July 22

𝐅𝐀𝐓𝐄

𝐄𝐩𝐢𝐬𝐨𝐝 5

Kech chiroqlari koʻzni qamashtirardi. Har tomon sun‘iy tarzda tun qorongʻusidan pana holatda yoritilgan ammo dilga biroz xush kelmasdi.

Mira xonasidan chiqmagan koʻyi unashtiruv marosimi uchun istamay tayyorgargarlik koʻrardi. Xoxishini ota onasiga aytishni xayol surardiyu ammo jur‘ati yoʻq edi.

Nihoyat, otasi kelib marosim vaqti boʻlib qolganini ma'lum qilib qizini qoʻlini ushlagancha olib ketdi.

Mira pastga mehmonlar oldiga tusharkan odam koʻpligini koʻrib biroz asabiylashdi. So'ngra Taehyung kelib Mirani otasidan olib markazga oʻtishdi.

- Barchamiz yigʻilgan ekanmiz, bugun Miller oilasi va Kim oilasi oʻrtasida oilaviy munosabatlarimiz hamda biznes hamkorligimizni mustahkamlash maqsadida farzandlarimizni unashtirib qoʻyishni maqsad qilgan holda yigʻildik. Ikkala yoshga ham baxt tilagan holda uzuklarni bir biriga taqishlarini soʻrab qolardik.

Janob Miller markazga farzandlaridan sal nariroqda joylashib soʻz qildi. Nutqi yakunlangach hamma qarsaklar bilan olqishlashdi. Boshqa tomondan unashtiruv uzuklari olib kelindi.

Dastavval Taehyung Miraga atalgan uzukni taqdi soʻngra Mira. Taehyungning uzugi oddiy halqa uzuk edi oʻzi istagandek, ammo Miraning uzugi chinakkam goʻzallik san'at asari edi, koʻzni qamashtirardi.

Uzuklar taqilgach hamma suhbatga shoʻngʻib ketdi. Kimdir biznes haqida, kimdir moda, yana kimdir yoshlarning kelishilgan nikohi haqida suhbatlashishar edi.

Etibordan qolgan juftlik bir chekkada bir birlariga bir ogʻiz soʻz aytolmasdan oʻtirishardi.

- Toʻy 2 xaftadan keyinga rejalashtirilyapti — nihoyat yurak yutib gapirdi Taehyung.

- Ajoyib — shunchaki reaksiya bildirdi.

- 1 oy boʻldi koʻrishmadik, menimcha ancha oʻzingga kelib qolgansan, yuzingga rang qaytibdi.

- Hamshira ukolni ogʻritib qiladi ekan tomirlarim koʻkarib ketdi.

Miraning gapidan soʻng yuzlariga biroz kulgu yugirdi.

- Ertadan oʻzim muolajaga qaytaman, rozi boʻlsang albatta.

- Farqi yoʻq, jonim ogʻritishmasalar boʻldi.

Yana jimlik, yana sukunat.

Nihoyat tun yarimlab mehmonlar birin ketin keta boshlashdi.

Kimlar oilasi ham ketish oldi Miller oilasiga hurmat bajo keltirib bir qancha sovgʻa salomlarni berib ketishdi.

Lekin Taehyung allaqachon kattalardan ruxsat soʻrab Mirani ochiq havoda sayr qilishga olib ketgandi.

Salqin havo, dengiz boʻyida, yoqimli shabada. Bir necha daqiqalardan beri sekin qadamlari bilan Mira sohil boʻylab yurib borarkan ora orada Taehyungga nazar tashlab qoʻyardi.

Yana yarim soatlik jimlik ichidagi sayrdan soʻng Mira Taehyungga ortidan ergashishini aytib sohildan uzoqlashdi.

- Qayerga ketyapmiz? — nihoyat soʻradi Taehyung.

- Sal nariroqda kichikroq tamaddixona bor, yoshligimda koʻp kelardim, sevimli maskanim desam ham boʻladi.

Miraning soʻzlaridan soʻng Taehyung qizga yana jimgina ergashdi.

5 daqiqalik yurishdan soʻng nihoyat yetib kelishdi. Ichkariga kirib oʻrnashib olishdiyu stol ustida turgan taomnomadan buyurtma uchun ovqat tanlay boshlashdi.

- Menga lagʻmon hamda oddiy qora choy, sizgachi? — oʻzi uchun tanlab boʻlgach Taehyungga yuzlandi.

- Menga ham shunaqa olib keling.

Ishchi buyurtmalarni qabul qilib uzoqlashdi. Mira va Taehyung bir biriga jimgina tikilib oʻtirishardi. Shu payt ortdan kelgan ovoz e‘tiborni tortdi.

- Kim Taehyung va Mira Miller. Yilning diqqat markazidagi juftligiku axir.

- Jeon Jungkook — Mira va Taehyung birdaniga aytishdi.

- Sen uni qayerdan taniysan? — xayron soʻradi Taehyung.

- Oʻzingizchi?

- U mening doʻstim.

- Mening sobiq yigitim — yuzini burishtirib gapirdi Mira.

- Nega aytmagansan menga?

- Soʻragandingizmi?

Yoshlarning kichkina janjalidan bezor boʻlgan Jungkook oraga kirdi.

- Boʻldi boʻldi yoshlar. Keyin muhokama qilasiz. Hozir unashtiruvingizni shunaqa haroba joyda nishonlayapsizmi? - masxara qildi Jungkook.

- Senga nima a? Oʻzingchi hali hamon shunaqa joylardan ovqatlanib yuripsanmi? Kimsan Jeon oilasining yagona merosxori a? — achchiq qilib ters gapirdi Mira.

- Boʻldi Mira tinchlan, biroz jim oʻtirgin oʻzim gaplashaman — qizni tinchlantirdi Taehyung.

- Janob Kim, xotinsiz qolib ketmay deb Millerlarining arzandasini tuzalmas kasaldan davolayapsiz deb eshitdim, nahotki boshqa qiz qurib qolgandi sizga, koʻz qiringizga qanchasi mushtoq ediya — Miradan oʻgirilib Taehyungga zaharhanda qila boshladi.

- Jungkook, seni tushunmayapman. Nima boʻlyapti senga? Bunaqa gapirmasding sira? — bolalikdan tanigan oʻrtigʻini ayni damda tanimayotgan edi Taehyung.

- Meni borim budim shu Taehyung, etiborsiz boʻlgansan avval. Shu xolos. Mayli yoshlar sizlarga xalaqit bermay, baxt tiladim, agar baxtli boʻlolsangiz.

Jungkook gapini tugatishi bilan kirib kelgan eshigidan qaytib chiqib ketdi. Mira ham Taehyung ham Jungkookning qiligʻidan birdek asabiy edi.

Mira va Taehyung biroz tinchlanib olishgach ovqatlanib ozroq suhbat qilishdi, ertangi kunini rejalashtirib kelishib olishdi.

Soʻngra Taehyung Mirani uyiga yetkazib ota onasi bilan xayrlashib uyiga yoʻl oldi.

Ertalabdan uygʻonib olgan qiz Taehyung bilan uchrashuv uchun kiyim tanlay boshladi. Garderobidan koʻziga yoqqan kiyimini tanlab biroz make up qildi.

Sal oʻtmay Taehyung ham keldi. Mira shoshilib yigitning oldiga chiqdi. Tayyor ekanini aytib yigitdan oldin uydan chiqib mashinaga joylashib oldi.

- Dastavval koʻylak koʻrishga boramiz — mashinaga oʻtirishi bilan gap boshladi Taehyung.

- Qanaqa koʻylak? Garderobim toʻla koʻylak — xayratda soʻradi qiz.

- Jinnivoy toʻy uchun oq koʻylak koʻrgani boramiz.

Taehyungning soʻzidan soʻng Miraning yuziga quvonch yugurdi. Bolalikdagi orzusi amalga oshayotgan edi.

- Bilasizmi, yoshligimdan oq koʻylak kiyishni orzu qilganman. Axmoqona orzu ammo hamma qiz bunga xavas qilsa kerak.

- Hech qanaqa axmoqona emas. Umringda bir bora boʻladigan nikohingda oq koʻylak kiyish yoqimli orzu aslida — Miraning gapiga e‘tiroz bildirdi.

- Ha, albatta.

Yoʻl boʻyi juftlik jim ketishardi, ammo Miraning quvonchi ichiga sigʻmasdan tezroq kelin libosi kiyib koʻrish uchun shoshilardi.

Nihoyat yetib kelishar ekan Mira Taehyungning eshikni ochib berishini kutmasdan mashinadan tushib oldi. Mamlakatdagi keng asortimentdagi kelin liboslari jamlangan doʻkon oldida turishar edi.

Mira Taehyungning qoʻlidan ushlab olib ichkariga olib kirib ketdi.

- Mira, shoshilma. Doʻkon katta, bizda variantlar koʻp. Emg muhimi qulay kiyim tanlash kerak, xoʻpmi? — qizning shoshqaloqligidan xavotirlanib ma‘ruza boshladi Taehyung.

- Eee oʻzim ham bilaman qanaqa olish kerak ekanini. Qani bir koʻrib chiqaylik siz ham oʻzingizga yoqqanini ayting kelishtikmi? — Miraning kelishuvini yigit bosh silkib tasdiqladi.

Doʻkon xodimlaridan biri kelib juftlik bilan xushmuomala salomlashar ekan Taehyung oʻsha qizga tikilib qolgandi. Bir necha soniya ikkalasi koʻzlari toʻqnashib tikilib qolishdi. Mira ikkalasining oʻrtasida bir koʻziga tanish koʻringan xodim qizga bir yonidagi yigitga nigoh tashlardi.

- Taehyung! Men bu yerdaman u yoqdamas! Xushingizni yigʻib olarsiz balki? — norozi boʻldi Mira.

- Ha, Mira tanish bu mening sobiq sevgilim Asuna. Asuna bu esa boʻlajak rafiqam Mira.

Taehyungning tanishtiruvidan soʻng Mira qizni esladi. Ha bu oʻsha Taehyungning xonasida toʻsatdan topib olingan fotosuratda Taehyungdan boʻsa olayotgan qiz edi

Mira rashk oʻtida Taehyungning qoʻlidan ushlab quchogʻiga kirib oldi.

- Jonim, balki tezlasharmiz. Bugun qiladigan ishlarimiz koʻp. Axir toʻy tezlashib ketdi.

Qizning gʻalati gapirishidan rashk qilayotganini sezgan Taehyung sekin kulib qoʻydi.

- Albatta, sevgilim. Hali taqinchoq va boshqa kiyimlar ham koʻrish kerak.

Mira Taehyungning quchogʻidan chiqmay doʻkonni aylanib chiqishdi. Ikkalasining ham didiga mos keluvchi koʻylak topilmayotgandi. Nihoyat maxsus boʻlim zali markazida turgan koʻylak ikkalasining ham didiga yoqdi.

- Mira, anavi koʻylakni koʻrchi — aynan oʻsha koʻylakni imlab koʻrsatdi.

- Aynan. Men ham oʻshani koʻrsatmoqchidim. Ichimdagini topasiza. Oʻsha koʻylakni olib bersangiz — Suminga koʻylakni koʻrsatdi.

Xodim qiz aynan juftlik tanlagan koʻylakni olib Mirani kiyinish xonasiga kuzatib qoʻydi.

Xona oldida Taehyung divanda bir finjon choy bilan qiznibg chiqishini intiq kutardi. Nihoyat pardalar ochilib Mira Taehyungning oldiga chiqdi.

- Farishta kabisan — Miraning chiroyidan koʻr boʻlgan yigit tilidan chiqqan soʻzni anglamadi hattoki.

- Unda shu koʻylakni tayyorlab bersangiz olib ketamiz. Hozir kiyimimni oʻzgartirib chiqaman.

Mira qaytib kiyinish xonasiga kirib ketdi. Koʻylakning orqa zamokini yecholmasdan qiynalib turgan onida boshiga qattiq zarba tegdiyu koʻz oldi qorongʻulashdi.

Ortga oʻgirilib kim boshiga urganini koʻrmoqchi boʻldiyi noaniq sharpa koʻzlariga koʻrindi. Keyin esa yana bitta qop qora kiyingan odam kelib qizning ogʻziga dori sepilgan dastroʻmol bosdi.

Mira toʻliq xushidan ketganiga amin boʻlishgach qora kiyingan yigit qizning bejon tanasini koʻtarib olib ketdi.

𝐄𝐩𝐢𝐬𝐨𝐝 5 𝐭𝐮𝐠𝐚𝐝𝐢

𝐌𝐮𝐚𝐥𝐥𝐢𝐟 ~ 𝐌𝐢𝐫𝐚 𝐌𝐢𝐥𝐥𝐞𝐫

𝐏𝐚𝐢𝐧𝐟𝐮𝐥 𝐅𝐚𝐧𝐟𝐢𝐜𝐬 𝐤𝐚𝐧𝐚𝐥𝐢 𝐮𝐜𝐡𝐮𝐧 𝐲𝐨𝐳𝐢𝐥𝐝𝐢!

𝐄𝐫𝐢𝐛𝐨𝐫𝐢𝐧𝐠𝐢𝐳 𝐮𝐜𝐡𝐮𝐧 𝐭𝐚𝐬𝐡𝐚𝐤𝐤𝐮𝐫!