𝐅𝐀𝐓𝐄
Yangi yil, yangi kunlar va 18chi qishimni qarshi olyapman. Taqdir xazilini qarangki, bugun tugʻilgan kunim va umrimdagi eng noxush xabarni eshitdim.
Tibbiyotni uncha tushunmayman, aytishlaricha miyamda qanaqadur oʻsimta bor ekan va umrim oz qolibdi. Operatsiya qilib bu parazitni olib tashlash mumkin ekan, ammo yashab qolish inkoniyatim 10dan 1.
Oʻn sakkizinchi tugʻulgan kunimni bunday axvolda oʻtkazaman deb oʻylamagan edim sira ham.
Shifoxona yoʻlaklari boʻylab yurar ekanman, koʻz oldimdan baxtsiz xayotim oʻta boshladi. Oʻlishni istagan vaqtlarimda qanchalik iltijo qilib Yaratgandan jonimni tezroq olishini oʻtinib soʻraganim esimda. Endi nima boʻldiki, yashashni istayapman, bu baxtsiz hayotimni yana davom ettirishni xohlayapman.
Shifoxonaning xlor isi anqigan tor yoʻlaklari boʻylab yurishda davom etar ekanman, xayolga choʻmib qarshimdagi insonga urilib ketganimni swzmadimki, yiqilib tushushimga bir bahya qolganida meni ushlab qolgan qoʻllari ongimni qaytardi.
Qoʻlimdagi analiz qogʻozlari sochilib ketgandi, qarshimdagi yigit tezda ularni yigʻishga yordam berdiyu, MRT suratlariga tikilib qoldi. Uning qoʻlidagi suratlarni zudlik bilan yulib oldim. Uzur soʻrab soʻngra tashakkur aytdimu yoʻlimda davom etdim.
Uyga borishni xohlamayapman. Talabchan ota onam mening kasal ekanimni bilishsa mendan vos kechib yuborishsa ham ajab qilmayman.
Uyga borishni istamayman, ammo boradigan boshqa manzilim ham yoʻq edi. Avtobus kelishini kutib tezda uyga qaytdim, allaqachon kechki ovqat dasturxoni tayyor ekan.
Qoʻlindagi analiz qogʻozlarini yashirincha xonamga olib kirib, oilam qarshisiga kelib oʻtirdim. Orada jimjitlik bilan taomlandik. Hamma ovqatlanib boʻlgach otam har doimgidek oʻqishim haqida soʻradi.
Nima deyman? Ota oʻqishim yaxshi emas, qizingiz charchadi, deya olmasdan hammasi joyida dedim, ammo onam allaqachon hammasi joyida emasligini bilib boʻlgan ekan gap boshladi.
— Mira, qachongacha aldab yurasan yana, oʻqishing baholaring pasayib ketgan, yana yolgʻon gapiryapsan — onam sokin gapirdi ammo yuz ifodasidan sezib turardimki jahli chiqqan yana jazo olaman.
— Shu rostmi? — otam qoʻpol ohangi bilan menga yuzlandi — sabab nima?
— Ota ... Ona ... Men, men qanday tushuntirishni bilmayapman. Sogʻliqim yomonlashgandi shu sabab oʻqishimga etibor bera olmadim — boshim egik koʻzim bir biriga chirmashgan qoʻllarimda edi.
— Mira, baxona qilma! — ovoz toni balandladi. Qoʻrqib ketib yigʻlashga tushdim.
— Ota, baxona emas. Rostdan ham sogʻliqim yaxshi emas. 4 oy umrim qolgan ekan. Xech qanaqa bahona qilmayapman — hiqillab yigʻlar ekanman, koʻz oʻngimda hech narsa koʻrinmasdi.
Toʻsatdan yana burnim qonab, koʻz oldim qorongʻulashdi, boshim aylanib oʻrnimdan turgan onimda xushimni yoʻqotdim.
Qancha vaqt xushsiz yotdim bilmaymanu, lekin koʻzimni ochganimda qarshimda onam faryod qilib oʻtirardi. Otam boʻlsa xavotir bilan xona boʻylab u yoqdan bu yoqqa qadam bosardi.
Boshqa tomonimda esa, men shifoxonada turtilib ketgan yigit tomirimga ulangan tomchi dorini nazorat qilib turardi. Men alahsiradim deya bir oz vaqt koʻz yumib qayta koʻzimni ochdim, ammo bu rostdan ham oʻsha yigit ekan.
Anchayin kuchsizlanib qolibman, ancha moʻrtman, hatto oʻrnimdan turishga mador topmayapman. Harakatlarimni koʻrib, oʻsha yigit menga oʻrnimdan turib oʻtrishimga koʻmak berdi.
Sekin qoʻlimdan ushlab, belimdan tirgak qilib oʻrnimga oʻtirgʻizib qoʻydi. Qoʻllari anchayin mayin ekan, yoki ozor berishdan qoʻrqib, ehtiyotkorona harakat qildi.
Meni uygʻonganimni koʻrib oyimding dodi figʻoni koʻtarildi. Shovqin yoqmasdan yuzimni mujmaytirar ekanman, oʻsha yigit sezdi.
— Katta ona, iltimos tinchlik saqlang, bunaqa xolatda insonga shovqin negativ tasir qilishi mumkin — u shunaqangi muloyim gapirdiki, hatto uning soʻzlaridan men erib tushdim.
Ammo bir narsaga tushunmadim, u nega oyimni katta ona deya atadi?
Yigit sekin asta meni axvolimni ota onamga tushuntira ketdi. Shu bilan birga bu axvolgacha qanday yetib kelgan boʻlishim mumkinligi, ehtimoliy oʻlim vaqtim hamda yashab qolish imkoni boʻlmagan operatsiya.
Operatsiya boʻlishini istayman, ammo oʻlimdan qoʻrqaman. Ha, avval bot bot takrorlab soʻragan oʻlmimdan endi qoʻrqaman.
Otam birdan tok urgandek sergak tortib, menga yuzlandi.
— Aytgancha, qizim. Bu yigitni tanishtirmagan ekanman. Sening shaxsiy shifokoring hamda boʻlajak umr yoʻldoshing.
Otamning boʻlajak umr yoʻldoshing degan soʻzlari meni masxara qilgandek tuyuldi.
— Otajon, oʻlimga yaqin turibmanu, qanaqa umr yoʻldosh deyapsiz. Kim ham yaqin orada oʻlib ketadigan kasalmand xotini boʻlshini xohlardi?
— Men istadim, yana kim aniq qilib aytdiki, oʻlasan? Men seni nazoratim ostiga oldimmi demak, yashab qolish imkoniyating, natijalar aytgan oʻlish imkoniyatidan balandroq.
U shundayin ishonch bilan gapirdiki, bir muddat men ham yashab qolishimga ishondim.
Ota onam xonadan chiqib ketgach, oʻsha yigit bir muddat muolaja qildi, ishi tugagach sekin izn soʻragancha yonimga oʻtirdi.
— Ismim Kim Taehyung, ankalogiya sohasida koʻzga koʻringan olim doktorlardanmam. Bemorlarim orasida hali o‘lib ketganlar yoʻq, hammasi tuzalib yangi hayotga qadam qoʻygan.
Uning soʻzlaridan, menga ham oʻzining bemoridek munosabatda boʻlayotgandek edi. Tilimi tiyolmasdan ichimdagini aytdim.
— Siz menga bemoringiz kabi munosabat qilyapsizmi yoki boʻlajak turmush oʻrtogʻingiz sifatidami?
— U biroz oʻylanib turdi. Otangizdan ancha yillar oldin qoʻlingizni soʻrab qoʻyganman, ammo xozir hissiyotlarga berilmasdan sizni tuzatishim kerak, demak xozir mening bemorimsiz, boshqa hamma narsani unutamiz.
U shunaqangi muloyim mulozamatli gapirar ediki, ohangi tarbiyasi qirol oilasi azolarini eslatardi goʻyo.
— Yordam berasizmi, dengiz boʻyiga borishni istayman?
Hali hamon kuchga toʻlmagan boʻlsam ham shuni istadim va undan soʻradim, bir zumda rad etmasdan rozi boʻldi.
Oʻzim oʻrnimdan turishga urinar ekanman, ojizligim ustun boʻlib qayta joyimga oʻtirdim, endi dengizga borish shashtimdan qaytgan onim, u meni koʻtarib oldi. Kutilmaganda boʻlgani sabab ikkala qoʻlib boʻynidan bogʻlandi.
Judayam yaqi , ya‘ni uni yuzi menikiga shunchalik yaqin ediki, yuzidagi jiddiylik ortidagi qandaydir iliqlikni koʻrdim. Kim Taehyung chakki emas, aksincha hamma standartlarimni sindirib tashlagan edi.
Dengiz boʻyida biroz sayr qildik, aniqrogʻi uning qoʻllarida edim. U boʻlsa charchogʻini sezdirmasdan boshidan oxirigacha meni koʻtarib yurdi.
Uyga qaytganimizda anchayin kech tushgandi. Endi biroz kuchim qaytib oʻzim yura oladigan holatda edim nihoyat. Shunday boʻlsa ham u mening qoʻllarimdan yosh bola singari ushlab olib, uyga kirishimga yordam berdi.
Allaqachon kechki ovqat tayyor boʻlgan ekan, hidi dimogʻimga urilib ishtahamni ochdi. Tezlikda stolga oʻtirib olib ovqatlanishga xozir edim ammo Taehyung oʻtirmagandi. Ota onamning taklifiga ham koʻnmayotgandi.
— Haligi, iltimos men bilan birga ovqatlaning — ismini aytolmasdan aytgan gapimdan uyalib qip qizil boʻldim. U ham sekin kulgancha yonimga joylashdi.
Xizmatchilar unga ham idishda ovqat olib kelishdi. U ham men ham bir birimizni kutib oʻtirar ekanmiz koʻzlarimiz toʻqnash keldi. Judayam chiroyli koʻzlar, oʻziga yarashgan sochi.
Uyatdan koʻzlarimni olib qochib ovqatlanishni boshladim. U ham sekin kulimsirab ovqatlanishga tushdi.
Ancha vaqt oʻtdi. Taxminan yarim tunga yaqin edi. Taehyung holatim barqarorligini tekshirish uchun xonamning eshigidan kirgan joyida tebranuvchi stulga oʻtirib uxlab qolgan ekan.
Sekingina oldiga borib tizzaladim, biroz yuz tuzilishini kuzatdim. Sochiga endi teginmoqchi boʻlgan onim uygʻonib ketdi.
— Nima boʻldi, axvoling ogʻirlashdimi?
— Yoʻq, yaxshiman, shunchaki bu oʻrinda uxlash noqulay, balki men bilan birga yotoqda uxlarsiz.
Toʻgʻri aytgan gaplarimdan noqulay boʻldim, ammo uni oʻylab aytgandim. U biroz oʻylanib turdiyu, soʻng rozi boʻldi.
— Oʻzing taklif qilgan ekansan, rad eta olmayman.
Yana kutilmaganda meni koʻtarib oldi, avval meni yotoqqa joylab keyin sekin tugmalarini boʻshata boshladi. Aniq notoʻgʻri tushungan meni, qanchalik soddamana. Hamma erkaklarda nafs bor, tarbiyali boʻlsa nima qilibdi baribir erkakku axir.
Nojoʻya harakat qilishini oʻylagan onim, faqat 3ta tugmasini boʻshadiyu yotoqda oʻrtamizga yostiq bilan chegara qoʻydi.
— Shaxsiy chegaralarimni hurmat qiling kichik xonim, ortiqcha harakat qilsangiz baqiraman.
Na kulishni bilardim, na yigʻlashni. Shunchaki xayron nigohim bilan oʻqrayib yotardim.
Soʻngra u ham yotoqqa sekin joylashib menga teskari oʻgirilib yotdi. Bir oz muddat uning teskari oʻgirilgan tanasiga qarab ensa qilgancha men ham nargi tomonga qarab uxlab qoldim.
Uygʻonib ketdim, xonad jim jit, qorongʻu edi tun deb oʻylab soatga qaradin aksincha, soat 11.11 ni koʻrsatib turardi. Bunaqa koʻp uxlamagandim sira ham. Sekin oʻtirib olib u bu tomon qarab kecha Taehyung ham yonimda uxlagani esmga tushib uni izladim.
Topilib qolar degan umidda butun uyni izladimu ammo oʻzim va bir ikkita xizmatkorlardan boshqa hech kim yoʻq ekanligini anglab yetdim. Keyin yana sekin xonamga qaytib yotoqqa ilojsiz yotib oldim.