January 28, 2025

BAXTLI OILA SIRI O'ZARO HURMAT, ISHONCH, MEHR-MUHABBAT VA SABRDA

Sharqda ayol nafaqat oilaning, balki jamiyatning ham poydevori hisoblanadi. Oilani mustahkamlash, ilm oʻrganish va jamiyatda shaxs sifatida shakllanish ayollarning borliqqa taʼsirini koʻrsatuvchi ulkan imkoniyatlardir.

Kogon tuman hokimligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Kogon tuman bo'linmasi, tuman Oila va xotin-qizlar bo'limi bilam birgalikda "O'ba-cho'li" MFYning "Mevazor" ko'chasida istiqomat qiluvchi Zulxumor Fayziyevaning xonadonida "Oilaviy baxt-saodatdir"mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbati aynan Zulxumor Fayziyevaning xonadonida o'zkazilishining alohida sabablari bor.

Zulxumor Fayzullayeva Shamsiyevlar xonadoniga kelin bo'lib tushganiga qirq yildan oshdi. Shu qirq yil davomida turmushning issig'u sovug'ini ham, qiyinchilik-u og'ir mushtini, ro'zg'orning yo'qchiligi va to'qchiligiga chiroyli sabr bilan yashab keldi. Mana shu 40 yil davomida naqd 14 600 kun qaynonasining mehnatini qilib, uning duosini oldi. Bugungi dovrul omon zamonda Amin ota Shamsiyev bilan farzandlarning rohatini, navera-averalarning kamolini ko'rib umrguzaronlik qilishmoqda.

Davra suhbatida yig'ilgan mahalla faollari, nuroniy onaxonlar hozirgi zamonda oilalarda ajrimning ko'payganligi, qaynona-kelin munosabatlari, oiladagi ma'naviy bo'shliq, sabr-toqat tushunchalari haqida suhbatlashishdi.