July 7

𝐅𝐀𝐓𝐄

𝐄𝐩𝐢𝐬𝐨𝐝 3

Ilk bora kimgadur ishondim deya olganimda, aynan oʻsha joyimdan pichoq yedim.

Jimin doʻstidan uzoqlashar ekan quchogʻidagi qizni battar siquvga olardi. Mashinaga majburlab oʻtkazib kamarini ham taqib qoʻydi. Yoʻl boʻyi oʻrtadagi jimlik sovuqligi butun vujudlarni egallagandi.

Nihoyat koʻp qavatli mehmonxona oldida toʻxtagan mashinadan majburlab olib tushilgan qiz yuzidagi norozi ifodasi yaqqol koʻrinib turardi. Yon atrofdan oʻtib ketayotganlar qarab qarab qolishardi.

Jimin asabiy lift kelishini kutib turarkan jahl toʻla nigohini goh qizga tikardi. 5chi qavatga bosilgan lift tugmasi ovoz chiqarib ortadagi sovuqlikni keskinlashtirardi.

Xonaga kirishlari bilan Jimin qoʻpol harakatlari bipan Minnieni polga uloqtirdi. Sochlaridan sudrab yotoqqa keltirdi. Kiyimlariga changal solib yertib oldi, qizning tanasida qoʻpol qoʻl izlari qizarib qolgandi.

- BOSHQAGA OYOQLARINGNI OCHDINGMI?

Jimin qiz tomon yurib borarkan, qizning butun vujudi titrab, ortga tisarilardi.

- Qilganim xato ekanligini bilaman, iltimos unday qilma!

- har bir daqiqasi uchun, shu qadar azoblayki, tanang qizil tusga kirsin.

Qizning sochidan siqimlab, bir burchakka uloqtirdi. Yotoqdan toʻgʻri polga tushgan qiz ingrab yubordi, ohlari xonani toʻldirgandi.

Shu payt tinmasdan jiringlayotgan telefon yigitning asabini battar egovlay boshlagandi, Jimin telefonga javob berarkan:

- Eshtaman Jungkook ayni vaqtini topasan sen ham qoʻngʻiroq qilish uchun.

- Jimin yaxshilab eshit meni, Minnieni tahlil javoblari chiqdi, u bilan yaqinlik qilmadingmi kelganingdan buyon?

- Jungkook, gʻalati savollar berasana? Xotin meniki yaqinlik qilamanmi yoʻqmi senga nima ishingni qilsang boʻlmaydimi?

- Eshit Minnieda OITS aniqlandi, tezroq shifoxonaga kelib tahlil topshir sen ham.

Oxirgi gap va oxirgi nuqtaga yetdi, pichoq suyakka qadaldi. Jimin endi butunlay tamom boʻlgandi. Polda yigʻi aralash tikilib oʻtirgan qizga qaradiyu tezda xonadan chiqib ketdi.

~Mira

Hushim oʻzimda boʻlmasa ham Taehyung meni ancha koʻtarib yurganini hamda mashina orqa oʻrindiqiga yotqizib uyimga olib kelganini sezib yotardim.

Koʻzlarim yarmigacha zoʻrgʻa ochilar edi, ammo uning xavotirli yuzini koʻrish qiyin emasdi. Mashina harakatdan toʻxtar ekan u men tomon oshiqib yana qayta koʻtarib oldi. Hatto xonam 3- qavatda boʻlsa ham xonamgacha olib kelib yotoqimga yotqizdi.

Koʻzlarim xira koʻrar ekan tanamga tekkan salqinlikni his qilib etim junjikdi. Sekin asta oʻzimga kelib qarasam, Taehyung tanamning ochiq joylariga salqin suvda namlangan mato bosib qoʻygan ekan. Yaxshiyam faqat ochiq joylariga qoʻygan, kiyimimni yechib emas.

Oʻzimni oʻnglab olganimni sezgach oʻrnidan turib yana mato namlab olib keldiyu qoʻlimga tutqazdi.

- Buni koʻkragingga bos, ancha oʻzingga kelasan — qoʻlimga tutqazdiyu, xonamdan chiqib ketdi.

Xuddi u aytgandek namlangan matoni koʻkragimga bosib biroz muddat yotdim, aniqrogʻi uxlab qolibman. Xonam eshigi taqillagani sabab uygʻonib ketdim. Namlangan mato hanuz qoʻygan joyimda turar edi, ammo muzdek emas ancha iliq boʻlib qolgandi.

Sekin oʻzimni epaqayga keltirib, eshikni ochdim, koʻz oʻngimda Taehyung qoʻlida tomchi ukol bilan turardi.

- Ukol ulashim kerak, vaqti boʻlibdi — ukolga imlab gapirdi.

- Ha, mayli kiring — eshik oldidan chetga oʻtib kirishi uchun yoʻl boʻshatdim.

Yotoqimga yotib, yengimni shimarib ukol qilishi uchun tayyorladim. Taehyung jgutini qoʻlimga mahkam taqib tomirimni izlay ketdi.

- Qoʻlingni musht qilib tug — barmoqlari bilan tomirimni axtarar ekan buyurdi.

Xuddi u aytgandek qoʻlimni musht tugun teskari tomonga boshimni burib yotdim. Tanamga igna kirgan onda seskanib ingrab yubordim. Soʻngra qoʻlimga taqilgan jgut yechilib ogʻriq biroz bosildi.

- Taxminan yarim soatcha vaqt qimir etmasdan yotasan — xuddi shifokor bemoriga tayinlagandek gapirdi u.

- Zerikib oʻlib qolmasam agar aytganingizdek boʻladi.

- Nimaga zerikar ekansan? Oʻzim seni gapga solib turaman.

Ha ha ha, u ham oʻzimga oʻxshab sergap ekan. Qanaqa mavzularda gaplashishni oʻylab olishim kerak edi. Afsus menda arzigulik mavzu ham yoʻq. Ha boʻldi, axir yakkayu yagona dardimni doston qilib beraman.

- Men tuzalib ketishimga nega bunchalik amin boʻlyalsiz? Axir menda ancha qiyin bosqich allaqachon — aynan shu meni anchadan beri qiynayotgandi, endi bilib olaman.

- Chunki umrimni yarmini aynan shu sohadagi insonlar bilan ishlab oʻtkazdim, tajribam anchagina hatto 30 yillik shifokorlar menga tenglasha olishmaydi — judayam mahtanchoq, gap soʻzlaridan faqat oʻzi tildan tushmaydi, etibor markazida boʻlishni yoqtiradi.

- Agar men oʻlsamchi? Qancha harakatga qaramasdan oʻlib ketsam? Obroyingiz bir pul boʻladi. Yaxshisi meni bemorlaringiz ròyxatidan oʻchirib tashlang — faqat umidsiz soʻzlar tilimga doʻst boʻlib qoldi xasta ekanligimni bilganimdan soʻng hatto yashashga umidim qolmadi.

- Mira, bunchalik ham shashtingni tushurma, hamma yashash uchun harakat qilsa, umid bilan hayotga boqsa sen nega bunchalik noumidsan? Axir hayoting hali oldinda, meni oldimda xotinlik vazifangni bajarishing kerak.

- Nega aynan men sizni xotiningiz boʻlaman deb oʻylayapsiz? Axir yaqindagina bir birimizni tanib oldik, balki boshqasi bordir koʻnglingizda yoki mening koʻnglimda?

Jim qoldi. Endi gapirishga soʻzi tugagandi. Aniq boshqasi koʻnglini egallab boʻlgan, u bilan birga boʻla olmaslik ich etini tirnayapti.

Tanamga kirgan ignani sugʻurib olgan oni yana junjikib ketdim, chunki meni ogohlantirmadi ham.

- Ancha kech boʻlib qolipti, endi ruxsating bilan uyimga ketsam, onamni 3 kundan beri koʻrganim yoʻq.

- Ruxsat soʻrab nima qilasiz bemalol ketavering.

Ohangim biroz xafa chiqdi, bilmayman nimadan xafa boʻldim. Teskari burilib olib uxlashgan yotgandek koʻzlarimni yumib oldim. U ham chuqur hoʻrsinib sekin xonamdan chiqib ketdi.

Shu ketishi boʻyi sal kam 10 kun qorasini koʻrsatmadi. Muolaja uchun xamshira qizlar kelishardi, ammo uning daragi yoʻq edi.

10-kuni nihoyat eshik qoqib muolaja uchun sekin oʻzi keldi.

- Xayrli tong, Mira ancha yaxshi boʻlib qoldingmi?

Hijolatli ohanggi xonamda yangradi, men ham undan ancha xafa boʻlganim uchun oʻzimni beparvolikka olib yotoqimga yotib oldim.

U sekin kelib yotoqim oldiga tizzalab, asta qoʻlimdan ushlagan oni chòchib oʻrnimdan turib kettim.

- Axmoqmisan, dabdurustdan qoʻlimdan ushlaganing nimasi?

Jahlim nazoratimni yoʻq qiladi. Yana unga ovozim balandladi, sensirab gapirdim.

- 9 kun kelmaganim uchun xafamisan?

Ha toʻgʻri aynan shuning uchun xafaman ammo tan olgim yoʻq.

- Nega xafa boʻlishim kerak ekan kelmaganing uchun? Atigi 2 kun koʻrgan odamimsan, tanishganimizga koʻp boʻlgani ham yoʻq. Gapirayotgan gapingni qara.

Sochlarimni orqaga tashlab, koʻzlarimni kosasi boʻylab aylantirib qayta yotoqimga joylashib oldim. Unga teskari burilib yotgan onimda yana oʻzini oqlashga tushdi.

- Tunov kuni sen bilan Jimin hamda Minnieni koʻrgandik, esingdami? Oʻsha kuni Minnieni tekshiruv natijalari chiqqandi, OITS tashhisi qoʻyildi. Bu xabarni eshitib Minnie chiday olmasdan joniga qasd qilibdi, dafn marosim mashmashasi bilan band edim. Shuning uchun kela olmadim.

Ha, balki aytayotgan gaplari rostdir bilmayman balki shunchaki bahona nima boʻlsa ham ortiqcha gapirishim nooʻrin edi.

- Bugun muolaja koʻchada boʻladi, oyim sen bilan koʻrishmoqchi, keyingi hafta unashtiruv ekan uzuk koʻrgani boramiz keyin.

Oradagi jimlikni buzdi. Oyisi bilan uchrashishni eshitib oʻrnimdan sapchib turdim.

- Bugun uchrashish shartmi onangiz bilan?

Men hali uni oilasi bilan tanishish uchun tayyor emasman. Yoʻq umuman tayyor emasman. Hayajondan oʻzimni yoʻqotib hushimdan ketib qolsam kerak.

- Albatta shart, garderobingni koʻrsatsang kiyim tanlab beraman siporoq koʻringaning maqul. Yana ortiqcha oro shart emas, oddiy holatingda ham ancha goʻzalsan.

- Mayli, Janob Kim, sizning aytganingiz boʻlsin, koʻraylikchi sizning didingiz qanaqa ekan.

U aytgandek garderobimni koʻrsatdim, bir nechta kiyimlarimni koʻrib orasidan nafis pushti rangli tizzamdan biroz teparoqda boʻlgan koʻylagimni olib qoʻlimga tutqazdi. Ayni sevimli kiyimim shu edi.

Yarim soatga yetmasdan tayyor boʻlib koʻchaga chiqdim. Mashinasi oldida kutib oʻtirgan ekan meni koʻrgan zahoti old eshiklarni ochib kutib turdi.

Yoʻl boʻyi ketar ekanmiz hayajonim kuchli edi, Taehyungning gaplari quloĝimga kirmasdi.

Nihoyat Kimlar qoʻrgʻoni oldida mashina toʻxtadi. Taehyung tushishim uchun darrov mashina eshiklarini ochib berdi. Kimlar qoʻrgʻoni ancha haybatli koʻrinardi. Boshdan oyoq nazar solar ekanman hayratda edim. Qadimiy gotika usuli aralash qoʻrgʻon san'at asarining oʻzi edi goʻyo.

Taehyung qoʻlimdan ushlab qoʻrgʻon ichiga olib kirib ketdi. Sòngra xizmatkorlardan birini ismi bilan chaqira ketdi.

- Eshtaman janob — tezda yugurib kelgan xizmatkor boshini egib turardi, hatto koʻziga tik qaray olmadi.

- Ota onam qayerda? Uydamilar yoki qayergadir ketishganmi uy jim jit?

- Ha Janob, katta Janob va xonimlar oilaviy mehmonga ketishgandi, yarim soat oldin xabar keldi, shoshilinch ketishdi.

- Mayli ketishing mumkin, Mira yur senga uyni koʻrsatib chiqaman.

Xizmatkorga ruxsat berib, yana qoʻlimdan ushlab tepa qavatga olib ketdi. Soʻngra yoʻlak oxiridagi xonaga olib kirdiyu eshikni tezda yopdi.

- Eshikni nega yopdingiz tinchlikmi? — ichimga gʻulgʻula tushdi, notoʻgʻri qadam tashlashi mumkinligini oʻylasam battar ichim gʻalati boʻlib ketardi.

- Nooʻrin harakat qilmayman, shunchaki singlim xohlagan vaqti xonamga kirib qolishi mumkin, xalaqit berishadi. Sen xonamni koʻrib chiq, toʻygacha nimadir yoqmasa oʻzgartiramiz.

Taehyungning gaplaridan soʻng sekin undan uzoqlashib xonani kuzata boshladim. Xamma narsa mukammal oq aralash siyohrangda edi. Oʻzgartirish uchun arzigulik narsa yoʻq.

Burchakda turgan oilaviy suratlarni sekin tomosha qilar ekanman, usti yopib qoʻyilgan suratni ochib uni ham koʻrish uchun qoʻl uzatdim. Ne koʻz bilan koʻrayki, suratda Taehyung bitta qizdan boʻsa olib turardi.

Shu on qolimdan surat tushib ketdi. Oynaning singan ovozi xonani egalladi.

𝐄𝐩𝐢𝐬𝐨𝐝 3 𝐭𝐮𝐠𝐚𝐝𝐢

𝐌𝐮𝐚𝐥𝐥𝐢𝐟 ~ 𝐌𝐢𝐫𝐚 𝐌𝐢𝐥𝐥𝐞𝐫

𝐏𝐚𝐢𝐧𝐟𝐮𝐥 𝐅𝐚𝐧𝐟𝐢𝐜𝐬 𝐤𝐚𝐧𝐚𝐥𝐢 𝐮𝐜𝐡𝐮𝐧 𝐲𝐨𝐳𝐢𝐥𝐝𝐢

𝐄𝐫𝐢𝐛𝐨𝐫𝐢𝐧𝐠𝐢𝐳 𝐮𝐜𝐡𝐮𝐧 𝐭𝐚𝐬𝐡𝐚𝐤𝐤𝐮𝐫!