Isrofgarchilik va manmanlikka yo‘l qo‘ymang
So‘ngi paytlarda o‘tkazilayotgan maraka va marosimlarda milliy va diniy qadriyatlarimizga yot bo‘lgan ba'zi odatlar uchrab turganining guvohi bo‘lmoqdamiz. Misol uchun yangi tug‘ilgan chaqaloqni tug‘ruqxonadan olib chiqishdagi dabdababozlik yoki beshik to‘yi deb qilinayotgan sarf xarajatlar kundan-kunga kattalashib, isrofgarchilik avjiga chiqmoqda.
Kuni kecha, tuman hokimligi binosida Respbulika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Kogon tuman bo'linmasi, tumandagi otin oyilar, mahalla imomlari bilan birgalikda to'ylardagi isrofgarchilikka qaratilgan tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirda fuqorolarmizga milliy urf-odatlarimizga yot bo‘lgan bunday salbiy holatlarga ma'naviy qadriyatlarimizga tayangan holda qarshi kurashish, aholi o‘rtasida ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlashga ko‘maklashish kerakligi haqida ma'ruzlar qilindi.