyin qo'lini tushirib yo boshqa qarab olib yotdi va o'ziga o'zi "agar seni ertaga ko'rib qolsam albatta minnatdorchilik bildiraman, va balki.... do'st ham bo'larman" degancha ko'zlarini yumib uxlab qoldi
Ertasi kuni Aobing uyg'onib yuz qo'lini yuvdi. Keyin esa maktab formasini kiyib kechagi kabi nonushta qilgani pastga tushdi. U otasi bilan birga nonushtadan so'ng maktabi tomon yo'l oldi. Maktabga borish chog'ida Aobing biroz cho'chidi, chunki uning sinfdoshi yana unga tegajoqlik qilishi mumkin edi. Ammo bundan bo'lmadi, Aobing maktabga yetib kelib o'z sinfxonasiga kirganida kechagi yigit indamay boshqa partada o'tirar edi, bir ko'zi esa bilinar bilinmas ko'kargan edi. Aobing biroz ajablandi va o'z partasi oldiga kelib sumkasini stuli ustiga qo'yib o'zi ham o'tirdi. U narsalarini ohistalik bilan sumkasidan olishni boshlagan payt sinfdoshi oldiga keldi Aobing esa bundan biroz cho'chidi
X:haligi Aobing, kechagi ishim uchun uzur so'rayman. Qizishib ketib har xil gaplarni aytdim. Hullas uzur-- yigit shularni aytib boshini boshqa tarafga burib turarkan Aobing o'zi bilmagan holda kuldi va unga javob qaytardi
Aobing:yaxshi uzuringni qabul qilaman. Men bir odamdan butun umr mobaynidan ranjib yuradiganlardan emasman-- Aobingning bu so'zlaridan keyin yigit unga qarab qoldi va biroz yuzi qizardi
X:bundan hursandman, ismim Luya. kechagi holat sabab tanisha olmagan edik--yigit Aobingga qo'l cho'zdi Aobing esa uning bunday harakatlaridan mamnun bo'lib qo'l siqishib qo'ydi
Bu Luya, tez jahli chiqadi va o'ylamay ish qiladi. Luya yarim kiyik odamlar turidan. Shu bilan birga uning oilasining obro'si ham ancha baland(blet boshqa fanartlari yo'q ekan🗿)
Bir necha daqiqadan keyin xonaga o'qituvchi kirdi va dars boshlandi. Dars davomida Luya o'zi hoxlamay Aobing tomon qarab qo'yardi, Aobingning hayolida esa hali ham Nezha edi. Darslar o'rtasida bo'lgan tanaffuslarda Luya Aobing bilan oz bo'lsada suhbatlashishga urindi. Bu safar uning so'zlarida qo'pollik yo'q edi. Aobing ham Luyaning unga boshqa yomon munosabat qilmayotgani uchun hursand edi. Shu bilan vaqt ancha tez o'tdi. Barcha darslar tugadi, o'quvchilar sinfni tark etishdi. Luya ham Aobingdan keyin sinfni tark etdi va maktab dar ozasidan chiqguncha uni kuzatib ketdi. Maktab darvozasidan chiqgandan so'ng esa ular ikki tarafga ajralishdi. Sababi Luyaning uyi Aobingning uyiga umuman qarama qarshi tomonda edi.
Aobing Luya bilan hayrlashib yo'l bo'ylab ketarkan uning ortidan bir tanish ovoz eshitildi. Aobing darhol ortiga qaradi va kechagi ko'rgan yigit Nezhani ko'rib hursand bo'ldi
Nezha:salom senga, ishqilib mendan yana qochib jetmaysanmi-- nezha kulgancha shuni aytarkan Aobing biroz hijolat bo'ldi va biroz egilib unga minnatdorchilik bildirdi
Aobing: kecha meni qutqarib qolganing uchun rahmat. Men sening yaxshiliging evaziga hurmatsizlik qilib qochib ketganimdan afsusdaman-- Aobing egilib gapirarkan Nezha kulib yubordi, aobing esa hayron qolib boshini ko'tardi va Nezhaga savolli tikildi.
Nezha:nima meni bundan ranjidi deb o'yladingmi? Oo yo'q menda bu tabiiy hol havotir olma. Undan ko'ra ismingni ayt-- Nezha qiziqqon ko'zlar bilan Aobingga tikilib turarkan Aobing o'z ismini unga aytdi
Aobing: Aobing, mening ismim Aobing sen bilan tanishganimdan hursandman Nezha. Aa sen qaysi maktabda o'qiysan, maktabing bizning maktabga yaqinmi?-- Aobing qiziqib shu savolni berarkan Nezha beparvolarcha javob berdi
Nezha:men maktabda o'qimayman-- Nezhaning javobidan Aobing qotib qoldi
Aobing:nima sen maktabda o'qimaysanmi?
Nezha:aslo yo'q, shu bilan birga mening na oilam, na yaqinlarim va na do'stlarim bor. Men yolg'iz yashayman va shu paytgacha maktabga ham bormaganman-- Nezhaning gaplaridan keyin Aobing biroz g'alati bo'ldi, uning yaqinlari yo'qligini eshitib uzur so'radi
Aobing:meni kechir, bu savolni bermasligim kerak edi...
Nezha:havotir olma men bilan hammasi yaxshi va bilasanmi, menga yolg'iz yashash yoqadi-- Nezha gapini tugatib biroz sukut saqladi va keyin qo'qqisdan gapirib Aobingni qo'rqitib yubordi
-- hey bugun bo'shmisan, men bilan birga bir joyga borishni istaysanmi?
Kutilmagan taklifdan Aobingning miyasi yangib qoldi va nima deyishni bilmay qoldi, Nezha esa buni ha deb qabul qilib Aobingning qo'lidan sudragancha o'zi bilan olib ketdi. Aobing esa hayratda edi ammo qarshilik ham qilmadi. U Nezhaning qo'lidagi skeyt taxtasini payqadi ammo savol bermay jim ketdi
Bu Nezha, 19 yosh. Qalbi va harakatlari umuman turli bo'lgan yigit. Eng ohirgi va yagona iblis. Jamiyatda iblislardan qochishadi.
Nezha:bilaman qayerga ketayotganimizga qiziqyapsan. Shuning uchun qayerga ketayotganimizni aytaman. Bugun mening poygalarimdan biri bo'ladi ungacha esa tayyorlanaman. Ochig'ini aytsam bir xillikdan zerikdim. Menda muhlislar bor qo'llashadi ammo do'st sifatida qo'llab turadigan yo'q, sen bugun do'st bo'lib tur-- Nezha yurishda davom etib kulgancha shularni aytdi Aobing uning so'zlaridan keyin skeyt nima uchun kerakligini tushundi va unga muhlislik qilish uchun yurishda davom etdi.
Bir necha daqiqalardan keyin ular mashq maydonchasiga yetib kelishdi. Nezha skeytni yerga qo'yib mashq qilishni boshladi. Aobing esa uni chetda kuzatib turardi.
Mashq maydonchasida ulardan tashqari odamlar ham bor edi, ular tom manoda Nezhaning bugungi poygadagi raqiblari edi. Ular Nezha bilan birga kelgan Aobingni ko'rib hayron qolishdi. Sababi Nezha doim yolg'iz mashq qilib poygaga ham yolg'iz ishtirok etardi. Yanayam e'tiborli tarafi Nezha bilan birga yurgan yigit ajdar va bu qolganlarni ancha qiziqtirib qo'ygan edi.
Aobing: Nezha musobaqang qachon boshlanadi, men quyosh botgunga qadar uyda bo'lishim kerak-- Aobing muloyimlik bilan Nezhadan so'rarkan Nezha unga yaqin kelib javob berdi
Nezha:havotir olma hozir boshlanadi va men bu musobaqada g'olib bo'laman -- Nezha o'ziga ishonch bilan shularni aytgach Aobing o'zidan o'tib musobaqani tomosha qilish uchun anchagina vaqt ajratishni o'yladi. Otasiga esa nima deyishni o'ylab qo'ygan edi.
10daqiqadan keyin poyga boshlanishi uchun ishtirokchilar start chizig'iga kelib olishdi. Barcha yutish uchun ancha harakat qilishgani ko'rinib turardi. Atrof shovqin suron edi, ammo Nezha kulgancha faqat oldinga qarab turardi. Soniyalardan so'ng o'q otildi va ishtirokchilar oldinga qarab ketishdi. Hamma oldinga intilgan payt Nezha joyidan qimirlamagan edi. Unga pul tikkanlarning bazilari uning bu harakatidan nolishni boshlashdi bazilari esa u nima qilishini oldindan bilishardi. Lekin Aobing ham uning qotib qolgandan hayratda qoldi va o'zi bilmagan holda u tomon baqirdi
Aobing: Nezha nega turibsan, ahir bu ketishda yutqazasan-- bu so'zlar Nezhaning qulog'iga chalingandan so'ng u kuldi va bir degancha startdan g'oyib bo'lib qoldi. Muxlislar darrov chiqchirib yuborishdi, Aobing ham bundan hayratlandi va keyin o'zini qo'lga olib monitorga qarab Nezhani qo'llashni boshlashdi. 10km lik uzoq masofadan keyin ishtirokchilar ko'rinisha boshlashdi ammo peshqadamlik Nezhada edi. Nezha to bora startga yaqinlashar ekan bugungina uni tanigan bo'lsada yaqin odami kabi qo'llab turgan va odamlar ichida ajralib turgan Aobingning uni tinmay qo'llab turganini eshitib yanada ishtiyoqi oshdi. Shu bilan Nezha o'zi rejalashtirgandan ham ertaroq start chizig'iga yetib keldi. Hamma Nezhani olqishladi. Unga pul tikkanlar esa undan mamnun bo'lishdi.
Nezha barchani turtqilab Aobing tomon shoshdi va hansirab unga qaragancha gapira boshladi
Nezha:ko'rdingmi, men yutdim. Bu zo'r bo'ldi to'g'rimi -- Nezha kulib Aobingning javobini intiqlik bilan kutardi
Aobing:sen poygada ajoyib eding, men hayratda qoldim. Seni bu qadar tez deb o'ylamagan edi-- bu maqtovdan keyin Nezhaning qalbi ilgari sezmagan hisni sezdi va Aobingning yuziga termulib turdi.
U shu holatda termulib turarkan, uning hayolini poyga o'tkazuvchi kelib buzdi. U Nezhaga yaqin kelib bugun yutib olgan pullarni unga tutqazdi. Nezha pullarni oldi va Aobingni qo'lidan ushlab o'zi bilan olib ketdi
Nezha:endi ketamiz, bizni bu yerda boshqa qiladigan ishimiz qolmadi -- u shunday deb Aobingning qo'lidan ushlab ketarkan Aobing biroz g'alati bo'ldi va gap boshladi
Aobing:aa Nezha men o'zim yura olaman. Qo'limni qo'yib yubirsang ham bo'ladi
Nezha:ah kechir biroz berilib ketibman. Bilasanmi birinchi marta meni bunaqa qo'llab turishishlari. Sen men bilan bugun tanishgan bo'lsang ham men uchun qayg'urding -- Nezha Aobingning qo'lini ohista qo'yib yubirib shularni aytarkan Aobing qizardi va unga javob berdi
Aobing:men shunchaki senga yordam berdim, ahir sen ham menga yordam berding. Bundan tashqari biz endi do'stmiz to'g'rimi
Aobing biroz tortinib shularni aytarkan Nezha hursand bo'ldi va Aobingning gapini tasdiqladi
Nezha: ha to'g'ri endi biz do'stmiz. Qani endi yur quyosh botay deb qoldi, shoshilishimiz kerak-- Nezha shunday deb yana o'zi bilmagan holda Aobingning qo'lidan tutib o'zi bilan sudrab ketdi. Bu safar Aobing hech narsa demadi va shunchaki unga ergashdi.
Ular uyga yetib kelishgach Aobing Nezha bilan hayrlashdi, Nezha ham u bilan hayrlashib ortga qaytib ketdi. Uning ketishini bir muddat kuzatib Aobing ham uyga kirdi. U eshikni ochib ichkariga kirgach eshik oldiga stul qo'yib o'tirib olgan otasini ko'rib eti jimirlab ketdi
Aobing:ota meni biroz qo'rqitib yubordingiz -- aobing sumkasini yelkasidan tushirib ichkariga kirdi, Aoguang esa o'g'liga savol bera boshladi
Aoguang: Aobing nega kech qolding, darslaring ertachi tugashi kerak ediki-- u havotir ohangda gapirar ekan Aobing otasi oldiga kelib uni tinchlantirishga urindi
Aobing:ota, bilasizmi men do'stlar o'rttirdim va ular bilan vaqt o'tkazib kech qoldim. Sizni havotirga qo'yganimdan uzur so'rayman -- Aobing muloyimlik bilan shularni aytar ekan Aoguang birdan eridi va o'g'lini quchog'iga oldi
Aoguang: do'st orttirgangdan hursandman, ammo boshqa meni havotirga qo'yma hopmi o'g'lim
Aobing:albatta ota va'da beraman
Aoguang:agar bundan keyin yana do'stlar bilan vaqt o'tkazmoqchi bo'lsang qo'ng'iroq qilib qo'y yoki habar yoz. Men darrov bilib olaman. Ha mayli yur endi ovqatlanamiz keyin darslaringni tayyorlaysan
Aoguang shularni aytib o'g'lini oshxonaga yetakladi va birga o'tirib ovqatlanishdi. Keyin esa Aobing har doimgidek darslarini tayyorlash uchun xonasiga chiqib ketdi. U darsni tayyorlash davomida Nezha haqida kechagidan ham ko'proq o'yladi va bu o'y hayollar sabab yaxshi uxlay olmadi. U tonggacha Nezhani hayolidan chiqara olmadi va nega u haqida o'ylayotganini hatto bilmas edi ham.
Yana yangi bir Kun. Aobingning esa maktabda ishlari kechagidan ko'ra yaxshilashgan edi. Sababi Luya unga nisbatan yomon munosabatda emas edi. Luya har bir daqiqa Aobingga yaqin bo'lishga harakat qilardi, bu harakatlarni Aobing oddiy qabul qilardi, garchi Luya birinchi kun unga tanasi bilan tahdid qilgan bo'lsa ham.
Luya:hey Aobing bu senga, ichib ol darslardan keyin yaxshi ketadi -- Luya Aobingga qarab sharbat tutib turarkan Aobing jilmayib undan sharbatni oldi
Aobing:sharbat uchun rahmat Luya, seni bu qadar mehribon deb o'ylamagan edim -- Aobingning gaplaridan so'ng Luya qattiq yutindi, Aobingning jilmayishiga mast bo'lib qoldi. U birinchi kundagi kabi Aobingga tegishni hoxladi biroq tezda bu fikridan qaytdi, qo'llari esa qattiq tuguldi
Aobing:ahvoling yaxshimi Luya?
Luya:ha hammasi yaxshi e'tibor berma.
.
.
.
......
Shu bilan darslar ham tugadi. Luya va Aobing maktab darvozasigacha yana birga chiqishdi. Keyin esa yana ajralishdi. Aobing yo'lda ketarkan bu safar Nezha uning ortidan mototsikl bilan kelib qoldi
Nezha:hey Aobing, biroz shahar aylanishni istamaysanmi? -- Nezha mototsiklda turib shu so'zlarni aytarkan, Aobing biroz qo'rqdi. Sababi u biron marta ham mototsiklda uchib ko'rmagan edi
Aobing:bilmadim, men bundan biroz cho'chiyapman -- Nezha Aobingning so'zlarini eshitmay uni mototsiklga chiqarib oldi.
Nezha:yaxshi, meni mahkam ushla va umuman qo'rqma hopmi -- Nezha gapini tugatib darrov mototsiklni o't oldirib haydab ketdi Aobing esa titragancha Nezhaning belidan qattiq ushlab boshini yashirib oldi.
Aobing: Nezha nega doim ogohlantirmay ish qilaverasan aa -- u boshini kotarmay gapirarkan Nezha kuldi va Aobingni o'ziga qarashga majbur qildi
Nezha: Aobing boshingni ko'tar va atrofga qara. Shahar qanday ajoyib ekanini ko'rasan -- bu gaplardan keyin Aobing sekin boshini ko'tardi ammo qo'li hali ham Nezhaning belidan qattiq tutib turardi. U atrofga qaragan on bu unchalik ham qo'rqinchli emasligini tushunib jilmaydi
Aobing:haqiqatdan ham, Nezha bu holat juda ajoyib. Tezlik va ekstrimal bo'lsa ham bu zavqli ekan. Lekin keyingi safar bunaqa qilmaaaa
Nezha:hop hop yaxshi seni tushundim
Nezha shularni aytib kuldi va yana gapira boshladi
Nezha: Aobing menga telefon raqamingni bera olasanmi? Shunda biz doim muloqot qila olardik va men bazi muhim kunlarda seni chaqirardim huddi poyga kunidek
Aobing:mm yaxshi bu shunda ancha qulay bo'ladi. Va bir narsa biz ortga qaytishimiz kerak. Uyim ortda qolib ketdi -- Aobing shuni aytib kularkan Nezha hop deganday boshini qimirlatdi va mototsiklni ortga burib Aobingning uyi tomon haydadi. 10 daqiqadan keyin yetib kelishgach Aobing Nezhaga telefon raqamini berdi va hayrlashdi.
Hayrlashivdan keyin Aobing uyga kirdi va xonasi tomon yo'l oldi. U bugun ertachi qaytgani uchun otasi hali uyga qaytmagan edi.
Aobing xonasiga kirgach kiyimlarini almashtirishni boshlagan payt unga darrov habar keldi. Habar esa Nezhadan ed
Habarda Nezha :"bugun otangdan gap eshitmading deb umid qilaman. Bugun mototsiklda ko'p sayr qila olmadik. Agar dam olish kuni bo'sh bo'lsang ko'proq bu bilan vaqt o'tkazamiz va senga mustaqil haydashni ham o'rgatishim mumkin"
Aobing habarni o'qigach yuziga tabassum yugurdi va u ham javob yozdi
Habarda Aobing: "yaxshi roziman, ammo bu safar ogohlantirishsiz ish qilishlar yo'q "
U kulib habarni jo'natar ekan yana habar kelishini kutib turdi. Buni qarangki tezda unga javob habari keldi
Habarda Nezha: "yaxshi seni tushundim. Ertaga ko'rishguncha Aobing😁"
Aobing habarni tezda o'qib yana ertaga ko'rishishlari haqida o'ylab ichiga sig'may ketdi. Birozdan so'ng otasi ham uyga qaytdi va doimgi kabi ular birga kechlik qilishdi
.
.
.
.
......
Bir necha kunlar davomida Aobing va Nezha ko'p bora ko'rishishdi suhbatlashishdi va birga turli mashg'uloqtlarni qilishdi. Maktabda esa Luya Aobing bilan yaqin bo'lib olgan edi. Har bir kun uning sabrini va hislarini sinardi. U Aobingga oshiq bo'lib qolgan edi, ammo buni ayta olmayotgan edi. Aytgan taqdirda ham Aobing buni qabul qilmasdi sababi u o'zi bilmagan holda Nezhani yoqtirib qolgan edi. Shu bilan birga Nezha ham unga befarq emas edi. Kunlar haftalarga haftalar esa oylarga ulanib ketardi. Yigitlar orasidagi munosabat esa tobora chegarasiga yetib borardi.
Bugun ham Luya maktab karidorida Aobing bilan birga suhbat qurgancha yurardi.
Luya: Aobing senga savolim bor edi
Aobing: ho'sh qanday savol -- Luya ga savolli tikilib
Luya:sening yoqtirganing bormi? Aytmoqchimanki shunchaki ko'nglingga yaqin olgan insoning demoqchi edim -- bu savol Aobingni o'ylantirib qo'ydi va nima deyishni bilmay qoldi
Aobing: aa bilasanmi bitta bor lekin unga hali aytmaganman, sendachi?
Luya: mening yoqtirganim sensan Aobing, to'g'ri boshida qo'pol bo'ldim lekin endi senga oshiq bo'lib qoldim. Iltimos menga imkon ber. Sen uchun hammasini qilaman
Aobing darrov shokka tushib qoldi. Ko'zlari torayib Luyadan biroz uzoqlashdi Luya esa bu harakatdan asabiylashdi
Luya:nega mendan qochyapsan Aobing. Sendan ko'p narsa so'ramayapmanku ahir -- Luya Aobingga yaqin kelib uning yelkasiga qo'lini qo'yarkan Aobing biroz titradi va past ovozda gapira boshladi
Aobing: Luya iltimos mendan biroz uzoq tur, men bu gaplarni eshitish uchun yetarlicha tayyor emasdim va qo'rqamanki seni rad etaman
Luya:nega, nima uchun Aobing. Yoki sen yoqtirgan odam mendan yaxshiroqmi? Kim u ayt menga
Aobing:bas qil Luya -- Aobing birdani baland gapirib yubordi Luya esa jim bo'lib qoldi. Bu holatdan keyin Aobing ortiga o'girilib sinfxona tomon ketib qoldi. Luya esa jahl bilan devorni urdi va boshqa tarafga ketib qoldi.
Dars davomida ham Aobing Luya bilan gaplashmadi va unga qaray ham olmadi.
Dars tugagach esa birinchilardan bo'lib maktabdan chiqib ketdi. Luya esa uni biroz yolg'iz qo'yish kerak deb o'ylab ketishiga imkon berdi. Aobing hafa holatda yo'lida davom etarkan uning ortidan mototsiklda Nezha kelib qoldi va signal chaldi
Nezha:hoy Aobing qani kettik aylanib kelamiz -- u shunday deb Aobingga qaradi va uning kayfiyati yo'q ekanini ko'rib hayron qoldi
-- senga nima bo'ldi Aobing nega hafasan. Kim seni hafa qildi -- u mototsikldan tushib Aobing oldiga yaqinlashdi Aobing esa uning bosh shlemidan ushlab unga qarab gap boshladi
Aobing: Nezha kayfiyatimni ko'tarishga yordam ber iltimos, ahir men sen uchun qadrli inson ekanimni aytgansan -- bu gapdan keyin Nezha Aobingning qo'lidan ushlab o'zi bilan birga mototsiklga o'tirishga undadi. O'tirgach esa
Nezha:meni mahkam ushla hozir kayfiyatingni ko'taraman
Nezha shunday deb katta tezlik bilan mototsiklni haydab ketdi. Aobing esa uning belidan qattiq quchib boshini uning yelkasiga qo'ygancha manzarani kuzatib ketdi.
Bir necha daqiqadan keyin Nezha mototsiklni to'xtatdi va Aobingga tushishi haqida aytdi. Aobing mototsikldan tushib qandaydir eskiroq ko'p qavatli bino oldiga kelib to'xtashganini ko'rdi.
Aobing: Nezha biz qayerga keldik? -- Aobing savol berib atrofga qararkan Nezha jilmayib javob berdi
Nezha:sening kayfiyatingni ko'tarish uchun bu yerga keldik. Bu yerda mening uyim bor, eski lekin yashasa bo'ladi qani yur -- Nezha shunday deb Aobingni ortidan yetakladi va o'z kvartirasi eshigi oldiga olib keldi. Aobing hali ham indamay turardi Nezha esa buni sezib tezroq eshikni ochdi va uyga tezda kirib ketdi.
Nezha: Aobing sen ham kir tezroq -- ichkaridan uning ovozi eshitilar ekan Aobing ichkariga kirdi. Kvartira bir xonalik edi, u Nezhaning uyi bu qadar kichikligini va undan boshqa hech kim yashamasligini ko'rib biroz g'alati bo'ldi. Bir necha soniyadan keyin Nezha Aobing oldiga mushuk ko'tarib kirib keldi
Nezha:tadaa qani u bilan tanish, Aobing bu mening mushugim pur-pur u seni kayfiyatingni ko'tarishi aniq -- Nezha kulgancha mushukni Aobingga uzatarkan Aobingning ham kayfiyati ko'tarildi va mushukni quchog'iga olib oldi.
Aobing:ajoyib mushukcha ekan, adashmasam zotli. Ochig'i seni mushuk boqadi deb o'ylamagan edim
Nezha: to'g'risi boqmasdim, lekin ancha oldin bir boyvachcha bilan garov o'ynadim. U o'rtaga qimmat mushugini tikdi, men rozi bo'ldim. Ko'rib turganingdek garovda men yutdim va mushukni o'shandan beri boqaman. U mening yolg'iz hayotinda yagona tirik jon edi, ohirgi 2oygacha...
Nezha shu joyda gapini tugatib Aobingni quchog'idagi mushukni silay boshladi Aobing esa Nezhaga qarab birdan ko'zi yoshlandi. U hatto nega yig'layotganini bilmas edi. Balki, ayta olmayotgan hislar uchundir..
Nezha Aobingning ko'z yoshlarini payqab unga qaradi va ongsiz ravishda Aobingning yuziga ikki qo'lini qo'ydi
Nezha: Aobing nega yig'layapsan, yoki qaysidir gapim seni hafa qildimi -- Nezha Aobingning yuzini silab shularni aytarkan Aobing birdan gap boshladi
Aobing:men, menda senga nisbatan do'stlikdan ham chuqurroq tuyg'ular bor. Meni kechir, lekin men seni.... -- Aobing gapini tugatmasi Nezha unga yaqin kelib lablarini uning lablariga bosdi va ilk bo'sani oldi. Aobing bu holatdan ko'zlari katta katta bo'lib ketdi. Lekin keyin ko'zlarini yumib uning bo'salariga javob qaytardi. Aobingning qo'ynidagi pur pur esa o'zidan bilib uning qo'ynidan turib ketdi
Aobing: mmpphh Nezha sen ham...
Nezha:shshsh jim Aobing, ha men ham senga do'stga nisbatan chuqurroq munosabatdaman. Seni sevaman Aobing -- Nezha gaplarini tugatib yana Aobingning lablaridan o'pishni boshladi Aobing ham qayta va qayta bo'salarga javob berishdan to'xtamas edi.
Nezha bo'sa davomida tobora o'zini yo'qota boshladi va qo'pol harakatlar bilan Aobingning belidan qattiq tortib ko'tarib olib uning oyoqlarini belidan o'tkazib oldi. Keyin esa devorga qattiq tirab kiyimlari orasiga o'z qo'lini tiqib Aobingning bo'yniga pastladi.
Aobing: Nezha yo'q, agar iz qolsa dadam buni ko'radi -- u shunday derkan Nezha buni eshitmay yanayam qattiq harakat qilib Aobingning ko'ylagini yechib uning ko'kragi uchidan tishlab oldi Aobing esa qichqirib yubordi
Aobing: Nezha yetadi, tanamda iz qolmasligi kerak va... Men sen meni qo'rqityapsan -- Aobing ning bu so'zlaridan keyin Nezha to'xtab qoldi va Aobingning alvon yuziga qaradi
Nezha:kechir Aobing qo'pollashib ketdim.
Aobing:hech qisi yo'q, men ham qo'rqib ketdim. Meni uyimga olib borib qo'yasanmi?
Nezha:ha albatta qani yur, pur pur Aobing bilan hayrlash
Aobing Nezhaning ohirgi gapidan keyin kuldi va mushukchani ohirgi marta silab Nezha bilan birga uydan chiqib ketishdi.
Bugun Luya biroz asabiy edi, sababi Aobing kechagi kabi undan qochib yurayotgan edi. Darsda ham, karidorda ham, va hatto oshxonada ham. Bu holatdan Luyaning toqati toq bo'lib Aobingni o'zi bilan hech kim yo'q xonaga sudrab ketdi va eshikni ortidan yopti
Aobing:nima qilyapsan Luya meni qo'yib yubor
Luya: yo'q qo'yib yubirmayman Aobing! Meni qabul qilgan on sen erkin bo'lasan
Aobing: yo'q dedim ahir senga Luya! Men boshqasini sevaman! Meni bunday qiynashni bas qil iltimos -- Aobing baland ovozda shuni aytarkan Luya qotib qoldi, keyin esa o'ziga kelib asabiy sochlari orasiga qo'lini o'tkazdi
Luya: o'sha omadli yigitning ismi nima, Aobing?
Aobing: uning ismi Nezha -- Luya bu ismni eshitishi bilan jahli chiqib ketdi va Aobingga qarab gapira boshladi
Luya:nima sen o'sha iblisni yoqtirib qoldingmi Aobing, ahir u bezori va deyarli jinoyatchi ham. Nima rostan u bilan birga bo'lmoqchimisan?
Aobing:ha u bilan birga bo'lish menga yoqadi
Luya:lekin u baribir iblis. Qo'pol va qonx'or. Eshitishim bo'yicha u iblislarning so'nggi vakili va shuning uchun ham u yolg'iz. Chunki undan hamma nafratlanadi
Aobing:unday emas!(Baqirib) U men uchun qadrli inson, biroz odobsiz bo'lsa ham u mehribon. Endi esa meni so'roq qilishda to'xtat va -- u so'zlarini tugatmay yig'lashni boshladi eshik tomon yurib tutqichni ushlab ortga qaragancha
-- va meni kechir, seni bu qadar qo'pol rad qilganim uchun -- u shularni aytib xonadan chiqib ketdi. Luya esa o'zi xonada qoldi. U o'zi ham qo'pollik qilganini tushundi va Aobingni boshqa bunday qiynamaslikka o'ziga o'zi so'z berdi
Aobing darslarini tayyorlab bo'lgach Nezhaga video qo'ng'iroq qilib u bilan suhbatlasha boshladi. Nezha Aobingni har xil gaplar bilan kayfiyatini ko'tarar edi Aobing esa bundan kulardi.
Bu paytda Aoguang pastda o'z ishlarini tugatgan edi. U bugun o'g'lining kayfiyati yo'qligini ko'rib uni hursand qilish uchun xonasiga yo'l oldi
Aoguang xonaga yaqinlashavergan sari Aobingning kulgu ovozlari eshitilardi. Aoguang eshik tagida biroz poylab turib o'g'li nega kulayotganiga quloq soldi va bir necha soniyadan keyin begona yigitning hazillarini eshitgach qo'qqisdan ichkariga kirdi.
Aoguang:kim bilan suhbatlashayapsan Aobing -- xonaga bostirib kirgan Aoguang yotoqda o'tirib telefonda gaplashayotgan o'g'liga qararkan Aobing biroz dovdirab qoldi
Aobing:haligi ota, bilasizmi men...
Nezha:men uning yigitiman janob -- telefon ichidan turib baralla shu gapni aytarkan Aobing asabiylashib telefonni qo'lidan tushirib yubordi Aoguang esa shokda edi
.
.
.
......
Aobing:jinni nega kecha otamga mening yigitim ekaningni darrov aytding endi mana uchrashuvga borib o'tiribmiz -- Aobing telefonda Nezha bilan birga asabiy holatda gaplashib shularni aytarkan Nezha bundan umuman hayajonlanmayotgan edi
Nezha:bilasanmi, buni uzoq yashirish shart emas edi. Otangga aytganimiz baribir yaxshi. Kamiga men sizlarning uyingizga yetib keldim. Aobing meni kutib ol
Aobing:axmoq otam seni o'ldiradi -- Aobing telefonni qo'yib pastgi qavatga tushdi va eshikni ochayotgan otasini ko'rib o'sha joyda qotdi
Nezha:salom janob, ismim Nezha Aobingning yigitiman -- Nezha ostonada turib shularni aytarkan Aoguang unga buqa qarash qilgancha turardi.
Ular shu holatda bir birlariga qarama- qarshi o'tirishar ekan Aobing otasidan biroz tortinayotgan edi, Aoguang esa hali ham pinagini buzmay o'tirgan Nezhaga qovoq tumshuq qilib o'tirardi
Nezha:balki bunday qarashni to'xtatarsiz, ahir dushmaningiz emasman. Qolaversa bo'lajak kuyovingizman
Aoguang:bunaqa deb hali kim aytdi. Men sen bilan tanishish uchun bu yerga chaqirdim axmoq bola -- Aoguang asabiylashar ekan o'g'liga qarab uning ham asabiyligini sezdi va biroz tinchlanib maqsadga o'tdi
Aoguang: ho'sh qayerda ishlaysan, kimsan va qancha daromad topasan
Nezha: ochig'ini aytsam, men yetimman. Na ota onam na yaqinlarim bor. Hech qayerda o'qimaganman. Buning ustiga tayinli ishim ham yo'q lekin haftasiga 20 mingdan 30 minggacha pul ishlab turaman
Aoguang Nezhaning gaplaridan keyin unga shubha bilan qaray boshladi
Aoguang:hech qayerda ishlamas ekansan, buncha katta pulni qanday topasan, yoki o'g'rimisan
Nezha: yo'q yo'q men o'g'irlashga qarshiman. Pulni esa poygalar orqali topaman. Skeyt uchaman, va ko'rganingizdek mototsikl haydayman -- Nezha o'zi haqida hech narsani yashirmay shu qadar hotirjam gapirardiki Aobing biroz cho'chirdi. Aoguang esa bu gaplardan so'ng o'z fikrini aytdi
Aoguang: Aobing men bu munosabatga qarshiman. U seni keyinchalik bowqa olmaydi, kamiga bezori ham -- Aoguang shu so'zlarni aytarkan Aobing birinchi marta o'z hissini ochiqligicha otasiga ayta boshladi
Aobing: yo'q ota, men undan kecha olmayman. To'g'ri u yetim, ko'rinishi bezoriga o'xshaydi va tayinli ishim ham yo'q, lekin u meni hech qachon hafa qildirib qo'ymagan. Hafa bo'lsam doim hursand qilgan, men bilan ko'proq vaqtini o'tkazgan. Nima desam aytganimga qilgan. Ota men Nezhani sevaman iltimos munosabatimizga ruhsat bering iltimos
Aobing shularni aytib boshini egarkan Aoguang jim bo'lib qoldi, u o'g'lini baxtli bo'lishini istardi va hozir xato qaror qilishga haqqi yo'q edi.
Aoguang:yaxshi ko'ndirding Aobing. Lekin agar bu yigit seni hafa qilganini eshitsam narigi dunyoga ravona qilaman
Bu so'zlardan keyin Aobing hursand bo'lib otasini quchoqlab oldi Nezha esa ularga qarab indamay turdi. Endi barchasi yaxshi edi Aobing o'zi sevgan inson bilan birga baxtli bo'la olardi
.
.
.
.
.......
Yarim yildan so'ng
Aobing:ahh ahh Nezha iltimos sekinroq og'riyapti. Shundoq ham yarim soat oldin bu ishni qilgan eding. Nezha og'riyapti aaaahh
Nezha: Aobing bu qadar ko'p nolimasangchi, yaxshiyam sening eringman. Shunday ekan qani jim tur, yo'qsa pur pur ni uyg'otib yuborasan
Nezha Aobingni stolga yotqizgancha u bilan aloqa qilar ekan, 3kundan beri tinimsiz erini qabul qilayotgan Aobing anchagina noliyatgan edi. Tanasi charchab Nezhaning tanasini ataylabdam tirnashni boshladi. Nezha bunga uncha parvo qilmadi va o'zi arang erishgan sevgani bilan istagancha qolish uchun bariga chidashga tayyor edi
U stol ustida aloqada davom etarkan Aobing baland nolalar qilishda toxtamas edi. Nezha aloqa davomida stolning burchagi sabab Aobingning beli qizarganini payqadi va uni ko'tarib olib yotoqxonaga olib kirib ketdi
Yotoqxonaga kirgach tokcha ustidagi to'yining suratiga ko'zi tushdi va ostidagi Aobingning ichiga sekin kirib chiqgancha suratni unga ham ko'rsatdi
Nezha:eslaysanmi? Toyda otang berkinib yig'lagan edi keyin esa buni tan olmagan edi -- Nezha shularni aytarkan Aobingning miyasi hozir o'zida emasdi shuning uchun javob qaytarmadi
Nezha:hmm ha mayli nima bo'lganda ham ichingdagi tuxumlar sog' bo'lsa menga boshqasi muhim emas -- Nezha shularni aytar ekan Aobing yig'lagancha qo'llarini Nezhaning yuziga cho'zdi, ushladi, va o'ziga tortib bo'sa olishni boshladi. Har bir bo'sa chuqur, ehtirosli, va mehrga to'la edi.
Nezha oila qurganidan beri eski hayotidan voz kechgan edi. U kichikroq bo'lsada yaxshiroq hovli sotib olgan edi. Lekin poygalar va mototsiklni tashlash uning qo'lidan kelmadi. Hattoki u tug'uladigan farzandiga ham bu narsani o'rgatishni niyat qilgan edi
Xato va kamchiliklar bo'lgan bo'lsa uzur so'rayman sizlar bilan Makima-sama bo'ldi fikrilani kutib qolaman