March 26

Let go of me

Chp_1

Yaponiyaning ko'ziga tashlanadigan ko'chalarning birida hashamdor va ancha haybatli uy joylashgan edi. Uy har tomonlama qasrga ko'proq o'xshardi, lekin bu yerda hayot alomati sezilmasdi. Devorlardagi qimmatbaho rasmlar, har burchakdagi antiqa buyumlar — bularning hammasi shunchaki ko'rgazma uchun edi holos. Bu uyda yashovchi "oila" ni oila deb bo'lmasdi.

Shanks 23 yoshda. U bu uyning to'laqonli egasi edi. Uylanganiga 1yil bo'lgan bo'lsada omegasi bilan munosabati havas qilarli darajada emasdi. Shanks badavlat ishbilarmonlardan edi va ko'p vaqtini ishga sarflagan edi. Aynan shu sabab ham u hech kim bilan munosabat qurishga ulgurmagandi. Bu uning hamkorlariga ancha qo'l kelib o'zlarining omega farzandlarini ko'p bora shanksga unashtirishga harakat qilishgan. Lekin taqdir taqazosi bilan shanksning oilasi aynan uning hozirgi omegasi bo'lgan mihawkni tanlashgan edi.

Dracule mihawk 22 yosh. U shanksning qonuniy omegasi. Oilasi ham aslzodalardan. Mihawk aslida tasodifiy tarzda otasining kelishuvi uchun shanks bilan turmush qurgandi. Lekin u birinchi marta Shanksni ko'rgach uni sevib qoladi. U to'yga ham rozi odam edi. Lekin Shanks bulardan mustasno edi. Unga bu turmushning umuman ahamiyati yo'q edi. U na mihawk bilan yaxshi muomala qilardi na bir tuzuk uyda bo'lardi. Sababi Shanks mihawkni hushlamas edi, unga shartnoma uchun uylangani uchungina shunday edi. U umrida hech kimni sevishga ulgurmagani unga qimmatga tushgandi. Hayot unga shunday qismatni yani suymagan insoni bilan birga yashashni taqazo qilib qo'ydi. Mihawk unga qanchalik e'tibor bermasin qanchalik unga talpinmasin Shanksdan faqat befarqlik olardi holos.

Mana bugun ham nonushta paytida ham Shanks biron og'iz so'z gapirmadi. Shanks odatda aksariyat holatlarda masalan mihawk nolimasligi uchun, shikoyat qilmasligi uchun bir ikki og'iz shirin so'z aytib qo'yardi holos, ammo shuni ham qandaydir bir hissiz odam kabi aytardi.

Mihawk:azizim, bugun vaqtliroq qaytasizmi -- mihawk shanks tomon yuzlanib shunday derkan shanks ovqatdan boshini ko'tarmay javob berdi

Shanks:bugun bir nechta hamkorlar bilan uchrashuvim bor kech qaytaman -- shanks beetiborlik bilan shunday javob berarkan mihawkning ko'ngli biroz og'ridi. U doim shunday javoblar olsada qayta va qayta bu javoblar o'rniga shirin so'zlar va e'tibor qaratilishiga umid qilardi.

Mihawk:bugun toyimiz bo'lganiga ham bir yil bo'lgan edi, men bugun vaqtliroq kelsangiz...-- mihawk past ovozda shularni aytarkan Shanks uning gaplarini tugatishiga yo'l qo'ymadi

Shanks:tushundim mihawk, ammo men ishlashim kerak. Men va sening kelajaging uchun... Hopmi? -- shanks boshini ko'tarib mihawkga javob berarkan mihawk jim bo'ldi. Shanks u jim bo'lishi uchun muloyim gapirdi. Ammo bu muloyimlik ham ancha sovuq edi

Mihawk:yaxshi shanks, lekin baribir juda kechga qolmang -- mihawk shularni aytayotgan payt shanks o'rnidan turdi va kastyumini olib uydan chiqib ketdi. Mihawkning esa yuragi yanada og'riy boshladi. U shunchaki o'zining bir tomonlama sevgisidan nafratlanardi. Eri ham uni suyub ardoqlashini hoxlardi. Ammo doim o'zi suygan odamdan qilich tig'i kabi o'tkir va muzdek sovuq so'zlarni eshitardi holos.

Shanks uydan chiqib ketganidan keyin ko'p vaqt o'tmadi. U o'z ofisiga bordi, hujjatlarni rasmiylashtirdi va doimgi kabi bir xil ishlarini bajardi. Uning hayoti u uchun umuman mazmunsiz edi. Uning biznes ishlari esa yagona chalg'ituvchi edi holos.

Bugungi kelishuvga binoan shanks hamkorlari uchrashuv belgilagan joyga yani dabdabali bir mehmonxonaga bordi. Shanks bu mehmonxonani yaxshi bilardi va ko'p bora bu yerga kelgan edi. Uni hech narsa ajablantirmagani va bu joy u uchun yangilik emasligi uchun bir chekkaga o'tib telefonida ishlarini hal qila boshladi. U bir boshidan xabarlarni ko'zdan kechirar ekan tepadan kelgan habar uni e'tiborini tortdi. Bu habar mihawkdan edi. U habarda bugun ertalab aytishni hoxlagan ammo ayta olmagan so'zlarini habar qilib yuborgan edi.

Xabarda
Azizim Shanks. Bilaman biz bir yildan buyon biron marta ham yaqinlik qilmadik, ammo.... Ammo men omegaman, men sizning zurriyodingizni ko'tarib yurishni bola parvarish qilishni istayman. Shuning uchun hoxlardimki, bu so'zlarimni o'ylab ko'rishingizni

Shanks bu habarni o'qirkan bunga hech qanday reaktsiya bildirmadi. U mihawk bilan bir to'shakda yotsada biron marta ham jinsiy aloqa qilmagan edi. U buni hoxlamasdi. Shuning uchun ham bu habarni etiborsiz qoldirib yana o'z ishida davom etdi. Bir necha daqiqalardan keyin shanksning mijozlari mehmonxonaga tashrif buyurishdi va u bilan ish masalasida gaplashish uchun yaxshiroq xona olishdi. Shanks o'zining kelajakdagi hamkorlari ortidan yurarkan, undagi etiborsizlik birdani tarqalib ketdi. Butun diqqat etibori karidorni tozalayotgan sochlari uzun va moviy, lablari qizil tusdagi bir xizmatkorga tushadi. Shanks ilgari bu hizmatchini ko'rmagan edi.

Shanks hayolida:bu nima edi? Men uni ilgari ko'rmaganman hattoki bu yerga ko'p kelsam ham. U omegami? Ha to'g'ri u omega, uning sust ammo shirali feromonlari bo'g'zimga shundoqqina urilyapti.

Shanks bir muddat hizmatchiga qarab hayollab qolgani sabab hamkasblaridan ortda qolib ketdi. Hamkorlar esa buni sezib uzoqdan uni chaqirisha boshlashdi. Shanks ularni eshitmasdi, ammo o'sha hizmatchi bu baland ovozlarni barini eshitib turardi. U tosh haykal kabi qo'ygan shanks oldiga yaqinlashib soddalik bilan unga qaragancha masofa saqlab murojaat qildi

Buggy:hoy janob, sizni chaqirishyapti. Bu yerda ortiqcha shovqin chiqarish mumkin emas -- omega shularni aytar ekan Shanks o'zining qarshisiga kelgan bu omeganing isini yanada aniqroq his qildi. Ko'ksidagi yozuvda esa uning ismi yozilgan edi. Shanks bu yozuvni darhol o'qidi, hizmatchi esa gapini tugatgani uchun ishida davom etdi. Shanks esa ortiga o'girilib yurishda davom etdi. Uning bor hayollarini o'sha omega egallab olgan edi

Shanks:buggy... Demak shunaqa ekanda. U ajoyib, nega menda yillar davomida uyg'onmagan hoxish uyg'ondi? Nega men bu ko'zlaridan soddalik ufurib turgan shirin feromonlarga ega bu omegaga qiziqdim? Nega uni ostinga olishni hoxlayapman -- shanks birinchi marta hotirjamligi o'rnini o'ychanlik egallab oldi. U biron marta ham bunday vaziyatga duch kelmagan edi. U buni ilgari hech qaysi omegaga yaqinlik bildirmagani uchun paydo bo'lgan his deb o'yladi. Lekin ichidagi maxluq qayta va qayta bu omegani hoxlab qichqirardi...

Bu o'sha omega buggy, yoshi deyarli 28da. U hali hanuz juftlashmagan, tinch va yolg'iz hayotda yashayotgan omega edi.

To be continued.....

Kuttirganim uchun uzurasizlar maroqli mutolaa silaga yoqadi deb umid qilaman